Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Samarqand viloyati soliq boshqarmasi

viloyat_soliq_xabarlari
Viloyat soliq boshqarmasining rasmiy sahifasi. Korrupsiyaga oid ma'lumot berish uchun: +99855-704-10-34 Bot: @dsq_anticorrupciya_bot 📞 Ishonch telefoni: (55)-704-06-16
Subscribers
3 240
24 hours
30 days
-40
Post views
426
ER
16,23%
Posts (30d)
221
Characters in post
903
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
March 11, 14:12
Media unavailable
6
Show in Telegram

🚗
Ayrim transport va ko‘chmas mulk savdosida yangi tartib
2026-yil 1-apreldan boshlab ayrim transport vositalari hamda ko‘chmas mulk obyektlari oldi-sotdisi bo‘yicha hisob-kitoblar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i F. Babayev Samarqand tumanida faoliyat yurituvchi “Samarqand innovasion avtomobillar bozori” MCHJ mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazib, Prezidentimizning 2025-yil 10-dekabrdagi 246-son Farmoni mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida mazkur hujjatning asosiy maqsadi naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda savdo jarayonlarida shaffoflikni ta’minlashga qaratilgani ta’kidlandi.

March 11, 14:12
Media unavailable
5
Show in Telegram

Tadbirkorlar bilan davra suhbati tashkil etildi
Samarqand viloyati soliq boshqarmasida viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati, Markaziy bank viloyat boshqarmasi hamda “Paynet” kompaniyasi mas’ullari ishtirokida tadbirkorlar uchun
Prezidentimizning 2025-yil 10-dekabrdagi 246-son Farmoni
mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan
neft-gaz mahsulotlari, alkogol va tamaki savdosi hamda qurilish sohasidagi korxonalar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish, elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish hamda iqtisodiyotda shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

March 11, 13:46
Media unavailable
5
Show in Telegram

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i F. G‘aniyev
“Dehqon” MChJ hamda “Samkat Oazis Durdonasi” MChJ bozorlarida
faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 12-avgustdagi PQ–247-son
qarori ijrosi doirasida elektron to‘lov tizimlaridan qonuniy va shaffof foydalanish, shuningdek rasmiy naqdsiz hisob-kitoblarning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlarni faoliyatni q
onunchilik talablari asosida yuritish, hisob-kitoblarni to‘liq rasmiylashtirish hamda soliq intizomiga rioya etish
muhimligi ta’kidlandi.

March 11, 13:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

#raqamlashtirish
Tasavvur qiling: yoqilg‘i quyish shoxobchasiga keldingiz, lekin plastik kartangiz yodingizdan ko‘tarilgan yoki hamyoningizda faqat naqd pul bor. Xavotirga o‘rin yo‘q, aziz haydovchilar!
2026-yil 1-apreldan boshlab tizim o‘zgarsa-da, hech kim yo‘lda qolib ketmaydi. Prezidentimizning
PF–246-sonli
farmoniga ko‘ra, "zapravka"larda naqd pulni qabul qilish tartibi zamonaviy va xavfsiz shaklga o‘tkazilmoqda.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

March 11, 12:03
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#raqamlashtirish
#soliq_tushumlari

Umumiy ovqatlanish korxonalari 1,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan
2025-yilda
umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
20 465 ta yuridik shaxs
tomonidan
1,7 trln so‘m
soliq to‘langan. Shundan,
335,5 mlrd so‘mi,
ya’ni 19,6%i
20 ta korxona
hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami
tovar aylanmasi 4,7 trln
so‘m, qo‘llanilgan
soliq imtiyozlari
esa
46,3 mlrd
so‘mni tashkil etgan.
📊
Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan to‘langan tushumlar
soliq turlari kesimida
:
▫️
QQS –
143 mlrd so‘m;
▫️
JShODS -
91,1 mlrd so‘m;
▫️
foyda solig'i –
53,8 mlrd so‘m;
▫️
ijtimoiy soliq
– 41,9 mlrd so‘m;
▫️
boshqa soliqlar -
5,7 mlrd so‘m
.
___
#цифровизация
#налоговые_поступления

Предприятия общественного питания уплатили более 1,7 трлн сумов налогов
В 2025 году
20 465
юридических лиц, осуществляющих деятельность в сфере общественного питания, уплатили
1,7 трлн сумов
налогов. Из них
335,5 млрд сумов,
то есть19,6%,
приходится на
20 организаций
. Их товарооборот превысил
4,7 трлн сумов,
а сумма примененных ими налоговых льгот -
46,3
млрд сумов.
📊
Поступления, обеспеченные этими 20 крупными налогоплательщиками
,
в разрезе видов налогов:
▫️
НДС -
143 млрд сумов;
▫️
НДФЛ -
91,1 млрд сумов;
▫️
налог на прибыль -
53,8 млрд сумов;
▫️
социальный налог
- 41,9 млрд сумов;
▫️
другие налоги -
5,7 млрд сумов
.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

March 11, 07:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

#tayinlov
Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan
❇️
G'afurov Firuz Kurbonboyevich
Jomboy tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi
vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar
Tayloq tumani soliq inspeksiyasi boshliq oʻrinbosari
vazifasida ishlayotgan edi.

G'afurov Firuz Kurbonboyevich Soliq xizmatining I darajali inspektori

March 11, 06:14
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Ipakchilik sohasi uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari
🗓
2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar:

Pillachilik klasterlari pilla yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan bino hamda inshootlar bo‘yicha
mol-mulk solig‘idan
, shuningdek egallab turgan yer uchastkalari bo‘yicha
yer solig‘idan ozod qilinadi
.

Ipakchilik faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot
(soliq)
davri yakunlari bo‘yicha
jami daromadining kamida 70 % ini
tashkil etgan ipakchilik korxonalariga
foyda solig‘i
stavkasi 2%
etib belgilanadi.
(Imtiyoz sertifikat asosida
“4A”
va undan yuqori sifatdagi xom ipak, ipak momig‘i, ipak kalavasi, ipak mato va ipakdan tayyor mahsulotlar uchun qo‘llaniladi)

Ipak mato va ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni joriy qilgan korxonalar uchun
ijtimoiy soliq 1% stavkada
qo‘llaniladi.
Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun:
– xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi
MHEKM
ning kamida
2 baravaridan kam
bo‘lmasligi;
– ushbu faoliyatdan olingan
daromad
korxona jami
daromadining kamida 60%
ini tashkil etishi shart.
👉
PQ-87, 6.03.2026-yil
Shuningdek, ipak qurti urug‘larini tayyorlash va qurtxonalarda pilla yetishtirish bo‘yicha mavsumiy ishlarga jalb qilingan aholining mazkur faoliyatdan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad
va
ijtimoiy soliqlarning
soliq solish obyektiga kiritilmaydi
.
Mazkur soliq imtiyozlari
Soliq kodeksiga
tegishli o‘zgartishlar kiritilgandan so‘ng amaliyotga joriy etiladi.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

March 11, 05:18
Media unavailable
7
Show in Telegram

⚖️
Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning vazifamiz
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan
Pastdarg‘om tumani soliq inspeksiyasida
davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, davlat xizmatida halollik va ochiqlik tamoyillariga rioya qilish, ichki mehnat tartib-qoidalariga amal qilish hamda xizmat vazifalarini vijdonan bajarish muhimligi haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash masalalari alohida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbirkorlarga soliq majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar haqida ma’lumot berilib, bunday holatlar kuzatilgan taqdirda murojaat qilish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari aks etgan buklet va broshyuralar tarqatildi.

March 11, 05:05
Media unavailable
5
Show in Telegram

Naqdsiz hisob-kitoblar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Farrux Babayev Samarqand shahrida neft-gaz mahsulotlari hamda alkogol va tamaki savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazdi.
Unda Prezidentimizning 2025-yil 10-dekabrdagi
246-son Farmoni
mazmuni tushuntirildi. Farmon
naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va biznesda shaffoflikni ta’minlashga
qaratilgan.
📌
2026-yil 1-apreldan
boshlab ayrim to‘lovlar — davlat xizmatlari, kommunal to‘lovlar, alkogol va tamaki mahsulotlari, yoqilg‘i xaridi, 25 mln so‘mdan ortiq tovar va xizmatlar hamda ayrim transport va ko‘chmas mulk oldi-sotdisi
faqat bank kartasi yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

March 11, 05:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Farmatsevtika sohasida yangi soliq imtiyozlari joriy etilmoqda
🏬
Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlashga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun:
🗓
3 yil muddatga
:
▫️
yer
va
foyda soligʻidan
;
▫️
qurilgan obyektlar boʻyicha
mol-mulk soligʻidan ozod etish
imtiyozlari beriladi.
📊
Imtiyozlardan foydalanish uchun mazkur faoliyatdan olinadigan daromad ulushi korxona
umumiy daromadining kamida 60%ini
tashkil etishi shart.
🌐
Shuningdek, dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqarishda qoʻllanadigan texnologiyalar va brendlar uchun toʻlanadigan
royalti daromadlari
boʻyicha norezidentlar uchun
2030-yilgacha foyda solig‘i 5%
stavkada qoʻllaniladi.
🛒
2026-yil 1-iyundan boshlab
ishlab chiqaruvchi korxonalar soliq qarzi
BHM
ning
2 baravaridan oshmagan
taqdirda davlat xaridlarida ishtirok etishi mumkin. Agar qarzdorlik summasi ushbu miqdordan yuqori bo‘lsa
qarzdorlik shakllangan kundan boshlab
10 kun muddatda
ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Ushbu imtiyozlar farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish va investitsiyalarni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.
👉
PF–35 05.03.2026-yil
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads