Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати

yangiyul_tuman
Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали. Мурожаат: @Tumanpressa Instagram: https://bit.ly/3rXniLD Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX Youtube: https://bit.ly/3INm4IC Туман ҳокимига мурожаат: https://t.me/Fuqaromurojaatiuchun_bot
Подписчики
7 106
24 часа
-2
30 дней
-188
Просмотры
1 698
ER
23,9%
Посты (30д)
169
Символов в посте
863
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 12:04
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Is gazidan ehtiyot bo‘ling!
Is gazi (CO) ko‘rinmas, hidsiz va juda xavfli modda hisoblanadi.
Gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tkazish orqali o‘zingiz va yaqinlaringizni noxush holatlardan asrashingiz mumkin.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

October 26, 11:57
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Yangiyo‘l tumanida ta'lim-tarbiya jarayonlari: Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi yanada oshirilmoqda
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2026-yil 12-avgustdagi
399-sonli buyrug‘i
hamda Yangiyo‘l tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining tegishli
513-sonli buyrug‘i
ijrosini ta'minlash borasida tumanimiz ta'lim muassasalarida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
"Kelajak soatlari" – yoshlar kamoloti sari muhim qadam
Ushbu buyruq asosida bugun maktablarimizda "Kelajak soatlari" muntazam ravishda o'tkazilib borilyapti.
Haftaning har dushanba kuni umumta'lim maktablarida tashkil etilayotgan
"Kelajak soatlari"
mazkur darslar o'quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasi, sog'lom dunyoqarash va milliy o'zligimizga hurmat tuyg'ularini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Yoshlarimizning barkamol, bilimli va vatanparvar shaxslar bo'lib voyaga yetishini ta'minlashga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar tumanimizdagi barcha ta'lim muassasalarida davom ettirilmoqda.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site

October 26, 10:22
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

O‘QUVCHILAR KENGASHI SAYLOVI BO‘LIB O‘TDI
Yangiyo‘l tumanida o‘quvchi-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ta’lim muassasalari hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘quvchilar kengashining 7 ta yo‘nalishi bo‘yicha koordinatorlar hamda tuman miqyosida “Kelajak lideri”ni saylash jarayoni tashkil etildi.
Saylov jarayonida o‘quvchilarning faolligi, tashabbuskorligi va erkin fikr bildirishiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur jarayon yoshlarning demokratik qadriyatlar, jamoaviy mas’uliyat va yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularning iqtidor va salohiyatini namoyon etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilar kengashi yoshlarning yangi g‘oyalari va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ularni maktab hayotida faol ishtirok etishga undash hamda kelajakda mas’uliyatli va tashabbuskor yetakchilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site

October 26, 05:30
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🔴
Ekopolitsiya atmosfera havosini muhofaza qilishga qaratilgan tungi reydda
✅
Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o’zgarishi bosh boshqarmasi Toshkent shahriga tutash hududlarda tungi reyd tadbirlarini muntazam ravishda o’tkazmoqda.
🟢
Reyd davomida Toshkent shahriga tutash Qibray, Toshkent, Zangiota, Yangiyo’l, Yuqori Chirchiq tumanlari hududlarida atmosfera havosini muhofaza qilish bo’yicha issiqxonalar faoliyati birma-bir o’rganilib, qonunbuzilish holatlari bo’yicha tegishli tartibda choralar ko’rilmoqda.
Bu borada tungi reyd tadbirlar davom etmoqda.
✍️
Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati
Kanalga qo‘shiling
👇
👇
✅
Telegram
|
📹
YouTube
|
🌐
Instagram
|
✅
Facebook

October 25, 14:24
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

DIQQAT, ELEKTR ENERGIYASIDA VAQTINCHA UZILISH BO‘LADI!
🏢
Yangiyo‘l tumani aholisi diqqatiga!
«Milliy elektr tarmoqlari» AJ balansidagi 35/6 kVli
«Do‘stlik»
podstansiyasiga kirib keluvchi 35 kVli
«L-Izolyator»
yuqori kuchlanishli havo elektr tarmog‘ida navbatdan tashqari ko‘rik ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📅
Sanasi:
2026-yil 26-oktyabr
⏰
Vaqti:
soat 08:00 dan 18:00 gacha
🔌
Xodimlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi:
•
MFYlar:
Qirariq, Obod, Said ota, G‘alaba hamda Yuksalish.
📞
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
• 55 903 78 51
• 95 195 10 47
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati
📝
Telegram
📝
Facebook

October 25, 12:46
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

#tadbir
25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan tantanali bayram tadbiridan fotolavhalar.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site

October 25, 12:46
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

#bayram
YANGIYO‘L TUMANIDA ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI
25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Yangiyo‘l tumanida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida
tuman hokimi
San’atbek Jumaniyazov
so‘zga chiqib, ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, ularning tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini muhofaza qilish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli xizmatlariga alohida to‘xtaldi.
Tadbir davomida tuman prokurori Farrux Boboraximov va tuman IIB boshlig‘i Bahrom Qo‘ziboyev ishtirokida sohada ko‘p yillar davomida fidokorona faoliyat yuritgan xodimlar hamda bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriylar e’tirof etildi.
Ularning samarali mehnati, ko‘p yillik xizmatlari va soha rivojiga qo‘shgan hissasi munosib qadrlanib, har biriga qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbiri soha xodimlari va faxriylariga bildirilgan samimiy ehtirom, ezgu tilaklar hamda ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site

October 25, 12:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Rasmiy_munosabat
Yangiyo‘l tumani shifoxonasida gemodializ xizmati bilan bog‘liq muammo yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlar e’lon qilinmoqda.
Ma’lum qilamizki, Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasi gemodializ bo‘limidagi suv stansiyasida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ishlar olib borilmoqda.
Stansiyani ishga tushirish uchun zarur mablag‘ mavjud. Hozirda markaziy boshqaruv apparati dasturini qayta sozlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon muayyan vaqt talab etayotgani sababli stansiyani ishga tushirish biroz kechikmoqda. Dasturiy sozlash ishlari yakunlangach, stansiya ishga tushiriladi.
Murojaatda ko‘rsatilgan 68 nafar bemor ayni paytda Olmaliq shahridagi gemodializ bo‘limi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyati filialida muolajalarni o‘z vaqtida olishmoqda.
Mazkur holat viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram

October 25, 05:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#TABRIK
Ichki ishlar organlari xodimlari kuni muborak bo‘lsin!
Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari!
Avvalo, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lida olib borayotgan sharafli va mas’uliyatli faoliyatingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, kasbga sadoqatingiz va yuksak mas’uliyatingiz tufayli mahallalarimizda osoyishtalik, jamiyatimizda barqarorlik hamda xalqimiz qalbida ertangi kunga ishonch mustahkamlanib bormoqda. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi xizmatlaringiz alohida e’tirofga loyiq.
Fursatdan foydalanib, Sizlarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va matonat tilayman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Yangiyo‘l tumani hokimi
Jumaniyazov San’atbek Shakirovich
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site

October 23, 17:37
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Xalq murojaatlari — doimiy e’tiborda
Bugun Yangiyo‘l tumani hokimi San’atbek Jumaniyazov tomonidan Xalq qabulxonasi binosida fuqarolarning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 50 nafarga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglandi.
Ular asosan salomatlikni tiklash, moddiy va tibbiy yordam olish, farzandlar ta’limiga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi hamda kadastr kabi masalalarga oid murojaatlar bilan qatnashdilar.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli soha va tashkilotlar mas’ullariga topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning ijrosini ta’minlash va ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash davom ettiriladi.
Kanalga a’zo boʻlish
👈
✍️
Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
|
Web-site