
Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali
🏆
BIZNING O‘QUVCHIMIZ — FAXRIMIZ!
🏆
🎉
Yana bir quvonchli yangilik!
🎉
🏫
27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-«B» sinf o‘quvchisi Otaboyeva Jasmina Ilhom qizi Huquq fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadasining tuman bosqichida faxrli
🥇
1-O‘RINni egallab Viloyat bosqichiga yòllanma oldi
🥳
👏
📚
Ushbu yutuq o‘quvchimizning bilimga bo‘lgan intilishi, izlanishi va mehnatsevarligining yorqin namunasidir.
👏
O‘quvchimizni ushbu muvaffaqiyat bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
💐
Huquq fani o‘qituvchisi: Shonazarov Shahzod.
✨
Kelgusida ham ulkan marralarni zabt etib, maktabimiz va ustozlari faxriga aylanishini tilaymiz!
🚀
📚
38-son AFCHO'IMning 4-"V" sinf o'quvchilari bilan kelajakda qanday kasb tanlagani haqida suhbaltlashdik va shu kasbda o'zini tasavvur qilishdi.
Kasb-kelajak kaliti!
Har bir bola bugun qilgan orzusi va olgan bilimi orqali ertangi kunini yaratadi.
Sinf rahbari :O'.Bobojonova
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan
Pardayeva Mehriniso Doniyorovna
– Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Forum
#StudyInUzbekistan
#Taʼlim
Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi
28-oktabr kuni “Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi forum “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tashkil etilmoqda.
Forumda
Özbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim vazirlari,
xorijiy yetakchi universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etadi. Jami
1 500 dan ortiq ishtirokchi
kutilmoqda.
Asosiy maqsad:
Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish.
Dasturda:
➖
rasmiy ochilish marosimi va yalpi majlis;
➖
taʼlim vazirlarining davra suhbati;
➖
parallel sessiyalar;
➖
“Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi.
Muhokama mavzulari: akademik almashinuv, qoʻshma taʼlim dasturlari, diplomlarni oʻzaro tan olish, qoʻshma ilmiy loyihalar va grantlar, taʼlim sifati hamda oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro nufuzi.
forum.edu.uz
📅
28-oktabr, 2026-yil
📍
Toshkent, “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
2026-yil 21-oktabr kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Xorazm viloyati Shovot tumani 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Diktantlar tanlovi” o‘tkazildi.
Tanlov davomida o‘quvchilarning yozma savodxonligi, imlo qoidalariga rioya qilishi hamda ona tili fanidan olgan bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, sana munosabati bilan o‘quvchilar tomonidan o‘zbek tilining go‘zalligi, boyligi va jozibasini tarannum etuvchi she’rlar aytildi. She’riy chiqishlarda ona tiliga bo‘lgan mehr-muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat va davlat tiliga bo‘lgan ehtirom o‘z ifodasini topdi.
Mazkur ishlar o‘quvchilarning savodxonligini oshirish, nutq madaniyatini rivojlantirish, ona tiliga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash hamda yosh avlod qalbida milliy g‘urur va iftixor hissini shakllantirishga xizmat qildi.
🍂
🍂
🍂
🍂
🍂
🍂
🍂
ХАЙРЛИ ТОНГ!
🍂
🍂
Ассалому алайкум! Шанба тонги муборак бўлсин!
Бугунги бошланаётган янги кунингиз файзли ва барокатли бўлсин! Сиз ва яқинларингизни яхши кайфият асло тарк этмасин!