
Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати
🗞
«Yangiyoʻl» gazetasi sentyabr oyining navbatdagi sonini bosmadan chiqardi.
Gazetaning sahifalarida Yangiyoʻl tumani va Yangiyoʻl shahri ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid xabar va lavhalar bilan tanishing.
📰
Gazeta hamrohingiz bo‘lsin!
https://t.me/yangiyol_gazeta
Onlayn
Yangiyo‘l tumani Gulbahor shaharchasining kirish qismiga Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan manzarali gul ko‘chatlarini ekish ishlari olib bormoqda.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site
#fursat
YANGI IMKONIYAT SARI YO‘L
"Nurafshon TV" telekanali lavhasi ana shu haqida.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site
Niyozbosh mahallasida yangi tikuvchilik markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-son Farmoni ijrosini ta’minlash, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi, xususan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida Yangiyo‘l tumani Niyozbosh mahallasida yangi tikuvchilik markazi tashkil etildi.
Markazda tikuvchilik kasbini o‘rganish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Xushinova Gulsamar rahbarligida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik markazida ayni paytda 12 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan.
Ular tikuvchilik yo‘nalishida faoliyat yuritib, turli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.
Tadbirkor Xushinova Gulsamarning ta’kidlashicha, yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, faoliyatini imtiyozli kredit mablag‘lari asosida yo‘lga qo‘ygan.
Kelgusida tikuvchilik markazi faoliyatini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hisobiga 50 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Ayni kunlarda bo‘lsa mazkur manzilda 20 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud.
Bunday tashabbuslar mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site
Kambag‘allikni qisqartirishda manzilli yondashuv va samarali mexanizmlar kuchaytirilmoqda
Yangiyo‘l tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash borasida manzilli ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Toshkent viloyati hokimining
birinchi o‘rinbosari
Otabek Tursunov
boshchiligida
Yangiyo‘l tumani hokimi San’atbek Jumaniyazov,
hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ullar ishtirokida tumanning Do‘stlik mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xususan, ijtimoiy reyestr ma’lumotlari va xonadonbay xatlov natijalari asosida kambag‘al va ishsiz aholi bilan manzilli ishlarni tashkil etish holati, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb qilish, mavjud imkoniyat va salohiyatdan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, «mahalla yettiligi» tomonidan aholi bilan «kunbay», «oilabay» va «fuqarobay» tizimlari asosida ishlash yo‘lga qo‘yilgani tahlil qilindi.
O‘rganish davomida har bir xonadonning ijtimoiy-iqtisodiy holatini chuqur o‘rganish, oilalarda mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish maqsadida xonadonbay xatlov ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Mas’ullarga har bir oila bilan individual ishlash, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash, aholi bandligi va daromad manbalarini oshirishga qaratilgan loyihalarni manzilli tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan birga, tuman shtabi faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini kunlik tahlil qilib borish hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har kuni viloyat shtabiga ma’lumot taqdim etib borish topshirig‘i berildi.
Do‘stlik mahallasini kambag‘allikdan holi hududga aylantirish maqsadida mazkur hudud Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunovga biriktirilgan bo‘lib, bugun belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali har bir oilaning daromad manbaini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rildi.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site
Sayyor sud: huquqbuzarliklarning oldini olish va nizoli oilalarni yarashtirishga e’tibor qaratildi
Yangiyo‘l tumani Gʻalaba mahallasida joylashgan 25-sonli Huquq-tartibot maskani binosida bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumani sudi sudyasi Akmal Berdiqulov hamda Yangiyo‘l tumani IIB XPB boshlig‘i, katta leytenant Azizbek Zaylabov ishtirokida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sayyor sud davomida fuqarolar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, huquqbuzarliklar oqibatida qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari qo‘llanilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarning jinoyat qurboni bo‘lib qolishining oldini olish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va ularni tinch yo‘l bilan hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Sayyor sudda jami 86 ta ish hujjati ko‘rib chiqildi. Jumladan, 21 nafar nizoli oila bo‘yicha oilaviy nizolar bartaraf etilib, yarashtirish choralari ko‘rildi.
11 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, 30 ta ish hujjati bo‘yicha jarima jazosi qo‘llanildi hamda 24 ta ish hujjati yuzasidan fuqarolarga ogohlantirish e’lon qilindi.
Bunday sayyor sud majlislari aholi o‘rtasida qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site
#fursat
AHOLI MUROJAATLARI E’TIBORDA
Yangiyo‘l tumanidan tayyorlangan "Nurafshon TV" telekanali lavhasida ana shu haqida so‘z boradi.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniy merosni asrab-avaylash, muzey ishini rivojlantirish va Oʻzbekiston madaniyatini xalqaro maydonda targʻib qilish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
о дальнейшей работе по сохранению культурного наследия, развитию музейного дела и продвижению культуры Узбекистана на международной арене.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#madaniyat
#meros
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#jarayon_41
❗️
Maxsus shtabdan axborot
Gaz tarmoqlar tartibga keltirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyo‘l tumanida tashkil etilgan Maxsus ishchi guruh tomonidan hududlarda monitoring va nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Xususan, “Yangiyo'l tumangaz” GTB mutaxassislari tomonidan mahallalardagi gaz tarmoqlari, quvurlar hamda ularning tayanch ustunlari estetik jihatdan tartibga keltirilmoqda va zamonaviy gaz taqsimlash punkti (GTP)lari o‘rnatilmoqda.
Jarayon davomida hududlarning me’moriy ko‘rinishini yaxshilash bilan birga, gaz quvurlarining xavfsiz ekspluatatsiya qilish ta’minlanmoqda.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site
Dehqonobod mahallasida oilalarning ijtimoiy holati o‘rganildi
Bugun
Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov
Yangiyo‘l tumanidagi Dehqonobod mahallasida bo‘lib, hududda aholi turmush sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3 sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mahalladagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati xonadonbay o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida
Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov,
Yangiyo‘l tumani hokimi San’atbek Jumaniyazov hamda tuman prokurori Farrux Boboraximov
har bir xonadonga kirib, oilalarning turmush sharoiti, bandligi, daromad manbalari va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdilar.
Aniqlangan muammolarni manzilli hal etish, ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish, oilalarga daromad manbalarini yaratish va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mahalladagi har bir oila bilan individual ishlash, mavjud imkoniyat va salohiyatdan samarali foydalangan holda aholi farovonligini oshirish ishlari tumanda davom ettiriladi.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site