Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Kongratbay Sharipov

vazirotfiv
O’zR Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Министр высшего образования, науки и инноваций РУз Minister of higher education, science and innovation of the Republic of Uzbekistan
Подписчики
1 558
24 часа
-2
30 дней
43
Просмотры
377
ER
24,2%
Посты (30д)
27
Символов в посте
1 059
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 01, 05:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hurmatli ustozlar va murabbiylar!
Sizlarn
i 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni
bilan samimiy muborakbod etaman!
Kasb bayramimiz arafasida
davlatimiz rahbari
ning ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, taʼlim sohasidagi ustuvor vazifalar va yangi tashabbuslarni belgilab bergani barchamiz uchun alohida ahamiyatga ega. Ushbu muloqotda
taʼlim sifati va mazmunini yanada takomillashtirish, pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, yoshlarni zamonaviy bilim va kasblarga tayyorlash
borasida muhim vazifalar belgilab berildi.
Bu vazifalarning har biri zamirida, avvalo,
ustozga boʻlgan yuksak ishonch va eʼtirof
mujassam. Zero, mamlakat taraqqiyoti, ilm-fan va taʼlimning kelajagi, eng avvalo, oʻz kasbiga sadoqatli, bilimli va fidoyi pedagoglarga bogʻliq.
Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda:
«Ustozni eʼzozlash — bir kasb egasini emas, butun bir millat kelajagini eʼzozlashdir».
Bugun sizlarning mehnatingiz samarasi nafaqat shogirdlaringizning yutuqlarida, balki yurtimizning har bir sohasida yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Har bir olim, muhandis, shifokor, tadbirkor, davlat va jamoat arbobi kamolotida albatta ustozning oʻrni bor
.
Oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar zimmasiga bugun yanada katta masʼuliyat yuklanmoqda. Biz sizlar bilan birgalikda
taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, talabalarga zamonaviy bilim va koʻnikmalar berish, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasidagi uzviylikni mustahkamlash
yoʻlida izchil ish olib boramiz.
Aziz ustozlar!
Sizlarga mustahkam sogʻliq, oilaviy xotirjamlik, qalb xotirjamligi va
sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar
tilayman.
Shogirdlaringiz kamoli, ularning yutuqlari va eʼtirofi sizlarga doimo
kuch va ilhom
bagʻishlasin!
Qoʻngʻirotboy Sharipov,
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 30, 14:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Qo’ng’irot tumanida sharikli ruchka bo’lmagan. Ustozimiz bizni o’ylab Toshkentdan hammamizga olib kelgan”
Vazir, professor Kongratboy Sharipov birinchi ustozi haqida.
@Sinchalakblog

September 30, 08:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Uchrashuvda
dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari shiddat bilan o‘zgarayotgani
qayd etildi.
Sun’iy intellekt
matn tayyorlashi, dastur yozishi va ma’lumotni tahlil qilishi mumkin.
Lekin hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topib, unga Vatanga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘usini singdira olmaydi.
Prezidentimiz
ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni
imzolaganini ma’lum qildi. Ular orasida
pedagoglar bilan birga ta’lim rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar
ham bor. Uchrashuvda
mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.
Davlatimiz rahbari mukofot sohiblarini tabriklar ekan,
“Ishoning,
men ularni ko‘ksingizga taqib, sizlardan ham ko‘proq xursand bo‘lyapman”,
– dedi.
Shuningdek, ta’limning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun
jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish
taklif qilindi. Uning ilk sohiblarini
kelasi yilgi bayram arafasida e’lon qilish va taqdirlash ko‘zda tutilmoqda.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 30, 08:47
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etiladi
Davlat rahbari ayni vaqtda o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoda.
Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun
alohida davlat mukofotini
ta’sis etishni taklif qildi.
“Ushbu mukofotni o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo‘ygan jadid bobomiz
Abdulla Avloniy nomi
bilan atasak”, — dedi Prezident.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 30, 08:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"
O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi – ma’rifat quyoshi!
"
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida
“Yangi O‘zbekiston” universitetida
ustoz va murabbiylar bilan uchrashuv
o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari mazkur dargoh ta’lim tizimiga yangicha ruh va mazmun olib kirishini ta’kidlab, barcha pedagoglarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
– Ustozlar bugun yoshlar qalbiga qadayotgan
ma’rifat va ezgulik urug‘ining hosilidan ertaga butun jamiyat bahramand bo‘ladi
,
– dedi Prezidentimiz.
Mamlakatimiz yetakchisi
buyuk ajdodlarimiz kamoloti ortida ham ularga saboq bergan muallimlar turganini
yodga oldi.
Imom Buxoriy, Beruniy, Amir Temur va Alisher Navoiy kabi siymolarni
yetishtirgan ustozlarni
“odamiylik bog‘ining bog‘bonlari”
deb atadi.
Davlatimiz rahbari umrini yoshlar kamolotiga bag‘ishlagan
barcha ustoz va murabbiylarga yuksak hurmat va minnatdorlik bildirdi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 30, 08:06
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida
“Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan
koʻrgazma
bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari dastlab yurtimizda taʼlimning uzviyligini taʼminlash borasidagi ishlar, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar taqdimotini koʻzdan kechirdi.
“Maktabgacha taʼlim”, “Maktab taʼlimi”, “Iqtidorli maktab oʻquvchilari”, “Professional taʼlim” va “Oliy taʼlim”
pavilyonlarida bolaning ilk yoshidan kasb egallashiga qadar boʻlgan taʼlim bosqichlaridagi islohotlar namoyish etilgan.
Mamlakatimiz yetakchisi universitetning oʻquv va ilmiy infratuzilmasi bilan tanishdi. “Kelajak muhandislari” maydoni, Bloomberg laboratoriyasi, fizika oʻquv laboratoriyasi, muhandislik fanlari oʻquv zali va Apple Training Center oʻquv markazida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida axborot berildi.
Davlatimiz rahbari universitetning professor-oʻqituvchilari va talabalari, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha xorijlik hamkorlari bilan suhbatlashdi.
#Prezident
#tanishuv
#taʼlim
#koʻrgazma
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 30, 05:00
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

