Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Turakulov Economics

v_turakulov
💼 Trade economist | Professor 🔖 Iqtisodiy va siyosiy fikrlar 📚 Tafakkur: @v_turakulov_mutolaa 🎯 "An excellent example is Uzbekistan that has liberalized its economy and..." —The NY Times, 08.07.2039 📮 @XSB_bot | @VTurakulov
Subscribers
7 750
24 hours
-4
30 days
-57
Post views
3 250
ER
41,94%
Posts (30d)
2
Characters in post
644
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
October 31, 10:57
Media unavailable
2
Show in Telegram

🤍
Balki ilm-fan – "dangasa" insonlar sohasidir?
Bir qarashda g‘alati fikr, shunday emasmi? Ammo o‘ylab ko‘ring: insoniyat yaratgan ko‘plab ixtirolarning ortida bitta oddiy istak yotadi –
ishni osonroq, tezroq va samaraliroq bajarish.
Balki haqiqiy innovatsiya ham aynan shu savoldan boshlanar:
“Buni osonroq qilishning yo‘li yo‘qmi?”
Podkastimizning yangi soni mehmoni ham aynan shunday "dangasa" insonlardan biri bo'lgan Hasan Jo'rayev.
Yangi son premyerasini bugun
🇺🇿
vaqti bilan 18:00 da
🇰🇷
vaqti bilan eas 22:00 da
YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin!
Premyera havolasi:
https://youtu.be/Yf3DY3nhlww?si=_K_nDhjmh0WiCCKg
💬
Siz nima deb o‘ylaysiz: dangasalik taraqqiyotga to‘sqinlik qiladimi yoki aksincha, uni tezlashtiradimi?
📱
Telegram
|
📱
YouTube
📱
LinkedIn
|
📱
Instagram

October 23, 06:40

Эркинжон Турдимов биринчи навбатда бюрократик аппаратни кескин қисқартиришга эришиши керак, иккинчидан Таълим бюджети атрофидаги паразитларни тозалаши керак. Шунинг ўзи таълим карвонини анча енгиллаштиради. Чунки бу бюрократлар ва паразитлар ўзининг "кераклигини" исботлаш учун ўқувчи, талаба ва профессор-ўқитувчиларга сунъий юкламалар хосил қилади.
@Hamid_Sodiq

October 21, 09:02

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi Alifbodagi 4 ta harfning yozilishi takomillashtirildi: O‘ → Ö G‘ → Ğ Sh → Ş Ch → Ç Qayd etilishicha, amaldagi hujjatlar, darsliklar va…

October 21, 09:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi
Alifbodagi 4 ta harfning yozilishi takomillashtirildi:
O‘ → Ö
G‘ → Ğ
Sh → Ş
Ch → Ç
Qayd etilishicha, amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi. Ular yaroqlilik muddati tugagach, o‘z kuchini yo‘qotgach yoki navbatdagi yangilanish jarayonida yangi alifboga moslashtirib boriladi.
👉
@kunonline

October 21, 01:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

👔
#Uniqlo100
— 7/100
Kassadagi "sehr" — savatni qo'yishingiz bilan hisoblaydigan tizim.
Uniqlo do'konlarida xarid qilgan bo'lsangiz, bitta ajoyib narsaga guvoh bo'lasiz. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassasiga (self-checkout) borasiz, kiyimlar solingan savatni maxsus chuqurchaga qo'yasiz va ekran darhol hamma kiyimlaringizni sonini va umumiy summani ko'rsatadi.
Bittalab shtrix-kodni skaner qilish yo'q! Bu qanday ishlaydi? Aslida bu sehr emas! Yo'q, bu — RFID texnologiyasi.
Gap shundaki, Uniqlo har bir kiyimning narx yorlig'i (etiketka) ichiga ko'zga ko'rinmas juda kichik RFID (Radio Frequency Identification) mikrochipini o'rnatgan. Kassa bu chiplarni radio to'lqinlar orqali bir soniyada, hatto kiyimlar taxlam bo'lib tursa ham, masofadan o'qiydi.
Buning natijasida nima o'zgardi?
1. Mijozlar kassada navbatda turishi keskin kamaydi.
2. Xodimlar soatlab kassada kiyimlarni skaner qilib turish o'rniga, do'kon zalida mijozlarga yordam berishga va do'konni tartibga solishga ko'proq vaqt ajrata boshladi.
Innovatsiya faqat kiyimning matosida emas, balki uni sotish jarayonida ham bo'lishi kerak. Uniqlo bu tizimni butun dunyo bo'ylab joriy etish uchun yuz millionlab dollar sarfladi, lekin hozir bu o'zini yuz karra oqlamoqda.
🔔
Kanalga a'zo bo'ling

