
YAQIN
Odamlar baxtli yashashdan ko'ra,o'zini baxtli qilib ko'rsatish uchun ko'p vaqtini va energiyasini sarflayapti.Profil uchun rasmga tushish videoga olish va uni instagramga qoyish va har bir kommentlarni o'qib chiqish bular hammasi vaqt va energiya talab qiladi.Garchi shu vaqtimizni o'zimizni isloh qilishimiz uchun sarflaganimizda real hayotimiz qanchalik go'zallashgan bo'lar edi.
Asl baxtlilarni baxtini kőrsatishga vaqti ham hohishi ham yőq,baxtsizlar esa shu bilan őzini hammaga baxtli kőrsatishni hammadan ham avval buni őziga uqtirishni istaydi.
Ko‘pchilik internetda ko‘rgani – o‘sha porlab turgan soxta tabassum, chiroyli hayot va mukammal ko‘rinish. Lekin ekran ortida nima qolishini ko‘pchilik sezmaydi ham. Ekranda baxtli ko‘rinish uchun har kuni o‘zimizni o‘zimiz bo‘yab, har xil ranglarga bezaymiz. Asl holimiz esa... ko‘pincha yolg‘izlik, tushkunlik va ich-ichimizdan yig‘layotgan qalb. Eng achinarlisi, boshqalarga yoqish uchun o‘zimizni o‘zimiz aldab yashashga o‘rganib qoldik. O‘zingizga qarang: soxta olqishlar uchun asl hayotingizni qurbon qilish shartmikan? Soxta tabassum ortidagi chinakam dardingizni esa faqatgina oynaga qaraganingizda ko‘rasiz, xolos...
Instagramdagi baxtlilar qatoridan chetda qolmaslik uchun juda ko"pchilik musobaqa qilib yashayotganga o"xshaydi. Kimningdir hayotidagi eng baxtli (ko"pincha "yasama" ) lahzasini inson o"zining eng baxtsiz kunlari bilan solishtirishi natijasidan ko'plar hozir tushkun ahvolga tushishadi. Kim ham aslida boshqa odamlardek yashayotganini ko"rsatgisi kelardi? Sotsial mediadagi kulgan yuzlar ko"p hollarda niqob ekanini o"zimizga eslatib turishimiz kerak. Baxtli va o"ziga ishongan, hayotidan qoniqqan insonlar tashqaridan e"tirof va layklar kutib yashamaydilar, ular shunchaki haqiqiy, baxtli ammo past-balandi bor hayotlarini yashash va yaxshiroq bo"lish uchun harakat qilish bilan band...
Kadr orti kamera orti bizga ko'rinib turganidek emas. Shuning uchun Instagramda ko'rganlaringizga havas qilib, ular qilganni men ham qilishim kerek deb eringizni / ota onangizni qulog'ini qoqib marketing qurboni bo'lmang.
Bugungi kunda ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarda (ayniqsa instagram blogerlarida) o‘zini baxtli, hayoti mukammal, hammasi joyidadek ko‘rsatishga urinadi. Chiroyli suratlar, baxtli oila, samimiy tabassumlar... ortida esa qancha dard, yolg‘izlik va aytilmagan kechinmalar yashiringanini hech kim bilmaydi. Boshqalarning hayotiga havas qilib, o‘zimizni ular bilan solishtiramiz, ammo ekranda ko‘rayotganimiz hayotning faqat bizga ko‘rsatilgan tomonidir. Ba’zan odamlar o‘z dardini yashirish uchun emas, hech kim ularning zaifligini ko‘rmasligi uchun kuladi. Bugun biz odamlar baxtli ko‘rinishga shunchalik urinmoqdamizki, ba’zan chinakam baxtli bo‘lishni unutib qo‘yyapmiz.
