Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

uzdeutschland
Sayt : uzDeutschland.com
Subscribers
4 144
24 hours
-1
30 days
-74
Post views
2 070
ER
49,95%
Posts (30d)
5
Characters in post
1 819
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Language Teaching
Summary
October 24, 17:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Zeitumstellung
Bugun tunda Germaniya
qishki vaqtga
o'tadi. Ya'ni tungi 2:59 dan so'ng yana 2:00 boshlanadi.
Shu hisobdan, O'zbekiston bilan oradagi
tafovut 4 soat
bo'ladi.
Namoz vaqtlari
ham
bir soatga
suriladi, ya'ni oldingi vaqtdan bir soat
oldinroq
o'qish kerak bo'ladi. Misol uchun, bomdod namozi 06:20 da o'qilayotgan bo'lsa, endi 5:20 da o'qish kerak bo'ladi.
Qo'l soatlarni ham
⌚️
to'g'rilab qo'yishni unutmang
❗️
@uzDeutschland

October 11, 11:30

#Qalb
Bismillahir Rohmanir Rohim. Tasavvur qiling, agar hozir siz ötirgan xonada kislorod yöq bölib qolsa, siz
bir necha soniya
ichida
kislorod qanday zaruriy modda ekanligini anglaysiz. Yoki juda ham chanqab turgan vaqtingizda suv topilmay qolsa, siz
bir necha soat ichida
suv qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ham his qilasiz. Yokida ovqatsiz qolsangiz, ovqatning ne'mat ekanligini uzog'i bir kunda his qila boshlaysiz.
Demak, ba'zi narsalarning qadri soniyalar ichida bilinsa, ba'zilari qanday qadrli ekanligini bilish uchun uzoqroq vaqt talab etiladi. Misol uchun, jismoniy harakat yoki sportni olaylik. Siz sport bilan yoki boshqa jismoniy harakat bilan shug'illanmasangiz, u holda uning qadrini bir necha kunda seza olmaysiz. Ammo yillar ötib, "figura"ngiz buzilsa yoki jismoniy chidamlilik
(Физическая выносливость)
pasayib ketsa, aynan öshanda sport qanchalik muhim bölganligini bilib olasiz. Ya’ni sport bilan shug‘ullanmaganlikning oqibatlarini his qila boshlaganingizdagina uning qanchalik muhim ekanligini anglab yetasiz va afsuslanasiz.
Afsus qilmaslik uchun esa hozirdan jismoniy badantarbiya bilan shug'illanib turish lozim.
Jismoniy harakat inson tanasi uchun qanchalik muhim bölsa,
sog'lom qalb
ham insonning ruhi uchun shunchalik muhim. Balki undan ham muhimroqdir.
Kislorodning qiymati nafas ololmayotgan vaqtingizda yoki suvning qadri chanqagan holingizda suv topa olmayotganingizda bilinganidek, sog'lom qalbning qadri ham seziladigan vaqt keladi.
-Qachon deysizmi?
-Alloh taolo shuaro surasi 88-89-oyartlarda aytganidek
“U kunda na mol-dunyo va na farzandlar foyda berur. Magar Alloh huzuriga sog‘lom qalb bilan kelgan kishigagina (foyda berur)"
. Yoki Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh ﷺ
"Albatta, Alloh sizlarning suratlaringizga va mol-dunyolaringizga qaramaydi. Balki qalblaringizga va amallaringizga qaraydi”
deb aytgan.
Shunday ekan, inson tanasining sog‘lom bo‘lishi uchun harakat qilgani kabi, qalbining sog‘lom bo‘lishi uchun ham harakat qilishi kerak. Qalbida kibr, hasad, riyo, ujb,
dunyoga muhabbat,
qalbning qattiqlashishi va shunga öxshash qalb kasalliklarini sezsa, darhol uni davolashga intilishi kerak. Qiyomat kuni, biz salomat qalbga muhtoj bölgan vaqtimizda, qalbimizni isloh qilish uchun bu dunyoga qaytish imkoniyati bo‘lmaydi.
Shuning uchun, qalbimizni hali imkonimiz borida isloh qilishga harakat qilaylik...

October 04, 17:23

Nima demoqchiman?
Allohni tanish qalbdagi eng buyuk xotirjamlik manbalaridan biridir. Bunday xotirjamlikni na puli bor tanishlaringiz, na kuchi bor tanishlaringiz orqali topa olasiz. Chunki inson har qanday qudratga, har qanday boylikka ega bölmasin, uning bu qudratiyu-boyligi chegaralangan. Alloh esa Baqara surasi 20-oyatida aytilganidek har bir narsaga qodirdir.
Shuning uchun, Allohni tanish uchun harakat qilish kerak. Alloh shunday mehribonki, bepoyon koinotga qarab tafakkur qilasizmi, mikroolamlarga boqib fikr yuritasizmi, gözal tabiatni kuzatib öyga tolasizmi, hamma-hamma joyda öz qudratining aksini körsatib qöygan. Bizdan talab qilingan narsa esa - bu alomatlar ustida tafakkur qilish.
Oli Imron, 190–191
-oyatlarida aytilganidek:
“Albatta, osmonlar va yerning yaratilishida, kecha bilan kunduzning almashib turishida aql egalari uchun alomatlar bordir. Ular tik turgan, o‘tirgan va yonboshlagan hollarida Allohni zikr qiladilar hamda osmonlar va yerning yaratilishi haqida tafakkur qilib: ‘Robbimiz, Sen bularni behuda yaratmagansan. Sen poksan! Bizni do‘zax azobidan saqla’, deydilar.”
yoki
Rum surasi 8
-oyatida:
“Ular o‘zlari haqida tafakkur qilib ko‘rmaydilarmi? Alloh osmonlar va yerni hamda ular orasidagi narsalarni faqat haq bilan va belgilangan muddatgacha yaratdi. Albatta, odamlarning ko‘pi Robbilariga ro‘baro‘ bo‘lishni inkor qiluvchidirlar."
Anfol surasida esa tavakkul haqida quyidagicha aytilgan:
“Mo‘minlar shunday kishilardirki, Alloh zikr qilinsa qalblari titraydi, Uning oyatlari tilovat qilinsa iymonlari ziyoda bo‘ladi va Robbilariga tavakkul qiladilar.”
Allohning qudratini tanish uchun tafakkur qilishimiz, Allohning ism-sifatlari haqida ilm olishimiz lozim. Uni taniganimiz sari Unga tavakkulimiz ortadi. Tavakkul ortgani sari qalbimizda xotirjamlik paydo bo‘ladi. Alloh taolo aytadi:
“Ogoh bo‘lingizki, qalblar Allohning zikri bilan orom topur.” (Ra’d, 28)

October 04, 17:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

#xotirjamlik
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ijtimoiy tarmoqlarda bir trend tarqalibdi. Videoda bir yigit boshqasini urmoqchi böladi, narigi kaltak yeyish arafasidagi bola esa
xotirjam
turgan böladi. Videoning davomida esa devor ortida ösha bolaning döstlari vaziyatni kuzatib turgani körsatiladi.
Ya'ni videoda "
mening ishongan döstlarim shu yerda. Agar menga yaqinlashsang, ular senga körsatib qöyadi
" degan messej berilmoqda. Mana
bu videodan
tushinib olsangiz böladi.
Videodagi vaziyat menga tarixdagi bir nechta voqealarni eslatib yubordi. Birinchisi: Muso alayhissalom öz xalqi bilan Firavn zulmidan qochib, dengiz böyiga borib qolgani. Tasavvur qiling, oldinda dengiz, orqadan esa dahshatli armiya quvib kelmoqda. Bani isroildan bölgan ba'zilar
“Albatta, (ular) bizga yetib olishadi!”
deb vahimaga tushgan bir vaqtda, Muso alayhissalom
“Yo‘q! Albatta, Robbim men bilan, U meni yo‘lga boshlaydi.”
deb buyuk bir
xotirjamlik
körsatdi. Shunday böldi ham. (Shuaro surasi 61-62-oyatlar).
Yoki Rasululloh sallollohi alayhi vassallam va Abu Bakr roziyallohu anhu bilan g'orda bölgan vaziyatni esga olaylik. Rasululloh va Abu Bakr g'orda berkinib yotibdi, ularni öldirish uchun qidirayotganlar g'orning og'ziga kelishdi. Oyoqlarini ostiga qarasa Rasulullohni körishar edi. Abu Bakr özi uchun emas, Rasululloh uchun xavotirga tusha boshladi. Shunda Rasululloh ham Muso alayhissalom körsatgandek xotirjamlik körsatib, Abu Bakrga qarab
“G‘am chekmagin. Albatta, Alloh biz bilan.”
deb aytdi.
Yoki Ibrohim alayhissalomni olovga otilgandagi holatini eslaylik. Yoki Yusuf alayhissalomning boshidan ötgan vaziyatlardagi xotirjamliklari. Payg'ambarlar bilan bunday voqealar köp bölgan. Ular shunday holatlarda, vaziyat qanchalik qiyin bölmasin, xotirjamlik va tavakkul körsatganlar.
Yoki yaqin ötmishda odamlar Umar Muxtorning oldiga kelib
"Italyanlarda samalyotlar bor, siz ularga qarshi qanday turasiz?"
deb söraganlarida, Umar Muxtor
"Bu samalyot deganing Arshning ostidan uchadimi yoki Arshning ustidan?"
deb söragani
"ostidan"
degan javobni olganidan keyin, "
Arshning ustidagi zot biz bilan"
deb xotirjamlik körsatgani ham tahsinga sazovor. Lekin tavakkul sabablarni tark qilish degani emas. Payg‘ambarlar imkon qadar barcha sabablarni qilganlar: Muso alayhissalom qavmi bilan Fir’avndan qochdi, dengizga asosini tekkizdi. Rasululloh ﷺ hijrat uchun reja tuzdi va g‘orda yashirindi. Ammo ular qalblarini sabablarning o‘ziga emas, Allohga bog‘ladilar. Haqiqiy tavakkul — sabablarni qilish, natijani esa Allohga topshirishdir.

October 03, 08:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

📖
Boshlang‘ich arab tili ta‘limi uchun yangi guruh ochilmoqda.
​
🎯
Mo‘ljallangan daraja:
Kurs mutlaqo noldan boshlayotganlar uchun. Alifbo, harflarning talaffuzi , mukammal o‘qish va yozish ko‘nikmalari o‘rgatiladi.
​
⏳
Kurs davomiyligi:
Kurs boshlagʻichlar uchun 1oy davom etadi, xohlovchilar keyingi bosqich darslarigaham qatnashsa boʻladi .
​
👥
Cheklangan tarkib:
Har bir talabaga alohida e’tibor qaratish va nazorat qilish uchun guruhga faqat 10 kishi qabul qilinadi.
​
🎁
Bepul sinov darsi:
Dars berish uslubi va dastur bilan tanishishingiz uchun birinchi dars bepul o‘tib beriladi.
​
🕒
Qulay vaqt:
Dars kunlari va vaqti guruh shakllangach, barcha uchun qulay tarzda kelishib olinadi.
​
💻
Onlayn format:
Darslarimiz Zoom va Google Meet platformalarida olib boriladi.
​
📥
Joyingizni band qilish va bepul sinov darsiga yozilish uchun:
👉
Telegram:
@ilm_talimi

September 13, 11:20

#Farzand
Bismillahir Rohmanir Rohim. Insonning yoshi katta bo'lgani sari, tanishlar bilan suhbatlar mavzusiga
farzandlar
va
ularning
tarbiyasi
ham qo'shilar ekan. Bu oy Germaniyada ham, Özbekistonda ham maktablar boshlanganini hisobiga, farzandlar, ularning bilimi va tarbiyasi haqidagi suhbatlar ham köpaygan. Bu suhbatlarga qarasak, deyarli hamma farzandining kelajagi haqida qayg'urgan,
"nima qilsam farzandim uchun yaxshi bo'lar ekan?"
degan savolni berayotgan bo'ladi.
Men ham kimgadir foydasi tegar degan maqsadda farzandlarni tarbiya qilish haqida o'rgangan ba'zi narsalarimni yozib o'tmoqchiman.
Hammamiz bilganimizdek, odamning e'tiqodi u qilayotgan har bir ishda öz ta'sirini körsatadi. Odam özining e'tiqodidan kelib chiqib, qaysi ishda qaysi yöl tög'ri ekanligini tanlaydi. Misol uchun, özini musulmon deb hisoblagan inson har bir ishda
"bu ish haqida islom nima der ekan?"
deb savol beradi. Men ham islomdan farzand tarbiyasi haqida örgangan ba'zi foydalarimni sanab ötsam:
1️⃣
.
Ota-onaning solih bo'lishi.
Kahf surasida Muso alayhissalom hamda Hizr alayhissalom haqidagi qissa keladi. Ösha qissada Hizr a.s va Muso a.s bir qishloq ahlidan ularga taom va suv sörashadi. Qishloq ahli ularni mehmon qilishdan bosh tortadi. Shunga qaramay, qishloqdan ketayotin Hizr a.s ösha yerda qulab tushay deb turgan bir devorni tikkalab qöyadi. Muso a.s bundan ajablanadi,
"bu ish uchun qishloq ahlidan haq olishing mumkin edi"
deydi. Shunda Hizr a.s ösha devor ikki yetim bolaning devori bölganini,
ularning otasi solih bölgani
, ösha devorda xazina yashiringanini va Alloh xazina yetim bolalarga qolishini xohlaganini aytadi. Ya'ni devor ertaroq qulab tushsa, xazinani qishloq ahli olib qöyishi mumkin bölardi.
Allohning eng ulug' payg'ambarlaridan biri, ösha vaqtdagi yer yuzidagi eng avzal inson va Hizr a.s. yetim bolalarning devorini tikkalagani borgan. Alloh ösha devorni shundoq sabablarsiz tiklab qöysa ham bölar edi, yoki qishloq ahlidan bölgan boshqasining qalbiga
"kel shu yetimlarga yordam beray"
degan niyatni solib qöysa ham bölar edi. Yöq! Alloh özining eng ulug' bandalarini u yerga jönatib, ularning qöli orqali devorni tikkalab qöydi. Buning sababi esa ösha yetimlarning otasi solih inson bölganligi edi.
Ya'ni, bu qissadan ota-onaning solihligi va ibodatining barakasi Allohning izni bilan farzandlariga ham yetishi mumkinligini ko‘ramiz. Bunga ishona olish uchun inson Allohni tanishi lozim, albatta.
Qisqa qilib aytganda:
“Farzanding uchun qiladigan eng katta yaxshiliklardan biri — o‘zing solih bo‘lishingdir.”
2️⃣
.
Luqmonning o'g'liga nasihati
Luqmon surasida Luqmon öz ögliga qilgan nasihatlari bayon etilgan. Jumladan, 13-oyatda u ög'liga
“Ey o‘g‘ilcham, Allohga shirk keltirma. Albatta shirk ulkan zulmdir.”
deb aytgani keltirilgan bölsa, 16-17-oyatlarda
“Ey o‘g‘ilcham! Agar bir amal xantal urug‘idek kichkina bo‘lib, u bir tosh ichida, osmonlarda yoki yerda bo‘lsa ham, Alloh uni keltirib chiqaradi. Albatta, Alloh nozik narsalarni biluvchi va hamma narsadan xabardordir.”
“
Ey o‘g‘ilcham! Namozni to‘kis ado et, yaxshilikka buyur, yomonlikdan qaytar va boshingga tushgan narsalarga sabr qil. Albatta, bular qat’iyat talab qiladigan ishlardandir.”
degani zikr qilingan.
Luqmon ög'liga qilgan nasihatlari Qur'onda zikr qilinishi bejizga emas albatta. Alloh ularni
barcha insonlar, ayniqsa ota-onalar va farzandlar uchun ibrat va tarbiya namunasi
qilib Qur’onda qoldirgan. Ushbu nasihatlarda tarbiyaning eng muhim asoslari jamlangan: Allohga sherik keltirmaslik, ota-ona haqqi,
Allohning kuzatuvini his qilish
,
namoz
,
yaxshilikka chaqirish
,
sabr
,
kibrdan saqlanish
va
muomala odobi
.
Musulmon odam farzandi faqat bu foniy dunyoda yaxshi yashashini emas, oxirat diyorida ham najot topuvchilardan bölishini xohlaydi albatta. Buning uchun esa Alloh Qur'onda keltirgan nasihatlarga amal qilish albatta juda muhim. Chunki, bu dunyo hayoti aksar odamlar uchun 100 yilga ham bormaydi, oxirat esa A'lo surasida aytilganidek
"yaxshiroq va boqiyroqdir.".
3️⃣
.
Ona - madrasa.
Bir insonga
"farzandim 3 oylik böldi, farzand tarbiyasini qachondan boshlashim kerak?"
deb savol berilganda,
"3 oyga kech qolibsan"
degan javobni aytgani haqidagi qissani hamma eshitgan bölsa kerak. Aslida esa farzand tarbiyasini ancha oldin, hali böydoq vaqtdan boshlash kerak.
"Qanday qilib?"
deysizmi? Soliha ayolga uylanish orqali. Chunki, Umar r.a ga nisbat beriladigan rivoyatda Umar r.a "
Bolaning otada 3 ta haqlari mavjud:
unga yaxshi ona tanlash
, chiroyli ism qöyish va Qur'onni örgatish"
deb aytgani zikr qilinadi. Ya'ni yaxshi farzandlar tarbiyalash uchun eng avvalo yaxshi turmush örtoq tanlash lozim ekan.
Imom Buxoriy, Imom Molik, Sufyon as-Savriy kabi buyuk ulamolarning siyratida ularning ta'lim tarbiya olishlarida eng katta sababchi onalari ekanligi keltirilgan. Hozirgi kunda atrofdagi solih insonlarga qarasak ham, aksar hollarda ularning onalari juda yaxshi insonlar böladi.
Endi, ertalabdan kechgacha g'ami uy olishu töy qilsh bölgan yoki fikr-u hayoli ijtimoiy tarmoqlarda bölgan ayolga uylanib, ertaga ulardan buyuk farzandlar tarbiyalashini kutish na aqlga, na naqlga tög'ri kelsa kerak.
4️⃣
.
Atrof-muhit, jamiyat.
Farzand tarbiyasidagi yana bir eng muhim omillardan biri bu bolaning atrof-muhiti, uning döstlari. Furqon surasida Qiyomat kuni yomon do‘stga ergashgan kishi afsus qilib:
“Koshki edi falonchini do‘st tutmaganimda!”
deyishi aytilgan. Hadisda esa Rasululloh ﷺ
“Kishi o‘z do‘stining dinidadir. Shuning uchun har biringiz kim bilan do‘stlashayotganiga qarasin.”
deb aytgan. Yoki bölmasam Imom Buxoriy keltirgan hadisda
“Yaxshi suhbatdosh bilan yomon suhbatdoshning misoli mushk sotuvchi bilan temirchi ko‘rigini puflovchiga o‘xshaydi. Yaxshi odamdan hech bo‘lmasa yaxshi hid olasan; yomon odam esa kiyimingni kuydirishi yoki yomon hid yuqtirishi mumkin.
" deyilgan.
Hozirgi kunda Germaniya köchalarida ham bu gaplarga misollarni köp körish mumkin. Özini musulmon sanagan ba'zi insonlarning farzandlari dunyo hayotini faqat öyin-kulgudan iborat deb hisoblaydigan, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga qöshilib hali sigaret chekib yurganini, hali islom odoblariga tög'ri kelmaydigan ishlarni qilib yurganini körib qolamiz.
Uyda siz qanchalik zör tarbiya qilishingizdan qat'iy nazar, qanchalik ilm berishingizdan qat'iy nazar, bolaning atrofida axloqsizlar yig'ilib qolgan bölsa, u holda bu bolaga jiddiy ta'sir qilishi mumkin. Bunga minglagan emas, millionlagan misollarni keltirish mumkin.
Unda yechim nimada?
-Yechim faqat yomon muhitdan saqlanish emas, balki
yaxshi muhit qurish hamdir
. Ya'ni bolani öziga öxshagan boshqa bolalarga qöshish. Maqsadlari, e'tiqodi, orzulari bir biriga öxshash bölgan bolalar bilan birga bölishda. Shayton bir kishini aldashi osonroq, unga hali bu tomondan fitna olib keladi, hali narigi tomondan. Lekin döstlari öziga öxshagan bölsa, unga nasihat qilishadi. Bir-biriga qiyin kunlarda yordam beradi, bir-birini qöllab quvvatlaydi. Kuch - birlikda deganlaridak ana shunday birlikka ega bölgan farzandlar tashqarida bölayotgan fitna-fasodlardan saqlanishi osonroq böladi. Aks holda ertaga
"men bugundan boshlab özimni it deb identifikatsiya qilaman, vov-vov"
deb turishi hech gap emas, Alloh özi saqlasin...

September 07, 22:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 07, 21:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Siyosat
Germaniyaning
Sachsen-Anhalt
viloyatidagi parlament uchun saylovlarda
AfD
partiyasi g'alaba qozondi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ba'zilar natijadan xavotir qilishayotgani uchun, saylov aslida qay darajada ta'sirli ekanligini ovozli xabar orqali tushuntirishga harakat qilaman.

August 23, 08:27

🌟
YANGI GURUHGA QABUL BOSHLANDI!
🎯
Kurs kimlar uchun?
🔍
Erkaklar uchun
📖
Arab alifbosini 0 dan tajvid bilan oʻrganishni xohlaganlar uchun
⚙️
Kurs shartlari va tartibi:
📅
Jadval: Haftada 3 kun
⏰
Vaqti: Germaniya vaqti bilan 21:00 da
⏳
Davomiyligi: 2 oy
📌
Oʻrinlar soni chegaralangan!
📥
Guruhga yozilish va toʻliq maʼlumot olish uchun:
👉
@ilm_talimi
sahifasiga murojaat qiling.

August 16, 08:29

📢
ONLAYN ARAB TILI KURSLARIGA QABUL!
Arab tilini
noldan boshlab puxta o‘rganishni
istaysizmi? Unda ushbu kurslar siz uchun!
👤
Kurs erkaklar uchun mo‘ljallangan.
📚
Dars bosqichlari:
🔹
Boshlang‘ich bosqich
• Arab alifbosi
• Harflarning maxrajlari
• To‘g‘ri o‘qish
• Yozish ko‘nikmalari
🔹
O‘rta bosqich
• Sarf
• Nahv
• Balog‘at
• Arab tilida erkin muloqot
💻
Dars formati:
Zoom / Telegram
📩
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun:
👉
@ilm_talimi