October 13, 04:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Chunchon O‘zbeklar Jamiyati
prezidenti etib saylanganligimni mamnuniyat bilan e’lon qilaman!
Bu men uchun katta ishonch va mas’uliyat. Koreyada 10+ yil yashash, universitetlarda dars berish va xalqaro biznes sohasidagi tajribamni endi hamjamiyatimiz rivoji uchun safarbar etmoqchiman.
Mas'ullar bilan asosiy ustuvor yo‘nalishlarimiz:
🔹
Shaffof boshqaruv:
Aniq qoidalar, hisobdorlik va muntazam ochiq hisobotlar.
🔹
Ta’lim va mentorlik:
Talabalarni qo‘llab-quvvatlash va akademik hamkorlikni rivojlantirish.
🔹
Mahalliy hamkorlik:
Chunchon hokimligi, universitetlar va O‘zbekiston elchixonasi bilan aloqalarni mustahkamlash.
🔹
Raqamli ko‘nikmalar:
HumbleBee AI Academy orqali yoshlarning AI va texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish.
🔹
Yangi imkoniyatlar:
O‘zbek madaniyati, turizm, sport va kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash.
Mening tamoyilim: avval poydevor, keyin devor.
Kuchli jamiyat ishonch, shaffoflik va hamkorlikdan boshlanadi.
Ishonch bildirgan barcha hamyurtlarimizga rahmat!
Har bir von uchun, har bir jon uchun hisob!
Birgalikda tarix yaratamiz!
#Chuncheon
#ChOJ
#Özbeklar
#Hamkorlik

October 13, 03:57

Mendan chet elda o'qish va grantlar haqida ko'p so'rashadi.
#tavsiya_qilaman
Bakalavrdan ketsam bo'ladimi? Qanday grant yutaman? Qaysi davlatga borsam bo'ladi... Qisqasi shu kabi savollarga javob olsangiz bo'ladi.
https://youtu.be/BmbB8lKXylU?si=Y1Bgiyyu6YRx5sH5

October 06, 15:22

#qisqa
Bu dunyoning nomukammalligi va adolatsiz ekanligiga eng katta dalil bu — jinoyatchiga beriladigan eng yomon jazoning shunchaki o'lim bilan yakuniga yetib qolishida...

October 06, 13:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

...Koreyaga qaytgach har kimdan Toss haqida eshitdim.
Raqamlashuv ixtisoslashuv prinsiplarini yo'qotib yuboryaptimi?
Bilamiz biznesdan nishaga erishish va ma'lum bir sohaning eng zo'ri bo'lishga urg'u berib kelina(r)di. Raqobatda nisbiy usutunlik ayni shu ixtisoslashuv orqali amalga oshirilar edi. Raqamlashuv kelib go'yo bu klassik nazariyalarni yo'q qilib yuborayotgandek. Istalgan ilovani ko'ring o'ziga 'super app' deya nom qo'yib olgan va ular rostan ham super app!
Uzumga qarang: onlayn savdodan tortib moliyaviy sohagacha... yetkazib berishgacha bo'lgan sohalarni egallab olgan. Click va PayMe ham shunga qarab harakat qilyapti. Men Koreyadan qaytayotganimda kamtargina bo'lgan Dangin dasturi endi butun bir jamiyatni harakatga keltira oladigan platformaga aylanib ulguribdi. Toss ham shu!
Toss — bu mobayl bankingdan onlayn savdogacha bo‘lgan barcha xizmatlarni o‘zida birlashtirgan Janubiy Koreyaning eng yirik super ilovasiga aylanib ulgurgan. Ya'ni u ham boshqa super app'lar kabi "hammasi birda" ekotizimini yaratmoqchi!
Xo'sh, ixtisoslashuv nazariyalari tugab boryaptimi?!
Yo'q. Shunchaki ixtisoslashuv aniq bir sohadan umum bir komfortga ko'chyapti.
Raqamlashuv esa bunga zo'r imkon qilib berdi.
"All in one" ga ixtisoslashuv! Ajoyib!
@v_turakulov

October 06, 10:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

📖
Farzandingiz 5-6 yoshdanoq kitob o'qishni o'rgansa nima bo'ladi?
Bu savolga maktablarida 1000 lagan bola o'qityotgan
Aziz Rahimovdan
yuqoridagi videoda javob olamiz.
Ularning Ibn Sinodagi maktablarida aynan 5-6 yoshli bolalarga mo'ljallangan 0-sinfga qabul davom etyapti.
Kelayotgan shanba kuni ustoz bilan "Ochiq dars". Tanishib kelasiz.
🗓
10-oktabr, shanba
⏰
11:00
📍
Ibn Sino filiali
👩‍🏫
Ustoz:
Dilbar Mahmudova
Farzandining olim bo'lish ehtimolini oshirishni xohlaydiganlar:
👉
[link]
@RahimovSchool