
Xonqa.uz
Qoraqalpog‘istonda
1 million 100 ming yoshlar
bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari
bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini
ta’kidladi.
Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash
vazifasi qo‘yildi.
Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.
Koreyadagi vatandoshimizning
olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Yil yakunigacha
shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash
topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️
Ишлаб чиқариш (амалий) дастурига йўналтирилган магистратура тизими жорий этилади
Ҳукумат қарори
(500-сон, 17.09.2026 й.)
билан олий таълим тизимида магистратура босқичида кадрлар тайёрлашни такомиллаштириш ҳамда самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари белгиланди.
🔰
Қарорга кўра,
2026/2027 ўқув йилидан бошлаб
магистратура босқичида кадрлар:
▪️
ишлаб чиқариш (амалий) дастурига йўналтирилган
— камида
1 йил
;
▪️
илмий-педагогик дастурга йўналтирилган
— камида
2 йил
муддатда тайёрланади.
🎓
Магистратурада таълим жараёни аниқ магистратура мутахассислиги ўқув режалари ва дастурларига мувофиқ
кундузги, кечки ёки масофавий
таълим шаклларида ташкил этилади.
🧑💻
Ишлаб чиқариш (амалий) дастурига йўналтирилган магистратура
битирувчилари мутахассислик хусусиятидан келиб чиқиб:
🔵
лойиҳа иши;
🔵
конструкторлик лойиҳаси;
🔵
стартап лойиҳаси;
🔵
рационализаторлик ғояси;
🔵
амалий-ижодий асар
ва бошқа турдаги ишлардан бирини тайёрлаб,
ҳимоя қилади
.
📝
Илмий-педагогик дастурга йўналтирилган магистратура битирувчилари томонидан магистрлик диссертацияси тайёрланади.
🖇
Диссертация дастлабки ҳимояга қадар
плагиатга текширилади
ва «яширин эксперт тақризи»дан ўтказилади.
📚
Scopus
ҳамда
Web of Science
маълумотлар базаларида бўлган журналларда мақола эълон қилган магистратура талабалари белгиланган тартибда
рағбатлантириб борилади
.
🏛
Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги магистратурада ўқиш давомийлигини
мутахассисликларнинг хусусиятидан келиб чиқиб мувофиқлаштирувчи орган
этиб белгиланди.
❗️
Муҳим:
Юқоридаги қоидалар Одил судлов академияси, Давлат сиёсати ва бошқаруви академияси, Банк-молия академияси, Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Бизнес ва тадбиркорлик олий мактаби, Тошкент давлат юридик университети ҳамда олий ҳарбий ва ҳарбийлаштирилган таълим ташкилотларига нисбатан татбиқ этилмайди
Каналга уланиш
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Qoraqalpog‘istonda
30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik plantatsiyalarini tashkil etish
bo‘yicha
uch yillik dastur
amalga oshiriladi.
Prezidentimiz Kegeylidagi
330 gektar sho‘r yerda yaratilayotgan sanoatlashgan bog‘ni
ko‘rganini qayd etdi. Yangi dastur doirasidagi
10 ming gektarda ishlar shu yil boshlanadi.
Viloyat hokimlari
500
va
1 ming gektardan bog‘ yaratishga
mas’ul bo‘ladi.
Andijondan yer bo‘yicha mutaxassis va dehqonlar
kelib, Kegeylida ishlarni boshlagan.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlari va Bog‘dorchilik agentligi o‘rtasida
uch tomonlama shartnomalar
tuziladi. Ikki haftada
har bir viloyat uchun yer ajratilib, kafolatli suv ta’minoti
yaratiladi. Agentlik 1-oktabrgacha
iqlimga mos ko‘chat navlari va ekish texnologiyalarini taqdim etadi.
Viloyat hokimlari
usta dehqon va agronomlarni jalb qilib, ularga uy-joy qurib beradi.
Har bir hududda
50 gektardan bog‘ joriy yil, qolgan maydonlarda bahorda
barpo etiladi.
Qayta ishlash quvvatlari ham shu yerning o‘zida tashkil qilinadi.
Bog‘dorchilikda
20 ming odamni ishli qilish
va
uch yilda meva eksportini kamida 500 million dollarga yetkazish
vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Kecha Nukus shahrining “Ashshiko‘l” hududida
50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi – “Nukus siti” qurilishi boshlandi.
