Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

uzmilliymedia

uzmilliymedia
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali Instagram: instagram.com/uzmilliymedia Facebook: facebook.com/uzmilliymedia
Подписчики
1 293
24 часа
-1
30 дней
21
Просмотры
241
ER
18,64%
Посты (30д)
30
Символов в посте
519
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
September 11, 05:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hurmatli Odiljon Fotihjon o‘g‘li!
Bugun jamoamiz uchun alohida kun — Sizning tavallud ayyomingiz. Ushbu quvonchli sana munosabati bilan Sizni chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Xalq vakili sifatidagi qat’iy pozitsiyangiz hamda mamlakatimizda ochiq va erkin media muhitini rivojlantirish yo‘lidagi tashabbuslaringiz bugun o‘zining yuksak samarasini bermoqda. Sizdek talabchan, shu bilan birga jamoani ruhlantira oladigan tajribali rahbar bilan ishlash biz uchun katta tajriba maktabidir.
Umringiz uzoq, salomatligingiz mustahkam bo‘lsin. Vatan taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda hamisha omad yor bo‘lishini tilaymiz!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, jamoangiz.

September 10, 12:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yoshlik shijoati, ijod zavqi va samimiy lahzalar…
«Sharafli yo‘l» videoroliklar ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan yorqin jarayonlar.
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|

September 10, 05:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi Samarqandda
Joriy yilning,
15-sentyabr
kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.
1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.
Batafsil ma’lumot —
turnirning rasmiy saytida
.
#ChessOlympiad2026
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|

September 07, 11:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

MuzTV O'zbekiston, Montella, Humo Arena hamda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi taqdim etadi!
Ilk bor Toshkentda, Humo Arena sahnasida
rai janri qiroli
va Sharqning eng taniqli ovozlaridan biri afsonaviy Cheb Mami!
16-oktyabr, soat 19:00 da.
Sizni 30 yillik xitlar oqshomi, unutilmas lahzalar va jonli ijrolar kutmoqda.
Bosh homiy — Montella. Homiylar — Centrum AIR, AKFA va Shox Med Center boshqalar.
Chiptalar allaqachon
iTicket.uz
saytida sotilmoqda.
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|

September 07, 06:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘z huquqlaringizni bilasizmi?
Mahalliy shifoxonada qaysi dori-darmonlar bepul berilishi kerak? Yo‘llar va jamoat joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?
Bu shunchaki savollar emas.
Siz o‘z huquqlaringiz, davlat xizmatlari va yaratilgan imkoniyatlar haqida axborot olish huquqiga egasiz.
🎬
Ijtimoiy rolik UNESCO, Kontent markazi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamkorligida tayyorlandi.
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|

September 05, 12:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Byudjet — bu sizga ham daxldor masala.
Mahallangiz byudjeti qancha? Maktablarni ta’mirlash uchun davlat tomonidan qancha mablag‘ ajratiladi? Nega ayrim xarajatlar uchun aholidan mablag‘ yig‘iladi?
Bu savollarni berishga haqqingiz bor. Chunki
siz o‘zingizga va jamiyat hayotiga daxldor masalalar haqida axborot olish huquqiga egasiz.
🎬
Ijtimoiy rolik UNESCO, Kontent markazi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamkorligida tayyorlandi.
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|

September 04, 10:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Savol berish — sizning huquqingiz.
Hududingizdagi yo‘llarni ta’mirlash uchun qancha mablag‘ ajratiladi? Havoning ifloslanishiga qarshi qanday choralar ko‘rilmoqda?
Siz yashayotgan hudud va hayotingizga daxldor masalalar haqida
axborot olish huquqiga egasiz.
🎬
Ijtimoiy rolik UNESCO, Kontent markazi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamkorligida tayyorlandi.
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|

September 04, 06:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘z huquqlaringizni biling!
🇺🇿
Qayerda ta’lim olish, qanday imkoniyatlardan foydalanish va kelajagingiz uchun qaysi yo‘lni tanlash — avvalo, to‘g‘ri axborotdan boshlanadi.
Davlat stipendiyalari, grantlar, ta’lim kreditlari yoki startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida savollaringiz bormi?
Siz bu imkoniyatlar haqida axborot olish huquqiga egasiz.
🎬
Ijtimoiy rolik UNESCO, Kontent markazi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamkorligida tayyorlandi.
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|

September 03, 10:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“S Iqbol” telekanali — 20 yoshda!
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi jamoasi
Assotsiatsiya a’zosi “S Iqbol” telekanalini efirga chiqqanining 20 yilligi
bilan samimiy tabriklaydi!
20 yil — katta tajriba, izlanish va tomoshabinlar bilan birga bosib o‘tilgan munosib yo‘l. Telekanal jamoasiga yangi ijodiy g‘oyalar, muvaffaqiyatli loyihalar va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.
20 yillik muborak, “S Iqbol”!
Instagram
|
Facebook
|
Linkedin
|
You tube
|
X
|

September 03, 05:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yer yuzi aholisining
qariyb 42 foizini
qamrab olgan Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT)
boshqa bloklarga qarshi qaratilmagani, ochiqligi va qarorlarning faqat konsensus asosida qabul qilinishi
bilan mintaqaviy blokdan xalqaro tizimdagi muvozanatning yangi kuch markaziga aylandi.
Davlatimiz o‘z milliy manfaatlarini qat’iy himoya qiladigan va yirik kuch markazlarini bir stol atrofida muvozanatda ushlab tura oladigan kuchli, pragmatik va mustaqil siyosat yuritib kelyapti.
Odiljon Tojiyev