Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Vobkent tumani hokimligi

vobkent_tuman_hokimligi
Vobkent tuman hokimligining rasmiy telegram kanali. 📲 Murojaat uchun: https://t.me/AkmalOstonovga_murojaat ☎️ Admin bilan bog'lanish uchun +998978553001
Subscribers
9 999
24 hours
-15
30 days
-362
Post views
1 201
ER
12,01%
Posts (30d)
362
Characters in post
1 374
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 25, 05:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 25, 04:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

25-OKTYABR — IÇKI IŞLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI
Vobkent tumani hokimi Akmal Ostonovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, hurmatli do‘stlar!
Aziz tinçligimiz posbonlari!
Avvalo, sizlarni va sizlar orqali tumanimiz içki işlar bölimining barcha xodimlari hamda faxriylarini 25 oktyabr — Özbekiston Respublikasi içki işlar organlari xodimlari kuni bilan tuman hokimligi, sektor rahbarlari hamda tumanimiz xalqi nomidan qizğin va samimiy muborakbod etaman!
Barçaga ma’lumki, içki işlar organlari xodimlarining mehnati maşaqqatli, şu bilan birga, şaraflidir. Jamoat tartibini saqlaş, el osoyiştaligini ta’minlaş yölida zarur bo‘lsa, tunni tongga ulab xizmat qilasizlar. Xalqqa sodiq xizmat qilişni özlaringizning muqaddas burçingiz deb bilasizlar.
Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning sözsiz ijrosini ta’minlaş, fuqarolar tinçligi va osoyiştaligini asraş, jinoyatçilikning oldini oliş, terrorizm hamda turli tahdidlarga qarşi kuraşiş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalişlaridan biridir.
Uşbu vazifalarni amalga oşirişda tumanimiz içki işlar organlari xodimlarining ham hissasi salmoqlidir. Vatan va Prezident oldidagi qasamyodiga sodiq, fidoyi va jonkuyar xodimlarimiz el-yurt tinçligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilib kelmoqdalar.
Podpolkovnik B.Egamberdiyev rahbarligidagi jamoa zimmasiga yuklatilgan vazifa va topşiriqlarni öz vaqtida, sifatli bajarish, tumanimizda tinçlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda.
Aziz do‘stlar!
Har qanday qiyinçilik va mashaqqatlarga qaramay, xizmat burchini sharaf bilan ado etayotgan, içki işlar tizimining barcha bo‘ğinlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnati tahsinga loyiq.
Sizlar xalqimizning tinçligini saqlash, fuqarolarimizni turli xavf-xatarlardan himoya qilish, jinoyatçilikning oldini olish yölida keçayu kunduz sergaklik bilan xizmat qilmoqdasizlar.
Tumanimizning paxtaçilik va g‘allaçilik sohalarida erishayotgan yutuqlarida ham içki işlar xodimlarining munosib hissasi bor. Qişloq xö‘jaligi ekinlarini asraş, hosilni nobudgarçiliksiz yig‘ib oliş, ekin maydonlarini payhon qilinişidan himoya qiliş, şahar va qişloqlarimizda obodonçilik işlarini qo‘llab-quvvatlaş borasidagi xizmatlaringiz alohida e’tirofga loyiq.
Hurmatli tinçligimiz posbonlari!
Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan çin qalbimdan tabriklayman! Barçangizga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinçlik va fayz-u baraka tilayman.
El-yurt osoyiştaligini asraşdek şarafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamişa hamrohingiz bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz tinçligimiz posbonlari!
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

October 25, 01:47
Media unavailable
3
Show in Telegram

✔️
Içki işlar — tinçligimiz posbonlari!
El tinçligi — yurt boyligi! Xalq osoyiştaligi yölida xizmat qilayotgan barça içki işlar xodimlarini bayram bilan tabriklaymiz!
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

October 24, 10:38
Media unavailable
8
Show in Telegram

✔️
“
BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI”: “MINI-FUTBOL” MUSOBAQASINING VOBKENT TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILDI
Bugun
Vobkent tumani hududidagi umumta’lim maktablarining 10-11- sinf öquvçilari örtasida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasidagi “Mini-futbol” sport musobaqasining tuman bosqiçi kötarinki kayfiyat, şijoat va murosasiz raqobat ruhida bölib ötdi.
🔹
Musobaqaning yakuniy natijalariga köra:
🥇
1-örin: 25-maktab jamoasi
🥈
2-örin: 8-maktab jamoasi
🥉
3-örin:18-maktab jamoasi
Musobaqa yakunida ğolib va sovrindor jamoalar taşkilotçilar tomonidan ajratilgan diplomlar va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

October 24, 10:11
Media unavailable
6
Show in Telegram

✔️
Vobkent gullarga burkanib, mahallalar yanada obod bölmoqda
Vobkent tumanida hududlarni obodonlashtiriş, köçalar va mahallalar qiyofasini yanada çiroyli qiliş, aholi uçun qulay va xavfsiz muhit yaratiş işlari izçil davom etmoqda. Bugun tuman hokimi boşçiligidagi tegişli mutasaddilardan iborat işçi guruhi tomonidan tumanda amalga oşirilayotgan obodonlaştiriş işlari örganildi.
Jumladan, Anjirboğ mahallasidagi Xoja Mahmud Anjir Fağnaviy ziyoratgohi hamda M-37 avtomobil yöli yoqalarida gullar ekiş, hududlarni xazon va maişiy çiqindilardan tozalaş, ekin maydonlariga töqsonbosdi ekinlarini ekiş, mahallalarda çiqindilarni öz vaqtida olib çiqib ketiş, manzarali daraxtlarga şakl beriş işlari közdan keçirildi.
Şuningdek, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz taʼminoti tarmoqlari quvurlarini böyaş, elektr energiyasini xavfsiz yetkazib beriş maqsadida eskirgan simyoğoçlarni beton ustunlarga almaştiriş işlari ham örganildi. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va belgilangan vazifalarni öz vaqtida bajariş yuzasidan masʼullarga tegişli körsatmalar berildi.
Bugun Vobkentning köçalari gullarga burkanib, mahallalarimiz yanada obod va körkam qiyofa kasb etmoqda. Bu ezgu işlarning bardavomligi esa nafaqat masʼul taşkilotlar, balki har birimizning taşabbusimiz va faol iştirokimizga ham boğliq.
Hurmatli tumandoşlar!
Sizlarni obodonlaştiriş işlariga munosib hissa qöşişga, xonadonlaringiz va uylaringiz oldini, hovli-joylaringiz hamda ekin maydonlaringizni toza saqlaşga, xazonlarni öz vaqtida yiğiştirişga çorlaymiz. Quriliş çiqindilarini belgilangan tartibda olib çiqişingizni, yö l yoqalari va qatnov qismlarida quriliş materiallari, ötin, silos hamda boşqa buyumlarni qoldirmasligingizni söraymiz. Bunday buyumlar harakatlanişga tösqinlik qilib, yöl harakati xavfsizligiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
Obod mahalla — fayzli xonadon, ozoda köça — farovon hayot demakdir!
Keling, Vobkentimizni birgalikda yanada gözal, ozoda va obod maskanga aylantiraylik!
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

October 24, 10:11
Media unavailable
10
Show in Telegram

October 24, 09:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

✔️
BUXORO VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOŞQARMASI OGOHLANTIRADI:
Hurmatli qurilish işçilari va mas’ullar
❕
Quriliş obyektlarida yonğin xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiling! Ogoh böling!
🔹
Quriliş maydonida oçiq olovdan foydalanmang.
🔹
Chekiş faqat maxsus belgilangan joylarda amalga oşirilişi şart.
🔹
Yonuvçi va portlovçi moddalarni belgilangan joylarda, xavfsizlik talablariga muvofiq saqlang.
🔹
Elektr simlari va vaqtinçalik elektr tarmoqlarini ortiqça yuklamang.
🔹
Nosoz yoki qizib ketgan elektr qurilmalardan foydalanmang.
🔹
Payvandlaş va kesiş işlari faqat ruxsat etilgan hududlarda bajarilişi lozim.
🔹
Quriliş çiqindilari va yonuvchan materiallarni tartibli saqlang.
🔹
Yonğinga qarşi suv manbalari va yonğin öchirgichlar doimo soz holatda bölsin.
🔹
Yonğin öçirgiçdan foydalaniş qoidalarini barça işçilar bilişi şart.
🔹
Evakuatsiya yölaklari va kiriş-çiqiş joylarini tösib qöymang.
☎️
Yonğin xavfini sezsangiz darhol 112 raqamiga xabar bering!
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

