Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O‘zMU Jizzax filiali | Rasmiy kanali

uzmujizzaxfiliali
🏛 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialining rasmiy telegram kanali • www.jbnuu.uz • instagram.com/jbnuu.uz • facebook.com/jbnuu.uz • Guruh @uzmujftalabalari • @Direktor_qabulxonasibot Murojaat uchun. @Sarvar_Suvonov
Подписчики
4 413
24 часа
2
30 дней
-24
Просмотры
920
ER
20,85%
Посты (30д)
257
Символов в посте
970
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 19:46
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

⭕️
#zakovat
🔺
Bilim, tafakkur va intellektual bellashuv — yoshlar kamoloti sari muhim qadam!
⭕️
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Talabalar turar joyida
“Zakovat” klubi to‘garagi doirasida navbatdagi intellektual o‘yin
bo‘lib o‘tmoqda.
⭕️
Mazkur o‘yinlar talabalarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
⭕️
E’tiborlisi, “Zakovat” intellektual o‘yinlari talabalar turar joyida muntazam ravishda tashkil etilib, bilimga chanqoq yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirib kelmoqda.
Har bir bellashuv talabalarga o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, yangi ma’lumotlarni o‘rganish va intellektual salohiyatini namoyon etish imkonini bermoqda.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🌐
You tube

October 27, 13:53
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

⭕️
“Besh tashabbus” doirasida Stol tennisi musobaqasi!
⭕️
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus” loyihasi doirasida
Stol tennisi
musobaqasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
⭕️
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda talabalar o‘zaro kuch sinashib, keyingi bosqich yo‘llanmalari uchun kurash olib bordilar.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🌐
You tube

October 27, 13:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 27, 09:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 27, 09:35
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

⭕️
Huquqini bilgan yosh — kelajagiga befarq bo‘lmagan yosh!
🔺
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Psixologiya fakulteti talabalari ishtirokida
“Inson huquqlari va men”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🔺
Tadbir davomida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonun ustuvorligi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari hamda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
🔺
Muloqot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, o‘z huquqlarini bilish, boshqalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
🔺
Tadbirning asosiy maqsadi
— yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda inson qadr-qimmati ustuvor bo‘lgan jamiyat barpo etish g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🌐
You tube

October 27, 09:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 27, 09:23
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

⭕️
“Yaqin qarindoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🔺
Oila — jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini, farzandlar kelajagi esa uning mustahkamligi va sog‘lom muhitiga bog‘liq. Yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, erta nikohning oldini olish hamda huquqiy va tibbiy savodxonlikni oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Psixologiya fakultetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi talabalari ishtirokida
“Yaqin qarindoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🔺
Tadbirda filial direktorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
I.Mamatqulova
hamda Jizzaxlik mahallasi
“Buvijonlar maktabi” a’zosi
ishtirok etib, mavzuning dolzarbligi, oilaviy tarbiya va yoshlar kelajagi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari hamda hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
🔺
Suhbat davomida yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh bilan bog‘liq ehtimoliy tibbiy-genetik xavflar, voyaga yetmaganlar nikohining salbiy oqibatlari, erta turmushning yoshlar salomatligi, ta’lim olishi va shaxsiy rivojlanishiga ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🔺
Shuningdek, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, farzandlar tarbiyasida ota-onalar mas’uliyatini oshirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🌐
You tube

October 27, 09:15
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

💿
“Muloqot san’ati”
🇺🇿
“Biz Yangi O‘zbekiston farzandimiz!”
shiori ostidagi tadbirlar doirasida O‘zMU Jizzax filialida talaba-yoshlarning muloqot madaniyatini yuksaltirish, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish hamda jamoada samarali hamkorlik qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan
“Muloqot san’ati”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va psixologik mashg‘ulotlar tashkil etildi.
⭕️
Shuningdek, ishtirokchilarning liderlik fazilatlarini rivojlantirish, tashabbuskorlik, mas’uliyat, jamoada ishlash va nizoli vaziyatlarni oqilona hal etish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.
⭕️
Zero, muloqot — insonlarni birlashtiruvchi ko‘prik, hamjihatlik esa buyuk maqsadlarga eltuvchi kuchdir!
Bunday mashg‘ulotlar yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish va kelajakda yetuk, tashabbuskor hamda mas’uliyatli mutaxassislar bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🌐
You tube

October 27, 09:08
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

♟
Yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka turniri tashkil etildi
🔺
Yoshlar orasida intellektual sport turlarini ommalashtirish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyati va strategik tafakkurini rivojlantirish, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida
“Biz Yangi O‘zbekiston farzandimiz!”
shiori ostida shaxmat va shashka turniri o‘tkazildi.
🔺
Aql va tafakkur bellashuvida
ishtirokchilar o‘zlarining zukkoligi, sabr-toqati, diqqat-e’tibori hamda vaziyatni to‘g‘ri baholash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi.
🔺
Mazkur turnir yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Zero, Yangi O‘zbekistonning kelajagi —
bilimli, tafakkuri teran, maqsadi aniq va intiluvchan yoshlar qo‘lida!
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🌐
You tube

October 27, 08:38
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#InnoWeek_2026
“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligiga start berildi
Poytaxtimizda Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan
“O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori
ostida tashkil etilgan
“InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi
rasman ochildi.
Uch kun davomida ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar, istiqbolli ishlanmalar va yangi biznes g‘oyalar namoyish etilib, mahalliy hamda xorijiy hamkorlar o‘rtasida tajriba almashish va yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Haftalikning ochilish marosimida vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot taskilotlari rahbarlari, xalqaro hamda mahalliy ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizimi vakillari, yosh innovatorlar, ixtirochilar, tadbirkorlar hamda investorlar ishtirok etmoqda.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/238737
👉
На русском
👉
In English
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
🌐
You tube