
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
🌍
На прошлой неделе в Нукусе, Республике Каракалпакстан, состоялась международная конференция «Повышение потенциала работников систем питьевого водоснабжения и канализации в Республике Узбекистан». Организаторами выступили АО «Узсувтаминот» и Группа Всемирного банка (ГВБ).
🤝
В течение двух дней около 200 международных, региональных и местных экспертов обсуждали актуальные проблемы отрасли и пути их решения. Мероприятие состоялось при финансовой поддержке Правительства Швейцарии и ГВБ.
👥
Одной из ключевых тем конференции стало развитие кадрового потенциала отрасли, включая повышение квалификации и расширение профессиональных знаний работников. Участники обсудили подходы к реализации кадровой политики, в том числе наставничество, стажировки и расширение возможностей для молодых специалистов и женщин в сфере управления водными ресурсами. Отдельное внимание было уделено укреплению связей между наукой и производством.
⚙️
В повестку также вошли вопросы повышения операционной и финансовой эффективности предприятий водоснабжения и канализации, внедрения цифровых и энергоэффективных решений, а также улучшения качества обслуживания потребителей.
💧
В рамках конференции участники посетили современную водоочистительную станцию в Нукусе, где ознакомились с инфраструктурой и возможностями развития сектора водоснабжения и канализации Узбекистана.
🌐
В сотрудничестве с партнёрами, включая Государственный секретариат Швейцарии по экономическим вопросам (SECO) и Глобальное партнёрство по водной безопасности (GWSP), Группа Всемирного банка продолжает поддерживать страны Центральной Азии в обеспечении всеобщего доступа к услугам водоснабжения и канализации.
💻
Website
💬
Telegram
🌍
O‘tgan hafta Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida "O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi va oqova suv tizimlari xodimlarining salohiyatini oshirish" mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir "O‘zsuvta’minot" AJ va Jahon banki guruhi tomonidan tashkil etildi.
🤝
Ikki kun davomida 200 ga yaqin xalqaro, mintaqaviy va mahalliy ekspertlar sohadagi dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qildilar. Tadbir Shveysariya hukumati va JBG moliyaviy ko‘magida o‘tkazildi.
👥
Konferensiyaning asosiy mavzularidan biri sohadagi kadrlar salohiyatini rivojlantirish, jumladan, xodimlarning malakasini oshirish va kasbiy bilimlarini kengaytirish bo‘ldi. Ishtirokchilar kadrlar siyosatini amalga oshirish, jumladan, suv resurslarini boshqarish sohasida yosh mutaxassislar va ayollar uchun mentorlik, amaliyot va imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha yondashuvlarni muhokama qildilar. Fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
⚙️
Shuningdek, kun tartibidan suv ta’minoti va oqova suv korxonalarining operatsion va moliyaviy samaradorligini oshirish, raqamli va energiya tejamkor yechimlarni joriy etish, shuningdek, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalalari ham o‘rin oldi.
💧
Anjuman doirasida ishtirokchilar Nukus shahridagi zamonaviy suv tozalash stansiyasiga tashrif buyurib, u yerda infratuzilma hamda O‘zbekistonning suv ta’minoti va oqova suv sohasini rivojlantirish imkoniyatlari bilan tanishdilar.
🌐
Shveysariyaning Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) va Suv xavfsizligi bo‘yicha global hamkorlik (GWSP) kabi hamkorlar bilan birgalikda Jahon banki guruhi Markaziy Osiyo mamlakatlarini suv ta’minoti va oqova suv xizmatlaridan umumiy foydalanishni ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda.
💻
Website
💬
Telegram
📈
Tadqiqotlar bolalar hayotiga ta’sir qiluvchi omillarni turli nuqtayi nazardan o‘rganish imkonini beradi. Maktabdagi natijalardan tortib, erta bolalik rivojlanishi, kasbiy intilishlar va oilaviy hayot o‘rtasidagi bog‘liqlikkacha – har bir yo‘nalish bolalarning bugungi sharoiti va kelajakdagi imkoniyatlarini yaxshiroq anglashga yordam beradi.
🎖
Jahon sammiti
doirasidagi qo‘shimcha tadbirning ikkinchi qismi seminar tarzida bo‘lib o‘tdi. Unda tadqiqotchilar o‘z ishlarini taqdim etdilar. Seminar davomida maktabdagi natijalarga tug‘ilgan oyning ta’siri, O‘zbekistonda bolalar farovonligi indeksini ishlab chiqish, qizlarning kasbiy intilishlari va oilaviy hayot uyg‘unligi hamda erta bolalik rivojlanishi haqidagi bilimlar muhokama qilindi.
👫
Taqdimotlar bolalar farovonligini turli ko‘rsatkichlar orqali baholash, ularning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va mavjud bilimlardagi bo‘shliqlarni to‘ldirish muhimligini ko‘rsatdi. Bunday tadqiqotlar bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni chuqurroq tushunish va kelgusidagi tashabbuslarni yanada aniq yo‘naltirishga zamin yaratadi.
🔗
Batafsil:
https://socialpolicylab.uz/uz/news/61
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
Jahon banki vakillari ijtimoiy sohadagi loyihalar ijrosi bilan tanishdi
Boyovut tumanida Jahon banki vakillaridan iborat ishchi guruh tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha “Insonlar” yo‘nalishi amaliyot rahbari Aparnaa Somanathan hamda bankning ijtimoiy masalalar bo‘yicha katta ekspertlari Simon Sottsas va Gulrano Tlepova o‘rin oldi.
Tashrif davomida ishchi guruh tumandagi 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti Jahon banki mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlangan bo‘lib, bugungi kunda bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishi va maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, vakillar tomonidan loyiha doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilgan ishlar samaradorligi hamda yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Tashrif doirasida tumanda aholining ijtimoiy ehtiyojlari va mavjud muammolarini aniqlashga qaratilgan so‘rovnomalar natijalari ham tahlil qilindi. O‘rganishlar aholi fikrini, ularning ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning amaliy natijalarini baholashga qaratildi.
|
Telegram
|Web-site
|Facebook
|
Instagram
| YouTube
Samarqand turli mamlakatlar vakillari, birinchi xonimlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va hamkorlarni bolalar farovonligi yo‘lida birlashtirdi.
“Sammitning eng muhim natijasi bolalar va ularning oilalari o‘z hayotida his qiladigan ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini istayman. Biz Samarqandda aynan shu maqsad yo‘lida birlashdik”, — deb yozdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
Shahnoza Mirziyoyeva
o‘zining Instagram sahifasida.
Mamlakatimizdagi davlat idoralari va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ushbu nufuzli sammitni Samarqandda tashkil etish men va Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi uchun katta sharaf.
O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston Respublikasi, Livan va Zimbabvening birinchi xonimlarini, oliy martabali mehmonlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillarini – bolalar kelajagi uchun birlashgan barcha mehmonlarimizni Samarqandda ko‘rib turganimizdan mamnunmiz.
Shunday lahzalarda O‘zbekistonimiz bilan yanada ko‘proq faxrlanaman! Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlarimizning bolalar kelajagi uchun birlashayotgani juda quvonarli. Birgalikda harakat qilsak, qanchalik katta ishlarni amalga oshirishimiz mumkinligini yana bir bor his qilmoqdaman.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
💡
Tadqiqot g‘oyasining paydo bo‘lishidan uning siyosiy qarorga aylanishigacha bo‘lgan jarayon murakkab bo‘lib, ko‘plab to‘siqlarga duch keladi. Bu, ayniqsa, ijtimoiy siyosat sohasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki bunday qarorlarni qabul qilishda turli omillar, aholi ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarni inobatga olish zarur.
👥
Samarqandda bo‘lib o‘tgan
Jahon sammitida
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi
Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi, Jahon banki va J-PAL hamkorligida tashkil etilgan qo‘shimcha tadbirda aynan shu masala amaliyotchilar ishtirokida muhokama qilindi. Munozara davomida tadqiqotchilar, taraqqiyot bo‘yicha mutaxassislar va siyosatchilarning qarashlari o‘rtaga tashlanib, ilmiy dalillarni davlat siyosatiga tatbiq etish imkoniyatlari va muammolari ko‘rib chiqildi.
📈
Muhokamaning asosiy xulosalaridan biri shuki,
ilmiy tadqiqotlarning haqiqiy qiymati ularning natijalari amaliy qarorlarga aylanib, bolalar va oilalar hayotini yaxshilashga xizmat qilganida namoyon bo‘ladi.
🔗
Batafsil:
https://socialpolicylab.uz/uz/news/60
📝
Telegram
😄
LinkedIn
🎬
Instagram
🌐
socialpolicylab.uz
📈
Tadqiqotlar bolalar hayotiga ta’sir qiluvchi omillarni turli nuqtayi nazardan o‘rganish imkonini beradi. Maktabdagi natijalardan tortib, erta bolalik rivojlanishi, kasbiy intilishlar va oilaviy hayot o‘rtasidagi bog‘liqlikkacha – har bir yo‘nalish bolalarning bugungi sharoiti va kelajakdagi imkoniyatlarini yaxshiroq anglashga yordam beradi.
🎖
Jahon sammiti
doirasidagi qo‘shimcha tadbirning ikkinchi qismi seminar tarzida bo‘lib o‘tdi. Unda tadqiqotchilar o‘z ishlarini taqdim etdilar. Seminar davomida maktabdagi natijalarga tug‘ilgan oyning ta’siri, O‘zbekistonda bolalar farovonligi indeksini ishlab chiqish, qizlarning kasbiy intilishlari va oilaviy hayot uyg‘unligi hamda erta bolalik rivojlanishi haqidagi bilimlar muhokama qilindi.
👫
Taqdimotlar bolalar farovonligini turli ko‘rsatkichlar orqali baholash, ularning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va mavjud bilimlardagi bo‘shliqlarni to‘ldirish muhimligini ko‘rsatdi. Bunday tadqiqotlar bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni chuqurroq tushunish va kelgusidagi tashabbuslarni yanada aniq yo‘naltirishga zamin yaratadi.
🔗
Batafsil:
https://socialpolicylab.uz/uz/news/61
📝
Telegram
😄
LinkedIn
🎬
Instagram
🌐
socialpolicylab.uz
🌍
На Всемирном саммите по инвестициям в благополучие детей, прошедшем в Самарканде, Группа Всемирного банка (ГВБ) вместе с партнёрами обсудила пути улучшения жизни детей и создания более инклюзивного общества. Особое внимание уделялось инвестициям в здравоохранение, образование и социальную защиту как ключевым факторам развития человеческого капитала.
При поддержке и участии Группы Всемирного банка состоялись пленарные сессии и тематические мероприятия, посвящённые следующим вопросам:
🌱
Масштабирование инвестиций в детей:
Апарна Соманатан, региональный директор Всемирного банка по вопросам человеческого развития в Европе и Центральной Азии, подчеркнула важность инвестиций в детей, особенно в первые 1 000 дней жизни, которые закладывают основу здоровья, обучения и будущей продуктивности. Наджи Бенхасин, директор Всемирного банка по Центральной Азии, принял участие во второй части пленарной сессии, посвящённой расширению поддержки детей и семей.
🤝
Социальная защита с учётом потребностей детей:
Участники обсудили пути создания более инклюзивных и гибких систем социальной защиты, отвечающих потребностям детей и семей. Модератором сессии выступил Наджи Бенхасин.
🛡️
Комплексная защита детей:
Паоло Карло Белли, руководитель практики Всемирного банка по вопросам социальной защиты и занятости в Европе и Центральной Азии, рассказал об экономических аргументах в пользу инвестиций в защиту детей и подчеркнул важность укрепления соответствующих систем и координации социальных услуг.
❤️
Качественные и устойчивые системы охраны здоровья детей:
Апарна Соманатан отметила важность устойчивого финансирования, квалифицированных медицинских кадров и цифровых решений для укрепления первичной медико-санитарной помощи и улучшения здоровья детей.
📚
Инвестиции в раннее детство как основа качественного и инклюзивного обучения на протяжении всей жизни:
Под модераторством Апарны Соманатан участники обсудили значение раннего развития для обеспечения качественного и инклюзивного образования. Опыт Узбекистана в расширении доступа к дошкольному образованию и улучшении результатов обучения продемонстрировал важность последовательных реформ.
📊
Исследования и доказательные подходы для благополучия детей:
На двух тематических мероприятиях обсуждалось, как исследования и данные могут способствовать совершенствованию государственной политики. Мероприятия были организованы Лабораторией социальной политики при Национальном агентстве социальной защиты Узбекистана совместно с ГВБ и J-PAL Europe. Участники рассмотрели вопросы формирования доказательной базы и её применения при разработке государственной политики. Наджи Бенхасин принял участие в обсуждениях, а исследовательскую сессию модерировал Майкл Локшин, руководитель исследовательской группы Всемирного банка.
🤖
Ответственное применение искусственного интеллекта в образовании:
На мероприятии, организованном совместно ГВБ и Министерством образования и науки Узбекистана, обсуждалось, как ИИ может способствовать повышению качества образования. Участники подчеркнули необходимость эффективного управления, поддержки учителей, развития инфраструктуры и защиты детей от рисков. Внедрение ИИ должно быть направлено на улучшение результатов обучения и подготовку учащихся к быстро меняющемуся миру.
📌
Важные дискуссии состоялись и на полях Саммита, предоставив участникам возможность обменяться результатами исследований и практическим опытом, обсудить перспективные решения и укрепить партнёрства для улучшения благополучия детей.
Подробная информация:
investinchildren.uz
https://taplink.cc/investinchildren
🌍
Samarqandda bo‘lib o‘tgan Bolalar farovonligiga investitsiya qilish bo‘yicha Butunjahon sammitida Jahon banki guruhi (JBG) hamkorlar bilan birgalikda bolalar hayotini yaxshilash va yanada inklyuziv jamiyat yaratish yo‘llarini muhokama qildi. Inson kapitalini rivojlantirishning asosiy omillari bo‘lmish sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy himoyaga investitsiyalarga alohida e’tibor qaratildi.
