
Yangiyo‘l shahar hokimligi rasmiy telegram kanali
Xodimlar salomatligi e’tiborda
Xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bilan bir qatorda, ularning salomatligini muhofaza qilish ham ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, sog‘lom mehnat jamoasining shakllanishi tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda davlat fuqarolik xizmatchilarining sog‘ligini mustahkamlash, ularni davolash va qayta tiklash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Yangiyo‘l shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limining oliy toifali malakali shifokorlari tomonidan Yangiyo‘l shahar hokimligi apparati xodimlari chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Mazkur tibbiy ko‘riklar xodimlar salomatligini erta bosqichda nazorat qilish, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, xizmat vazifalari tufayli ko‘pincha o‘z salomatligiga yetarlicha vaqt ajrata olmayotgan davlat xizmatchilari uchun bunday imkoniyatlar muhim va dolzarbdir.
➡️
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site
#ICHKI_TURIZM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiyo‘l shahridagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun Samarqand viloyatiga sayohat
tashkil etildi.
Mazkur sayohat davomida ishtirokchilar ko‘hna va tarixiy shaharning boy madaniy merosi, diqqatga sazovor maskanlari hamda turizm infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular hududning turizm salohiyati, xizmat ko‘rsatish sifati va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ushbu tashrif mahalla raisilarining hududlarda ichki turizmni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sayohat madaniyatini keng targ‘ib etish hamda yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etadi.
➡️
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site
#Yashil_makon
Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi temir yo‘l bo‘ylari obodonlashtirilib, keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mazkur hududlarda manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Shu bilan birga, ekilgan ko‘chatlarning parvarishi va ularning barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida zamonaviy sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar ham tashkil etilgan. Hozirda temir yo‘l bo‘ylab sug‘orish tarmoqlarini tortish, suv ta’minotini yaxshilash hamda ko‘chatlarni muntazam sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
➡️
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site
Yangiyo‘l shahrida Prezident qarorlari ijrosi o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishchi guruhi a’zolari Yangiyo‘l shahrida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida Yangiyo‘l shahar prokurori E.Sanokulov hamda shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i E.Sultonov ishtirok etdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli va PQ-2-sonli qarorlari ijrosi 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha atroflicha tahlil qilindi. Xususan, hududda olib borilayotgan ishlar, tizimli yondashuv hamda tegishli shtab faoliyati batafsil o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur jarayon hududda qonunchilik ijrosini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazilib, profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
tartib-intizomni mustahkamlash hamda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
➡️
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site
🔊
🗣
Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga marhamat!
🚀
Hurmatli hamshaharlar!
❕
❗️
❗️
❕
💬
Joriy yilning 1-aprel kuni soat 13:00 dan boshlab “Navro‘z” MFY hududida joylashgan Yoshlar hiyobonida (alleya) “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etiladi.
Mazkur yarmarka aholini ish bilan ta’minlash, fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishtirish hamda ish beruvchi va ish izlovchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkazilmoqda.
🔵
Tadbirda shahardagi korxona va tashkilotlar tomonidan turli yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar mutaxassislar tomonidan kasb tanlash, bandlik va tadbirkorlikni boshlash yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
✅
Yarmarkaga quyidagi toifadagi fuqarolar taklif etiladi:
🗺
maktab, kollej va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari;
🗺
ish izlayotgan fuqarolar;
🗺
aliment to‘lovchilar;
🗺
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslar;
🗺
“Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan ishsiz fuqarolar.
➡️
Barcha fuqarolarni ushbu mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
↖️
Manzil: “Navro‘z” MFY, Yoshlar hiyoboni (alleya)
🧭
Boshlanish vaqti: 1-aprel, soat 13:00 da
🤔
Kelayotganingiz — yangi imkoniyatlar sari muhim qadam!
📶
LOKATSIYA
👈
➡️
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site
ZAMONAVIY BOSHQARUV, ENG USTUVOR VAZIFA
Yangiyo‘l shahriga “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” maqomining berilishi hududni har tomonlama rivojlantirish, zamonaviy boshqaruvni joriy etish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi. Ushbu tashabbus shaharda iqtisodiy o‘sish, infratuzilmani yangilash, davlat xizmatchilarining xalq oldidagi hisobdorligini oshirish, aholiga keng ko‘lamda shart-sharoitlar yaratish, aholi turmush tarzini yaxshilash va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tashabbusi bilan respublikaning 33 ta tuman va shaharlarining hokim o‘rinbosarlari uchun tashkil etilgan seminar-treningda chet ellik mutaxassislar bilan tajriba almashish, strategik rejalashtirish, natijadorlikni baholash hamda innovatsion yondashuvlar bo‘yicha Rossiya tajribasi o‘rganildi. Olingan tajribalarni Yangiyo‘l shahrida amaliyotga joriy etish orqali hududda yangi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
Mazkur maqom doirasida iqtisodiy faollikni oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish, shaharning turizm va xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish hamda kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, yoshlar bilan ishlash masalasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
✍️
Yangiyo‘l shahar hokimi o‘rinbosari
M.Narbaev
➡️
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site
#fursat
📍
YANGIYO‘L SHAHRI
✅
NAVRO‘ZNI ULUG‘LASH – INSONNI ULUG‘LASHDIR
➡️
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site
Shahar hokimi tomonidan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati o‘rganildi
Yangiyo‘l shahar hokimi R.Raimov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududdagi yirik sanoat korxonalaridan biri — “SOUTHHUB” MCHJ hamda “Techno Alliance” MCHJ faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davomida korxonalar rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar hamda istiqboldagi rivojlanish rejalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar tinglandi. Shuningdek, yangi investitsion loyihalar, mahsulot turlarini kengaytirish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish borasidagi rejalar bilan yaqindan tanishildi.
Uchrashuv yakunida korxonalar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.
➡️
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site
#mol_mulk_soligʻi
Qadrli yurtdoshlar!
Mol-mulk va yer solig‘ini
15-aprelga
qadar to‘lashni unutmang!
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist,
xonanda Abdurashid Yo‘ldoshevning
bu borada fikrlari.
➡️
Bizni kuzatishda davom eting!
Каналга уланиш:
http://t.me/yangiyulshahar
🌟
Telegram
|
🌟
Youtube|
🌟
Facebook
|
🌟
Instagram
|
🌟
Web-site