October 24, 06:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

✔️
Özbekiston 24
:
Maxsus reportaj dasturi
Fan olimpiadalarida yutuqlarimiz salmoği ortmoqda
.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

October 24, 05:45
Media unavailable
10
Show in Telegram

🔵
"Yengil sanoatni moliyaviy qo'llab-quvvatlash jamg'armasi" tomonidan yengil sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga Hukumat qarorida belgilagan quyidagi
yo'nalishlarda ko'mak beradi
✅
Standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish
🟠
Yengil sanoat mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish uchun xalqaro standartlar muhim ahamiyatga ega.
🟠
Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlarga
xalqaro standartlar va sertifikatlarni (ISO, OEKO-TEX, GOTS va boshqalar)
joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.
—
Sertifikatlash xizmatlari
— Laboratoriya sinovlari
— Konsalting va texnik hujjatlarni tayyorlash
🟠
Bu imtiyoz mahsulotlaringizning raqobatbardoshligini oshiradi va eksport imkoniyatlarini kengaytiradi.
✅
Yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etish
🟠
Jamg‘arma yengil sanoat korxonalarining
xalqaro va mahalliy yarmarka hamda ko‘rgazmalarda ishtirok etish xarajatlarini qoplaydi.
— Stend ijarasi
— Ekspozitsiya tayyorlash
— Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovlari
✅
Eksportoldi moliyalashtirish krediti uchun resurs ajratish
🟠
Jamg‘arma
eksportoldi moliyalashtirish krediti
uchun tijorat banklariga resurs ajratadi.
— Xomashyo xaridi
— Ishlab chiqarish
— Yetkazib berish
✅
Sug‘urta mukofoti xarajatlarini kompensatsiya qilish
🟠
Jamg‘arma tomonidan
eksport shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofoti xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.
— Tadbirkor moliyaviy xavflardan himoyalanadi
— Eksport faoliyati yanada barqaror bo‘ladi
✅
Tovar va xizmatlarni xalqaro elektron savdo maydonchalarida joylashtirish
🟠
Jamg‘arma
Amazon, Alibaba, Etsy va boshqa xalqaro elektron savdo platformalarida
mahsulotlarni joylashtirish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
— Platformaga joylashtirish
— Kontent va katalog tayyorlash
— Raqamli reklama
✅
Xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash
🟠
Jamg‘arma
xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash
, shuningdek:
— Ofis
— Savdo va ombor binolari
— Ijara xarajatlarini qoplashda yordam beradi
.
✅
Xorijiy konsalting kompaniyalar va mutaxassislarni jalb qilish
🟠
Jamg‘arma
xorijiy konsalting kompaniyalari va malakali mutaxassislarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi.
—
Strategiya
— Marketing
— Eksportni rivojlantirish
✅
Xorijdan malakali dizayner va mutaxassislarni jalb qilish
🟠
Jamg‘arma yengil sanoat korxonalariga
xorijdan dizayner, texnolog, marketolog va konstruktorlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab beradi.
— Dizayn sifati oshadi
— Mahsulot zamonaviylashadi
✅
Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish
🟠
Jamg‘arma
moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar (IFRS)
asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
— Konsalting
— Hisobotlarni moslashtirish
✅
Ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish
🟠
Jamg‘arma
ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish
bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtiradi.
— ERP, CRM tizimlari
— Xarajatlarni kamaytirish
— Samaradorlikni oshirish
✅
Brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va jalb qilish
Brend — bu sizning imijingiz.
🟠
Jamg‘arma
mahalliy va xorijiy bozorlarda brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
hamda
rivojlantirish xarajatlarini
qoplaydi.
— Tovar belgisi
— Xalqaro himoya
✅
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun
Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi mas‘ul xodimiga
murojaat qiling.
☎️
+998 (71) 203 77 72
(411), (412), (413), (420)
✅
Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin:
https://adli.uz/
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 24, 05:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Light_Industry_News
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi
tomonidan
yengil sanoat sohasidagi eng muhim yangiliklar va imkoniyatlar
sizga atigi
2 daqiqada, aniq va tushunarli tarzda
yetkaziladi.
🟠
Mazkur video orqali
“Yengil sanoatni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”
tomonidan
tadbirkorlarga taqdim etilayotgan keng imkoniyatlar
bilan tanishing.
☎️
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 (71) 203 77 72
(411)
,
(412)
,
(413)
,
(420)
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube