
Kongratbay Sharipov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish
masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi
bo‘lib o‘tmoqda.
Olmazor tumanida
mehnat bozori talabi bilan kadrlar tayyorlash tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish
masalasi ham muhokama qilindi.
Bugun tumandagi
ish beruvchilarga 4 mingdan ziyod o‘rta maxsus ma’lumotli
hamda
qariyb 1 ming nafar maxsus ma’lumot talab etilmaydigan yo‘nalishlarda
ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud.
Shu bois, Olmazor kasbiy ko‘nikmalar markazi negizida
axborot texnologiyalari va ilg‘or innovatsiyalar bo‘yicha 400 o‘rinli texnikum
, sobiq
Toshkent arxitektura-qurilish kolleji binosida zamonaviy kasb-hunar markazi
tashkil etiladi. Boshqa mavjud binolardan ham kasbga o‘qitish maqsadida samarali foydalaniladi.
Xorij mehnat bozoriga maqsadli tayyorgarlikni kuchaytirish uchun
Germaniyaning xususiy o‘quv markazlari bilan 500 kishiga mo‘ljallangan nemis tili kurslarini tashkil etish, Chexiya va Slovakiya uchun tibbiyot xodimlarini tayyorlash
rejalashtirilgan.
Shuningdek,
Germaniya, Yaponiya, Koreya va Buyuk Britaniyadan 20 ta yirik rekruting kompaniyasini
jalb qilish, F
ransiya kompaniyalari bilan yiliga 1,5 ming nafar fuqaroni mavsumiy ishlarga joylashtirish
bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.
Yoshlar shaharchasida
42 gektar maydonda IT-park, yuqori texnologiyali sanoat va ta’lim obyektlarini birlashtirgan innovatsion klasterni tashkil etish
ishlarini yil yakuniga qadar boshlash vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Yig‘ilishda
Olmazor tumanining ta’lim va ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, talabalar uchun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish
masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bu yerda bir vaqtning o‘zida
75 ming nafar talaba
tahsil oladi. Shu bois, ularning
o‘qishi va yashash sharoiti, bandligi, tadbirkorligi, madaniy hayoti va xavfsizligini qamrab oladigan yaxlit boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish
zarurligi ta’kidlandi.
“Yoshlik” shaharchasi hokimligi tizimida talabalarning ta’lim-tarbiyasi, bandligi, ijtimoiy ta’minoti va xotin-qizlar masalalari bilan ishlaydigan
alohida mas’ullar faoliyati tashkil etiladi.
Tumanda
7 ta oliygohga qarashli 41 ta talabalar yotoqxonasida qariyb 18 ming nafar yosh
istiqomat qiladi. Ularning
yashash sharoitini yaxshilash, yotoqxonalar atrofini obod saqlash, yashil hududlar va “buk-kafe”larni ko‘paytirish, madaniy tadbirlarni muntazam tashkil etish uchun alohida Direksiya tuziladi.
Talabalar shaharchasida tashkil etilgan
Vaziyatlar markazi
orqali
oliygoh va yotoqxonalarga kirib-chiqish hamda davomatni onlayn nazorat qilish amaliyoti yaxshi natija berayotgani
qayd etildi.
Mazkur tizimni yil yakunigacha
Toshkent shahrining boshqa tumanlariga, kelgusi yili esa mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etish
vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Talabalar shaharchasining vaziyatlar markazi Prezidentimizga taqdimot qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga tashrif chogʻida “ToshTech” texnika universiteti faoliyati bilan ham
tanishdi.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#Olmazor
#ToshTech
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
Talabalar shaharchasining vaziyatlar markazi Prezidentimizga taqdimot qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan
tanishdi.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#Olmazor
#talabalar
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
Talaba uchun yana-da qulay muhit: TATUda “Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi” ochildi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar uchun 100 dan ortiq xizmat turini bir joyga jamlagan
“Yagona xizmatlar va imkoniyatlar markazi”ning ochilish marosimi
boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari
Ayubxon Sultonov,
soha korxonalari rahbarlari, universitet jamoasi, hamda talabalar ishtirok etdi.
Markazda jami 101 ta xizmat yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning 70 foizi raqamlashtirilgan. Bu esa xizmatlardan foydalanish jarayonini yanada tezkor va qulay tashkil etish imkonini bermoqda.
Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/217156
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Fraunhofer jamiyati vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov
Germaniyaning amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha yetakchi tashkilotlaridan biri
Fraunhofer jamiyati
vakillari — Germaniyaning Fraunhofer ishlab chiqarish tizimlari va konstruksiyalash texnologiyalari instituti (Fraunhofer IPK) direktori
Xolger Kol
hamda "PROJECHT M" Foundation Germany raisi
Mayk de Vris
bilan uchrashdi.
Muloqot davomida oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hamda innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari, ilmiy ishlanmalarni amaliyot va sanoatga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/216453
#Xalqaro_hamkorlik
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi
Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich
topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
❗️
Maʼlumot uchun:
Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
va Serbiya Respublikasi Prezidenti
Aleksandr Vuchich
ning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi
muzokaralari
boʻlib oʻtdi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram