Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Vobkent tumani hokimligi

vobkent_tuman_hokimligi
Vobkent tuman hokimligining rasmiy telegram kanali. 📲 Murojaat uchun: https://t.me/AkmalOstonovga_murojaat ☎️ Admin bilan bog'lanish uchun +998978553001
Подписчики
11 186
24 часа
-64
30 дней
1 346
Просмотры
1 131
ER
10,11%
Посты (30д)
413
Символов в посте
1 042
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
July 27, 13:19
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
⏺️
Mahallangizdagi
muammoni ovoz to‘plamasdan hal qilish imkoniyati
Endi mahalladagi ana shunday dolzarb masalalarni
sheriklik asosidagi loyihalar orqali
hal qilish imkoniyati mavjud.
➡️
Sheriklik loyihasida tashabbus qiymatining belgilangan qismi aholi, tadbirkorlar va homiylarning
ixtiyoriy mablag‘lari hisobidan
shakllantiriladi. Qolgan qismi esa
davlat budjeti tomonidan
moliyalashtiriladi.
Masalan, umumiy
qiymati 100 mln so‘m
bo‘lgan loyiha uchun
50 mln so‘m aholi
va
homiylar
tomonidan shakllantirilsa, qolgan
50 mln so‘m budjet mablag‘lari
hisobidan ajratilishi mumkin.

Jarayon qanday ishlaydi?
✔️
Mahalladagi muammo aniqlanadi, aholi bilan maslahatlashib ustuvor loyiha tanlanadi va u
“Ochiq budjet” portaliga sheriklik asosida moliyalashtiriladigan loyiha
sifatida kiritiladi.
Loyiha belgilangan talablar va texnik mezonlarga muvofiq deb topilgach, aholi ulushini shakllantirish uchun m
axsus hisobvaraq ochiladi.
Zarur mablag‘ to‘liq yig‘ilgan loyihalar ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida
ovoz berish bosqichisiz g‘oliblar ro‘yxatiga kiritilishi
mumkin.
☝️
Muhim:
mablag‘ kiritish
mutlaqo ixtiyoriy
. Fuqarolardan majburiy pul yig‘ish, muayyan miqdor belgilash yoki bosim o‘tkazishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
❗️
Eslatma:
“Tashabbusli budjet” doirasida loyiha kiritishning oxirgi kuni —
2026-yil 3-avgust
.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermaylik — mahalla ravnaqi uchun birlashaylik!
#TashabbusliBudjet
#OchiqBudjet
#SheriklikLoyihasi
#ObodMahalla
#MahallaTashabbusi
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

July 27, 13:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Mustaqillik_shukronasi
✔️
"Yangi O'zbekiston islohotlarini o'z hayotimizda, atrofimizdagi bunyodkorlikda his qilyapmiz" — nafaqadagi ziyoli Abduqahhor Abdurahmonov
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

July 27, 12:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#DIQQAT, E'LON
✔️
Ertaga, 28-iyul kuni, gaz quvurlarini ta’mirlash maqsadida Vobkent tumanida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik toʻxtatiladi
Vobkent tumanida soat 8:00 dan to soat 18:00 ga qadar; (aholi xonadonlar soni 20698 ta)
“Hududgaz Buxoro” GTF
matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

July 27, 11:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari
iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun
barcha sohalarda, xususan,
energetikada zamonaviy kadrlar zarurligini
ta’kidladi.
Hozir
25 ta texnika oliygohida bu yo‘nalishda yiliga 5,5 ming mutaxassis
tayyorlanmoqda.
“Ochig‘i, ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun bitiruvchining ishga kirishib ketishiga 2-3 yil ketyapti”,
– dedi Prezidentimiz.
Mas’ullarga bir oyda
oliygohlardagi yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq yangilash
topshirildi. 1-sentabrgacha
laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslashtirish
boshlanadi.
Yangi o‘quv yilidan
3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’limga qamrab olinadi.
Chunki kelgusi 2-3 yilda
quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo‘nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Shirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga tayyorlamoqda.
Yangi o‘quv yilidan
Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham ushbu tajriba joriy etiladi.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari
tinglandi
.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

