
WAYU Korea
#oʻzimiznikilar
#oʻzimiznikilar_ovozi
📢
O'zimiznikilar Ovozi
- Yangi rubrika!
Koreyadagi o‘zbeklar jamiyati va diasporasi haqida "O'zimiznikilar" 30-son nomzodlaridan bir nechta savollarimizga javob oldik.
Shulardan ayrimlarini siz bilan bo‘lishamiz
👇
1. Sizningcha Janubiy Koreyadagi O'zbeklar jamiyatida qanday muammolar bor?
“O‘zbeklar jamiyati muammolari orasida yaqqol ko‘zga tashlangani, yuqori malakali ishda yoki lavozimda, yoki o‘quv yurtida ishlaydigan yurtdoshlar bilan, past malakali ishda ishlaydiganlar, o‘qish ham unchalik ustuvor bo‘lmagan yurtdoshlar ajralib qolganday. Shu ikki qutb orasida ko‘prik yoki tajriba almashinuvini ta’minlaydigan tadbirlar bo‘lishi kerak.”“Koreyaga o‘qish, ish maqsadida kelayotganlar yetarlicha realistik ma’lumot, resurslarga ega bo‘lmay turib kelish yo‘llarini tanlashadi. Ularga talaba yoki ish borasida bosib o‘tiladigan yo‘lni tanishtiradigan, mentorlik kabi dastur yoki bloglar bo‘lsa foydasi tegardi.”
2. Siz yuqoridagi muammolarga qanday yechim bera olasiz?
“Janubiy Koreyadagi O‘zbeklar imkon qadar birlashib, muammolari bor insonlarga ko‘mak berishi, tadbirlar uyushtirishi, o‘zaro tajriba almashilsa yanada diaspora rivojlanadi.”“Turli xil communitylar ko‘proq bo‘lishi kerak. Misol uchun, Running Community, Reading Clubs, IT Communities va boshqa yo‘nalishlarda communitylar tashkil qilish Koreyadagi O‘zbek hamjamiyatini yanada kuchli qiladi.”“Ilm, bilim, networking va o‘z-o‘zini anglash orqali qadriyatlarni rivojlantirish kerak.”
3. Koreyada sifatli va samarali O'zbeklar diasporasi bor deb o'ylaysizmi? Sizningcha diaspora kerakmi?
“Diaspora kerak degan fikrdaman. Chunki diaspora musofir yurtda vatan hissini yengish, chet elda uchraydigan ba’zi mamlakatlargagina xos muammolarni samarali yengib o‘tish, chet elda muvaffaqiyatli hayot qurish va o‘z an’anasi va madaniyatiga bog‘lanib turish uchun muhim vosita deb hisoblayman.”“Menga Koreyadagi boshqa mamlakat diasporasi, masalan, indoneziyaliklarnikidek o‘zbek jamiyati unchalik jipsdek tuyilmagan.”
Sizning fikringizcha-chi?
Koreyadagi o‘zbeklar jamiyatini yanada kuchli qilish uchun nimalar kerak?
Loyiha hamkori
IMAN
.
Ongli moliyaviy qarorlar qiling —
IMAN x Korea
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
Janubiy Koreyada vatandoshimiz Shahlo Abdullayevaga “Shuhrat” medali topshirildi
O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchixonasida vatandoshimiz, Kvanju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim markazi rahbari Shahlo Abdullayevaga “Shuhrat” medalini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur davlat mukofoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22 avgustdagi O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xorijiy fuqarolar va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq topshirildi.
Shahlo Abdullayeva O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzini yuksaltirish,
O‘zbekiston–Koreya do‘stona munosabatlarini rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi
uchun ushbu yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi.
Tantanali marosimda Janubiy Koreya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, ilmiy-tadqiqot va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yosh vatandoshlar hamda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan faollar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi
Alisher Abdusalomov
Shahlo Abdullayevaning yillar davomida Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar, xususan, o‘zbekistonlik ayollarning
huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi samarali faoliyatini
alohida e’tirof etdi.
Shahlo Abdullayevani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
#KoreaUzbekistan26
🇺🇿
🇰🇷
Janubiy Koreyaning nufuzli universiteti Yonsei universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalaridan maxsus video!
Ushbu video WAYU Korea hamda O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan fleshmob doirasida tayyorlandi.
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
#KoreaUzbekistan26
🇺🇿
🇰🇷
Janubiy Koreyaning nufuzli universiteti Soon Chun Hyang universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalaridan maxsus video!
Ushbu video WAYU Korea hamda O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan fleshmob doirasida tayyorlandi.
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
O‘ZBEKISTON BAYROG‘I SEUL MARKAZIDA!
O'zbekiston elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinda bo‘lib o‘tadigan Koreya – Markaziy Osiyo forumi munosabati bilan Seul markazida o‘ziga xos ramziy aksiya tashkil etilmoqda!
“Birlik halqasi” — do‘stlik, birdamlik va yangi O‘zbekiston timsoli
Ushbu aksiya davomida O‘zbekistonning ulkan davlat bayrog‘i Seulning eng gavjum va tarixiy maskanlaridan biri — Gwanghwamun maydonida namoyish etiladi.
Bu nafaqat bayrog‘imizni namoyish etish, balki O‘zbekiston yoshlarining Koreyadagi birdamligi, Vatanga bo‘lgan faxri va Koreya–O‘zbekiston do‘stligiga bo‘lgan hurmatini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.
📅
Sana: 9-sentabr, 2026-yil
⏰
Aksiya vaqti: 10:00–12:00
📍
Manzil: Seul, Gwanghwamun maydoni (광화문광장)
👥
Ishtirokchilar: 50 nafar yosh
Yig‘ilish vaqti: 09:00
Yig‘ilish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
Siz ham ushbu tarixiy aksiyaning bir qismi bo‘lishni istasangiz, ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Joylar soni cheklangan — atigi 50 nafar yosh qabul qilinadi.
Ro’yxatdan o’tish:
https://forms.gle/DESRKxEwEhPKQuPBA
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn
#KoreaNews
KOREYASHUNOSLIK AKADEMIYASI (AKS) — MAGISTRATURA VA DOKTORANTURAGA BEPUL O'QISH
한국학중앙연구원 한국학대학원 — Koreya hukumati tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan, 1980-yildan buyon faoliyat yuritayotgan Koreyashunoslik bo'yicha yetakchi ilmiy-tadqiqot magistraturasi. Hozirda 35 mamlakatdan 110 dan ortiq xorijiy talaba bu yerda tahsil olmoqda.
O'quv yo'nalishlari (4 fakultet):
>Gumanitar fanlar fakulteti
- Koreya tarixi, Eski qo'lyozmalarni boshqarish, Falsafa, Koreys tili va adabiyoti
>Madaniyat va san'at fakulteti
- Antropologiya/Folklor, Din fanlari, Musiqashunoslik, San'at tarixi, Insoniy informatika/geografiya
>Ijtimoiy fanlar fakulteti
- Siyosatshunoslik, Sotsiologiya, Ta'lim
>Global Koreyashunoslik fakulteti
- Koreya madaniy tadqiqotlari (faqat magistratura)
Magistratura — 2 yil, Doktorantura — 3 yil. Ko'p darslar koreys tilida, Koreya madaniy tadqiqotlari yo'nalishi esa ingliz tilida olib boriladi.
💰
Stipendiya imtiyozlari:
- Barcha xorijiy talabalarga o'qish haqi to'liq bekor qilinadi
- POSCO stipendiyasi (3 nafarga): oyiga 1 000 000 won yashash puli + 1 000 000 won boshlang'ich yordam + sog'liqni saqlash sug'urtasi
- Davlat stipendiyasi (15 nafarga): oyiga 800 000 won
- Qo'shimcha tadqiqot yordamchisi nafaqalari
- Bepul akademik koreys tili kurslari
Kimlar ariza bera oladi:
- Magistratura: bakalavr diplomi (yoki olish arafasida)
- Doktorantura: magistratura diplomi (yoki olish arafasida)
• Til talabi:
- Koreya madaniy tadqiqotlaridan boshqa barcha yo'nalishlar uchun: TOPIK 4-daraja va undan yuqori (muddati o'tmagan)
- Koreya madaniy tadqiqotlari yo'nalishi uchun: TOEFL iBT 80, IELTS Academic 6.5, yoki TEPS 301 (so'nggi 2 yil ichida olingan) — bundan mustasno: ingliz tili rasmiy/ona tili bo'lgan davlat fuqarosi, yoki butun ta'limi ingliz tilida o'tgan
📅
Ariza jarayoni va jadvali (Koreya vaqti bo'yicha):
- Onlayn ariza va to'lov: 2026-yil 31-avgust (Dushanba) 10:00 — 18-sentabr (Juma) 17:00
- Tavsiyanoma topshirish muddati: 25-sentabrgacha
- Suhbatga taklif qilinganlar e'loni: 30-oktabr
- Suhbat: 4-6 noyabr
- Yakuniy natijalar: 9-dekabr
- Original hujjatlarni topshirish muddati: 2027-yil 8-yanvar
- O'qish boshlanishi: 2027-yil 1-mart
~Jadval o'zgarishi mumkin
>Muhim eslatma: O'z-o'zini tanishtirish CV xati va tadqiqot rejasini yozishda sun'iy intellektdan foydalanish tavsiya etilmaydi — faqat grammatika tekshiruvi uchun ruxsat etiladi, matn yaratish yoki to'liq tarjima qilish uchun emas. Bitirishdan oldin TOPIK 6-daraja olish majburiy (Koreya madaniy tadqiqotlari yo'nalishi uchun — TOPIK 4-daraja)
• Ariza topshirish sayti:
www.studyinkorea.go.kr
→ [입학 신청] → [한국학중앙연구원 한국학대학원]
• Bog'lanish:
Tel: (031) 730-8183, 8187
Email: admission_intl@aks.ac.kr
grad.aks.ac.kr
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn
#
WayuStudents
#podcast
#1
Koreyada o’qish: talabadan talabaga tajriba
Wayu Student Podcast - 1-son
Koreya - bu nafaqat yangi muhit, balki katta imkoniyatlar diyori. Sifatli ta'lim, zamonaviy texnologiyalar, xalqaro tajriba va o'z ustida ishlash uchun cheksiz imkoniyatlar.
Ana shu yo'ldan o'tgan, o'z maqsadiga erishgan talabalarimiz bilan suhbatlashishga qaror qildik.
Mehmonimiz bilan:
- Koreyada qanday imkoniyatlarni topgani
- O'z ustida qanday ishlagani
- Erishgan yutuqlari
- Boshqa talabalarga maslahatlari
Siz ham Koreyada o'qib, o'z salohiyatingizni ochishni istasangiz - bu suhbat sizga ilhom bag'ishlaydi.
To'liq video ko'rish:
https://youtu.be/yOQVqOfiOz4?t=0&si=qAv68_KLUPOeLi9S
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn
🇺🇿
🇰🇷
O‘zbekiston – Koreya: Markaziy Osiyo bilan hamkorlikning yangi bosqichi
Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar yangi, istiqbolli bosqichga qadam qo‘ymoqda.
Arirang News telekanalida O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Abdusalomov ishtirokidagi intervyu e’lon qilindi.
Suhbatda Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash hamda kelajakdagi istiqbolli yo‘nalishlar haqida fikrlar bildirildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik iqtisodiyot, ta’lim, texnologiya, madaniyat va yoshlar almashinuvi kabi ko‘plab sohalarni qamrab olmoqda.
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik yanada rivojlanishiga ishonamiz!
Suhbatni ko’rish:
https://www.facebook.com/share/v/19CecvgtvL/?mibextid=wwXIfr
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn
#oʻzimiznikilar
#oʻzimiznikilar_podkast
🎙
Podkastimizning 11-sonida kim bilan suhbat qilish bo'yicha so'rovnoma natijalarini e'lon qilamiz.
Vatandoshlarimiz bilan aloqaga chiqib, tez kunlarda keyingi podkastimiz qahramonini ma'lum qilamiz.
🙌
Ovozlar 2026.09.04 soat 21:52 da hisoblab chiqildi. So'rovnomada jami 269 kishi qatnashdi
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn