
Xonqa.uz |Rasmiy|
Tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlaridagi yo‘qotishlar holatini o‘rgandi.
Tumanda bir kunda o‘rtacha 530 ming kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilinib, tarmoqlardagi yo‘qotishlar 9,9 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, tumanda umumiy quvvati 31 MVt bo‘lgan yashil energiya stansiyalari qurilgan bo‘lib, ular elektrga bo‘lgan ehtiyojni qoplashda muhim o‘rin tutmoqda.
O‘rganish davomida “Fidoyilar” mahallasidagi bitta transformator punkti faoliyati tahlil qilindi. Ushbu punkt orqali 200 dan ortiq iste’molchiga bir kunda o‘rtacha 1553 kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.
Hududda iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining qariyb yarmi yashil energiya hisobiga qoplanayotgan bo‘lsa-da, texnik yo‘qotishlar 9.5 foizni tashkil etmoqda.
Mutasaddilarga har bir xonadon kesimida o‘rganish va energiya yo‘qotishlari sabablarini bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar kiritish topshirildi.
🔍
Jarayonlar rivojini bizda kuzating
Xonqa.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube
Xotin-qizlar balansi shakllantirilmoqda
Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yanada yaxshilash, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish maqsadida mahallalar kesimida xotin-qizlar balansi shakllantirilmoqda.
Ushbu jarayonda xotin-qizlarning bandligi, tadbirkorlik faoliyati, ta’lim olishi, kasb-hunarga bo‘lgan ehtiyoji, sog‘ligi va ijtimoiy ahvoli o‘rganiladi.
Xotin-qizlar balansi — aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.
Xonqa tumanida mazkur mavzuga bag‘ishlangan seminar tashkil etilib, unda xotin-qizlar balansini shakllantirish tartibi, uning ahamiyati hamda jarayonlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
🔍
Jarayonlar rivojini bizda kuzating
Xonqa.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube
Xonqa tumanida g‘o‘zani parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda mutaxassislar tomonidan “Esifon” preparatini qo‘llash tartibi va uning afzalliklari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, dala maydonlari va ularning atrofini obodonlashtirish, plastik hamda boshqa turdagi chiqindilardan tozalash bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Xonqa tumanida “Do‘stlik festivali” o‘tkazildi
30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Xonqa tumanida “Do‘stlik festivali” hamda millatlararo totuvlikka bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda turli millat vakillari ishtirok etib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitining ahamiyati ta’kidlandi.
Festival davomida milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslardan iborat madaniy dastur namoyish etildi.
🔍
Jarayonlar rivojini bizda kuzating
Xonqa.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube
🥇
XONQALIK SPORTCHI OSIYO CHEMPIONI!
22–26-iyul kunlari Xitoyda Karate WKF bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada xonqalik Sardorbek Xusainov -76 kg vazn toifasida
🥇
oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni bo‘ldi.
Sardorbek Xusainovni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!
🔍
Jarayonlar rivojini bizda kuzating
Xonqa.uz
|Facebook|
Instagram|
Youtube
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar
muhokamasiga bag’ishlangan
videoselektor yig’ilishida
belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi
#infografikada
Facebook
|
Instagram
|
X
Xonqa tumanida Markaziy bank rahbariyati ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning
29-iyul kuni soat 10:00
da Xonqa tumani fuqarolari va tadbirkorlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari hamda Markaziy bankning Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida
sayyor qabul
o‘tkaziladi.
Qabulda, shuningdek, viloyat va Xonqa tumanidagi tijorat banklari rahbarlari ham ishtirok etadi.
Uchrashuv davomida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, bank-moliya sohasiga oid mavjud muammolar, fuqarolar va tadbirkorlarni qiziqtirayotgan masalalar hamda ularning takliflari ko‘rib chiqiladi.
📍
Manzil:
Xonqa tumani, Pahtagul mahallasida joylashgan Madaniyat markazi binosi.
🕔
Vaqti:
10:00.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
Sizlarni mazkur sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
☀️
Startapingiz uchun imkoniyatlarga boy yoz
Bu yoz startaplar uchun imkoniyatlarga juda boy. Avvalroq biz
xalqaro akseleratorlar
haqida ulashgan edik, endi esa mamlakatimizdagi eng yirik ikki tanlovni eslatib o'tamiz.
🥇
President Tech Award 2026
Umumiy mukofot jamg‘armasi va investitsiyalar —
$5,000,000
Turli bosqichdagi startaplar uchun 3 ta yo‘nalish:
🔹
Incubation Program
🔹
Acceleration Program
🔹
Best Startup Project
📲
Rasmiy
Telegram-kanal
Sun’iy intellekt yechimlarini rivojlantirayotgan jamoalar uchun esa quyidagi tanlovga arizalar qabuli davom etmoqda:
🧠
President AI Award 2026
Mukofot jamg‘armasi —
$1,000,000
5 ta yo‘nalish:
🔹
AI in Public Services
🔹
Industry & Business AI
🔹
Healthcare & Medicine AI
🔹
Education AI
🔹
Green Economy & Agrotech AI
📲
Rasmiy
Telegram-kanal
Arizalar qabuli
awards.gov.uz
saytida qizg‘in davom etmoqda. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🔔
Eng muhim yangiliklar va startaplar uchun imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimiz bildirishnomalarini yoqing.
@startupbaseuz
LinkedIn
|
Facebook
|
Instagram
|
Website
Xorazm viloyati IIB rahbariyati tomonidan Xonqa tumanida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilinib, ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan fidoyi xodimlar rag‘batlantirildi.
———
Хоразм вилояти ИИБ раҳбарияти томонидан Хонқа туманида "Хавфсиз ва соғлом юрт" тезкор-профилактик тадбири доирасида амалга оширилаётган чора-тадбирларни таҳлил қилиниб, ижобий кўрсаткичларга эришган фидойи ходимлар рағбатлантирилди.
Веб-сайт
/
You Tube
/
Facebook
/
Instagram
/
Telegram
/
Matbuot kotibi
Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashining 6 oylik faoliyati
📲
Bizni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
📱
Facebook
|
📱
Internet
|
📱
Youtube
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram