Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

xorazm_mmtb
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali 📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press ☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-70 🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy 📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Subscribers
9 061
24 hours
3
30 days
-12
Post views
831
ER
9,17%
Posts (30d)
280
Characters in post
1 031
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 23, 06:26
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Islohotlar_samarasi
🟢
XORAZM MAKTABLARIDA XORIJLIK PEDAGOGLAR SONI ORTIB BORMOQDA
Xorazm viloyatida ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda o‘quvchilarning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada xorijlik pedagog va mutaxassislarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga jalb etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📊
Raqamlarga e’tibor qaratsak:
✅
2023–2024-o‘quv yilida — 22 nafar;
✅
2024–2025-o‘quv yilida — 27 nafar;
✅
2025–2026-o‘quv yilida — 75 nafar xorijlik pedagog jalb qilingan.
📈
2026–2027-o‘quv yilida esa viloyat maktablariga
149 nafar xorijlik mutaxassisni jalb qilish
rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar ularning 110 nafari maktablarga jalb qilinib, faoliyat olib bormoqda.
🌍
Xorijlik mutaxassislar qaysi fanlardan dars bermoqda?
🟢
96 nafari — ingliz tili;
🟢
4 nafari — fransuz tili;
🟢
4 nafari — koreys tili;
🟢
1 nafari — nemis tili;
🟢
4 nafari — “ZO‘R” loyihasi doirasida rus tili;
🟢
1 nafari — kimyo fani o‘qituvchisi.
📍
Hududlar kesimida
2026-yil 8-sentabr holatiga ko‘ra, Xorazm viloyati maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassislar hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
⚪️
Urganch shahri — 16 nafar;
⚪️
Xonqa tumani — 8 nafar;
⚪️
Gurlan tumani — 7 nafar;
⚪️
Xiva tumani — 7 nafar;
⚪️
Urganch tumani — 7 nafar;
⚪️
Xiva shahri — 5 nafar;
⚪️
Shovot tumani — 4 nafar;
⚪️
Bog‘ot tumani — 3 nafar;
⚪️
Qo‘shko‘pir tumani — 3 nafar;
⚪️
Yangiariq tumani — 2 nafar;
⚪️
Tuproqqal’a tumani — 2 nafar;
⚪️
Yangibozor tumani — 2 nafar;
⚪️
Hazorasp tumani — 1 nafar.
Xorijlik pedagoglarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro tajribani o‘zlashtirish hamda zamonaviy ta’lim usullarini keng joriy etishga xizmat qilmoqda.
Xorazm maktablarida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi islohotlar izchil davom etmoqda!
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
✅
Telegram
📹
Youtube
✅
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Web-sayt

October 23, 05:58
Media unavailable
9
Show in Telegram

Taʼlimga hissa qöşayotgan tadbirkorni qöllab-quvvatlaş — farzandlarimiz kelajagiga eʼtibordir
Taʼlim va ilm-fan vaziri Samarqand viloyatida taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uçraşdi. Oçiq muloqotda ularning takliflari, faoliyatidagi qiyinçiliklar va yeçimini kutayotgan masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, davlat-xususiy şeriklik asosida boğça taşkil etişga kömaklaşiş, xususiy maktab oçiş uçun litsenziya oliş, soliq imtiyozlari hamda oilaviy boğçalarda qöşimça ştat ajratiş böyiça murojaatlar bildirildi.
Xususiy maktablar uçun böş turgan binolardan foydalaniş va sport zali qurişga imtiyozli kredit ajratiş masalalari ham kötarildi. Şuningdek, öqituvçilar öz hisobidan xorij tajribasini örganiş uçun safarlarni taşkil etiş va viza olişda amaliy yordam söradi.
Har bir murojaatni tegişli idoralar bilan birgalikda örganiş va yeçimlar işlab çiqiş uçun masʼullar belgilandi.
Taʼlim sohasidagi tadbirkorlik ortida bolalar uçun yangi örinlar, pedagoglar uçun iş, oilalar uçun esa kengroq tanlov bor. Şu bois taşabbuskorlarning yölidagi tösiqlarni kamaytiriş va ularga amaliy kömak beriş muhim.
Maqsad — tadbirkorning taşabbusi, pedagogning intilişi va ota-onaning umidi bolalar uçun sifatli taʼlim imkoniyatiga aylanişiga kömaklaşiş.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 23, 05:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
💬
Vaqt kun, oy yoki yil qancha davom etgani bilan emas, siz nimalarga erishganingiz bilan o‘lchanadi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
✅
Telegram
📹
Youtube
✅
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Web-sayt

October 22, 15:34
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Attestatsiya_2026
Malaka toifa sinovlari böyiça videoyöriqnoma
✅
2026-yil 26-oktabrdan e’tiboran yurtimiz böylab pedagog kadrlarning malaka toifasi uçun attestatsiya sinovlariga start beriladi.
👉
Ustozlarga qulaylik yaratiş maqsadida mazkur jarayonlar yuzasidan videoyöriqnoma tayyorlandi.
➖
Barçaga attestatsiya jarayonlarida omad tilaymiz!
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 11:48
Media unavailable
7
Show in Telegram

Qarşi davlat universitetining taʼlim va tadqiqotlar uçun imkoniyatlari yanada kengaydi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qarşi davlat universitetida
ham bölib, bu yerda yaratilgan şaroitlar bilan
tanişdi.
Universitetda
14 mingdan ortiq talaba
bakalavriat va magistratura bosqiçlarida, kunduzgi, sirtqi va masofaviy şakllarda tahsil olmoqda. Bu yerda
579 nafar professor-öqituvçi
mehnat qiladi.
Taʼlim dasturlarini xalqaro talablarga moslaştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ingliz filologiyasi, matematika, amaliy matematika va fizika yönalişlari xalqaro akkreditatsiyadan ötkazilgan.
Rossiya va Belarus oliygohlari bilan
14 ta qöşma taʼlim dasturi
yölga qöyilgan.
Tillar fakultetida
ming örinli zamonaviy media studiya
, şuningdek, xitoy, nemis, fransuz, ingliz va rus tillari markazlari taşkil etilgan. Xalqaro dasturlar doirasida sinxron tarjimonlar tayyorlanmoqda.
Yettita laboratoriyani birlaştirgan Xalqaro laboratoriyalar markazida sunʼiy intellekt, maşinali öqitiş va robototexnika
yönalişlarida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ötgan yili muassasada
keng kölamli quriliş va rekonstruksiya işlari
amalga oşirildi.
Talabalarning yaşaş şaroitlari yaxşilandi.
Uçta yangi yotoqxona qurilişi natijasida 1 ming 300 dan ortiq qöşimça örin yaratilib, talabalar turar joyiga bölgan ehtiyoj töliq qoplangan.
Universitet hududida
240 örinli bolalar boğçasi
, kutubxona, oşxonalar, yoşlar markazi va anjumanlar saroyi faoliyat yuritmoqda. Oliygoh qoşida
“Loçin” futbol jamoasi
taşkil etilib, uning maşğulotlari uçun zamonaviy maydon qurilgan.
Prezidentimiz universitetning
talabalarga xizmat körsatiş markazi
faoliyati bilan tanişdi.
#Mirziyoyev
#safar
#Qaşqadaryo
#universitet
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 09:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qonunçilik_yangiliklari
❗️
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi
🔰
Özbekiston Respublikasining
“Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”
gi Qonuni
(ÖRQ–1184-son, 21.10.2026-y.)
qabul qilindi.
✅
Qonunga köra, Özbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan,
28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan
iborat özbek alifbosi joriy etiladi.
🔎
Mazkur özgartirişga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga
28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan
taşkil topadi.
⤵️
Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’
(tutuq belgisi)
.
📜
Şuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:
▪️
Qonun kuçga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan
özbek alifbosida rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarda takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölişi ularning amal qilişiga va muomalada bölişiga
monelik qilmaydi;
▪️
davlat organlari va taşkilotlarining takomillaştirilgan
harflarning avvalgi şakli mavjud bölgan ramziy belgilari va boşqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining börtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tuşirilgan peşlavha va körsatkiçlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boşqa aşyolar
va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.
✳️
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy ötgaç kuçga kiradi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 08:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Şavkat Mirziyoyev
Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga bağişlangan yiğiliş
ötkazmoqda.
Davlatimiz rahbari
hosil yiğiştiriş işlari qizğin keçayotgan kunlarda qaşqadaryoliklar bilan uçraşib turganidan mamnunligini
bildirdi.
Mamlakatimiz yetakçisi yiğiliş iştirokçilarini
Özbek tili bayrami
bilan tabriklab,
Qaşqadaryo farzandi, Özbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni
yodga oldi.
Bir neça yil avval
eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri
bölgan
Qaşqadaryoni yil yakuniga qadar kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylantiriş
maqsad qilingan. Davlatimiz rahbari bu natijaga erişiş uçun
aniq hisob-kitoblar
mavjudligini qayd etdi.
– Keça viloyatning şahar va tumanlarida, mahallalarida bölgan özgarişlarni körib, tadbirkor, investor, yoşlarning közlaridagi şijoatni körib,
juda katta kuç oldim
,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 07:51
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚡️
Is gazi – rangsiz, hidsiz, ta'msiz zaharli gazdir
!
Is gazidan
zaharlanishdan
ogoh bo‘ling!
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
✅
Telegram
📹
Youtube
✅
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Web-sayt

October 22, 06:41
Media unavailable
3
Show in Telegram

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva global soğliqni saqlaşga qöşgan hissasi uçun nufuzli mukofotga sazovor böldi
“Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot yölida” xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi böyiça II xalqaro kongress doirasida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Boş direktori
Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga
onkologik kasalliklarga çalingan bolalarga tibbiy yordam körsatiş tizimini rivojlantirişdagi yetakçiligi va har bir bolaning soğlom hayot keçiriş huquqini global miqyosda ilgari surgani uçun nufuzli xalqaro mukofotni topşirdi.
“Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalar manfaatlari yölida çinakam kuraşçisiz”
, — dedi JSST Boş direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.
Mukofot 2019-yilda ta’sis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qiliş sohasida aniq natijalar bergan alohida
yetakçilik va yuksak yutuqlar uçun
beriladi.
Avvalgi yillarda uşbu mukofotga d
avlatlar va xalqaro taşkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, taniqli olimlar va jamoat arboblari
sazovor bölgan. Ular global emlaşni rivojlantiriş, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşiş, tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va soğliqni saqlaş sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan hissasi uçun taqdirlangan.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 06:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎭
Madaniyat vazirligi, banklar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan “Oydin gurunglar” forumi 22–25-oktabr kunlari Xiva shahridagi “Arda Xiva” majmuasida davom etadi.
Sizni mahalliy va xorijiy teatrlarning spektakllari, opera chiqishlari, moda va tasviriy san’at ko‘rgazmalari, adabiyot hamda musiqa kechalari kutmoqda.
Keling, gurungimizga qo‘shiling!
🔗
Forum dasturi bilan tanishish