Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O‘zkomnazorat

uzkomnazoratuz
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi 🌐 https://gov.uz/oz/uzkomnazorat 📞 1144 📥 info@uzkomnazorat.uz 📲 https://www.facebook.com/uzkomnazorat 📲 https://www.instagram.com/uzkomnaz
Подписчики
2 580
24 часа
30 дней
-60
Просмотры
419
ER
14,88%
Посты (30д)
40
Символов в посте
921
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Телекоммуникации
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 27, 14:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz Quva tumanidagi texnikumda yoshlar bilan
muloqot qildi.

Президент нашей
страны
побеседовал
с
молодежью в техникуме Кувинского района.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt|
Aloqa nazorati|
Facebook|
Instagram
‌‌
|
Youtube
|
LinkedIn

April 27, 12:09
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

✔️
Raqamli muhitda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda intellektual mulk obyektlaridan foydalanish va ularni huquqiy jihatdan himoya qilish masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, internet tarmoqlarida mualliflik va turdosh huquqlar buzilishi holatlarining ortib borishi ushbu yo‘nalishda samarali nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
➡️
Shu munosabat bilan 26-aprel — Xalqaro intellektual mulk kuni doirasida Adliya vazirligi tomonidan “Raqamlashtirish sharoitida intellektual mulk huquqining rivojlanish tendensiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
🔵
Tadbirda elektron tijoratda tovar belgilarini himoya qilish, patentlarni tijoratlashtirish va innovatsiyalarni iqtisodiyotga joriy etish, mualliflik hamda turdosh huquqlarni samarali himoya qilish, telekommunikatsiya tarmoqlarida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, noqonuniy kontentga qarshi kurashish, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan fikr almashildi.
➡️
Shuningdek, raqamli muhitda intellektual mulk huquqlarini buzuvchi veb-resurslarni aniqlash va ularni belgilangan tartibda cheklash, telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik va turdosh huquqlar bo‘yicha qonunchilik ijrosini ta’minlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
➡️
Batafsil:
UZKOMNAZORAT.UZ
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt|
Aloqa nazorati|
Facebook|
Instagram
‌‌
|
Youtube
|
LinkedIn

April 27, 06:14
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

✔️
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish mavzusida tadbir o‘tkazildi
Yurtimizda fuqarolar ongini turli zararli g‘oyalardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
💡
Shu munosabat bilan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasida “Terrorizm va ekstremizm – taraqqiyot dushmani, xalq tinchligi va osoyishtaligiga tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🗣️
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Melikuziyev Jahongir Valijonovich ishtirok etib, terrorizm va ekstremizmning mohiyati, ularning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri hamda bu kabi tahdidlarga qarshi kurashishda hushyorlik va ogohlik muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
➡️
Batafsil:
UZKOMNAZORAT.UZ
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt|
Aloqa nazorati|
Facebook|
Instagram
‌‌
|
Youtube
|
LinkedIn

April 24, 12:28
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

⚡️
Sayyor qabul: Qoraqalpog‘istonda AKT xizmatlari sifati va infratuzilma masalalari joyida o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli yechimlar belgilandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i Farrux Rustamov ishtirokida sayyor qabul hamda soha korxonalari rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🗣️
Tadbir doirasida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari sifati, internet tezligi, radiochastotalardan foydalanish hamda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Har bir murojaat joyida atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tadbirda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish nafaqat xizmatlar sifatini oshirish, balki boshqaruv jarayonlarida shaffoflikni ta’minlashda ham muhim omil ekani ta’kidlandi. Xususan, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, jarayonlarni elektron shaklga o‘tkazish hamda ma’lumotlar ochiqligini oshirish korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Bunday sayyor qabullar hududlarda muammolarni joyida o‘rganish, aholining murojaatlariga tezkor yechim topish hamda davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ochiq muloqot va hamkorlikni mustahkamlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
➡️
Batafsil:
UZKOMNAZORAT.UZ
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt|
Aloqa nazorati|
Facebook|
Instagram
‌‌
|
Youtube
|
LinkedIn

April 24, 11:25
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

⚡️
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha amalga oshirilmoqda
😶‍🌫️
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida “Link Wise” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan barpo etilayotgan Modulli intellektual hisoblash markazi qurilishi bilan tanishdi.
➡️
Tashrif davomida qurilish maydonida olib borilayotgan ishlar, markaz uchun yaratilayotgan muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar ko‘zdan kechirildi. Mutaxassislar markazning texnik imkoniyatlari haqida ma’lumot berib, ushbu majmuaga yuqori unumdor server uskunalari o‘rnatilishi, katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash va ishonchli saqlash imkoniyatlari yaratilishini ta’kidladi. Shuningdek, loyiha sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgani qayd etildi.
✔️
Mazkur markaz ishga tushirilgach, hududda raqamli infratuzilma yanada mustahkamlanib, davlat tashkilotlari va biznes uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.
➡️
Batafsil:
UZKOMNAZORAT.UZ
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt|
Aloqa nazorati|
Facebook|
Instagram
‌‌
|
Youtube
|
LinkedIn

April 23, 17:04
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

23-aprel — AKT sohasida xalqaro qizlar kuni
munosabati bilan Prezidentimiz tomonlaridan ayollarning ushbu yo‘nalishda rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlari tobora kengayib borayotganini yana bir bor
eslatib
, qizlarimizni yanada ko‘proq o‘z ustilarida ishlab, zamonaviy bilimlarni o‘rganishga, bizni sohada karyera qilishlariga hamda o‘z startaplarini yaratishlariga undaymiz.
Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, bayram muborak!

April 23, 14:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#sayyor_qabul
📣
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i Rustamov Farrux Shohruxovich tomonidan joriy yilning 24-aprel kuni soat 11:00 da Qoraqalpogʻiston Respublikasida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Agar sizda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish jarayonida muammolar yoki sizni qiziqtirgan savollar mavjud bo‘lsa, mazkur sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
📍
Manzil:
Qanlikoʻl tumani, Yoshlar markazi binosi
📞
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 (55) 109-01-11
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt|
Aloqa nazorati|
Facebook|
Instagram
‌‌
|
Youtube
|
LinkedIn

April 23, 13:02
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🛡
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Raqamli sog‘liqni saqlash markazi faoliyati bilan tanishildi
✔️
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i Farrux Rustamov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida mazkur markaz faoliyati bilan tanishdi.
🗣️
Taqdimot davomida markazda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, elektron tibbiy xizmatlarni joriy etish, axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinuvini takomillashtirish hamda bemorlarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Bundan tashqari, tibbiyot muassasalari o‘rtasida yagona raqamli tizimni rivojlantirish va jarayonlarni avtomatlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
➡️
Batafsil:
UZKOMNAZORAT.UZ
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt|
Aloqa nazorati|
Facebook|
Instagram
‌‌
|
Youtube
|
LinkedIn

April 23, 11:04
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

⚡️
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i Nukusda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
📌
Uchrashuvda inspeksiya boshlig‘i sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, shunday dedi:
🗣️
Raqamli infratuzilmani rivojlantirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini izchil oshirish bugungi kunning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu jarayonda eng katta e’tibor yosh kadrlarni tayyorlashga qaratilmoqda. Chunki sohaning kelajagi aynan bilimli, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan yosh mutaxassislarga bog‘liq. Shu bois, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish, yoshlarni raqamli soha jarayonlariga keng jalb etish ustuvor vazifamiz hisoblanadi.
✔️
Shuningdek, muloqot davomida raqamli texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim jarayonlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
➡️
Batafsil:
UZKOMNAZORAT.UZ
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt|
Aloqa nazorati|
Facebook|
Instagram
‌‌
|
Youtube
|
LinkedIn

April 22, 11:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mintaqaviy ekologik sammitdagi
nutqi

Выступление
Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на Региональном экологическом саммите

Address
by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Regional Ecological Summit
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X