Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ULUL ALBAB - The People of Intellect

weareululalbab
©️ Manbasiz olinmasin (rozilik yo'q)! @weareululalbab ❗️ Kitoblar, shaxsiy tajriba, professionallik, saviya, fikrlash, rivojlanish, shaxsiyat, bandalik. Reklama olinmaydi.
Подписчики
14 349
24 часа
49
30 дней
370
Просмотры
5 592
ER
38,97%
Посты (30д)
23
Символов в посте
570
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 29, 05:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ikkinchisi sizni o'ziga xos va takrorlanmas qiladi
1.
O'g'irlanishi mumkin bo'lgan mulklar:
🟠
pul-mablag';
🟠
uy, mashina;
🟠
kiyim va texnika;
🟠
yor-do'st;
🟠
mansab, shuhrat,..
2.
O'girlanmaydigan narsalar:
🟠
e'tiqod va iymon;
🟠
zehn, hikmat va himmat;
🟠
pok qalb va solih amal;
🟠
go'zal xulq va tarbiya topgan xarakter;
🟠
yumshoq ko'nikmalar va tajriba;
🟠
muhabbat va birodarlik;
🟠
oliyjanoblik va sharaf;
🟠
qadriyat va fikrlash,..
Orzular o'g'irlanishi mumkin, niyatlar o'g'irlanmaydi.
G'oya o'girlanishi mumkin, uni keltirgan ilhom o'g'irlanmaydi.
Vaqt o'g'irlanishi mumkin, e'tibor o'g'irlanmaydi.
©
ULUL ALBAB yozdi

October 28, 06:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#qalbdan
Zulumatga o'rgangan ko'zga nur tushsa, og'riydi.
Gunohga o'rgangan odam taqvodan qo'rqadi, qochadi.
Mazahga o'rgangan til uchun sodiq gaplar erish va zerikarli tuyuladi.
Zulumatga o'rganib qolma.
Gunohga o'rganib qolma.
Hidoyatsizlikka o'rganib qolma.
Darssizlikka o'rganib qolma.
Ustozsizlikka o'rganib qolma.
Keyin ustozing shayton bo'lishiga o'rganib qolma.
Havo-i nafsing ko'yiga tushishga o'rganib qolma.
Qancha uzoq ketsang, ortga yo'ling shuncha uzayadi.
Yomonga qancha oshno bo'lsang, yaxshilik senga shuncha begonalashadi.
Hozir yoqmasa ham yaxshiga yaqin yuraver.
Bir kun yoqib qoladi.
©
ULUL ALBAB yozdi

October 27, 05:00

#tajriba
Afsuslarim kamaysin
desang, "agar", "koshki"ni;
Odamlardan kutuvim kamaysin
desang, "nega qilding/qilmading/deding/demading"ni
kamaytir
.
Taqdirga ishonchim ortsin
desang, "Uning qadari, xohlaganini qiladi"ni;
Unga suyanchim ortsin
desang, "O'zi kifoya"ni;
quvvatim ortsin
desang, "kuch ham quvvat ham U bilan"ni
ko'paytir
.
©
ULUL ALBAB yozdi

October 26, 05:58

Kimdan o'rganay?
#foyda
Xatodan o'rgan.
Xato qilganlardan o'rgan.
Xato qilganini bilganlardan o'rgan.
Xatosini tan ololadiganlardan o'rgan.
Xatosi uchun kechirim so'roladiganlardan o'rgan.
Xatosi ularni kamtar qilganlardan o'rgan.
Xatosidan dars o'rganganlardan o'rgan.
Xatosidan keyin isloh bo'lganlardan o'rgan.
Xatosini Allohdan to'siq deb bilmay, Unga yaqinlashganlardan o'rgan.
Xatosidan yo'qotganlardan o'rgan.
Xatosini takrorlamaslik uchun yechim izlaganlardan o'rgan.
Xatosini sen takrorlamasligingni istagan xayrixohlardan o'rgan.
©
ULUL ALBAB yozdi

October 25, 05:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ey odam bolasi,
#eynafs
.
#tajriba
- dunyoda qanday kayf surishni xohlasang, sur, lekin oxirat g'amisiz maqsadsiz bo'lib yuraverasan.
- qancha g'uluvga ketishni istasang, ket, lekin namozsiz baribir o'zingni tugal his qilmaysan.
- qanday diploming, tijorating, moling bo'lsa, bo'lsin, lekin iymon/hidoyatsiz puch yong'oqdek bo'laverasan.
- kimni sevsang sev, kimdan nafratlansang, nafratlan, lekin Allohning muhabbatisiz saodat topmaysan.
- oilang qancha "ideal" bo'lsa, bo'lsin, lekin ilm-ma'rifatsiz shuncha nursiz, sakiynatsiz bo'lib qolaveradi.
Ey odam bolasi, qanday yashashni istasang, yasha, lekin baribir Allohsiz, kalomisiz, ibodat va itoatsiz o'zingni eng badbaxt insondek his qilaverasan.
Ertami-kech shu xulosaga kelasan.
Undan avval Robbingni tanib, unga qaytib ol.
Eng saodatli sen bo'lasan.
©
ULUL ALBAB yozdi

October 24, 05:35

Qur'on tilovati uchun qulay va fazilatli vaqtlar
#samaradorlik
1. Boshqa ishlar bilan to'qnashmaydigan:
- bomdoddan keyin quyosh chiqquncha;
- sahar vaqti bomdodgacha;
- tunda tahajjud vaqtida.
Bu vaqtlarda tashqi chalg'ituvchilar minimal bo'lgani uchun Quron o'qish uchun eng qulay fursat hisoblanadi. Foyda va barokati cheksiz.
2. Boshqa ishlar bilan bir qatorda:
- diqqat jamlangan paytda;
- namozlardan oldin va/yo keyin;
- dam olish vaqtlarida;
- biror daqiqa imkon tug'ilib qolishi bilan;
- uyqudan oldin.
Bu vaqtlarda (kutilmagan) chalg'ituvchilar ko'p bo'lgani uchun doim ham imkon yo iroda topilmasligi mumkin.
Aslida, Qur'onni istalgan vaqtda o'qish mumkin. Lekin bardavomlik uchun muayyan vaqt bo'lgani maqsadga muvofiq.
Vazifaning asosiy qismini (1)dagi vaqtlarda o'qib, qolganini kun davomida (2)ga taqsim qilish ham yaxshi foyda beradi, in sha Alloh.
©
ULUL ALBAB yozdi

October 23, 05:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#ustoz_darsda #foyda Qur'on bilan munosabatimiz qanday bo'lishi kerak? Shayx: - Telefon bilan munosabatimiz qanday bo'lsa, shunday.
©
ULUL ALBAB yozdi

October 22, 05:13

#ustoz_darsda
#foyda
Qur'on bilan munosabatimiz qanday bo'lishi kerak?
Shayx:
- Telefon bilan munosabatimiz qanday bo'lsa, shunday.
©
ULUL ALBAB yozdi

October 21, 05:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🧠
Sog'lom
mindset
*
Allohning eng katta ne'matlaridan:
#kuzatuv
#foyda
To'g'ri savollar berishga;
To'g'ri yo'l berilganda, unga ergashishga;
Diqqatli bo'lib, xatoni ko'rishga, tan olishga;
Birodarlarni ayblamaslikka, tushunishga, mehrli bo'lishga;
O'ziga kerak narsaga haris bolishga;
O'ziga tegishli bo'lmagan narsalardan uzoq turishga;
Jidd-u jahdga, oliy himmatga, tavakkal va taslimiyatga;
Umidsiz va dangasa bo'lmaslikka, tushkunlikka tushmaslikka, o'zini yolg'iz his qilmaslikka;
Yaratuvchisiga nisbatan chiroyli gumonda yashashga, Unga tayanishga, imkonsizlarga ishonishga, taqdiriga rozi bo'lishga;
Robbiga qaytib, nafsini va Uni tanishga;
Uning yordami bilan o'zini isloh qilishga;
Tizimli harakat bilan doim o'sishga;
Dunyoda yashab, oxiratni ko'zlashga;
Kuchli musulmon bo'lishga va hkz...
*kishining dunyoni anglash, qabul qilish va u bilan muomala qilishdagi tushuncha, fikr, tuyg'u va xatti-harakatlari yig'indisi.
Musulmonda u din, fahm, niyat, basiyrat, tafakkur, hikmat, himmat va rag'bat kabilarning chiroyli qorishmasidan shakllanishi kerak.
©
ULUL ALBAB yozdi

October 20, 06:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Keng qalblar mehrdan aziyatgacha qamrab oladi.
Chuqur qalblar ko'ma oladi sirlarni, dardlarni.
Qalbi isloh bo'lganning ishi yengil bo'ladi.
Qalbi to'g'rining tili to'g'ri bo'ladi.
#eynafs
Istasang so'ra — so'raganga beriladi:
رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي
- Ey Robbim, mеning qalbimni kеng qil
وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي
- Mеning ishimni oson qil
وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِي
- Tilimdagi tugunni yechgin
يَفْقَهُوا قَوْلِي
- So‘zimni anglasinlar
©
ULUL ALBAB yozdi