Instagramim yoʻq ammo tushuncham bor azgina. Hamma hayotini eng yorqin lahzasini qoʻyadi va odamlar bularni koʻrib oʻzining hayotidan noshukurligi ortadi.Video reels deydimi shuni qoʻygan egasi esa aslida u ham bir tushkunlikka tushib kamchliklari bpr boʻlib bizdek yashayotkan odam boʻladi albatta.Faqat oʻziga obunachi koʻpaytirib zavqlanishni shundan oladigan odamlar boʻlsa kerak.Aynan k0p muammolar oʻz hayotimizdan norozi yashashimizdan kelib chiqadi vaholanki hayotimiz oʻzi goʻzal har neki boʻlsa Allohdan shuning uchun ham goʻzal.
Noshukur bu qalbing vayrona sening,
Ammo hudbinliging qiynaydi o‘zing.
Baxtlidek turmasang yurmasangda sen,
Bajbursan chizishga baxtli rasmini
O‘zing to‘qib olgan mashxurlik sabab
Chizmoqqa qo‘ymoqqa o‘zgalar uchun.
Bu ne hol? mashxurlik urushi qildi asira,
Chiqolmay botasan misli botqoqqa.
Sening baxting ko'rib kuyganlarida
Baxtni tuyma aslo yonganlaridan
Ulardan avvalroq o‘zing tugading
Usti bor po‘sti bor puch bir yong‘oqdek
Yolg‘onchi do‘sti bor huddi ahmoqdek
Kamera qarshisida kulasan ammo
Bu kulgi almashar o‘rniga alam
Shamolda yoqilgan sham misol tezda
O‘chib qolar, kamerasiz bosar g‘am.
Mashxurlik balodir umr zavoli
Hatto baxtli onda yashay olmaslar
Kulish kerak onda kulib qolmaslar
Boridan baridan baxt izlash qolib
O‘zgalar baxtidan andoza qilib
Mos keltira olmay g‘amlarda qolib
Yashash neligini unutmoqdalar
Inson shuning uchun bino bo‘ldimi
O‘zgaga ko‘rsatmasa qorni to‘ymaydi
Baxtli yashashni unutib qo‘yib
Kamera bo‘lmasa kula olmaydi...
Mansurjon qizi
“Menga telefon bermang, ona…”
Ona, men hali kichkinaman…
Dunyoni sizning ko‘zlaringiz orqali tanishni istayman. Qushlarning sayrashini eshitishni, yomg‘ir tomchilarini sanashni, loy bilan o‘ynashni, kitoblar ichida yo‘qolishni, siz bilan birga kulishni istayman.
Men yig‘laganimda, qo‘limga telefon tutqazmang. Meni bag‘ringizga bosing. Balki menga multfilm emas, shunchaki sizning mehringiz kerakdir…
Zerikkanimda telefon bermang. Menga zerikishga ham imkon bering. Chunki aynan o‘sha zerikishdan xayollarim, tasavvurim va ijodkorligim tug‘iladi.
Ovqat yeyayotganimda ekran bilan chalg‘itmang. Men ta’mni his qilishni, o‘z tanamni tinglashni, qachon och va qachon to‘q ekanimni anglashni o‘rganay.
Uxlayotganimda telefon bilan tinchlantirmang. Menga sokin ovozingizni, ertagingizni, duolaringizni hadya eting.
Ona, men katta bo‘lishga shoshilmayapman. Bolaligimni yashashni istayman.
Men ekranda minglab odamlarni ko‘rishim mumkin, lekin menga sizning yuzingiz kerak. Ekrandan minglab so‘zlarni eshitishim mumkin, lekin menga sizning ovozingiz kerak. Virtual dunyoda minglab o‘yinlarni o‘ynashim mumkin, lekin menga haqiqiy dunyoni kashf etish imkoniyati kerak.
Iltimos, meni telefon bilan ovutmang. Meni hayot bilan tanishtiring.
Chunki men bugun kichkinaman. Bugun siz bilan o‘tkazilmagan vaqt, bugun his qilinmagan mehr, bugun kashf etilmagan dunyo, ertaga qaytib kelmaydi.
Ona, telefoningizni bir chetga qo‘ying…
Men siz bilan o‘ynashni, sizga nimanidir ko‘rsatishni, minglab savollar berishni istayman.
Menga telefon bermang, ona. Menga bolaligimni bering.
🤍
✍️
Mushtariy Zufar
📱
Telegram
|
📱
Instagram
📞
+998508182321