
Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi
👍
Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi va “Yuksaliş” harakati örtasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilindi
➡️
26-oktabr kuni “Yuksaliş” harakati, Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi
va unga a’zo tele hamda radiokanallar vakillari iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
➡️
Muloqotda islohotlarni jamoatçilikka samarali yetkaziş, nodavlat media imkoniyatlaridan foydalaniş va jamoatçilik nazoratini kuçaytirişda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
➡️
Tomonlar özaro aloqalarni muntazam yölga qöyiş, tajriba va imkoniyatlarni birlaştiriş, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt asosida yangi media taşabbuslarini işlab çiqişga e’tibor qaratdi.
➡️
Şuningdek, 2027-yilda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan qöşma loyihalar yuzasidan fikr almaşildi.
👍
Uçraşuv ikki taşkilot örtasida yanada yaqin va tizimli hamkorlikni yölga qöyiş, jamoatçilik bilan muloqotni kengaytiriş hamda keng qamrovli media loyihalarni amalga oşiriş yölidagi muhim qadam böldi.
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
📈
Orzuyingizdagi avtomobil sari yana bir qadam!
🖐
“Besh tashabbus” doirasida tashkil etilayotgan “Zamonaviy kasblar” tanlovi yoshlarning kasbiy mahoratini namoyon etish, iqtidorini ro‘yobga chiqarish va yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritish uchun keng yo‘l ochmoqda. Ayni paytda tanlovning hududiy bosqichlari mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.
👨💻
Grafik dizayn, veb-sayt yaratish va mobilografiya yo‘nalishlarida o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni sinovdan o‘tkazing hamda mahoratingizni amalda namoyish eting.
✔️
Tanlov g‘oliblarini 3 ta
CHANGAN UNI-E avtomobili
, 75 million va 50 million so‘mlik pul mukofotlari hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
➡️
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
🟢
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi milliy tariximizda muhim burilish yasab, mustaqillik sari tashlangan dadil qadam bo‘ldi.
🟢
Bugun o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish, uning zamonaviy media makonidagi o‘rnini mustahkamlash va kelajak avlodga munosib yetkazish — umumiy mas’uliyatimizdir.
🟢
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etadi!
➡️
Ona tilimizning nufuzi yuksalib, xalqaro minbarlarda munosib yangrasin, qadri esa avlodlar qalbida abadiy yashasin!
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
🇺🇿
O‘z tilim — ona tilim!
✍️
21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
⚫️
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va tarixiy xotiramiz timsoli. O‘rxun-Enasoy bitiklaridan tortib, buyuk mutafakkirlarimiz va adiblarimizning bebaho asarlarigacha bo‘lgan boy ma’naviy merosimiz o‘zbek tilining asrlar davomida yashab, sayqallanib, avlodlardan avlodlarga yetib kelayotganidan dalolat beradi.
⚫️
Ona tilimizni asrash, uning boy imkoniyatlarini keng namoyon etish, nufuzini oshirish va kelajak avlodlarga munosib yetkazish — barchamizning sharafli burchimiz.
✅
Ona tilim — faxrim, g‘ururim va milliy iftixorim!
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
👍
A’ZOLAR E’TIROFI | BMB HOLDING
⚫️
Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi a’zosi BMB HOLDING tarkibidagi
BMB MEDIA MARKAZI
so‘nggi kunlarda xalqaro va milliy miqyosdagi ikki muhim e’tirofga sazovor bo‘ldi.
⚫️
Markaz
TAF!26
xalqaro reklama festivalida hududlarda keng qamrovli media yechimlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi. Shuningdek,
“Jonajon o‘zbek tilim” tanlovida
“O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
⚫️
Mazkur natijalar jamoaning media va kommunikatsiyalar sohasidagi professional salohiyati, ijodiy yondashuvi hamda davlat tilini targ‘ib etishga qo‘shayotgan hissasini namoyon etadi.
⚫️
Assotsiatsiya BMB HOLDING jamoasini ushbu yutuqlar bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan
Aziza Abdusabitovna Qurbonova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
—
Распоряжением Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан
Курбонова Азиза Абдусабитовна
назначена на должность первого заместителя начальника Департамента коммуникаций Администрации Президента Республики Узбекистан.
Facebook
|
Instagram
|
X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan
Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
—
Распоряжением Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан
Фозилов Акрамжон Муроджон угли
назначен на должность первого заместителя советника Президента Республики Узбекистан по вопросам представительных органов, негосударственных некоммерческих организаций и молодежи и в связи с этим освобожден от должности первого заместителя начальника Департамента коммуникаций Администрации Президента Республики Узбекистан.
Facebook
|
Instagram
|
X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan
Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
—
Распоряжением Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан
Худайбердиев Хушнуд Гайратович
назначен на должность заместителя начальника Департамента коммуникаций Администрации Президента Республики Узбекистан.
Facebook
|
Instagram
|
X
Tilning kelajagi bugun ko‘p jihatdan raqamli makonda hal bo‘lyapti
Odamlar endi so‘zning ma’nosini kitobdan emas, telefondan qidiradi. Internetda o‘zbek tilida ishonchli va qulay manba bo‘lmasa, bu bo‘shliqni boshqa tillar egallaydi.
Buni chaqiriqlar bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Faqat sifatli mahsulot bilan o‘zgartirish mumkin.
Shu ma’noda kecha o‘zim taqdimotida qatnashgan
“
Til.uz
”
portalini juda to‘g‘ri qadam deb bilaman. Portalda lug‘atlar, folklor va shevalar birinchi marta bitta zamonaviy platformada jamlandi.
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi
ham bu loyihani qo‘llab-quvvatlaganlar qatorida bo‘ldi. Loyiha tashabbuskori
HAYOT Foundation
jamoasiga,
Gross
kompaniyasi va
Centrum Air
'ga, texnologik hamkorlar
Tilmoch.ai
va
Tahrirchi.uz
’ga minnatdorchilik bildiraman. Loyihaning bir qismi bo‘lganimizdan xursandmiz.
Endigi vazifa shu imkoniyatni tahririyatlarimizning kundalik ishiga olib kirish.
Assotsiatsiya bu borada a’zolarimiz bilan birga ishlashga tayyor.
Odiljon Tojiyev