270 gektarda ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmono‘par binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar
barpo etiladi. Investitsiya loyihalariga xorijdan salohiyatli investorlar jalb qilinadi.
Nukusdagi Mustaqillik ko‘chasi tun-u kun ishlaydigan maskanga
aylandi.
28 nafar tadbirkor
ish boshlab,
50 nafarining faoliyati kengaygani
hisobiga bir haftada
savdo tushumi 2 karra oshdi.
Nur
va
Elobod mahallalari
Olmazorning Qichqiriq mahallasi namunasida obod qilinadi. Navro‘z bayramigacha
shu yerdagi istirohat bog‘ida aholini jalb qiladigan zamonaviy maskan barpo etish
topshirildi.
Kegeylida
3,5 kilometr zovurni yopib, 100 ta servis obyekti qurish
boshlangan. Buning hisobiga
320 ta ish o‘rni
yaratiladi.
Qolgan viloyat hokimlariga ham Navro‘zgacha
o‘zlariga biriktirilgan tumanlarda bittadan mahalla va markaziy ko‘chada shunday loyihalarni amalga oshirish
vazifasi qo‘yildi.
Obod qilingan ko‘cha va mahallalarga aholining o‘zi baho berishi,
odamlar ma’qul topsa, ushbu ko‘chalarga ularni obod qilgan viloyatlar nomini berish taklifi bildirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini
ta’kidladi.
Texnikumda “
Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi
joriy etilgan bo‘lib,
bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.
Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda
37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda.
Ushbu uskunalarni olgan
4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.
Yangi yildan
Amudaryo, Beruniy, Chimboy
va
Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.
1-oktabrdan
asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.
“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash
bo‘yicha
yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qoraqalpog‘istonda
yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning ko‘lami ham kengaymoqda.
Nukusdagi markaziy shifoxonada
jigar va buyrak transplantatsiyasi
amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi bolalar shifoxonasida
150 turdagi yuqori texnologik tibbiy xizmat
ko‘rsatilmoqda. Shu yil
bosh miya, yurak va plastik jarrohlik kabi murakkab yo‘nalishlarda 1,5 mingta operatsiya o‘tkazildi.
Hududda
tibbiy sug‘urta mexanizmi
joriy etildi. Tibbiyot muassasalariga
10 million dollarlik jihozlar
olib berildi.
O‘zbekistonda birinchi marta xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi
soha xodimlari bilimini baholash va malakasini oshirishda metodik markaz bo‘ladi.
Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi hamda yangi tashkil etiladigan ko‘p tarmoqli shifoxonani yaxlit tizimga birlashtirib,
Universitet tibbiy klasteri
tashkil qilinadi.
Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan shifokorlarga to‘lanayotgan 200 foizgacha oylik ustama
1-yanvardan
Bo‘zatov
va
Taxtako‘pirda ham joriy etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Taxtako‘pirda Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish
yo‘lga qo‘yiladi.
Mo‘g‘uliston, Turkiya, Xitoy
va
Avstraliyadan 5 ming bosh qo‘y-echki
olib kelinib, Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘paytiriladi. Buning uchun bir oyda
1 ming gektar yerni belgilab berish
topshirildi.
Yil yakunigacha
10-15 ming gektarda loyihalarni shakllantirib, bir yil ichida 100 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish
vazifasi belgilandi.
Prezidentimiz kecha
“Kegeyli naslli parranda” korxonasi faoliyati
bilan tanishganini qayd etdi. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, bir yil ichida
parranda yetishtirish quvvatini 2-3 karra oshirish va korxonani xoldingga aylantirish
topshirildi. Zarur mablag‘ masalasi hal qilinadi.
Kegeylidagi texnikumda parranda yetishtirishni o‘rgatadigan kurslar
tashkil etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qoraqalpog‘istonda
maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan.
Biroq
Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli
va
Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi
qayd etildi.
Endi
Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.
Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Kelgusi bahordan
Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish
boshlanadi.
Yil yakunigacha
Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni
olib kelish topshirildi.
Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida
qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding
tashkil etiladi.
Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.
Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi
qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi
bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Yig‘ilishda
ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish
masalasiga e’tibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari asosiy maqsad
har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish
ekanini ta’kidladi.
Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish
orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish
mumkin.
Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan
ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi
qayd etildi.
Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish,
har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish
muhim.
Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi
,
tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi
qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X