Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

uzdeutschland
Sayt : uzDeutschland.com
Подписчики
4 241
24 часа
-1
30 дней
-27
Просмотры
2 518
ER
59,37%
Посты (30д)
4
Символов в посте
1 964
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Языковое обучение
Краткое описание
September 07, 22:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 07, 21:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Siyosat
Germaniyaning
Sachsen-Anhalt
viloyatidagi parlament uchun saylovlarda
AfD
partiyasi g'alaba qozondi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ba'zilar natijadan xavotir qilishayotgani uchun, saylov aslida qay darajada ta'sirli ekanligini ovozli xabar orqali tushuntirishga harakat qilaman.

August 23, 08:27

🌟
YANGI GURUHGA QABUL BOSHLANDI!
🎯
Kurs kimlar uchun?
🔍
Erkaklar uchun
📖
Arab alifbosini 0 dan tajvid bilan oʻrganishni xohlaganlar uchun
⚙️
Kurs shartlari va tartibi:
📅
Jadval: Haftada 3 kun

Vaqti: Germaniya vaqti bilan 21:00 da

Davomiyligi: 2 oy
📌
Oʻrinlar soni chegaralangan!
📥
Guruhga yozilish va toʻliq maʼlumot olish uchun:
👉
@ilm_talimi
sahifasiga murojaat qiling.

August 16, 08:29

📢
ONLAYN ARAB TILI KURSLARIGA QABUL!
Arab tilini
noldan boshlab puxta o‘rganishni
istaysizmi? Unda ushbu kurslar siz uchun!
👤
Kurs erkaklar uchun mo‘ljallangan.
📚
Dars bosqichlari:
🔹
Boshlang‘ich bosqich
• Arab alifbosi
• Harflarning maxrajlari
• To‘g‘ri o‘qish
• Yozish ko‘nikmalari
🔹
O‘rta bosqich
• Sarf
• Nahv
• Balog‘at
• Arab tilida erkin muloqot
💻
Dars formati:
Zoom / Telegram
📩
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun:
👉
@ilm_talimi

August 09, 10:01

#Kredit
Bismillahir Rohmanir Rohim. Vatandagi yangiliklar haqida öqib turib, 32 yoshli bir vatandoshimiz bankdan olingan
krediti
tufayli avtobus bekatida özini osib qöygani haqidagi
xabarga
közim tushib qoldi. U ösha joyda vafot etibdi. Bu juda achinarli albatta.
Afsuski, jamiyatda
kredit olish
(
ribo
, ya'ni foizga pul olish) oddiy holga aylanib borayotgandek. Aslida esa kredit islom dinida
eng köp qoralangan harom
amallardan biri hisoblanadi. Alloh taolo Baqara surasi 275-oyatida
“Alloh savdoni halol, riboni esa harom qildi.”
deb marhamat qilgan bölsa, 278-279-oyatlarda
“Ey iymon keltirganlar! Allohdan qo‘rqinglar va agar mo‘min bo‘lsangiz, ribodan qolganini tark qilinglar. Agar bunday qilmasangiz,
Alloh va Uning Rasuli tomonidan urush e’lon qilinganini bilinglar.

