Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

xorazm_boshlangich_talim
Boshlang'ich ta'lim - yurt va kelajak poydevori.
Подписчики
2 080
24 часа
-10
30 дней
-50
Просмотры
168
ER
8,08%
Посты (30д)
131
Символов в посте
989
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 11, 06:01
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

June 11, 06:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

June 11, 05:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#SinfBoshqaruvi
#Metodik_yordam
🧠
O‘quvchilar xulq-atvorini tushunish
📚
Psixolog
William Glasser
inson xulq-atvori beshta asosiy ehtiyoj tomonidan boshqarilishini ta’kidlaydi. Uning nazariyasiga ko‘ra, har bir insonning qarorlari, harakatlari va munosabatlari aynan shu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo‘ladi.
🔹
Ushbu ehtiyojlar quyidagilardan iborat:
1️⃣
Yashash va xavfsizlik (Survive)
— insonning jismoniy xavfsizligi, salomatligi va hayotini saqlab qolishga bo‘lgan ehtiyoji.
2️⃣
Tegishlilik va sevgi (Belonging)
— boshqalar bilan yaqin munosabatlar o‘rnatish, qabul qilinish va jamoaning bir qismi bo‘lish istagi.
3️⃣
Kuch va muvaffaqiyat (Power)
— o‘zini qadrli his qilish, yutuqlarga erishish va ta’sir ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyoj.
4️⃣
Erkinlik (Freedom)
— mustaqil tanlov qilish, o‘z fikrini erkin ifoda etish va nazorat hissini saqlash istagi.
5️⃣
Zavq va qiziqish (Fun)
— quvonch, qiziqarli faoliyat va o‘rganishdan rohatlanishga bo‘lgan ehtiyoj.
🎯
Bu nazariyaning ta’lim jarayonidagi eng muhim jihatlaridan biri shundaki
, o‘quvchilar ko‘pincha darsni ataylab buzayotgani yoki qoidalarga bo‘ysunishni istamagani uchun emas, balki ularning ayrim ehtiyojlari qondirilmayotgani sababli muammoli xatti-harakatlarni namoyon etadilar.
👨‍🏫
Ko‘plab o‘qituvchilar o‘quvchilarning salbiy xulq-atvorini intizomsizlik yoki o‘qishga qiziqmaslik bilan izohlashadi. Biroq
Glasser nazariyasi
bunga boshqacha yondashadi. Unga ko‘ra,
har bir xulq maqsadli xulqdir
. Ya’ni, o‘quvchi o‘z ehtiyojlaridan birini qondirish uchun ma’lum tarzda harakat qiladi.
📌
Masalan, o‘quvchi:
🔹
e’tibor qozonishga;
🔹
erkinlik hissini saqlashga;
🔹
sinfda o‘zini tegishli va qabul qilingan his qilishga;
🔹
muvaffaqiyatga erishishga intiladi.
⚠️
Agar dars jarayonida ushbu ehtiyojlar yetarli darajada qondirilmasa, o‘quvchi ularni boshqa usullar orqali qondirishga urinadi. Natijada sinfda turli muammoli holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Jumladan, o‘quvchi:
🔸
dars vaqtida gaplashishi;
🔸
telefondan foydalanishi;
🔸
dars jarayonini buzishi mumkin.

Shu sababli
samarali sinf boshqaruvi
faqat intizom o‘rnatish bilan cheklanmaydi. Haqiqatan ham yaxshi sinf muhiti o‘quvchilarning asosiy ehtiyojlarini qondira oladigan muhitdir. O‘quvchi o‘zini xavfsiz, qabul qilingan, muvaffaqiyatli, erkin va qiziqish bilan o‘rganayotganini his qilsa, uning darsdagi ishtiroki ham ijobiy tomonga o‘zgaradi.
📝
Xulosa qilib aytganda
, o‘quvchining salbiy xatti-harakatiga duch kelganda, uni darhol jazolash yoki ayblashdan ko‘ra, uning ortidagi sababni izlash muhimroqdir.

O‘qituvchi o‘ziga quyidagi savolni berishi kerak:
👉
“Bu o‘quvchi ayni paytda nimaga muhtoj?”
🔑
Aynan shu savol o‘quvchi xulq-atvorini chuqurroq tushunish va unga samarali yordam berishning kaliti bo‘lishi mumkin.
Muallif: Gulnoz Xodjayeva
©
Taʼlimni rivojlantirish markazi
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

June 11, 05:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Pedagoglar
#Metodik_yordam
📚
Sinf muhitida kuchli ta’lim qachon vujudga keladi?
🤔
Ko‘p maktablarda o‘quvchini ishlatish uchun
mukofot va jazo tizimi
qo‘llaniladi. Ammo bu usul uzoq muddatli motivatsiya bermaydi.
🎯
O‘quvchi haqiqiy o‘rganishni
ichki motivatsiya
orqali amalga oshiradi.
🌱
O‘quvchilar aslida o‘rganishni xohlaydigan mavjudotlardir. Muammo – o‘quvchilar o‘rganishni xohlamaydi emas. Muammo – maktab o‘quvchining ehtiyojlariga mos kelmaydi.
Agar dars:

qiziqarli

mazmunli

o‘quvchi ehtiyojlariga mos
bo‘lsa,
o‘rganishga motivatsiya
tabiiy ravishda paydo bo‘ladi.
👨‍🏫
Pedagog o‘ziga shunday savol berishi kerak:

“O‘quvchini o‘qishga qanday majbur qilaman?”

“Qanday dars o’tsam, o‘quvchi o‘rganishni o‘zi xohlaydi?”
💡
Kuchli ta’lim – bu majbur qilish emas, ilhomlantirishdir.
Muallif: Gulnoz Xodjayeva
©
Taʼlimni rivojlantirish markazi
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

June 11, 05:51
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram


DIQQAT, YO‘RIQNOMA!
🎓
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga onlayn hujjat topshirish jarayoni quyidagi platformalar orqali amalga oshiriladi:
👉
my.gov.uz
👉
ariza.piima.uz
🇺🇿
Mazkur video yo‘riqnoma orqali
ariza.piima.uz
saytida
Prezident maktabiga hujjat topshirish
jarayoni bilan bosqichma-bosqich tanishishingiz mumkin.
☎️
Hujjat topshirishda barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritishni unutmang. Savollar yuzaga kelganda, Agentlikning 1206 qisqa raqamiga murojaat qiling.
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
YouTube
🌐
Instagram
🌐
Facebook
⚙️
Portal

June 11, 05:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Metodik_yordam
#Pedagoglar
📚
Dars balansi
Juda qiyin dars — stress beradi.
Juda oson dars — zerikish beradi.
Eng yaxshi zona — bu o‘rtadagi zona.
Qiyin, lekin bajarish mumkin bo‘lgan topshiriq.
O‘quvchi darsda shuni his qilishi kerak:
💭
Agar harakat qilsam, men buni albatta bajara olaman.
Aynan shu joyda
o‘rganishga motivatsiya
paydo bo‘ladi.
Bu — rivojlanish zonasi
👩‍🏫
Yaxshi o‘qituvchi aynan shu balansni topadi.
🤔
Bola nega qarshilik qiladi?
Chunki u tanlovsiz ishlayapti.
Inson tabiatida erkinlik bor.
Agar unga faqat buyruq berilsa — u qarshilik qiladi.
Lekin kichik tanlov berilsa —
motivatsiya oshadi.
📝
Masalan:
• 2 topshiriqdan birini tanlash;
• yoki savollarni tanlab yechish.
Bu oddiy, lekin juda kuchli usul.
🤝
Tanlov — bu nazorat emas, ishonch.
Muallif: Gulnoz Xodjayeva
©
Taʼlimni rivojlantirish markazi
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

June 10, 08:53
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
#XORAZM_VILOYATI
#YANGIARIQ_TUMANI
#19_MAKTAB
#OMMALASHTIRISH
🏫
Maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Quryozova Sanobar Karimovnaning ilg‘or ish tajribalari ommalashtirilayotgani biz uchun katta quvonch va faxrdir.
Joriy o‘quv yilida ustozning yutuqlari koʻp boʻldi. Shu jumladan ilgʻor ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirishga loyiq deb topildi.
🌟
Koʻp yillardan buyon viloyatda, tumanda trener-oʻqituvchi, bugungi kunda mentor-oʻqituvchi boʻlib, yetakchi oʻqituvchilarimiz va koʻplagan yosh oʻqituvchilarimizga ustozlik qilib metodik yordam koʻrsatib kelmoqdalar.
🌟
S. Quryozovaning ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirishga sazovor boʻlishi tinimsiz ijod va mehnatlar samarasidir.
Ushbu yutuq ustozimizning fidokorona mehnati, kasbiy mahorati va ta'lim sifatini oshirish yo‘lidagi izlanishlarining munosib natijasidir.
👏
Hurmatli ustozimizni va pedagogik jamoani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
🌷

June 10, 03:35
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🩷
🩷
🩷
🩷
👌
👌
👌
📱
Boshlang‘ich sinflar uchun Tabiiy fan (science) fani bo‘yicha videodarslar to‘plami

Energiya

Fotosintez

Harakat va Tezlik

Izlanuvchi

Magnit

Ovqatlanish

Shakar

Suv

Tovushla boyliklar

Tovushlar

Urug‘lar

Stetoskop qurilmasini yasash

Okean nima ?

Suvning aylanma harakati

Relyef maketini yasash

Quyosh sistemasi maketini yasash

Termometr yashash

Energiyaning bir turdan boshqa turga aylanishi

Odam organizmi qanday ishlaydi (qo'l yasash)

Tabiiy fan (science) fani bo‘yicha 6-sinflar uchun amaliy mashg‘ulotlar
🗂
O‘zingizga kerakli bo‘lgan fayl ustiga bosing va uni osongina yuklab oling.
🌐
@geografiyavatalim
- geografiya va ta'lim tizimi yangiliklari

June 10, 03:35
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🩷
🩷
🩷
🩷
👌
👌
👌
😎
Tabiiy fan (science) fani bo‘yicha videodarslar
to‘plami

Ma'lumotlarni grafikda tasvirlash

Ekosistema modelini yasash

Modda tuzilishi

Diffuziya hodisasini o'rganish

Moddaning zichligi

Suniy yomg'ir xosil bo'lishi

Tirik organizm yaxlit sistema

Toza ichimlik suvini olish

Vulqon maketini yasash

Havo bosimi

Suyuqliklarda bosimni o‘lchash

Suyuqliklarda bosim

Yorug'lik xodisalari

Linza

O'zbekistonning ma'muriy  hududlari mozaika ko'rinishida

Atmosfera qatlamlari

Oy holatini kuzatish

Quyosh sistemasi modelini yasash

Daryo havzasi maketini yasash

Gazlar, sham bilan tajriba

Milliy o'quv dasturi

Baholash

Metodologiya
🗂
O‘zingizga kerakli bo‘lgan fayl ustiga bosing va uni osongina yuklab oling.
🗣
@geografiyavatalim
- geografiya va ta'lim tizimi yangiliklari

June 10, 03:34

#ҳикмат_булоғи
Шундай инсонлар борки, улар билан гаплашиш, қалбга ҳузур беради.
Шундайлари ҳам борки, улар билан сукут сақлаш, энг катта ибодатдир
Жалолиддин Румий