July 27, 11:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Andijon viloyatida
olti oyda
rejadagi 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
318 ta mahallada ta’minot grafikdan orqada
qolmoqda.
Endi
tadbirkorlar o‘zi import qilgan yoki birjadan xarid qilgan suyultirilgan gazni aholi va biznes subyektlariga yetkazib berishi mumkin
bo‘ladi. Yil boshidan
xususiy sektor tomonidan 157 ming tonna suyultirilgan gaz import qilingan.
Ijtimoiy reyestrga kirgan oilalarga suyultirilgan gaz uchun subsidiya beriladi.
Yil yakunigacha
bu borada “Andijon tajribasi” yaratiladi.
Suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni
yil yakunigacha
rejadagi 520 ming tonna o‘rniga 606 ming tonnaga yetkazish
vazifasi qo‘yildi.
Hozir a
holiga gaz standart hajmdagi 20 kilogrammli ballonlarda
yetkaziladi. Vaholanki,
ayrim xonadonlarga oylik iste’mol uchun 5-6 kilogramm yetarli bo‘lsa, boshqa iste’molchilarga 30-40 kilogrammli ballon zarur.
Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi
bir oyda
xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida qayta
ko‘rib chiqiladi
.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

July 27, 11:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugungi kunda
“Hududiy elektr tarmoqlari”da 25 ming, “Hududgaz”da 16 ming xodim
ishlaydi. Lekin
xodimlar ishini boshqarish raqamlashmagani
sababli kun davomida
kim nima bilan bandligini na elektr tarmog‘i, na gaz ta’minoti rahbari biladi.
Shu bois,
mehnat unumdorligi boshqa davlatlardan 1,5-2 barobar past, avariyalarni bartaraf etish muddati esa 3-4 barobar ko‘p.
Energetika vazirligi tarkibida
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi
tashkil etiladi.
Markaz
“ishlab chiqarish – uzatish – taqsimlash – yetkazish” zanjiri, ko‘mir, suyultirilgan gaz va mazut ta’minotini “stress-audit”dan o‘tkazadi.
Shu asosda
sohani rivojlantirishning bir nechta ssenariysi
ishlab chiqiladi.
Har bir xodimning kunlik ishini raqamli algoritm orqali boshqaradigan
tizim yaratiladi. ASKUE va ASKUG ma’lumotlari
sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, shubhali o‘zgarishlarni aniqlaydigan platforma
ishga tushiriladi.
Tizimdagi 106 ming xodim uchun
10 ta asosiy KPI
belgilanadi. Unda
avariyaviy va rejali o‘chishlar, yo‘qotishlar, debitor qarzdorlik, quvvatlar rezervi va ta’mirlash dasturlarining bajarilishi
asosiy
mezon bo‘ladi
.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

July 27, 11:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yangiyo‘l misolidagi tizim respublikadagi barcha tuman va shaharlarga
tatbiq etiladi.
Energetika tizimi rahbarlari har bir viloyatdagi eng og‘ir bittadan tumanga biriktiriladi.
Ular hokimlar bilan birgalikda yil yakunigacha
o‘ziga biriktirilgan hududda yangi ish tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Islohotlar shtabi, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, tarmoq va bank rahbarlari ham hududlarga chiqadi.
A
holi va tadbirkorlarning elektr va gaz bilan bog‘liq masalalari o‘rganilib,
mas’ullarga yil yakunigacha va kelasi yilda amalga oshiradigan ishlari aniq ko‘rsatiladi. Mazkur ishlar uchun mablag‘ manbalari ham belgilab beriladi.
Elektr va gaz hisobini yuritish, tarmoqdagi yo‘qotishlar va debitor qarzdorlikni keskin kamaytirish imkoniyatlari
joyida ko‘rsatib beriladi.
Davlatimiz rahbari
viloyat va tumanlardagi elektr hamda gaz ta’minoti rahbarlarining “ko‘zini ochish”, ularni natija uchun ishlash uchun mas’uliyatini oshirish
zarurligini
ta’kidladi
.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

July 27, 11:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yangiyo‘l tumani
aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha maxsus shtab
tashkil etiladi. Unga energetika vaziri Sherzod Xodjayev boshchilik qiladi, tuman hokimi San’at Jumaniyozov esa uning o‘rinbosari bo‘ladi.
Mas’ullar ikki haftada
tumanning 51 ta mahallasida aholi va tadbirkorlarning oylik, choraklik va yillik talabini
o‘rganadi. Shu asosda
“energiya iste’moli balansi”
shakllantiriladi.
Qaysi mahallada
transformator yoki gaz taqsimlash qurilmasini yangilash, qayerda tarmoq tortish zarurligi
aniq belgilanadi. ASKUE va ASKUG tizimiga mos kelmaydigan
hisoblagichlar almashtirilib, ma’lumot uzatmayotgan qurilmalarning uzluksiz aloqasi ta’minlanadi.
Elektr va gaz
yo‘qotishlarini 2 karra kamaytirish bo‘yicha alohida dastur
ishlab chiqiladi. Bunda zarur mablag‘ning qanchasi tizim korxonalari, qanchasi mahalliy qo‘shimcha daromad hisobidan ajratilishi aniq ko‘rsatiladi.
Yirik iste’molchi bo‘lgan korxonalar energiya auditidan o‘tkazilib,
ularni
tejamkor texnologiyalarga o‘tkazish uchun banklar tomonidan resurs ajratiladi.
Barcha
bog‘cha, maktab, texnikum, shifoxona va poliklinikalarning energiya sarfi tahlil qilinib, toifalarga ajratiladi.
Ko‘p qavatli uylarning
isitish tizimi diagnostika qilinadi,
qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘chama-ko‘cha ish olib boriladi. Barcha ishlar 1-oktabrgacha yakunlanib,
Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha namunaviy tumanga
aylantiriladi
.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

July 27, 11:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yig‘ilishda
Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani
tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun
300 million dollar sarflashga
to‘g‘ri kelmoqda.
Tashabbuskor bilan tuzilgan
shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajat
yuzaga kelish ehtimolini paydo qilgan. Mas’ullarga
shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqish
topshirildi.
Tizimdagi jiddiy kamchiliklar uchun
energetika vaziri
va
“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari lavozimidan ozod etildi
.
“Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Transgaz” va “Hududgaz” rahbarlariga
yil yakunigacha
sinov muddati
belgilandi. Natija bo‘lmasa,
ular ham ishdan ketishi ogohlantirildi.
Yangi energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari Sardor Isaqulov
va
Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i Axad Isoqjonov
bugundan
yangicha ish uslubini joriy qilishi shartligi
ta’kidlandi.
“Hokimlar ham “Bu energetiklarning ishi” deb xotirjam o‘tirishga haqqi yo‘q. So‘rov qattiq bo‘ladi”,
– dedi Prezidentimiz
.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram

July 27, 11:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yig‘ilishda
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
masalalari ham ko‘rib chiqildi. Hozir
tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan 1 ming 916 ta mahalla
mavjud.
Mas’ullarga uch oyda
ushbu mahallalardagi isitish tizimini elektrga o‘tkazish uchun qancha infratuzilma va qo‘shimcha elektr energiyasi talab etilishini hisob-kitob qilish
topshirildi.
Birinchi navbatda
moliyalashtirish talab etiladigan mahallalar bo‘yicha alohida dastur
ishlab chiqiladi.
Bugungi kunda
3 million 700 ming xonadon suyultirilgan gazdan
foydalanmoqda. So‘nggi yillarda mazkur tizim raqamlashtirilib, ancha tartibga keltirilgan bo‘lsa-da,
gazni o‘z vaqtida yetkazish muammosi to‘liq hal etilmagan.
Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektorni jalb etish
va
buni Andijon viloyatidan boshlash
taklifi ma’qullandi.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
Telegram
|
💬
Facebook
|
📹
Youtube
|
🌍
Web-sahifa
|
🕊
X
|
🌐
Instagram