Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

WAYU Korea

wayu_korea
- O’zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi “Janubiy Korea filiali” - World Association of Youth of Uzbekistan “South Korea branch” - WAYU Korea ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/wayu_korea Tel raqam: 01082563133
Подписчики
6 907
24 часа
-1
30 дней
-52
Просмотры
1 153
ER
16,69%
Посты (30д)
53
Символов в посте
1 273
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDСтуденты за рубежом
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Языковое обучение
Краткое описание
October 26, 07:12

#wayu_job
VAKANSIYA: TIBBIY TURIZM KOORDINATORI — ORTOPEDIYA YO‘NALISHI
Ish joyi:
Janubiy Koreya, Hanam shahri, Misa (미사역) metro bekati yaqinida
Ish vaqti:
Dushanba–Juma, 09:00–18:00
Kontent yaratishni, qiziqarli hikoyalar orqali auditoriya e’tiborini jalb qilishni va insonlar bilan muloqot qilishni yoqtirasizmi?
Biz Janubiy Koreyada ortopediya yo‘nalishidagi tibbiy turizmni rivojlantirmoqdamiz. Xorijlik bemorlarga umurtqa pog‘onasi, bo‘g‘imlar va tayanch-harakat tizimi kasalliklarini tashxislash hamda davolash jarayonlarini tashkil etishda yordam beramiz.
ASOSIY VAZIFALAR:
• Ijtimoiy tarmoqlar uchun ortopedik davolanish haqida qiziqarli videolar, stories va postlar tayyorlash.
• Murojaatlarni qabul qilish, savollarga javob berish va bemorlarni shifokor qabuliga yozilishigacha kuzatib borish.
• Koreya klinikalari va mutaxassislari bilan maslahatlashuvlar, tekshiruvlar hamda davolanish jadvallarini muvofiqlashtirish.
• Koreyaga kelgan bemorlarni kutib olish, klinikaga tashriflar, transport va boshqa tashkiliy masalalarda yordam berish.
• Bemorlar bilan safardan oldin, davolanish davomida va undan keyin doimiy aloqada bo‘lish.
NOMZODLARGA TALABLAR:
• Rus, koreys va ingliz tillarini bilish majburiy. Uchala tilda ham og‘zaki va yozma muloqot qila olish.
• Kuchli kommunikatsiya qobiliyati va fikrni qiziqarli yetkazib bera olish.
• Ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratish yoki blog yuritish tajribasi katta ustunlik hisoblanadi.
• Mas’uliyatlilik, tashkilotchilik va bemorlarga e’tiborli munosabat.
• Tibbiy turizm, bemorlar bilan ishlash, marketing yoki savdo sohasidagi tajriba afzallik beradi.
• Ortopediya va umurtqa pog‘onasi kasalliklarini davolash bo‘yicha bilimga ega bo‘lish qo‘shimcha ustunlikdir.
BIZ NIMALARNI TAKLIF QILAMIZ?
• Malaka va tajribaga qarab, munosib nomzodga bozor darajasidan yuqori ish haqi kafolatlanadi.
• Xalqaro bemorlar va Koreyaning ortopediya klinikalari bilan ishlash imkoniyati.
• Tibbiy turizm yo‘nalishini rivojlantirishda faol ishtirok etish va kasbiy o‘sish imkoniyati.
QANDAY ARIZA TOPSHIRISH MUMKIN?
Rezyume (CV) va portfoliongizni quyidagi elektron manzilga yuboring:
marketing@armed.kr.
Arizangizda quyidagilarni ko‘rsatishni unutmang:
• O‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot.
• Rus, koreys va ingliz tillarini bilish darajangiz.
• Ijtimoiy tarmoq sahifalaringizga havolalar yoki avval yaratgan kontentingizdan namunalar.
Vakansiyani ish izlayotgan do‘stlaringiz bilan ham ulashing!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn

October 25, 23:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 25, 09:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

WAYU_Korea Readify yana kitobsevarlar davrasida!
Bu safar bizni o‘zbek adabiyotining eng ta’sirchan asarlaridan biri kutmoqda. O‘tmish, xalq taqdiri, yerga mehr, ajdodlar xotirasi va inson qismati haqida chuqur o‘ylashga undaydigan roman bilan yana bir bor yuzma-yuz bo‘lamiz.
WAYU_Korea Readify | Navbatdagi kitob suhbati
Bu safargi kitob:
“Otamdan qolgan dalalar”
To‘g‘ay Murod
Janri:
Roman | Tarixiy | Ijtimoiy-falsafiy adabiyot
“Otamdan qolgan dalalar”
— o‘zbek xalqining murakkab tarixiy kechmishlari, dehqon taqdiri, ona zamin va avlodlar xotirasini o‘zida mujassam etgan asar. To‘g‘ay Murod ushbu roman orqali xalq boshidan kechirgan og‘ir sinovlarni, yer bilan inson o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni va avlodlardan qolgan merosning asl qiymatini ochib beradi.
Suhbat davomida sizni nimalar kutadi?
1️⃣
Kitob haqida jonli fikr almashuv
2️⃣
Asar va qahramonlar yuzasidan chuqur savol-javob
3️⃣
An’anaviy Kahoot o‘yini
Sana:
1-noyabr, yakshanba
Vaqt:
20:00 (Koreya vaqti bilan)
Joy:
Maxsus yopiq guruh — ovozli chat
“Otamdan qolgan dalalar”
haqida birgalikda fikr almashish uchun sizni WAYU_Korea Readify suhbatiga taklif qilamiz!
Maxsus gurux uchun link:
https://t.me/+DFnGSQJcemw3ZGI6
O‘qiymiz. O‘ylaymiz. O‘rtoqlashamiz.
WAYU_Korea Readify — har bir sahifa, yangi qadam!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn

October 24, 00:02
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

WAYU STUDENT PODCAST | 2-SON
🇰🇷
Koreyada o‘qish: talabadan talabaga tajriba
Koreyada tahsil olishni istaysizmi? Unda bu podcast aynan siz uchun!
Wayu Student Podcast’ning navbatdagi sonida Koreyadagi talabalik hayoti, ta’lim, yangi imkoniyatlar va shaxsiy rivojlanish haqida suhbatlashamiz.
🎧
Podcast davomida:
- Koreyada o‘qish tajribasi
- Talabalik hayoti va yangi imkoniyatlar
- Erishilgan yutuqlar va tajribalar
- Bo‘lajak talabalar uchun foydali maslahatlar
O‘z kelajagingiz uchun ilhom oling va Koreyada ta’lim olish sari ilk qadamni tashlang!
📩
Koreyada o‘qish bo‘yicha murojaat uchun:
wayustudents@gmail.com
To‘liq video:
https://youtu.be/biPyo-zz0Zg?si=1k4PqNUDdLUfjNbz
Bizni kuzatib boring va yangi podcast sonlarini o‘tkazib yubormang!
#WayuStudents
#WayuStudentPodcast
#StudyInKorea
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn

October 23, 11:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbek adabiyoti Koreyada!
Ona mehri, bolalik xotiralari va qalbga chuqur ta’sir qiluvchi hikoyalar… O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning mashhur
“Dunyoning ishlari”
asari koreys tilida
『세상의 모든 일들』
nomi bilan nashr etildi!
Asar endi koreys kitobxonlariga ham o‘zbek xalqining boy ma’naviyati, mehr-oqibati va ona haqidagi bebaho tuyg‘ularini kashf etish imkonini beradi.
📅
28-oktabr | 15:00
📖
Kitobning chop etilishiga bag‘ishlangan taqdimot marosimi O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi tomonidan tashkil etiladi.
📍
Manzil:
하나금융그룹 명동사옥
서울 중구 을지로 66
https://naver.me/5eDQnj3E
)
Ro’yxatdan o’tish uchun havola:
https://forms.gle/jSedx6mjtSoZUdwKA
📚
Bir asar — mingta tuyg‘u. O‘zbek adabiyotini birgalikda kashf etamiz!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook

October 23, 06:10

O‘ZBEKISTON MADANIYATI JANUBIY KOREYADAGI MAMF 2026 FESTIVALIDA! San’atkorlarimiz Shaxriyor va Mashhur Muhammad hamda O‘zbekistonning taniqli ijodiy jamoalari Koreyada bir sahnada!
📢
23–25-oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Changvon shahrida MAMF 2026 —…

October 23, 00:26
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

O‘ZBEKISTON MADANIYATI JANUBIY KOREYADAGI MAMF 2026 FESTIVALIDA!
San’atkorlarimiz Shaxriyor va Mashhur Muhammad hamda O‘zbekistonning taniqli ijodiy jamoalari Koreyada bir sahnada!
📢
23–25-oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Changvon shahrida MAMF 2026 — Xalqaro madaniy xilma-xillik festivali bo‘lib o‘tmoqda!
Bu yil festivalning bosh mehmon mamlakati — O‘ZBEKISTON!
Uch kun davomida festival mehmonlarini o‘zbek milliy musiqasi, betakror raqslari va boy madaniyatimizni namoyish etuvchi yorqin chiqishlar kutmoqda.
Festival dasturida:
• 23-oktabr (juma)
• 14:00 va 18:30
• «Tumor» milliy raqs ansambli
• «Navo» ansambli
• 24-oktabr (shanba)
• 14:00
• «Tumor» milliy raqs ansambli
• «Navo» ansambli
• 25-oktabr (yakshanba)
• 10:30 va 18:30
• Shaxriyor
• Mashhur Muhammad
• «Tumor» milliy raqs ansambli
• «Navo» ansambli
MAXSUS MADANIY DASTUR!
23–24-oktabr kunlari soat 14:00 da O‘zbekistonning «Tumor» raqs ansambli va «Navo» ijodiy jamoasi Koreyaning «Hannuri» san’at jamoasi bilan birgalikda maxsus madaniy chiqishlarni taqdim etadi.
📍
Manzil: Changvon shahri, Seongsan Art Hall (성산아트홀 대극장)
Maxsus madaniy dasturga kirish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun afishadagi QR-koddan foydalanishingiz mumkin.
Barcha yurtdoshlarimizni ushbu katta madaniyat bayramiga taklif qilamiz! Do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan tashrif buyurib, san’atkorlarimizni qo‘llab-quvvatlang!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook

October 22, 10:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

WAYU DEBATE | Yangi bahsga tayyormisiz?
“Siz qaysi tomondasiz?”
HA
yoki
YO‘Q
?
O‘z fikringizni himoya qiling, dalillaringizni keltiring va qizg‘in bahsda o‘zingizni sinab ko‘ring!
📅
Sana: 24-oktabr, 2026
⏰
Vaqt: 11:00
📍
Manzil: O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
👥
Joylar: 32 ta
💰
Ishtirok to‘lovi: 12,000 won
Ro‘yxatdan o‘tish uchun ilova:
https://forms.gle/SQgxJZBWRM4dC4W7A
O‘yla. Gapir. Ishontir!
Ushbu uchrashuv o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani munosabati bilan o‘tkazilmoqda!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook

October 22, 08:48
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

SEUL MARKAZIDA XALQARO TAOMLAR VA MADANIYAT FESTIVALI!
Gwanghui Road Festa 2026 — Buyuk Ipak yo‘li ta’mlari bir joyda!
24-oktabr kuni Seul markazidagi Markaziy Osiyo ko‘chasida Koreya, O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Gruziya va boshqa davlatlarning milliy taomlari hamda madaniyatini birlashtirgan “Gwanghui Road Festa 2026” festivali bo‘lib o‘tadi!
🍽
Festival mehmonlarini nimalar kutmoqda?
• Birinchi 600 nafar mehmon uchun BEPUL tushlik! Odatda 10 000 von turadigan maxsus Gwanghui Road lunch-box to‘plamlaridan bepul bahramand bo‘lish imkoniyati!
• Turli mamlakatlarning milliy taomlari: O‘zbek shashligi, Koreys taomlari — kalbi, jokbal, tteokbokki va boshqalar, Mo‘g‘ul xushuuri, Gruzin chaxoxbilisi va boshqa mazali taomlar!
• Jonli DJ chiqishlari va bayramona muhit
• Bepul gazli ichimliklar va tez tayyorlanadigan lapsha
• Koreys va Markaziy Osiyo naqshlari tushirilgan maxsus breloklar, sovg‘alar va yutuqli o‘yinlar
• Buyuk Ipak yo‘li qahramonlari ishtirokidagi qiziqarli mini-o‘yinlar
📍
Manzil: 광희동 중앙아시아거리 — Gwanghui-dong, Markaziy Osiyo ko‘chasi
📅
Sana: 24-oktabr, 2026-yil (shanba)
⏰
Vaqt: 11:00–21:00
Metro: 동대문역사문화공원역 (Dongdaemun History & Culture Park), 5, 8, 11 yoki 12-chi chiqishlar. DDP’dan taxminan 3 daqiqalik piyoda masofa.
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn

October 21, 14:00

Muhtaram vatandoshlar!
Sizlarni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
1989-yil 21-oktabrda «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu tarixiy voqea xalqimizning milliy o‘zligini anglash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 2020-yildan buyon ushbu sana qonun asosida har yili O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Bu yil ona tilimiz davlat tili maqomini olganiga 37 yil to‘ldi.
Til xalqning ruhi va tarixining ko‘zgusidir. U ajdodlar merosini kelajak avlodlarga yetkazuvchi bebaho xazinadir. Hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk allomalarimiz o‘zbek tilining boyligi va nafosatini butun dunyoga namoyon etgan. Bugun ona tilimiz nufuzli xalqaro minbarlarda ham baralla yangramoqda. 2020-yil 23-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida tarixda ilk bor o‘zbek tilida nutq so‘zlangani buning yorqin isbotidir.
Joriy yilgi bayram yana bir muhim voqea bilan yodda qoladi. Aynan shu kuni Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi. Ishonamanki, bu qaror yoshlarimiz savodxonligini oshirish va ona tilimiz mavqeini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Koreya zaminida yashab, mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz uchun ona tili Vatan, oila va milliy qadriyatlar bilan bog‘lab turuvchi mustahkam rishtadir. Shu bois sizlarni farzandlaringiz bilan o‘zbek tilida muloqot qilishga chorlayman. Ularni o‘zbek adabiyoti durdonalari bilan tanishtiring, yosh avlod qalbida ona tilimizga mehr-muhabbatni kamol toptiring.
O‘zbek tili va madaniyatini o‘rganayotgan, uni Koreyada targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shayotgan koreyalik ustoz-murabbiylar, olimlar va talabalarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Sizlarning tilimizga bo‘lgan qiziqishingiz xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigini mustahkamlamoqda. U O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yangi mazmun bilan boyitmoqda.
Barchangizga mustahkam sog‘liq va oilaviy baxt tilayman. Xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.
Ona tilimiz hamisha g‘ururimiz va iftixorimiz bo‘lib qolsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Alisher Abdusalomov,
O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi
Favqulodda va Muxtor Elchisi
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
LinkedIn