
O‘zMU Jizzax filiali | Rasmiy kanali
⭕️
#qabul2026
⭕️
#targʻibot
📍
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul boshlandi.
📚
Abituriyentmisiz? Har tomonlama qulay va maqbul universitetni tanlashga qiynalyapsizmi?
Unda hech ikkilanmay
Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
ga hujjatlaringizni topshiring!
📆
📍
Murojaat uchun telefon raqamlari:
☎️
+998(72) 226-04-87
☎️
+998(72) 226-04-92
☎️
+998(72) 226-05-16
☎️
+998(97) 439-19-12
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🌐
Sayt
✅
Telegram
🌐
Instagram
💬
Facebook
📹
You tube
#tadqiqotdan_amaliyotga
Orolning qurigan tubidagi oʻsimliklarning yashovchanligini oshiruvchi biopreparatlar yaratildi
OʻzMU Jizzax filiali professori
Sayyora Murodova
rahbarligida Orol dengizining qurigan tubidagi
oʻta shoʻr tuproqlarda oʻsimliklar hayotchanligini oshirish
ga qaratilgan
amaliy loyiha
amalga oshirilmoqda.
Loyihada professor-oʻqituvchilar bilan bir qatorda
iqtidorli talabalar
ham faol ishtirok etmoqda.
Tadqiqot davomida hududning shoʻr tuproqlaridan
1000 dan ortiq
mikroorganizm namunalari ajratib olinib, eng samarali
100 tasi
asosida maxsus mikrobiologik kolleksiya yaratildi.
Ular negizida ishlab chiqilgan
“Zamin-M” va “Rizotoʻplam” biopreparatlari
Orolboʻyi sharoitida oʻsimlik urugʻlarining unuvchanligi va chidamliligini oshirishda yuqori samara koʻrsatmoqda.
Mazkur ilmiy ishlanma Orolboʻyida ekologik barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilish bilan birga,
talabalarning ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishi va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash
uchun ham muhim maydon vazifasini oʻtamoqda.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#yurtim_qadriyatlari
🇺🇿
“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovining final bosqichi poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.
🏛
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan tanlovning final bosqichi
22-23-iyun kunlari O‘zbekiston
davlat sanʼat va madaniyat instituti
o‘quv teatr binosida bo‘lib o‘tadi.
Finalda quyidagi oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari o‘zaro bellashadi:
🔸
Toshkent davlat yuridik universiteti
🔸
Urganch innovatsion universiteti
🔸
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
🔸
Namangan davlat pedagogika instituti
🔸
Buxoro davlat tibbiyot instituti
🔸
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
🏆
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan
I, II va III darajali diplom
hamda
1-o‘rin 50 million, 2-o‘rin 30 million va 3-o‘rin 20 million so‘m
miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
Barcha jamoalarga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
⭕️
O‘qishni ko‘chirish jarayonlari 15-iyuldan
boshlanadi
🔺
O‘qishni ko‘chirish jarayonlari 15-iyulda boshlanib, 5-avgustgacha davom etadi.
👉
Batafsil:
edu-talim.uz/news/306
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🌐
Sayt
✅
Telegram
🌐
Instagram
💬
Facebook
📹
You tube
⭕️
Magistrlar ilmiy bosqich sari muhim qadam tashlashmoqda
⭕️
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida 2025/2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoni grafigi hamda “Magistratura to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq muhim ilmiy jarayon – magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi.
⭕️
O‘quv rejasida belgilangan barcha fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan magistrantlarga dissertatsiya himoyasiga ruxsat berilib, tasdiqlangan jadval asosida
70710201 – Biotexnologiya
mutaxassisligi magistrantlari o‘z ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini munosib himoya qildilar.
⭕️
Mazkur jarayon nafaqat magistrantlarning ko‘p yillik mehnati va izlanishlari yakuni, balki ularning ilmiy salohiyati, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda soha bo‘yicha yetuk mutaxassis sifatida shakllanganini yaqqol namoyon etdi.
⭕️
Himoya jarayonlari ochiq va shaffof tarzda, ilmiy kengash a’zolari hamda mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilib, dissertatsiyalar dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati asosida baholandi.
⭕️
Ushbu muhim bosqich magistrantlar uchun kelgusida ilm-fan, ta’lim va xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topish yo‘lida mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🌐
Sayt
✅
Telegram
🌐
Instagram
💬
Facebook
📹
You tube
⭕️
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti talabalari ishtirokida yurtimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk davlat arboblarining olamshumul jasorati va boy merosiga bag‘ishlangan mahorat darslari tashkil etildi.
⭕️
Bugungi kunda yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, tarixiy xotirani asrab-avaylash hamda ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘lini keng targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etayotgan bir davrda ushbu tadbir o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi.
⭕️
Dars davomida tarixiy shaxslarning faoliyati, ularning vatanimiz tarixiga qo‘shgan beqiyos hissasi, siyosiy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni hamda erishgan yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, savol-javoblar jarayoni esa mashg‘ulotning mazmunan boy va interaktiv o‘tishiga xizmat qildi.
⭕️
Mahorat darslari yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning jasorati va matonatidan ruhlanib, ularga munosib voris bo‘lish ruhida tarbiyalash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🌐
Sayt
✅
Telegram
🌐
Instagram
💬
Facebook
📹
You tube
⭕️
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Psixologiya fakulteti talaba-qizlari ishtirokida
“Oilaning muqaddasligi va oilaviy qadriyatlar”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
⭕️
Bugungi globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ayniqsa, oilaviy muhitni mustahkamlash masalalari dolzarb ahamiyat kasb etayotgan bir paytda mazkur tadbir yoshlar ongida sog‘lom oilaviy munosabatlar tamoyillarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
⭕️
Tadbir davomida oilaning jamiyat hayotidagi o‘rni, oila mustahkamligini ta’minlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda oilaviy tantana va marosimlarni mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan fikr va mulohazalar davra suhbatiga yanada mazmun bag‘ishladi.
⭕️
Davra suhbatida Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Muhlisa Ochilova ishtirok etib, talaba-qizlarga sog‘lom va mustahkam oila qurish, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat, ishonch va mas’uliyatning ahamiyati haqida muhim tavsiyalar berdi. U o‘z nutqida yoshlarning oilaga bo‘lgan mas’uliyatli yondashuvi kelajak jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.
⭕️
Mazkur tadbir talaba-yoshlarda oilaviy qadriyatlarga hurmat, milliy an’analarga sadoqat hamda kelajakda namunali oila barpo etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🌐
Sayt
✅
Telegram
🌐
Instagram
💬
Facebook
📹
You tube
⭕️
Ertalabki badantarbiya va voleybol musobaqasi yuqori kayfiyatda tashkil etildi
⭕️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni
“Yoshlar kuni”
etib belgilanganligi munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
“Amaliy matematika”
fakulteti dekanati, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda filialning bo‘lim xodimlari ishtirokida tonggi badantarbiya mashqlari va voleybol sport o‘yini bo‘lib o‘tdi.
⭕️
Ertalabki soflik va sportga oshno muhitda tashkil etilgan ushbu tadbir jamoa o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ahillik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
🔺
Faol va ko‘tarinki ruhda o‘tgan sport mashg‘ulotlari ishtirokchilarga kun davomida yuqori energiya va motivatsiya bag‘ishladi. Sport — sog‘lom hayot garovi ekanini yana bir bor namoyon etgan mazkur tadbir barcha qatnashchilarda iliq taassurot qoldirdi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🌐
Sayt
✅
Telegram
🌐
Instagram
💬
Facebook
📹
You tube
⭕️
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Jizzax viloyatida bo‘ldi
⭕️
Ayni kunlarda
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev
rahbarligida Prezidentning
2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari
ijrosi yuzasidan Jizzax viloyatida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish doirada bugun —
10-iyun kuni ma'sullar Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdilar
.
⭕️
Dastlab mehmonlar institutning
Avtomobilsozlik muhandislik maktabi
hamda
Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi
faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bu yerda tahsil olayotgan yosh avtomobilsoz talabalar uchun yaratilgan
shart-sharoitlar
hamda
“dual ta’lim” o‘quv formatining afzalliklari
ko‘rsatib o‘tildi.
⭕️
Tashrif davomida Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyevga
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov
, respublika va viloyat rahbariyati vakillari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda mas’ullar hamrohlik qildi.
⭕️
Shuningdek, viloyatdagi oliy va boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan
startap va innovatsion tashabbuslar
, yosh tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan
ilmiy ishlanmalar
hamda ularni
tijoratlashtirish imkoniyatlari
yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
⭕️
Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi hamkorligida
“Oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal qilish”
mavzusida
“Mahalla yettiligi”
vakillari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminar ishtirokchilari bilan ham uchrashdilar.
⭕️
Yakunda o‘quv-seminar ishtirokchilari uchun
Jizzax politexnika institutining 1-sonli talabalar turar joyida
tushlik dasturxoni tashkil etildi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🌐
Sayt
✅
Telegram
🌐
Instagram
💬
Facebook
📹
You tube
⭕️
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Jizzax viloyatida bo‘ldi