deb aytgan.
Kredit haqida oyatda shunday ogohlantirishlar aytilgan bölsa, Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Jobir roziyallohu anhu
“Rasululloh ﷺ ribo yeyuvchini, uni beruvchini, uni yozib qo‘yuvchini va ikki guvohini
la’natladilar
va:
‘Ular barobardir’
,
dedilar.” deb xabar bergan.
Undan tashqari Rasululloh riboni
yetti halokatga olib boruvchi gunohlar
qatorida sanab ötgan. Ya'ni ribo Allohga shirk keltirish, odam(lar)ni nohaq öldirish kabi gunohlar bilan bir qatorda zikr qilingan.
Endi aytingchi, shuncha ogohlantirishlarga qaramay, bir kishi shu ishga qöl ursa, Alloh unga qanday muomala qilarkin? Ishini yurishmayotgani, bolasining kasal bölishi, musibat ustiga musibat kelishi balki qilinayotgan gunohlarga kafforot yoki jazodir? Bu haqida albatta fikr qilish lozim. (Eslatma: Bunday musibatlar mömin insonga uning ajrini, darajasini kötarish uchun sinov tariqasida ham kelishi mumkin.)
Ba'zilar
"palonchi kredit olib, mazza qilib yuribdi"
deb öylaydi. Avvalo, siz uning ichidan nimalar ötayotganidan xabardor emassiz. Undan tashqari, Alloh ba'zilarni jazolashdan oldin, ularga mol-dunyo, muvaffaqqiyat va imkoniyatlarni köpaytirib beradi. Natijada u g'aflatga tushib, oxir-oqibat kutilmaganda jazoga uchraydi. Buni bir kishi narvon orqali eng baland joyga chiqib, keyin ösha joydan yiqilishiga öxshatish mumkin. Agar u narvonga bir ikku pog'ona chiqib yiqilganida, u yerga qattiq tushmas edi. Ammo yuqoridan yiqilsa, unga azob qattiqroq böladi.
Yoki, musulmon bölmaganlar kredit olib, mazza qilib yashayotgani kimlargadir ajibdek tuyiladi. Bu haqida Alloh taolo Oli Imron surasida
“Kofir bo‘lganlar ularga muhlat berishimizni o‘zlari uchun yaxshilik deb o‘ylamasinlar. Biz ularga faqat gunohlarini ziyoda qilishlari uchun muhlat beramiz. Ular uchun xor qiluvchi azob bordir."
deb marhamat qilgan. Ya'ni Alloh ularning ba'zilariga azobni qiyomat kunigacha kechiktirib turadi xalos. Chunki, jahannam azobi dunyo azobidan dahshatliroq.
Shuning uchun, özini musulmon hisoblagan inson kreditdan uzoqroq yurishi lozim. Agar bu ishga qöl urgan bölsa, tezda
tavba
qilib, kreditdan iloji boricha tezroq qutilishi kerak. Inson tirik ekan unda tavba qilish imkoniyati mavjud. Alloh shunaqangi mehribon zotki, u tavba qilgan insonning gunohlarini kechirishdan tashqari, ösha gunohlarni solih amal sifatida yozib ham qöyadi. Tahrim surasida
“Ey iymon keltirganlar! Allohga chin tavba bilan tavba qilinglar.”
deyilgan bölsa, Baqara surasi 222-oyatda
“Albatta, Alloh ko‘p tavba qiluvchilarni va poklanuvchilarni sevadi.”
deyilgani tavba naqadar buyuk amal ekanligining isboti.
Ulamolar tavbaning shartlarini quyidagicha aytishadi:
1. Gunohni darhol tark qilish.
(Kredit misolida: kreditdan iloji boricha tezroq qutilish)
2. Qilgan gunohidan chin dildan pushaymon bo‘lish
.
3. Unga qaytmaslikka qat’iy azm qilish.
(Misol uchun, kimdir sizga "yur, kredit olaylik" deyishi xuddi "yur, chöchqa göshti yeylik" degandek jirkanch bölishi.)
Yuqoridagi gaplar musulmonlar uchun nasihat, chunki Rasululloh
"Din - nasihatdir"
degan va insonlarni yomonlikdan uzoqlashishga hamda yaxshilikka chaqirishga buyurgan. Alloh barchamizni isloh qilsin, amin!
Foydalanilgan manba:
https://muslim.uz/uz/e/post/41894-ribo-va-uning-turlari

July 31, 18:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Eslatma
Germaniyada ba'zi holatlarda soliq dekloratsiyasi ya'ni
Steuererklärung
topshirish
majburiy
hisoblanadi.
Yuqoridagi rasmda kimlar
Steuererklärung
topshirishga
majbur
ekanligi ko'rsatilgan. Misol uchun, siz yoki turmush örtog'ingiz
Elterngeld
,
Arbeitslosengeld
yoki shu kabi pullarni olgan bölsangiz,
Steuererklärung
sizlar uchun majburiy hisoblanadi. Yoki bir vaqtning özida bir nechta joyda ishlagan bölsangiz ham, soliq dekloratsiyasini topshirishingiz lozim. (Minijob hisobga kirmaydi.)
Agar sizga
Steuererklärung
topshirish shart bölsa, 2025-yil uchun
31.07.2026
gacha ya'ni bugungacha hujjat topshirishingiz kerak edi. Ammo bir necha oy kechroq topshirsangiz ham odatda hech qanday muammo bölmaydi.
Agar siz ixtiyoriy tarzda
Steuererklärung
topshirmoqchi bölsangiz, bu uchun naqd
4 yil
vaqtingiz bor. 2025-yil uchun 31.12.2029 gacha topshirsangiz böladi.
@uzDeutschland

July 22, 14:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#ildiz
Bugun bog'da kichkina daraxtchaning
ildizini
chiqarib tashladim. Boshida bir qarab
"bir ikki ursam chiqib ketsa kerak"
deb o'ylagandim. Lekin kamida 5 daqiqa vaqtim ketdi. Yer ustida faqat kichkina qismi turgandi, lekin tagi ancha baquvvat ekan. Ildiz qancha baquvvat bo'lsa, daraxt ham shunga yarasha bo'ladi.
Keyin Qur'oni Karimning
Ibrohim surasidagi
quyidagi oyat yodimga tushdi:
"Alloh qanday misol keltirganini ko'rmadingmi? Yaxshi so'z xuddi yaxshi
daraxtga o'xshaydi
: uning ildizi mustahkam, shoxlari esa osmonda. U Parvardigorining izni bilan har vaqt meva beradi. Alloh odamlar eslatma olishlari uchun misollar keltiradi.".
Ulamolar bu oyatdagi "yaxshi so'z" dan maqsad
Tavhid kalimasi
ya'ni "La ilaha illalloh" deb tafsir berishgan.
Demak, Tavhid hamma solih amallarning asosi va ildizi ekan. Ildiz baquvvat bo'lsa daraxt kuchli, mevador bo'lgani kabi tavhid mustahkam o'rnashgan odam ham solih amallar qilishga harakat qiladi. Kimdadir solih amallar kamayib, yomonliklari ko'paysa, u holda u "La ilaha illalloh" ni qalbga yanada mustahkam o'rnatishga ehtiyojmand bo'ladi.
Aqlli bog'bon daraxt meva berishi uchun unga suv quyib turadi, chunki hadeb shoxlaga e'tibor beravergani bilan, ildiz zaif bo'lsa, u daraxt meva bera olmaydi.
Alloh hammamizning "ildiz"imizni mustahkam qilsin, amin
🤲

July 19, 09:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Siyosat
Rasmda öng tomonda Germaniyaning
CDU/CSU
partiyalarining Bundestagdagi
fraksiyasining
(ya'ni deputatlar guruhining)
sobiq
rahbari
-
Jens Spahn
. Chap tomonda esa uning turmush örtog'i.
Körib turganingizdek bu ikkala mavjudot tabiiy yöl bilan farzand köra olishmaydi. Shuning uchun ular yaqinda Amerika Qöshma Shtatlarida
surrogat ona
(
Leihmutter
) orqali farzand körishdi. Bunda erkakning urug'ligi va ayolning tuxum hujayrasi laboratoriyada urug'lantiriladi. Hosil bölgan embryon ayolning bachadoniga joylanadi. Bola tug'ilgandan keyin, onadan olinib, buyurtmachiga qaytarib beriladi. Sodda tushintiradigan bölsak, bir ayolning tanasini ijaraga olgandek gap, xuddi avtomobilni ijaraga olgan kabi.
Muammo shundaki,
Germaniyada surrogat ona orqalik farzand körish ta'qiqlangan
. Eng qizig'i aynan CDU/CSU partiyasi va Jens Spahnning özi bu narsa qonuniylashtirilishiga qarshi chiqqan edi. Shuning uchun, Spahn surrogat ona orqalik farzandlik bölganini e'lon qilganidan söng, juda köp siyosatchilar uni ikki-yuzlamachilikda (
doppelmoral
da) aybladi. Undan tashqari partiyaning boshlig'i böla turib, partiya prinsiplariga qarshi ish qilgani köp siyosatchilarga yoqmadi. Shuning uchun u fraksiya rahbarligidan iste'foga chiq(aril)di.
Ayrim g'arb davlatlari özi shunday. Ba'zi tadqiqotchilar aytishicha, g'arb mamlakatlari bundan yuz yillar oldin fabrikalarda, dalalarda ishchi kuchi yetishmayotgan vaqtda turli vajlar bilan ayollarni fabrikalarda, dalalarda ishlatishni boshlagan. Chunki kapitalistik tuzim uchun arzon ishchi kuchlari zarur edi. Lekin
"bizga arzon ishchi kerak, endi ishlanglar"
deyilsa qaysi ayol bunga rozi bölar edi? Shuning uchun
"ayollarga ozodlik"
,
"teng huquqlilik"
degan shiorlar bilan bu narsaga erishildi. U vaqtda ayollardan ishchi sifatida foydalanilgan bölsa, hozirgi kunda boshqa tijoriy uslublarda foydalanishmoqda, misol uchun surrogat ona sifatida yoki reklama bannerlarida mahsulotni reklama qiluvchi model sifatida. Bular yana islom dinini, aniqroq aytganda, islom dinini tushirgan Allohni, ayollarga zulm qilganlikda ayblashadi. Qizlar haqida
«Kimning ikkita qizi yoki ikkita opa-singlisi bo'lsa, ularga yaxshilik qilsa, odob bersa va ularga mehribon bo'lsa, unga jannat vojib bo'ladi.»
, ayollar haqida
"Sizlarning eng yaxshilaringiz o‘z ayollariga eng yaxshi muomala qiladiganlaringizdir"
yoki onalar haqida
"Jannat onalarning oyoqlari ostidadir."
degan islom dinini.