Jahon banki guruhi ko‘magida va ishtirokida quyidagi masalalarga bag‘ishlangan yalpi sessiyalar va tadbirlar bo‘lib o‘tdi:
🌱
Bolalarga investitsiya qilish ko‘lamini kengaytirish:
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson taraqqiyoti bo‘yicha mintaqaviy direktori Aparna Somanatan bolalarga, ayniqsa hayotning dastlabki 1000 kunida investitsiya qilish muhimligini ta’kidladi, chunki ushbu davrda salomatlik, ta’lim olish va kelajakdagi samaradorlik uchun poydevor yaratiladi. Yalpi majlisning bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga bag‘ishlangan ikkinchi qismida Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Naji Benxasin ishtirok etdi.
🤝
Bolalarning ehtiyojlarini hisobga oladigan ijtimoiy himoya:
Ishtirokchilar bolalar va oilalarning ehtiyojlariga javob beradigan yanada inklyuziv va moslashuvchan ijtimoiy himoya tizimlarini yaratish yo‘llarini muhokama qildilar. Sessiyaga Naji Benxasin moderatorlik qildi.
🛡
Bolalarni har tomonlama himoya qilish:
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda ijtimoiy himoya va bandlik bo‘yicha amaliyot rahbari Paolo Karlo Belli bolalarni himoya qilishga investitsiya qilishning iqtisodiy sabablari haqida gapirib, tegishli tizimlarni mustahkamlash va ijtimoiy xizmatlarni muvofiqlashtirish muhimligini ta’kidladi.
❤️
Bolalar salomatligini muhofaza qilishning sifatli va barqaror tizimlari:
Aparna Somanatan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini mustahkamlash va bolalar salomatligini yaxshilash uchun barqaror moliyalashtirish, malakali tibbiyot xodimlari va raqamli yechimlarning muhimligini ta’kidladi.
📚
Erta bolalikka investitsiya qilish butun hayot davomida sifatli va inklyuziv ta’limning asosi sifatida:
Aparna Somanatan moderatorligi ostida ishtirokchilar sifatli va inklyuziv ta’limni ta’minlashda erta rivojlanishning ahamiyatini muhokama qildilar. O‘zbekistonning maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim natijalarini yaxshilash borasidagi tajribasi izchil islohotlarning muhimligini ko‘rsatdi.
📊
Bolalar farovonligi uchun tadqiqotlar va dalillarga asoslangan yondashuvlar:
Ikkita tadbirda tadqiqotlar va ma’lumotlar davlat siyosatini takomillashtirishga qanday hissa qo‘shishi mumkinligi muhokama qilindi. Tadbirlar O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi tomonidan JBG va J-PAL Europe bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ishtirokchilar dalillar bazasini shakllantirish va ularni davlat siyosatini ishlab chiqishda qo‘llash masalalarini ko‘rib chiqdilar. Muhokamalarda Naji Benxasin ishtirok etdi, tadqiqot bo‘yicha sessiyani Jahon bankining tadqiqot guruhi rahbari Maykl Lokshin olib bordi.
🤖
Ta’limda sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish:
JBG va O‘zbekiston Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda sun’iy intellekt ta’lim sifatini oshirishga qanday hissa qo‘shishi mumkinligi muhokama qilindi. Ishtirokchilar samarali boshqaruv, o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani rivojlantirish va bolalarni xavf-xatardan himoya qilish zarurligini ta’kidladilar. Sun’iy intellektni joriy etish ta’lim natijalarini yaxshilashga va o‘quvchilarni tez o‘zgaruvchan dunyoga tayyorlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
📌
Sammit doirasida ham muhim muhokamalar bo‘lib o‘tdi, bu esa ishtirokchilarga tadqiqotlar natijalari va amaliy tajriba bilan almashish, istiqbolli yechimlarni muhokama qilish va bolalar farovonligini oshirish uchun hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatini yaratdi.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
https://taplink.cc/investinchildren
#Axborot24
Samarqand Jahon sammiti: bolalar kelajagiga daxldor muloqot
Samarqandda o‘tkazilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasidagi panel sessiyalar “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida batafsil yoritildi.
Bunday xalqaro muloqotlarning ahamiyati tajribalarni taqqoslash, samarali yondashuvlarni o‘rganish va ularni amaliy yechimlarga aylantirish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Asosiy mezon esa — ilgari surilgan tashabbuslarning har bir bola hayoti, xavfsizligi va rivojlanishiga qo‘shadigan hissasi.
🎬
Sammit muhokamalariga bag‘ishlangan 23 daqiqalik ko’rsatuvni tomosha qiling.
Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren