
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
#qabul_2026
✅
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 2026/2027-oʻquv yili uchun magistratura yoʻnalishiga doir quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha qabul davom etmoqda:
➖
"Menejment"
(Taʼlim menejmenti) 25 ta kvota);
➖
"Kattalar taʼlimi"
(25 ta kvota)
🔹
Hujjatlar
my.edu.uz
sayti orqali joriy yil 30-iyulga qadar onlayn qabul qilinadi.
👉
Maʼlumot uchun:
xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar boʻyicha Menejment (Taʼlim menejmenti) mutaxassisligi uchun B2, Kattalar taʼlimi mutaxassisligi uchun B1 xorijiy til bilish sertifikati talab
etiladi.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
🟢
Viloyat hokimi stipendiyasi sohibi!
💬
Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 44-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Sarvinoz Shermatova viloyat hokimi stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
👍
Ushbu yuksak e’tirof bilan Sarvinozni samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ta’lim va ilmiy faoliyatida ulkan zafarlar, yangi yutuqlar hamda ezgu maqsadlari sari ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga
ulanish
✅
Telegram
📹
Youtube
✅
Facebook
🌐
Instagram
🌐
Veb sayt
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
😩
Al-Xorazmiy universiteti qabul imtihoni uchun ruxsatnomalarni yuklab olish boshlandi!
2026/2027-o‘quv yili
Al-Xorazmiy universiteti kirish imtihonida ishtirok etish uchun
ruxsatnomalarni yuklab olish boshlandi
.
Buning uchun:
🤔
Al-Xorazmiy universiteti platformasidagi
shaxsiy kabinetingizga
kiring;
🤔
Face ID tasdiqlash jarayonidan o‘ting;
🤔
Taklif etilgan 8 ta hududdan o‘zingizga eng qulay imtihon topshirish manzilini tanlang;
🤔
Shundan so‘ng ruxsatnomangizni yuklab olib, chop eting.
Imtihon kuni quyidagi hujjatlarni albatta o‘zingiz bilan olib keling:
✅️
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID karta yoki pasport);
✅️
Chop etilgan ruxsatnoma.
🗓
Imtihon sanasi:
28-iyul
📎
Ruxsatnomani yuklab olish uchun havola
Imtihon o'tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan oldin yetib borishingiz kerak. Barchangizga kirish imtihonida omad va yuqori natijalar tilaymiz!
🌐
English
🟢
Ta’lim sifati va samaradorligi — ustuvor vazifa
🔷
Joriy yilning 25-iyul kuni Xiva shahrida ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Xiva shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbar xodimlari, umumta’lim maktablari direktorlari hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
📌
Yig‘ilish davomida:
🔹
pedagog kadrlar attestatsiyasining 2025-yil kuzgi va 2026-yil bahorgi jarayonlari bo‘yicha o‘qituvchilarning malaka toifasi ko‘rsatkichlari tahlili;
🔹
bitiruvchilarning davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlaridagi o‘rtacha ball natijalari;
🔹
ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishning yangi tartibi yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
✅
Yig‘ilish yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga
ulanish
✅
Telegram
📹
Youtube
✅
Facebook
🌐
Instagram
#Taʼlim_sayohati
✅
Xabaringiz bor,
“Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasi respublika bosqichi gʻolib jamoa aʼzolari va ularning ustozi Ozarbayjon Respublikasiga taʼlim sayohatiga yuborilgan edi.
🔹
Oʻquvchilar u yerda koʻplab sayohat maskanlari, xususan Bokuning qadimiy tarixiy markazlaridan biri Icharishahar, mashhur Qiz qalʼasi, “Gobustan” tarixiy-arxeologik qoʻriqxonasi, Haydar Aliyev markazi, Gilam muzeyi kabi diqqatga sazavor maskanlarda boʻlishdi.
➖
Shu bilan birga, oʻquvchilar sayohat davomida Ozarbayjonning boshqa tarixiy, madaniy maskanlarida ham boʻlishi rejalashtirilgan.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Sayyor_qabul
📍
Xiva tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirovning Xiva tumanidagi navbatdagi sayyor qabuli davomida fuqarolarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid murojaatlari, taklif hamda muammolari tinglandi.
Qabul jarayonida bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan esa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash hamda murojaatlarni samarali hal etishga xizmat qiladi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga
ulanish
✅
Telegram
📹
Youtube
✅
Facebook
🌐
Instagram
‼️
‼️
‼️
#Диққат_эълон
📣
PEDAGOGLAR TANLOV ASOSIDA ISHGA QABUL QILINADI
!
✅
Yangi tashkil etilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga oliy ma’lumotga ega yuqori salohiyatli pedagoglar shaffof tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
⏰
Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni
joriy yilning 5-avgustiga qadar
(shu kuni ham)
pedagog.uzedu.uz
platformasi orqali amalga oshiriladi.
🌐
Tanlov e’lon qilingan maktablar RO‘YXATI
⏰
Ma’lumot uchun:
tanlov jarayonlari
pedagog.uzedu.uz
platformasida o‘tkaziladi.
📍
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun tegishli hududiy boshqarmalarga murojaat qilishingiz mumkin.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
“Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz” loyihasi — yurtimiz o‘tmishi va kelajagini bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik!
Yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otish, ularni ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash — eng muhim vazifalarimizdan biridir.
Shu maqsadda “Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz” loyihasi doirasida umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari uchun poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston va Temuriylar tarixi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari hamda “G‘alaba bog‘i” majmuasiga sayohatlar tashkil etilmoqda.
Ushbu loyiha farzandlarimizning o‘zligini anglashi, Vataniga sadoqatli hamda kelajakda yurtimizga munosib insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun mustahkam zamin yaratadi.
Ushbu loyiha doirasida yurtimiz bo'ylab 14 000 nafar faol o'quvchilarni qamrab olish va jarayonlar avgust oxirigacha davom etishi rejalashtirilgan.
✉️
Telegram
📱
Instagram
🗳
Facebook
🏅
Xalqaro nemis tili olimpiadasi sovrindori tantanali kutib olindi
🇩🇪
Germaniyaning Manheym shahrida bo‘lib o‘tgan 10-Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO–2026)da Urganch shahar 19-sonli maktabining 10-sinf o‘quvchisi Olimbek Baxtiyorov B1 darajasi bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bugun Olimbek va uning ustozi Urganch xalqaro aeroportida viloyat va shahar ta’limi mutasaddilari, maktab jamoasi, ota-onasi hamda yaqinlari ishtirokida tantanali kutib olindi.
👏
G‘olib o‘quvchimizni ulkan yutug‘i bilan tabriklaymiz va omad tilaymiz!
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga
ulanish
✅
Telegram
📹
Youtube
✅
Facebook
🌐
Instagram
#uzb_vaqti_bilan
| 24.07.2026
Ustozlar qadrini ulug'layotgan siyosat
mtrk.uz
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
|
x