July 12, 13:03

Buxoriy haqida she'r ham zarar qilmasa kerak :)

July 12, 11:23

#Manba
Bismillahir Rohmanir Rohim. Germaniyada ta'lim olish davomida o'rganish mumkin bo'lgan eng muhim ko'nikmalardan biri bu - keltirilayotgan fakt, fikr yoki mulohaza uchun
manba ko'rsata olish
. Misol uchun, siz bironta uy ishi, bakalavr ishi yoki boshqa turdagi ilmiy ish yozayotgan bo'lsangiz,
o'zingiz keltirayotgan da'vo
uchun manba ko'rsatish talab etiladi. Agar o'zingiz tajriba yoki surishtiruv o'tkazgan bo'lsangiz, shuni dalil sifatida ko'rsatishingiz mumkin. Agar boshqa odam o'tkazgan tajriba yoki tadqiqotga asoslangan fikrni ilgari sursangiz, unda o'sha odamning ilmiy ishini manba sifatida ko'rsatasiz.
Masalan, siz ilmiy ishingizda
"Uyquning yetarli bo‘lishi xotirani va bilim olish jarayonini yaxshilaydi."
degan fikrni yozyabsiz. Buning uchun albatta manba ko'rsatishingiz kerak bo'ladi.
"Bu gapni qayerdan olding?"
deb so'rab qolishsa,
"buni hamma biladiyu"
,
"Men ko'p uxlayman, shunga xotiram yaxshi, shunga asoslanib aytyabman"
degan gaplar o'tmaydi. Chunki ilmiy ishlarda shaxsiy tajriba emas,
tekshirilishi mumkin bo'lgan dalillar
va ishonchli manbalar asos bo'lishi kerak.
Gaplarni yoki fikrlarni manba bilan asoslay olish shunaqangi muhim ko'nikmaki, u hayotning har bir jabhasida kerak bo'ladi.
Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlarda kimdir "
Oila birlashtirish vizasi uchun qancha oylik daromad bo'lishi kerak?"
deb savol bersa, 10 ta odamdan 10 xil javob keladi.
Ularning qaysi biriga ishonish kerak?
Siyosatda ham, tibbiyotda ham, iqtisodda ham deyarli hamma sohada odamlar har kuni bir-birlariga turli ma'lumot va maslahat berishadi. Agar ma'lumotlarni saralashni bilmasangiz (
fact-checking
), kimning gapiga ishonish kerakligini ham bilmay qolasiz. Ma'lumotni saralash uchun esa albatta u ma'lumot qayerdan kelayotganini surishtirib, oxiriga yetishga harakat qilish lozim.
Yaqinda bölgan bir vaziyatni misol qilib keltirsam. Bir yurtdoshimiz
Elterngeld
uchun ariza jönatgan.
Elterngeldstelle
arizani quyidagi sabab bilan rad etgan:
(7) Ein nicht freizügigkeitsberechtigter Ausländer oder eine nicht freizügigkeitsberechtigte Ausländerin ist nur anspruchsberechtigt, wenn diese Person
1.
eine Niederlassungserlaubnis oder eine Erlaubnis zum Daueraufenthalt-EU besitzt,
2.
eine Blaue Karte EU, eine ICT-Karte, eine Mobiler-ICT-Karte oder eine Aufenthaltserlaubnis besitzt, die für einen Zeitraum von mindestens sechs Monaten zur Ausübung einer Erwerbstätigkeit berechtigen oder berechtigt haben oder diese erlauben, es sei denn, die Aufenthaltserlaubnis wurde ...
" " (§ 1 Abs. 7 BEEG).
"Der ihnen erteilte aufenthaltstitel begründet keinen Anspruch auf Elterngeld."
Ya'ni holat quyidagicha: Yurtdoshimizning passportida oila birlashtirish vizasi bölgan, hali
Aufenthaltserlaubnis
olmagan.
Elterngeldstelleni
hodimi
BEEGdagi
qoidalarni sanab, oxiriga
"Sizdagi viza bilan Eltergeld olib bölmaydi"
deb yozgan. Lekin xatga qaraydigan bölsak (xatning rasmini kommentga joylayman), avval qoidalarni yozib, qoidalarga manba sifatida BEEGni keltirgan. Lekin undan keyingi, rasmda belgilangan joyni özi, qoidalardan tashqarida yozgan. Ya'ni,
"Viza bilan Elterngeld olib bölmaydi."
degan yozuv qoida emas, ösha
hodimning
qoidalarga qilgan
tadbiqi
. Lekin hodimning tatbiqi esa xato bölishi ham mumkin. Keyin arizani qayta körib chiqishlari uchun
Widerspruch
yozdik. Asos sifatida
Aufenthaltsgesetzdagi
viza bilan bog'liq qoidani keltirdik:
"Die Dauer des rechtmäßigen Aufenthalts mit einem nationalen Visum wird auf die Zeiten des Besitzes einer Aufenthaltserlaubnis, Blauen Karte EU, Niederlassungserlaubnis oder Erlaubnis zum Daueraufenthalt - EU
angerechnet
."
. Undan tashqari,
Aufenthaltskarte
olinmaganligiga asosiy sabab
Ausländerbüro
hali termin bermaganligini aytib ötdik. Ya'ni ayb yurtdoshimizda emas.
Arizani qayta körib chiqishib, Elterngeld berishadigan böld
i.
Aytmoqchi bölganim, agar shunday vaziyatlarda
"Bu hodim qaysi manbaga köra arizamni rad etyabdi?"
degan savolni öylamasangiz, u holda arizangiz asossiz rad etildimi yoki asos bilanmi, bilolmay qolasiz.
Xulosa örnida yuqoridagi gapni qaytarishimiz mumkin: ma'lumotlarni manba bilan asoslay olish juda muhim könikma ekan.
Islomda ham albatta bu mavzuga urg'u berilgan. Alloh taolo Hujurot surasida
"Ey iymon keltirganlar! Agar sizlarga bir fosiq kishi biror xabar keltirsa, uni aniqlab (tekshirib) ko'ring."
deb buyurgan bo'lsa, Yunus surasida
"Ularning ko'plari faqat gumonga ergashadilar. Holbuki, gumon haqiqat o'rnini bosa olmaydi."
deb marhamat qilgan. Ya'ni musulmon odam gumonga ergashmasdan, aslida haqiqat nima ekanligini qidirishi lozim ekan.
Manbalar haqida gap ketganda bir buyuk inson -
Imom Al Buxoriy
yodga keladi. Chunki Islomda
Qur'oni Karimdan keyingi eng ishonchli manba
bu Imom Buxoriyning
"Sahih Al Buxoriy"
kitobi hisoblanadi.
Nega shunday ekanligiga qiziqib körganmisiz? Nega shuncha hadis kitoblari böla turib, aynan Buxoriyning hadis kitobiga eng sahihi (ya'ni eng ishonchlisi) sifatida qaraladi?
Chunki, qisqa qilib aytganda, Imom Buxoriy hadislar töplashda ularning
manbalariga
juda
katta
e'tibor bergan
. Misol uchun, birinchi hadis:
«Bizga Humaydiy Abdulloh ibn Zubayr hadis aytdi. U dedi: bizga Sufyon hadis aytdi. U dedi: bizga Yahyo ibn Sa’id Ansoriy hadis aytdi. U dedi: menga Muhammad ibn Ibrohim Taymiy xabar berdi. U Alqama ibn Vaqqosni eshitgan, Alqama esa Umar ibn Xattobni minbarda shunday deganini eshitgan: “Men Rasululloh ﷺning: ‘Amallar faqat niyatlar bilandir…’, deganlarini eshitdim”»
Bilamizki, hadislarning manbasi bu Rasululloh s.a.vning sözlari yoki fe'llari. Buxoriy hadisni ishonchli ekanligini bilish uchun köp kriteriyalarni tekshirgan. Shulardan:
1. Hadisning roviylarini ya'ni rivoyat qilgan insonlarning rostg'oy va xotirasi kuchli ekanliklarini.
Yuqoridagi hadis Rasululloh -> Umar ibn Xattob -> Alqama ibn Vaqqos -> Muhammad ibn Ibrohim Taymiy -> Yahyo ibn Said -> Sufyon -> Humaydiy (Alloh hammalaridan rozi bölsin) yönalishida Buxoriyga yetib kelgan.
Buxoriy shu insonlarning
har birining
qanchalik ishonchli ekanligini va qanchalik mustahkam xotiraga ega ekanliklarini tekshirib chiqqan. Ular yolg'on gapirmagammi? Ularning xotirasi kuchli bölganligini boshqalar tasdiqlaydimi? Boshqa muhaddislar bu shaxslar haqida nima deyishgan?
2. Roviylar bir biri bilan aniq uchrashganmi?
Yuqorida Muhammad ibn Ibrohim Alqama ibn Vaqqosdan hadis eshitganini aytgan. Ular qayerda va qachon uchrashishgan? Bunga dalil bormi? Ular bir zamonda va bir makonda yashashganmi?
3. Ushbu hadis boshqa ishonchli hadislarga zid kelmaydimi?
Imom Buxoriy shu va shunga öxshash kriteriyalar asosida
har bitta hadisni
tekshirib chiqqan. Yuz mingdan oshiq hadisni yoddan bilgan, tasavvur qilyabsizmi?
Buning uchun esa minglagan kilometer yöl bosgan. Sufyon Yahyo ibn Saiddan rivoyat qilgan bölsa (ya'ni shunchaki misol tariqasida), ular deylik Köfa shahrida uchrashgan bölsa, imom Buxoriy kerak bölsa 1000km yöl bosib, Köfadagi odamlardan shu ikkalasi rostdan bir biri bilan körishganmi yoki yöqmi, shuni tekshirib chiqqan.
Agar hadisni Rasullulohgacha bölgan roviylarini kamaytirish mumkin bölsa, buning uchun ham
piyoda
yuzlab kilometer yöl bosishga tayyor bölgan. Misol uchun, agar Sufyon tirik bölsa (tirik bölgan, bu prinsip haqida misol), Buxoriy hadisni Humaydiydan eshitib kifoyalanib qolmasdan, Sufyonning uyiga borib, hadisni uning özidan eshitishga harakat qilgan.
Yuqorida Imom Buxoriy qilgan ba'zi ishlarini sanab ötdim xalos, aslida esa u kishining zehniyu, islom uchun qilgan ishlarini sanasak, bu haqida kunlab gaplashib ötirsak böladi.
Bugun odamlar internetda bitta xabarni tekshirishga erinadigan zamonda, Imom Buxoriy birgina hadisning manbasini tekshirish uchun yillab vaqt sarflaganini, minglab kilometr safar qilganini va yuzlab olimlarning fikrini solishtirgani bilish insonni taajubga soladi. Balki aynan shuning uchun ham Buxoriyning kitobi Qur'oni Karimdan keyingi eng ishonchli hadis to'plami sifatida e'tirof etilgandir.
Alloh bizni ham Buxoriyga loyiq avlodlardan qilsin, amin.