Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali

yangiyulshahar
Shahar hokimligi axborot xizmati https://www.facebook.com/yangiyulshahar https://www.youtube.com/@yangiyolshahar https://twitter.com/yangiyolshahar Yangiyol shahar hokimligining murojaatlar uchun telegram boti - @yangiyolshhokimligi_bot
Subscribers
2 788
24 hours
-2
30 days
47
Unusual 24 hours drop
Post views
585
ER
20,98%
Posts (30d)
231
Characters in post
992
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 10, 10:24
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🏉
YANGIYO‘L SHAHRIDA REGBI-7 BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI MUSOBAQALARI BO‘LIB O‘TMOQDA
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida joylashgan sport maktabida 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida regbi-7 sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogining 1-tur musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
🏆
Mazkur musobaqa yosh sportchilar o‘rtasida regbi sport turini ommalashtirish, ularning jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratini oshirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Musobaqa davomida yosh sportchilar o‘z jamoalari sharafini himoya qilib, maydonda tezkorlik, chaqqonlik, kuch va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etmoqda.
Bellashuvlar ishtirokchilarga o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazish, tajriba orttirish va yangi marralar sari intilish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda. Yoshlar sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kelajakda yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qiladigan sportchilarni tarbiyalash yo‘lida bunday musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site

October 10, 09:46
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILIB, MUAMMOLARGA YECHIM IZLANMOQDA
Bugungi kunda Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov tomonidan fuqarolar qabullarida bildirilgan murojaatlar, shuningdek, yechimini kutayotgan muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida aholi xonadonlariga tashriflar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun shahar hokimi R.Raimov, shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik K.Xalikov hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari bilan birgalikda Navro‘z mahallasi, Vokzal oldi ko‘chasida bo‘lib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammolar, mavjud masalalar va bildirilgan takliflar bevosita joyida o‘rganildi. Har bir murojaatni atroflicha ko‘rib chiqish, muammolarni hal etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site

October 10, 07:36
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

Temir yo‘l bo‘ylarida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi temir yo‘l bo‘ylarida joylashgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish hamda shahar qiyofasini yanada zamonaviy va ko‘rkam holatga keltirish maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site

October 10, 06:57
Media unavailable
3
Show in Telegram

❗️
ОТА-ОНАНГИЗНИНГ ТЕЛЕФОНИ ХАВФСИЗМИ?
Бугунги кунда фирибгарлар турли зарарли файллар ва сохта ҳаволалар орқали фуқароларнинг шахсий маълумотлари ҳамда банк карталаридаги маблағларини қўлга киритишга уринмоқда.
🛡
Ота-онангизни кибертаҳдидлардан ҳимоя қилиш ўз қўлингизда!
Бунинг учун:
✅
Telegram’да икки босқичли ҳимояни ёқинг.
✅
Play Market орқали «APK Қўриқчи» иловасини ўрнатинг.
✅
Номаълум манбалардан келган файл ва ҳаволаларни очмасликни тушунтиринг.
📱
Яқинларингизнинг киберхавфсизлигига бефарқ бўлманг!
🔥
#NavbatBizda
— ота-онамизни кибертаҳдидлардан биргаликда ҳимоя қилайлик!
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 10, 05:37
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Piyodalar uchun qulay va xavfsiz yo‘lak barpo etilmoqda
Yangiyo‘l shahrining Baxt va Bahor mahallalari hududidan o‘tuvchi Samarqand ko‘chasi bo‘ylarida aholi uchun qulay va xavfsiz piyodalar yo‘lagini barpo etish ishlari olib borilmoqda. Mazkur bunyodkorlik ishlari, avvalo, piyodalar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda ko‘cha bo‘ylarini obodonlashtirishga qaratilgan.
Yangi piyodalar yo‘lagi fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash bilan birga, hududning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site

October 09, 19:02
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

DIQQAT, E’LON!
ICHIMLIK SUV TA’MINOTIDA VAQTINCHALIK UZILISH KUZATILADI
Hurmatli hamshaharlar!
Yangiyo‘l tumani hududida joylashgan “Gulbahor” suv inshootidan chiquvchi diametri 500 mm bo‘lgan ichimlik suvi tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Nosozlikni bartaraf etish maqsadida 2026-yil 10-oktabr kuni soat 08:30 dan boshlab nasos agregatlari vaqtincha o‘chiriladi.
Shu munosabat bilan Yangiyo‘l shahridagi Ramodon, Sabo va Bog‘bon mahallalarida, shuningdek, shaharning ayrim ko‘chalarida ichimlik suvi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar va suv bosimining pasayishi kuzatilishi mumkin.
Ta’mirlash ishlari yakunlanib, suv ta’minoti tizimi me’yoriy holatga keltirilgach, ichimlik suvi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun Yangiyo‘l shahar filiali aholimizdan uzr so‘raydi.
☎️
Murojaat uchun telefon:
+998 55 902-02-14
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site

October 09, 14:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan
Turdimov Erkinjon Oqbutayevich
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri
lavozimi kiritildi.
Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati
tashkil qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining
ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida
zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida
umumiy
rahbarlik qilishi
, ularni
muvofiqlashtirishi
belgilandi.
Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva
zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан
Турдимов Эркинжон Окбутаевич
назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.
Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.
Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность
первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки
Республики Узбекистан
. Образован
Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения
.
Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет
общее руководство и координацию деятельности
руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций
в сферах образования, науки и здравоохранения
.
Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на
Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 09, 13:30
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikka yo‘naltirishga qaratilgan motivatsion seminar
Yangiyo‘l shahridan “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda ehtiyojmand 150 nafar xotin-qiz Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan motivatsion seminarda ishtirok etib qaytishdi. Seminar davomida xotin-qizlarga psixologik yordam ko‘rsatish, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, hayotiy qiyinchiliklarni yengib o‘tish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘z daromad manbalarini yaratish bo‘yicha motivatsion tavsiyalar berildi. Mazkur seminar xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site

October 09, 13:02
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#eslatma
📢
Internetda axborot tarqatishda qonunchilik talablarini bilasizmi?
Internet tarmog‘ida joylashtirilgan har bir noqonuniy post, video, izoh yoki repost uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik mavjud.
✔️
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi da’vatlar, ommaviy tartibsizliklarga chaqiriqlar, yolg‘on (feyk) axborotlar, urush, terrorizm va ekstremizmni targ‘ib qiluvchi materiallar, shuningdek, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatish taqiqlanadi.
Shuningdek, mualliflik huquqiga rioya qilmasdan kontentdan foydalanish ham qonunchilikka zid hisoblanadi.
Mazkur talablar ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari, bosma nashrlar, blogerlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va kanal administratorlariga birdek tatbiq etiladi.
✅
Telegram
🌐
Website
📹
YouTube
✅
Facebook
🕊
Twitter
🌐
Instagram

October 09, 12:11
Media unavailable
2
Show in Telegram

Aholi xavfsizligi va qulayligi yo‘lida
Yangiyo‘l shahrining Yangiobod mahallasi hududidan o‘tuvchi temir yo‘l bo‘ylab aholi uchun qulay va xavfsiz piyodalar yo‘lagini qurish ishlari olib borilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site