Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O‘zkomnazorat

uzkomnazoratuz
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi 🌐 https://gov.uz/oz/uzkomnazorat 📞 1144 📥 info@uzkomnazorat.uz 📲 https://www.facebook.com/uzkomnazorat 📲 https://www.instagram.com/uzkomnaz
Subscribers
1 704
24 hours
-1
30 days
-19
Post views
294
ER
17,25%
Posts (30d)
40
Characters in post
1 159
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Telecom
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 25, 06:20
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
25-oktabr — Içki işlar organlari xodimlari kuni!
“Özkomnazorat” inspeksiyasi içki işlar organlari xodimlarini kasb bayrami hamda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taşkil etilganining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
❗️
Jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş, yurtimizda tinçlik va osoyiştalikni mustahkamlaş yölida fidokorona xizmat qilayotgan barça xodimlarga mas’uliyatli va şarafli faoliyatida muvaffaqiyatlar, mustahkam soğliq va oilaviy farovonlik tilaymiz.
⚖️
Yurtimiz tinçligi va xalqimiz osoyiştaligi yölidagi xizmatlaringiz bardavom bölsin!
Bayramingiz muborak bölsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🌍
Web-sayt
🔹
Facebook
🕊
Aloqa nazorati
📱
Instagram
‌‌
🔹
LinkedIn
📺
Youtube

October 25, 03:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚘
“Avtomobilsiz kun” aksiyasida faol iştirok eting!
🗓
Bugun, 25-oktabr kuni respublikamizning barça hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi ötkaziladi.
🌱
Mazkur aksiya atmosfera havosiga çiqariladigan zararli moddalar miqdorini kamaytiriş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan.
🚲
Aksiya doirasida fuqarolarni imkon qadar şaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanişni çeklab, jamoat transporti, velosiped va boşqa ekologik toza transport vositalaridan foydalanişga çaqiramiz.
📌
Atrof-muhitni asraş va havo sifatini yaxşilaş — barçamizning umumiy vazifamiz!
Aksiyada faol iştirok etib, ekologik barqarorlikni ta’minlaşga öz hissangizni qöşing.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🌍
Web-sayt
🔹
Facebook
🕊
Aloqa nazorati
📱
Instagram
‌‌
🔹
LinkedIn
📺
Youtube

October 24, 18:19
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanuvçilar diqqatiga!
Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Özkomnazorat” inspeksiyasi boşliği Farrux Rustamov tomonidan joriy yilning 29-oktabr kuni soat 11:00 da Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida jismoniy va yuridik şaxslar vakillari uçun sayyor qabul ötkaziladi.
💬
Qabul davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya xizmatlariga oid muammolar, takliflar hamda murojaatlarni mas’ullarga bevosita yetkaziş imkoniyati mavjud.
⚡️
Manzil:
Samarqand viloyati, Qöşrabot tumani, Mustaqillik köçasi, 4-uy (Musiqa va san’at maktabi).
📞
Batafsil ma’lumot uçun:
+998 66 234-77-06
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🌍
Web-sayt
🔹
Facebook
🕊
Aloqa nazorati
📱
Instagram
‌‌
🔹
LinkedIn
📺
Youtube

October 22, 06:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar uchun sun’iy intellekt infratuzilmasidan bepul yoki imtiyozli foydalanish tartibi
belgilandi
Hukumat qarori (581-son, 20.10.2026 y.) bilan Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar hamda hokimlarning raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan maslahatchilarining ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan bepul yoki imtiyozli foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
🔰
Qarorga ko‘ra, katta til modellari texnologiyasidan foydalanuvchi loyihalar uchun dasturiy interfeys orqali bepul ravishda 6 oygacha muddatda, bir kalendar oy davomida 10 million token hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashga ruxsat beriladi.
💰
Bir oyda 10 million tokendan ortiq foydalanilsa, qo‘shimcha 50 million tokengacha bo‘lgan hajm uchun to‘lovlar tariflarga muvofiq belgilanadi. Bunda tarif bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma taqdim etiladi, foydalanilmagan tokenlar keyingi oylarga o‘tkazilmaydi.
💻
Katta til modellari hisoblanmaydigan sun’iy intellekt modellarini o‘rgatish, sinovdan o‘tkazish, validatsiya qilish, baholash va inferens maqsadlarida 6 oygacha bo‘lgan muddatga jami 120 gigabaytdan ko‘p bo‘lmagan videoxotira hajmi foydalanuvchi arizasiga muvofiq ajratiladi.
🏆
Imtiyozli foydalanish huquqi uchun loyihalar tanlov orqali saralab olinadi. Tanlov bir yilda ikki marotaba (iyul va noyabr oylarida) o‘tkaziladi, arizalar 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi.
⚖️
Tanlov natijalaridan norozi ishtirokchilar natijalar e’lon qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga elektron shaklda shikoyat berishga haqli. Shikoyat besh ish kunida ko‘rib chiqiladi.
❗️
Bir foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq loyihani amalga oshirishga ruxsat berilmaydi. Foydalanuvchilar olingan ma’lumotlarni nizomda belgilangan maqsadlardan tashqari qayta ishlash, uchinchi shaxslarga berish, nusxalash, tarqatish yoki tijorat maqsadlarida foydalanishga haqli emas (qonunchilik hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X

October 21, 13:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeyini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!
—
Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.
Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.
Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было
Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.
Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.
Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!

October 21, 06:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti ishtirokchilariga
tabrik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 21, 04:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

✏️
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
📕
21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi barcha yurtdoshlarni samimiy muborakbod etadi!
Ona tilimiz xalqimizning tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligidir. Asrlar davomida shakllangan o‘zbek tili madaniyatimiz va ma’rifatimizning asosiy poydevoridir.
💡
Bugungi kunda davlat tilining qo‘llanish doirasini kengaytirish, uning nufuzini yanada oshirish hamda axborot makonida to‘g‘ri va savodli ishlatilishini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu qutlug‘ kunda ona tilini e’zozlash, uni barcha sohalarda, jumladan, zamonaviy texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya sohasida rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
✨
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi barchangizni ushbu bayram bilan tabriklaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🌍
Web-sayt
🔹
Facebook
🕊
Aloqa nazorati
📱
Instagram
‌‌
🔹
LinkedIn
📺
Youtube

October 20, 13:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

💬
“Siz mamlakatingizni dunyoga ochdingiz” — Marko Rubio Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlariga yuksak baho berdi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🌍
Web-sayt
🔹
Facebook
🕊
Aloqa nazorati
📱
Instagram
‌‌
🔹
LinkedIn
📺
Youtube

October 19, 05:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📢
Shaxsiy qabullar jadvali
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi hududiy bo‘limlari rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan rejali shaxsiy qabullar jadvali bilan yuqorida tanishishingiz mumkin.
🔘
Qabul kuni:
har seshanba
🔘
Qabul vaqti:
10:00–12:00
⬆️
Qabul manzillari va hududiy bo‘limlar rahbarlari haqidagi batafsil ma’lumotlar infografikada keltirilgan.
☑️
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari o‘z murojaatlari hamda takliflari yuzasidan belgilangan vaqtda shaxsiy qabulga kelishlari mumkin.
ℹ️
Ma’lumot uchun, Inspeksiya o‘z vakolati doirasida telekommunikatsiya va pochta xizmatlari sifati, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaa faoliyati, shuningdek, koll-markazlarning texnik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🌍
Web-sayt
🔹
Facebook
🕊
Aloqa nazorati
📱
Instagram
‌‌
🔹
LinkedIn
📺
Youtube

October 16, 13:34
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

🔸
O‘zbekiston delegatsiyasi YeXHTning 26-Markaziy Osiyo mediakonferensiyasida ishtirok etdi
🟠
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) shafeligida 26-Markaziy Osiyo mediakonferensiyasi bo‘lib o‘tdi. "Umumiy voqelikni yaratish: raqamli asrda axborotning haqqoniyligi, mediaetika va ishonch" mavzusiga bag‘ishlangan mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Nigora Xodjayeva ishtirok etdi.
📎
Tadbir Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘ulistonning tegishli vazirlik hamda idoralari, media tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, akademik doiralar hamda xalqaro ekspertlardan iborat 120 dan ortiq vakilni bir maydonga jamladi. Kun tartibidan sun’iy intellekt, dipfeyk texnologiyalari va kiberbulling kabi zamonaviy tahdidlar sharoitida so‘z erkinligini himoya qilish, feyk xabarlarga qarshi kurashish hamda jamiyatning ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga oid dolzarb masalalar o‘rin oldi.
✏️
Konferensiya doirasida YeXHT Vazirlar kengashining 2018-yil 7-dekabrdagi
"Jurnalistlar xavfsizligi to‘g‘risida"gi 3/18-sonli qarori (MC.DEC/3/18) rasmiy matni ilk bor o‘zbek va mintaqaning boshqa tillariga tarjima qilingan holda e’lon qilindi.
Ushbu hujjat jurnalistlarning erkin va xavfsiz kasbiy faoliyat yuritishini ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
⚫️
Mazkur anjuman raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt keng yoyilayotgan bir davrda mintaqaviy axborot xavfsizligini mustahkamlash, mediaetikani saqlash hamda jurnalistlar huquqlarini himoya qilishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim amaliy maydon vazifasini o‘tadi. O‘zbekiston vakillarining undagi ishtiroki esa mamlakatning zamonaviy axborot tahdidlariga qarshi kurashish hamda milliy media makonni xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga qaratilgan amaliy tashabbuslarini namoyon etdi.
▶️
Batafsil:
UZKOMNAZORAT.UZ
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🌍
Web-sayt
🔹
Facebook
🕊
Aloqa nazorati
📱
Instagram
‌‌
🔹
LinkedIn
📺
Youtube