
ULUL ALBAB - The People of Intellect
Kimdan o'rganay?
#foyda
Xatodan o'rgan.
Xato qilganlardan o'rgan.
Xato qilganini bilganlardan o'rgan.
Xatosini tan ololadiganlardan o'rgan.
Xatosi uchun kechirim so'roladiganlardan o'rgan.
Xatosi ularni kamtar qilganlardan o'rgan.
Xatosidan dars o'rganganlardan o'rgan.
Xatosidan keyin isloh bo'lganlardan o'rgan.
Xatosini Allohdan to'siq deb bilmay, Unga yaqinlashganlardan o'rgan.
Xatosidan yo'qotganlardan o'rgan.
Xatosini takrorlamaslik uchun yechim izlaganlardan o'rgan.
Xatosini sen takrorlamasligingni istagan xayrixohlardan o'rgan.
©
ULUL ALBAB yozdi
Ey odam bolasi,
#eynafs
.
#tajriba
- dunyoda qanday kayf surishni xohlasang, sur, lekin oxirat g'amisiz maqsadsiz bo'lib yuraverasan.
- qancha g'uluvga ketishni istasang, ket, lekin namozsiz baribir o'zingni tugal his qilmaysan.
- qanday diploming, tijorating, moling bo'lsa, bo'lsin, lekin iymon/hidoyatsiz puch yong'oqdek bo'laverasan.
- kimni sevsang sev, kimdan nafratlansang, nafratlan, lekin Allohning muhabbatisiz saodat topmaysan.
- oilang qancha "ideal" bo'lsa, bo'lsin, lekin ilm-ma'rifatsiz shuncha nursiz, sakiynatsiz bo'lib qolaveradi.
Ey odam bolasi, qanday yashashni istasang, yasha, lekin baribir Allohsiz, kalomisiz, ibodat va itoatsiz o'zingni eng badbaxt insondek his qilaverasan.
Ertami-kech shu xulosaga kelasan.
Undan avval Robbingni tanib, unga qaytib ol.
Eng saodatli sen bo'lasan.
©
ULUL ALBAB yozdi
Qur'on tilovati uchun qulay va fazilatli vaqtlar
#samaradorlik
1. Boshqa ishlar bilan to'qnashmaydigan:
- bomdoddan keyin quyosh chiqquncha;
- sahar vaqti bomdodgacha;
- tunda tahajjud vaqtida.
Bu vaqtlarda tashqi chalg'ituvchilar minimal bo'lgani uchun Quron o'qish uchun eng qulay fursat hisoblanadi. Foyda va barokati cheksiz.
2. Boshqa ishlar bilan bir qatorda:
- diqqat jamlangan paytda;
- namozlardan oldin va/yo keyin;
- dam olish vaqtlarida;
- biror daqiqa imkon tug'ilib qolishi bilan;
- uyqudan oldin.
Bu vaqtlarda (kutilmagan) chalg'ituvchilar ko'p bo'lgani uchun doim ham imkon yo iroda topilmasligi mumkin.
Aslida, Qur'onni istalgan vaqtda o'qish mumkin. Lekin bardavomlik uchun muayyan vaqt bo'lgani maqsadga muvofiq.
Vazifaning asosiy qismini (1)dagi vaqtlarda o'qib, qolganini kun davomida (2)ga taqsim qilish ham yaxshi foyda beradi, in sha Alloh.
©
ULUL ALBAB yozdi
#ustoz_darsda #foyda Qur'on bilan munosabatimiz qanday bo'lishi kerak? Shayx: - Telefon bilan munosabatimiz qanday bo'lsa, shunday.
©
ULUL ALBAB yozdi
#ustoz_darsda
#foyda
Qur'on bilan munosabatimiz qanday bo'lishi kerak?
Shayx:
- Telefon bilan munosabatimiz qanday bo'lsa, shunday.
©
ULUL ALBAB yozdi
🧠
Sog'lom
mindset
*
Allohning eng katta ne'matlaridan:
#kuzatuv
#foyda
To'g'ri savollar berishga;
To'g'ri yo'l berilganda, unga ergashishga;
Diqqatli bo'lib, xatoni ko'rishga, tan olishga;
Birodarlarni ayblamaslikka, tushunishga, mehrli bo'lishga;
O'ziga kerak narsaga haris bolishga;
O'ziga tegishli bo'lmagan narsalardan uzoq turishga;
Jidd-u jahdga, oliy himmatga, tavakkal va taslimiyatga;
Umidsiz va dangasa bo'lmaslikka, tushkunlikka tushmaslikka, o'zini yolg'iz his qilmaslikka;
Yaratuvchisiga nisbatan chiroyli gumonda yashashga, Unga tayanishga, imkonsizlarga ishonishga, taqdiriga rozi bo'lishga;
Robbiga qaytib, nafsini va Uni tanishga;
Uning yordami bilan o'zini isloh qilishga;
Tizimli harakat bilan doim o'sishga;
Dunyoda yashab, oxiratni ko'zlashga;
Kuchli musulmon bo'lishga va hkz...
*kishining dunyoni anglash, qabul qilish va u bilan muomala qilishdagi tushuncha, fikr, tuyg'u va xatti-harakatlari yig'indisi.
Musulmonda u din, fahm, niyat, basiyrat, tafakkur, hikmat, himmat va rag'bat kabilarning chiroyli qorishmasidan shakllanishi kerak.
©
ULUL ALBAB yozdi
Keng qalblar mehrdan aziyatgacha qamrab oladi.
Chuqur qalblar ko'ma oladi sirlarni, dardlarni.
Qalbi isloh bo'lganning ishi yengil bo'ladi.
Qalbi to'g'rining tili to'g'ri bo'ladi.
#eynafs
Istasang so'ra — so'raganga beriladi:
رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي
- Ey Robbim, mеning qalbimni kеng qil
وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي
- Mеning ishimni oson qil
وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِي
- Tilimdagi tugunni yechgin
يَفْقَهُوا قَوْلِي
- So‘zimni anglasinlar
©
ULUL ALBAB yozdi
Vaqti-vaqti bilan bularni tozalab turish
#muhim
:
Gadjetlar:
telefon, kompyuter, planshet, televizor – ko‘z va ongni charchatadi.
📌
Haftada kamida yarim/bir kun faqat tabiiy yorug'likka qarang.
Axborot:
yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlar,
scrolling
, reklama – miyaga keraksiz yuk beradi.
📌
Yangilikka qiziqish vaqti o'zini tiyish, sabr qilish.
Taom:
ortiqcha shirinlik, yog‘, kofein – tanani charchatadi, lanj qiladi.
📌
Ba'zan shirinlik/kofe/kechki ovqat kabilarni o'tkazib yuboring.
Odamlar:
ortiqcha gap-so‘z, majlislar, g‘iybat, bahs, kulgu – qalbni charchatadi va qotiradi.
📌
Bir necha soatlarga bo'lsa ham, yolg'iz qoling.
Moddiyat:
pul sarflash, sanash, ortiqcha hisob-kitob – qalbni dunyoga bog'laydi, baxil qiladi.
📌
Miyani bo'sh qo'ying, rizqingizga Alloh kafil.
O‘ylar:
vasvasa, ortiqcha tashvish va xavotir, uzun orzular – iymonni zaiflashtiradi, besabr qiladi.
📌
Har safar xavotirlar chalg'itganda Allohni zikr qiling va Unga tavakkalni ongli mashq qiling.
©
ULUL ALBAB yozdi
Dunyoviy ishlarni oxiratda
#foyda
liga aylantirish uchun:
🟠
Niyat
ni xoslash. Mol-mulk, kasbni halol topish, halolga sarflash, ko'proq infoq va boshqa Alloh rozi bo'ladigan amallarni niyat qilish.
🟠
Qurbat
: har bir ishni Allohga yaqinlashtirishini so'rab qilish.
🟠
Zikr:
amallar boshida, davomida va oxirida Allohni zikr qilish. Qalbi matohga emas, Allohga bog'lanishi.
🟠
Zarurat:
dunyodan ehtiyoj darajasidagina olish.
🟠
Haq:
a'zolarining haqqini berish uchun hamda ibodat va ilmga quvvat bo'lsin deb taomlanish va uxlash.
🟠
Shukr
: rizq va ne'mat shukrini qalbi, tili va a'zolari bilan izhor qilish.
🟠
Bermoq:
moli ortgani sari sadaqa-ehsoni ko'payishi.
Dunyoni oxiratga zaxira qilib ishlatishimizni Alloh nasib qilsin.
©
ULUL ALBAB yozdi
Vaqt bering
Isloh osonmas.
O'zgarish tez bo'lmaydi.
15/20/30/40 yil bir uslubda yashagansiz.
Endi bir-ikki narsani o'zgartirib o'n kunda natija kutmang.
Harakatdan to'xtamang, ammo o'zingizga vaqt ham bering.
Shuncha yillik turmush tarzi, odatlar, fikrlash tizimi bir tunda o'zgarib qolmaydi.
Bu bir necha bosqichli jarayon sizni toblashiga qo'yib bering.
#foyda
Harakat borasida shoshiling.
Natija borasida sabr qiling.
©
ULUL ALBAB yozdi