Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Turakulov Economics

v_turakulov
💼 Trade economist | Professor 🔖 Iqtisodiy va siyosiy fikrlar 📚 Tafakkur: @v_turakulov_mutolaa 🎯 "An excellent example is Uzbekistan that has liberalized its economy and..." —The NY Times, 08.07.2039 📮 @XSB_bot | @VTurakulov
Подписчики
7 858
24 часа
-1
30 дней
-52
Просмотры
1 463
ER
18,62%
Посты (30д)
43
Символов в посте
612
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
July 29, 05:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

IT kompaniyalari va xizmatlari sekin-asta boshqa viloyatlarga ham oqib o'tayotgan ekan.
Bu yerda:
Beshtor
#qisqcha
Hozirgi kunda IT Park faoliyati Toshkentdan tashqari hududlarga ham kengayib, 2026-yilning birinchi yarmida 257 yangi eksportchi rezident ro'yxatdan o'tdi, ulardan 138 tasi xorijiy sarmoyaga ega bo'lib, Farg'ona, Surxondaryo va Namangan kabi viloyatlarda muvaffaqiyatli loyihalar ishga tushirilmoqda. Bu jarayon mahalliy mutaxassislar uchun Toshkentga ko'chib ketmasdan xorijiy bozorlarda ishlash imkonini berib, hududlarda yuqori malakali ish o'rinlarini yaratish va valyuta tushumlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

July 29, 04:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ажримларнинг тенг ярми фарзандсиз жуфтликлар ҳиссасига тўғри келади
Ажримлар ҳақида гап кетганда унинг сабаблари ҳақида турли фикрлар мавжуд. Хусусан, жуфтликнинг оилага тайёр эмаслиги,  бир-бирига бефарқлик, ўзаро бир-бирини тушунмаслик кабилар шулар жумласидан.
Лекин менинг ўйлашимча ажримларнинг асосий сабаби фарзандсизлик. Масалан жорий йилнинг иккинчи чорагида жами ажримларнинг
48,1 фоизи
фарзандсиз оилалар ҳиссасига тўғри келган. Албатта, фарзандсиз ажримлар улушининг юқорилиги ўз навбатида ажримларнинг
ҳақиқий сабабини тўлиқ айтмаслиги
мумкин. Лекин фертиллик
3 дан юқори
бўлган мамлакатда ҳар иккита ажримлардан биттаси фарзандсиз оилалар ҳиссасига тўғри келиши ўз навбатида фарзандсизлик ажрим учун асосий сабаблардан эканлигини кўрсатади.
Ажримлар кўпайиб кетяпти оила институти бузилаяпти деган гаплар кўпам асосга эга эмас, тўғри ажримлар ошаяпти лекин рақамлар бошқача хулоса бераяпти
, фарзандсиз оилалар улуши кам бўлган ҳамда фарзанд оилада муҳим аҳамият касб этадиган мамлакат учун фарзандсиз ажримлар улушининг юқорилиги ўз навбатида ажримлар сабаби ҳақида кучли сигнал беради.
Яъни фарзандсизлик ажримларнинг муҳим омилларидан бири.
@Mirkonomika

July 28, 10:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Bizda ham ko'proq ijtimoiy fanlardan ko'ra STEAM fanlariga alohida davlat miqyosida e'tibor berilishi kerak! Boshqa yo'l ham yo'q!

July 28, 08:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sizlarni bilmadimu, lekin men mana shunday narsalardan maza qilib yuboraman!
Quloqchilardagi shovqinni yo'q qilish funksiyasi ANC (Active Noise Cancelling) qanday ishlashini bir qiziqib ko'rgan edim. Ilm bilan juda ko'p narsa qilish mumkinligining kichik bir ajoyib isboti bo'ldi.
ANC hayratlanarli darajada tez ishlar ekan. Rasmda ko'rib turganingizdek, quloqchining tashqi mikrofonchasi atrofdagi shovqinni avtomatik aniqlaydi va uni ichki chipga jo'natadi. Chip esa quloqning ichki tomonidagi maxsus speaker orqali kelayotgan shovqin to'lqinlariga (qora chiziqlar) aynan qarama-qarshi tovush to'lqinlarini (ko'k chiziqlar) ishlab chiqaradi. Natijada ikkalasi bir-birini "plus/minus" qilib, shovqin yo'q bo'lib ketadi.
Tasavvur qilyapsizmi, bu naqadar tez jarayon:
shovqinni aniqlash, uni chipga jo'natish, chip esa unga aynan qarshi chastotadagi to'lqinni ishlab chiqarishi — bularning barchasi tovush tezligidan yuqori suratda, to'g'rirog'i, tashqaridagi tovush bilan quloq orasidagi bir necha millimetrlik masofada sodir bo'ladi!
Sizni bilmadim-u, lekin men shu kabi ilmiy topilmalardan va insoniyatning shu darajada ilmga erishganidan alohida zavq olaman.
Bizda ham ko'proq ijtimoiy fanlardan ko'ra STEAM fanlariga alohida davlat miqyosida e'tibor berilishi kerak! Boshqa yo'l ham yo'q!

July 28, 07:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Xitoyning
Soundcore
nomli quloqchinlar ishlab chiqarishga asoslangan kompaniyasini bilasizmi?
Yaponiyada o'zimga 60$ cha atrofida rasmdagi modelni olgan edim. Sifati juda ham yaxshi — tadqiqotlar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotligi bilinib turibdi: did bilan qadoqlashdan tortib telefonlar uchun alohida ilovalarigacha ajoyib tarzda ishlab chiqilgan ekan. Ilovadagi HearID, transparenc y mode, 3D sound, gaming mode kabilarni ko'rib, to'g'risi quloqchinlar sanoati bu darajada rivojlanib ketganini bilmasligimni bildim.
Men boshqa narsani aytmoqchi edim: mijozlar bilan ishlash jamoasiga alohida besh ketdim. AI chatbotlardan tashqari agentlari ham tez ishlar ekan. "Menda dual connection — ikki qurilma bilan birdaniga bog'lanishda muammo bo'lyapti. MacBook imga bog'lansa (obbo, M5 24/512 MacBook ni reklamasi ham ketdi bu yerda) negadir telefonda ishlamay qolyapti..." deb yozgan edim. Endi emailimga yozib yotishibdi "manzilingizni bering, sizga boshqasini jo'natib beramiz" deb :)
Qisqasi mijozlar bilan ishlash bo'limiga gap yo'q! Biznes bo'lsa shunday bo'lsa!
P.S. Aytganday, yuqoridagi muammo ham o'z-o'zidan hal bo'ldi. Balki qurilmalar bir-birini o'rganishga ham vaqt ketar...

July 28, 01:39

Bu yerdagi <<
post
-ta'lim>> ni ikki xil ma'noda tushunsa bo'lar ekan:
• haqiqiy ta'lim — ilm berish va ilm olishning ana'naviy usulidan
keyingi
ta'lim olish davri
• va ijtimoiy tarmoqlar, asosan
postlar
va reels'lar orqali ta'lim olayotgan avlod (va buni ilm deb bilayotgan avlod)
@v_turakulov

July 28, 01:36

Биз пост-таълим даврида яшаяпмиз.
Ким ўз даврининг Суқротини, Фаробийсини, Берунийсини, Ҳайдар Жамолини.... топа олса, соф таълим ҳақида бироз умид қилиши мумкин.
@Hamid_Sodiq

July 25, 23:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Erkin bozor AQSh texnologik sektori yetakchilari uchun ularning hukmronligiga tahdid solmaguncha juda yaxshi. Solsa davlatdan bozorni cheklashni so'rashga, qo'rqitishga o'tishadi.
AQShdagi mashina ishlab chiqaruvchilar kabi.
Open-source innovatsiyani "AI kommunizmi" deb atashmoqda, qo'rqitishmoqda.
Albatta, AQSh korxonalarning bu harakatlarini tushunsa bo'ladi. AI uchun juda katta miqdordagi kapital xarajatlarni tikib yuborishdi, hisoblash infratuzilmasi uchun inglizchada aytgandek "all-in" kirishdi.
@uzbekonomics

July 23, 07:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

GTAP veb-saytida kamina va Fazliddin Shamsievning tanishib qolganimiz haqida maqola chiqibdi. Ajoyib uchrashuv bo'ldi, haqiqatan ham.
2026-yilgi GTAP Konferensiyasida (Kyoto) 39 mamlakatdan 250 ishtirokchi bor edi. Ikkalamiz ham O'zbekiston bo'yicha quantitative iqtisodiy tahlil bilan shug'ullanamiz, lekin bir-birimiz bilan aynan shu konferensiyada, Purdue universiteti maydonchasida tanishdik. (Ungacha men GTAPning 34 ming a'zolari ichida O'zbekistondan yolg'iz o'zim bo'lsam kerak deb yurar edim.)
GTAP asosidagi tahlil savdodan tortib energiya va yer resurslarini tahlil qilishda yaxshi ish beradi.
Batafsil:
gtap.agecon.purdue.edu

July 23, 07:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Koreyada muhandislik bo'yicha o'qimoqchi bo'lganlar bo'lsa yetkazib qo'yaverasizlar!