“Besh tashabbus olimpiadasi”: talabalar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalariga start berildi
Bugun, Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilayotgan ommaviy sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, mamlakatimizda 29-sentabr – 2-oktabr kunlari o‘tkazilayotgan
I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi
doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) hamda Osiyo universitetlar sporti federatsiyasi (AUSF) rahbariyati vakillari ham marosimda qatnashdi.
Tantanali marosimda
FISU prezidenti Leonz Eder hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov
ishtirokida musobaqalarga ramziy start berish tugmasi bosildi. Shu tariqa oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida 2026-yilgi sport bellashuvlariga rasman start berildi.
#BeshTashabbusOlimpiadasi
#TalabalarSporti
#Xalqaro_forum
Batafsil...
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 30, 04:03
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Vazir FISU va AUSF rahbariyati vakillari bilan uchrashdi
2026-yil 29-sentabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov
hamda
Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) va Osiyo universitetlar sporti federatsiyasi (AUSF)
rahbariyati vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda
FISU prezidenti Leonz Eder, Xalqaro universitet sporti federatsiyasi bosh kotibi oʻrinbosari Fernando Silva Parente, Markaziy Osiyo talabalar sporti federatsiyasi prezidenti Qayrat Qayrullinovich, Moʻgʻuliston talabalar sporti federatsiyasi bosh kotibi Jargalsayxan Dorjsuren
hamda
Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi vakillari
ishtirok etdi.
Muloqot davomida I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumini yuqori saviyada tashkil etish, Oʻzbekistonda talabalar sportini rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish hamda universitetlar sporti sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/226056
👉
На руском
👉
In English
#Forum
#Talabalar_sporti
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 28, 13:21
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi
Prezident
Shavkat Mirziyoyev
maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish yuzasidan
taqdimotlar
bilan tanishdi.
Yangi darsliklarda o‘quvchilarning
tanqidiy va mustaqil fikrlashi, ijodkorligi, muloqot va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. 2027-yilgacha 1 342 nomdagi darslik va o‘quv-metodik material tayyorlash rejalashtirilgan.
Dual ta’lim doirasida esa talabaning nazariy bilimini korxonadagi amaliyot bilan uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Kelgusida
185 ming
nafar, ya’ni
3–4-bosqich
talabalarining kamida
80 foizi
ni dual ta’limga qamrab olish maqsad qilingan.
Shuningdek, Xiva shahrida
Lyaonin pedagogika universiteti filialini tashkil etish
rejalashtirilmoqda. Bu yerda
xitoy tili, xalqaro biznes, turizm boshqaruvi va sun’iy intellekt
yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Ta’lim o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi.
Davlatimiz rahbari
ta’lim sifatini oshirish, dual ta’limni hududlardagi korxonalar ehtiyoji bilan bog‘lash
va
yangi filialda qabul jarayonlarini puxta tashkil etish
bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 28, 12:45
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇯🇵
Yaponiyada tahsil: O‘zbekiston uchun yangi grant kelishuvi imzolandi
!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan
JDS — Japanese Grant Aid for Human Development Scholarships
loyihasi doirasida Notalar almashinuvi va Grant kelishuvini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
Kendzi Hirata
, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari
Mamoru Sakay
hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov
ishtirok etdi.
Loyihaning asosiy maqsadi — O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlari uchun yuqori
malakali kadrlar tayyorlash,
davlat boshqaruvi va strategik sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishdan iborat.
Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/225248
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
Telegram