Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz. Manbasi bilan oling. Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot Asosiy darslar: @Yaqindarsliklari_bot
Subscribers
16 877
24 hours
-19
30 days
-159
Post views
2 998
ER
17,76%
Posts (30d)
47
Characters in post
1 361
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 20, 01:33

#eslatma
Erta tong.
Osmon hali tunning so‘nggi soyalarini bag‘rida asrab turibdi. Deraza ortida shahar uyqu og‘ushida, ko‘chalar esa jimjit — go‘yo butun borliq nafasini ichiga yutib, bir ilohiy sukutni tinglayotgandek. Sen esa shu sokinlik qarshisida, o‘ylaringning cheksiz qa’rida yolg‘iz o‘tiribsan.
Tongning mayin nuri xonaga sekin singib kirar ekan, xayolingga bir jumla keldi:
O‘zim bo‘lishdan charchab ketdim.
O‘zingni anglashga urinishdan,
har bir tuyg‘uga nom berishga intilishdan,
hayotning barcha iplarini qo‘lingda mahkam tutib turishga harakat qilishdan,
ichingda tinmay uyg‘onadigan savollarga yolg‘iz javob izlashdan charchading.
Yuragingda yig‘ilib qolgan sukut ham og‘ir edi.
Ba’zan inson tashqaridan jim ko‘rinsa-da, ichida butun bir olam qulayotgan bo‘ladi.
Keyin anglading...
Balki muammo o‘zing bo‘lishda emasdir.
Balki butun dunyoni yolg‘iz yelkangda ko‘tarib yurishga urinayotganingdadir.
Chunki inson hamma narsani o‘zi hal qilmoqchi bo‘lsa,
qalbi asta-sekin holdan toyadi.
Qo‘llari emas, umidi charchaydi.
Ko‘zlari emas, ichki nuri xiralashadi.
Ba’zan qo‘yib yuborish kerak.
Qo‘rquvni ham.
Nazoratni ham.
O‘tmishning og‘irligini ham.
Nega? deb tinmay so‘raydigan savollarni ham.
Ba’zan inson javob izlashni to‘xtatib,
sukut ichida qalbini tinglashi kerak.
Va shunchaki...
Allohga taslim bo‘lish kerak.
Chunki sen hamma narsani tushunishing shart emas.
Har bir voqeaning sababini bilishing ham shart emas.
Hamma narsani nazorat qilishing esa aslo shart emas.
Alloh biladi.
Alloh ko‘radi.
Alloh eshitadi.
Alloh yetar.
Tong yorishib, shahar asta-sekin uyg‘onar ekan, qalbingda ham bir mayin nur paydo bo‘ldi. Sen hamma javoblarni topmagan bo‘lsang-da, endi ularni yolg‘iz izlashing shart emasligini anglading.
Va balki haqiqiy omonlik ham shunda kelar:
O‘zing bilan kurashishni to‘xtatib,
qalbingni Allohga topshirganingda.
https://t.me/YaqinOzbek

September 19, 12:04

O‘zbekistonda xususiy ta’lim markazlari va xususiy maktablari juda ko‘payibdi. Raqobat nihoyatda kuchli. O‘quvchi mijozga aylangan, yoqmasa darrov ustozni, sinfni yoki markazni paypoqdek almashtirib tashlayapti. Ota-onalar pul to‘lagani uchun juda tannoz bo‘lib ketgan, iloji yo‘q narsalarni ham talab qiladi.
Xususiy maktablarning reklamasi ham juda kreativ, ijodiy bo‘lib ketyapti.
Bugun bittasini ko‘rib kulvordim. " Mahallada duv-duv gap" filmidagi aktrisalar suratini qo‘ygan va " Farg‘onada duv-duv gap bo‘lsin!" deb yozib qo‘ygan.
😂
Yana bir yozuvda esa " Otang bilan gaplashib senga bir maktab topib qo‘ydik" degan.
😁
Yana bittasida esa " Boʻldi, toʻyni kechiktiramiz" , degan.
Shaharda yursangiz eng ko‘p uchraydigan reklamalar ta’lim markazlari yoki xususiy maktablar haqida bo‘ladi.
https://t.me/YaqinOzbek

September 18, 00:51

Yaxshi tadqiqot qilingan , yaxshi ishlangan hujjatli filmni ko‘rish xuddi yaxshi kitob o‘qishdek foyda beradi, tafakkur uchun ko‘p ma’lumotlar olasiz, ibratlanasiz.
Britaniyalik ikki serfarzand oila haqidagi videoni ko‘rib hayratlandim, insonning sabr toqati naqadar kengligi, faqat uni mashq qilish orqali kuchaytirishimiz kerakligini angladim.
Ikki oila bittasi ingliz Sullivanlar oilasi, ikkinchisi esa Pokistonlik Salimlar oilasi. Ikkovida ham 11tadan bola bor. Ikkovi ham 4 yotoqxonali uyda yashaydi.
Ingliz erkak duradgorlik qiladi, xotini uyda homeschooling  qiladi.
Pokistonlik oilada esa ota 10 yildan beri hech qayerda ishlamaydi, davlatdan nafaqa olib yashaydi. Ammo erkakda 7ta diplom bor ekan, bir nechta bakalavr ,magistratura va PhD. Shunga qaramay o‘ziga mos ish chiqmas ekan.
Ingliz oila nihoyatda tartibli ekan. Er xotin juda bosiq. Ayol shuncha bola ko‘rishiga qaramay xuddi 2-3ta bola ko‘rganga o‘xshaydi, koʻrinishi baquvvat, umuman bola ko‘rish mashaqqati sezilmaydi yuzidan. Yana koʻraveraman deyapti,12chi bolasiga homilador. Uy torlik qilmaydimi deb so‘rasa yo‘q yurak keng bo‘lsa joy topiladi, biz uyga qarab bola ko‘rmaymiz, bola ko‘rib unga keyin joy topamiz deyapti.
Ingliz ayolning gaplarini fikrlab katta saboq olish mumkin. U aytyapti: biz uchun qandaydir brend kiyim, qimmat moshina yoki dang‘illama uy muhim emas. Bolalarga o‘rgatadigan eng muhim saboq — sen hammaga o‘xshashing shartmas, jamiyat to‘g‘ri deb uqdirayotgan narsaga ergashishing shartmas, mayli rahmat o‘zimniki yaxshiroq deyishni o‘rgan.
Pokistonlik musulmon oiladagi bolalar ham juda sog‘lom muhitda katta bo‘lmoqda. Ota nihoyatda mehribon ekan. Yana bola ko‘rishni istayman desa rafiqasi yo‘q bo‘ldi endi, katta qizimiz Maryam turmushga chiqib senga nabira tug‘ib beradi desa, eri — yo‘q men o‘zim bola ko‘rishni istayman,men chaqaloqlarni sevaman — deyapti.
Bu filmni ko‘rib Britaniya davlati va jamiyati haqida ko‘p narsa o‘rganish mumkin. Ha, Britaniyada doktor va hamshiralar uchtadan keyin endi bola ko‘rmang, siz uchun xavfli deb qo‘rqitmaydi soppa sog‘ ayollarni, shaxsiy ixtiyoringiz, mana shunday risklari bor deb ma’lumot beradi, har qanday sog‘lom ayol uchun ham tug‘ish oson ish emas. Ingliz ayol 8ta homilasini yoʻqotgan, 5 marta keserova yo‘li bilan tuqqan ekan, har bir homiladorlik va har bitta tug‘ish o‘ziga xos, tug‘ish azoblaridan ko‘ra u beradigan ruhiy qoniqish kuchliroq deyapti. Akusherkaning muomalasiga ham qoyil qoldim, nihoyatda hurmat bilan xuddi oddiy narsadek yondoshmoqda.
Ingliz tilini biladiganlar ko‘rib ibrat olishingiz mumkin. Youtubeda moslamasiga kirib oʻzbekcha subtitr bilan koʻrish mumkin, sunʼiy ong tarjima qilib beradi. Mana bular 11ta bola bilan ham nolimay yashamoqda. Alloh barchamizga sabr toqat bersin.
https://youtu.be/iG4p456JYZM?feature=shared
https://t.me/YaqinOzbek

September 15, 14:12

💚
САЛОМАТЛИК, ҲАЛОВАТЛИ ОИЛА ВА БАХТИЁР БОЛАЛИК СИРИ НИМАДА?
Кундалик ҳаётимизда Telegram’да
жуда кўп маълумот
учрайди. Лекин қайси бири ишончли? Қайси бири илмий асосланган? Қайси бири фарзанд тарбиясида ҳақиқатан фойдали?
Энди бунинг учун соатлаб қидиришингиз шарт эмас!
Биз сиз учун
23 та энг ишончли Telegram канал ва гуруҳни
бир жойга жамладик.
💚
Уларда:
🌿
соғлом турмуш тарзи
🧠
руҳий саломатлик ва хотиржамлик
👨‍👩‍👧‍👦
оила ва муносабатлар
👶
бола тарбияси ва бахтли болалик
🥗
тўғри овқатланиш
📚
илмий ва амалий тавсиялар
🇺🇿
миллий қадриятларимизга мос мазмунлар
жамланган.
23 та фойдали манба — битта ҳаволада!
Энди керакли маълумотни излаб вақт сарфламанг.
Бир марта қўшилинг ва ўзингиз учун керакли манбаларни сақлаб қўйинг!
💚
👇
ҲАВОЛА УСТИГА БОСИНГ ВА 23 ТА МАНБАНИ БИРЙЎЛА ҚЎШИБ ОЛИНГ:
https://t.me/addlist/HaOAG8kVazkwNTUy
📌
Сақлаб қўйинг. Яқинларингизга ҳам юборинг.
Чунки
тўғри маълумот — соғлом инсон, мустаҳкам оила ва бахтиёр фарзанд тарбиясига қўйилган муҳим қадам.
💚

September 15, 05:37

#Ўйлар
#niyat
#eslatma
Inson faqatgina nima xohlashini emas, aynan nima uchun o'sha narsani istayotganini bilishi juda muhim. Nima uchun degan savol doimo muhim bo'lib kelgan, biznesda ham, ishda ham, oilada ham va hatto farzand tarbiyasida ham.
Afsuski siz nima uchunligi bir chetda turib tura qolsin, ko'p holatlarda aynan nima istashingizni ham bilmaysiz. Bilganingiz hozirgi holatingizdan norozilik, salbiy o'y-hayollar va his-tuyg'ular girdobidan chiqib ketish. Lekin buning uchun hech qanday harakat qilmasdan, nimadir sodir bo'lishini va hayotingizda qandaydur o'zgarish yuz berishini kutib yashaysiz. Ko'pchilik shunday yashab o'tib ketadi, har kunlik tanlov va qarorlari shunchaki yo'l yo'lakay kundalik voqea-hodisalarga nisbatan reaksiya holos.
Mana hozir ham siz bugungi kuningizdan aynan nima xohlayotganingizni bilasizmi? Nima uchunliginichi? Nima sababdan o'sha narsani xohlayabsiz? U sizga nima beradi?
Iroda Ahmed
https://t.me/YaqinOzbek

September 12, 15:12

Ilk Qadam bolalar rivojlantirish markazi Toshkent shahrida joylashgan.
Markazni «Ona Madrasadir» kursidagi talabalardan biri ochdi.
Xohlovchilar Telegram kanaliga kirib, markaz, mashg‘ulotlar va guruhlar haqida barcha ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
https://t.me/Ilkqadamtashkent

September 12, 15:04
Media unavailable
3
Show in Telegram

September 12, 00:57

«ЖУМАДАН ЖУМАГАЧА»
​Шу кунларда июнь ойида бўлган «Фарзанд тарбияси» ва «Бахтиёр оила сари» дарсларини сўраб мурожаат қилаётганлар бор.
​Агар сиз ҳам шу дарсларга қизиқиб, қатнашишни хоҳлаётган бўлсангиз, сизга ажойиб янгилигимиз бор. Бир хайрли ишни бошламоқчимиз.
​Бугунги муборак Жума куни шарафига ҳар иккала дарсларга алоҳида чегирмалар эълон қилмоқчимиз. Икковини бирдан сотиб олганларга эса янаям каттароқ чегирма берамиз.
​Бу дарсларнинг пулини эса даволанаётган Муяссархон опанинг операциясига бермоқчимиз, азизлар. Бир имконият билан ҳам дарсларга, ҳам эҳсон мукофотини қўлга киритиш имкони бор.

Дарслар ҳақида тўлиқ маълумот учун:
@Umarova2402

September 11, 08:26

Kecha menga ayolim sms yozdi.
Qizingiz (9 yosh) quloqchin xohlayapti, nima deysiz deb.
Mendagi reaksiya chuqur o'ylamagan holda
yo'q
deyish bo'ldi.
Keyin o'zim o'ylab qoldim.
Nega yo'q dedim? Sababi nima edi buni? kabi savollarni o'zimga berdim.
Bir kun o'ylab yurgandan keyin va bir oz izlanish qilganimdan keyin xulosam to'g'ri ekanligiga yana ishonchim ortdi.
Nega bolalar quloqchin taqishi yaxshi emas?
- bola eshitish qobiliyati yuqori bo'ladi, kattalarga nisbatan balandroq eshitadi. Bu eshitish a'zosi zararlanishiga olib kelishi mumkin. Bu ehtimolligi kam muammo.
- uzoq taqiladigan bo'lsa quloq kanalidagi tabiiy havo aylanishiga ta'sir qiladi va suv/sariq to'planish ehtimoli ortadi. Bu esa infeksiyaga riskini oshiradi.
- diqqatni jamlashga qiynalishi mumkin. Tashqaridagi shovqinni bloklashga o'rganib qolsa, shovqinli joylarda diqqatni jamlay olmaydi. Diqqatni jamlay olish ko'nikmasi eng muhim ko'nikmalardan biri.
- ijtimoiylashuv muammosi. Oiladagi munosabatlarga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Muloqotdan cheklangani uchun kundalik ijtimoiy ko'nikmalar rivojlanishiga xalaqit beradi. Misol uchun ota-ona gapirgandagi ohang tusidagi nyuanslarni ilg'amaydi.
- quloqchin taqqan bola
"meni bezovta qilmang"
degan signal beradi tashqariga. Bu esa aloqalarga salbiy ta'sir qiladi. O'zi shundoq ham bolalarimiz bilan kam vaqt sarflaymiz.
- ko'p bolalarda, ayniqsa kitob o'qishni sevadigan bolalarda, shovqinni yoqtirmaslik holati tabiiy bo'ladi. Bundaylar quloqchin bilan shovqindan qutulish vositasi deb foydalanadi. Bu muammoni vaqtinchalikka yechishi mumkin, ammo uzoq muddatda tashqi stresdan o'zini olib qochadigan xarakter shakllantiradi. Hayot esa streslarni yengishdan iborat. Bu ham muhim ko'nikma.
Shunday ekan, 9 yoshli bolaga quloqchin kerak emas degan xulosaga keldik.
Bu xulosani, mana shu post mohiyatini qizimga tushuntiriladi.
********
Menimcha bu fikrlarim bola katta bo'lgunicha ham kerak emas degan holda saqlanib qolsa kerak.
Katta bo'lganidan keyin o'zi biladi nima qilishni.
Bek Olimjon
10.09.26
Norvegiya

September 11, 06:40

KUZ
Bizda bugundan sovuqroq kuzak shamoli boshlandi.
Men kabi sovuqqa yupqa odamlar yengi uzun ko‘ylak kiyib oldik.
Bir boshdan hosillarni yig‘ishtiryapmiz.
Hosil yig‘ishtirish dekabr oyigacha cho‘ziladi.
Paxta terim ham boshlandi.
Ariqlarda tiniq suv oqyapti.
Bug‘doy o‘rniga ekilgan tarvuzlar ham sotuvga chiqdi.
Yong‘oqlar qoqilyapti.
Ko‘k olmalarni xomligicha uzyapmiz.
Hozircha behi, anor, xurmo pishmadi.
Eng kech xurmo pishadi.
Ko‘k qalampirlarni butunicha yo maydalab to‘g‘rab bakalashkaga berkityapmiz.
Bizning Qo‘qon tomonlarda qalampirni ko‘p yeyishadi.
Darvoqe,Qo‘qondanmas,Qo‘qonga yaqin qishloqldnman, Qo‘qon shahrini mo‘ljal uchun tilga olaman.
Qishloqdanman.
Qishloqiman.
Aslo shaharlik emas.
Xullas,dehqonchilik mavsumimiz nihoyasiga yetyapti.
Zerikarli, ko‘ngilda sog‘inch tuyg‘ularini uyg‘otadigan xazon fasli boshlanyapti.
Shu kunlarda men ham rosa zerikib, allanarsalar sog‘inib yuribman.
Qush bo‘lsaydim,issiq o‘lkalarga uchib ketarmidim.
Zerikish bor ko‘ngilda.
Tashqarida shamol esyapti.
Ayvonimda nimadir taraqladi. Derazam berk.Ammo eshik qiya ochiq.
Shamol havo haroratini pasaytiradi.Havo pasaysa, o‘t-o‘lanlar ham o‘sishdan to‘htaydi.
Eh,yoshlik qaytib kelmasligi yomon.
Buyog‘iga yil sayin eski devordek cho‘kib,qiyshayib boraveramiz va kunlarlan bir kun qulaymiz.
Inson umri ming yil bo‘lmaydimi,baribir o‘tadi, o‘tgandayam tez o‘tgandek tuyuladi. Tanang qarib boraveradi, yil sayin suyaklaring mo‘rtlashadi, qoning soviydi, lekin ko‘ngildagi dunyo havasi bir xilda yashnab turaveradi. Balki odamning fojiasi ko‘ngli qarimaganidadir.
Tashqarida shamol pasaydi.
Lekin havo ozroq sovidi.
Shunday.
Ko‘ngilda kuzgi zerikishlar,sog‘inchlar uyg‘ondi.
Kuzda kam gapiraman. Odamlar bilan gaplashish istagi ham pasayadi.
Kuz - yolg‘izlikdan ko‘ngil orom oladigan fasl.

Rahimjon Rahmat
https://t.me/YaqinOzbek