
Yaşnobod tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali/Пресс-служба Яшнабадского районного хокимията
2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
26-oktabr soat 09:00 dan 27-oktabr soat 14:00 gacha suv ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
"Jarboshi", "Hilol", "Arg‘in", "Toshisti", "Mohirlar", "Tovkentepa", "Bog‘bon", "Qalqon", "Olmos", "Uysozlar", "O‘rta masjid", "Katta Qo‘yliq", "Qo‘yliqobod", "Yosh avlod", "Mumtoz", "Yangiqo‘rg‘on", "Uchchinor" mahallalarida, Ohanrabo mavzesida, non ishlab chiqarish korxonasida, Uysozlar ko‘chasidagi harbiy qismda, "Yangiobod" va "Gumbaz" bozorlarida, "Olimpiya" shaharchasida.
(
Eslatma:
qozonxonalardagi suv ta'minoti uzilishi sabab ayrim hududlarda issiq suv hamda ichimlik suvi bir vaqtda to'xtashi mumkin)
Ta’minot vaqtincha to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalarda ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
(+998 71) 256-10-95,
(+998 71) 252-60-08, 1054.
Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Instagram
|
Facebook
|
Website
|
Cabinet
|
Chat
|
YouTube
👮♀️
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari va faxriylari!
🇺🇿
Toşkent şahar hokimligi nomidan sizlarni kasb bayramingiz — Içki işlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
❗️
Jamoat tartibini saqlaş, qonun ustuvorligini ta’minlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, poytaxtimizda tinçlik va osoyiştalikni asraş yölidagi mas’uliyatli xizmatingiz yuksak e’tirofga loyiq.
▫️
Sizlarga mustahkam soğliq, şarafli faoliyatingizda muvaffaqiyat va kuç-ğayrat, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz.
⸻
👮♀️
Уважаемые сотрудники и ветераны органов внутренних дел!
🇺🇿
От имени хокимията города Ташкента поздравляем вас с профессиональным праздником — Днём сотрудников органов внутренних дел.
❗️
Ваша ответственная служба по охране общественного порядка, обеспечению верховенства закона, защите прав и свобод граждан, сохранению мира и спокойствия в столице заслуживает глубокого уважения.
▫️
Желаем вам крепкого здоровья, сил и успехов в вашей важной и ответственной работе, а вашим семьям — благополучия, мира и согласия.
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot
👍
YASHNOBODDA “PUSHTI BIRLIK YUGURISHI” XAYRIYA TADBIRI O‘TKAZILDI
📌
Kuni kecha Yashnobod tumanidagi Ashxobod sayilgohida tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda
“PINK UNITY”
hamkorligida ko‘krak bezi saratoni haqida xabardorlik oyligiga bag‘ishlangan 2026-yilgi “Pushti birlik yugurishi” xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash, profilaktik tekshiruvlar ahamiyatini targ‘ib qilish va ayollarni o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashishga chorlash.
🩺
Tadbir doirasida mobil tibbiyot shaharchasi tashkil etilib, mammografik tekshiruv, kardiologik diagnostika, ko‘rish qobiliyatini tekshirish hamda onkolog shifokorlar maslahatlari yo‘lga qo‘yildi.
🤩
Yashnobod tuman hokimligining matbuot xizmati
📱
Facebook
📱
Youtube
📱
Instagram
📱
Websit
Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga
tabrik
—
Поздравление
сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdim.
Davlatimiz rahbarining qutlovida xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi sadoqatli xizmat uchun soha xodimlariga minnatdorlik bildirilgan. Tizimda to‘plangan katta tajriba, jasorat an’analari zamonaviy bilim va yondashuvlar asosida boyitilayotgani ta’kidlangan. Joriy yilda mahallalarning qariyb yarmida jinoyat sodir etilmagani ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari va aholining hamkorlikdagi mehnati samarasi ekani qayd etilgan.
Prezidentimiz har bir mahallada xavfsiz muhit yaratish ishlarini izchil davom ettirish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, kiberjinoyatlarni barvaqt aniqlash va oldini olish, yoshlarni giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilik ta’siridan asrash muhimligini ta’kidlagan.
Davlatimiz rahbari soha xodimlaridan tashabbuskorlik, qat’iy intizom va halollik kutishini bildirgan. “O‘zingni angla va o‘zgani qadrla” tamoyili asosida kasbiy sha’nni asrash, qonunga qat’iy rioya etish, har bir insonga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. «Oddiy insonlarning sizga ishonch bilan murojaat qilishi va bundan ko‘ngli taskin topishi – sizning xizmatingizga berilgan eng yuksak bahodir», deyiladi qutlovda.
Tabrikda el-yurt tinchligini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lgan mard va fidoyi xodimlar xotirasi hurmat bilan yod etilgan. Soha xodimlari va faxriylariga mustahkam sog‘liq, xonadonlariga tinchlik va fayzu baraka, mas’uliyatli xizmatida muvaffaqiyatlar tilangan.
—
Сегодня состоялось торжественное мероприятие по случаю 35-летия создания Министерства внутренних дел Республики Узбекистан.
На мероприятии я зачитал поздравление Президента Шавката Мирзиёева сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел.
В поздравлении главы государства выражена благодарность сотрудникам за преданную службу по обеспечению спокойствия народа, защите прав и интересов граждан. Подчеркнуто, что накопленный в системе большой опыт и традиции мужества обогащаются современными знаниями и подходами. Отмечено, что в текущем году почти в половине махаллей не было совершено ни одного преступления, что стало результатом совместного труда сотрудников органов внутренних дел, активистов махаллей и населения.
Подчеркнута важность последовательного продолжения работы по созданию безопасной среды в каждой махалле, использования цифровых технологий и искусственного интеллекта, раннего выявления и предупреждения киберпреступлений, защиты молодежи от воздействия наркомании и организованной преступности.
Президент нашей страны отметил, что ожидает от сотрудников инициативности, строгой дисциплины и добросовестного несения службы. Указано на необходимость сохранять профессиональную честь, строго соблюдать закон и уважительно относиться к каждому человеку, следуя принципу «Уважай себя и цени других». «Когда простые люди, доверяя, обращаются к вам и, получив поддержку, уходят с облегчением в душе – это самая высокая оценка вашей работы», говорится в поздравлении.
В поздравлении также отдана дань уважения памяти мужественных и самоотверженных сотрудников, погибших при защите спокойствия народа и страны. Выражены пожелания крепкого здоровья, мира и достатка в семьях, успехов в ответственной службе.
Facebook
|
Instagram
|
X
▫️
Avval xabar berganimizdek, bugun “Elbek” boğida aholi iştirokida jamoatçilik eşituvi bölib ötdi.
💬
Iştirokçilarga loyiha haqida ma’lumot berilib, ularning fikr va tavsiyalari tinglandi.
✔️
Loyiha taşrif buyuruvçilar uçun qulay va xavfsiz şaroit yaratiş, ekologik muhitni asraş va yaxşilaş hamda hudud tozaligini saqlaşni inobatga olgan holda boğni obodonlaştirişga qaratilgan.
🟢
Aholi tomonidan qöşimça ravişda içimlik suvi favvoraçalari, badminton maydonçasi va itlarni sayr qildiriş hududini taşkil etiş, keksalar uçun örindiqlar sonini köpaytiriş, şuningdek, yöl böyida qulay avtoturargohlar barpo etiş taklif qilindi.
🤔
Aholi va ommaviy axborot vositalari vakillariga oçiq muhokamadagi iştiroki, befarq emasligi hamda aniq takliflari uçun minnatdorlik bildiramiz. Bildirilgan barça taşabbuslar atrofliça körib çiqiladi va loyihani takomillaştiriş jarayonida inobatga olinadi.
—
▫️
Как мы сообщали ранее, сегодня в парке «Эльбек» состоялось общественное слушание с жителями.
💬
Участникам представили информацию о проекте и выслушали их мнения и рекомендации.
✔️
Проект направлен на благоустройство парка с заботой о комфорте и безопасности посетителей, сохранении и улучшении экологической среды, поддержании чистоты территории.
🟢
Жители предложили дополнительно предусмотреть питьевые фонтанчики, площадку для игры в бадминтон и зону для выгула собак, увеличить количество скамеек для пожилых людей, а также продумать удобные места для парковки автомобилей вдоль дороги.
🤔
Благодарим жителей и представителей СМИ за участие в открытом обсуждении, неравнодушие и конкретные предложения. Все высказанные инициативы будут внимательно рассмотрены и учтены при дальнейшей проработке проекта.
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot
“Elbek” boğida jamoatçilik eşituvi bölib ötdi
Bugun, 24-oktyabr kuni Toşkent şahrining Yaşnobod tumanidagi “Elbek” boğida Özbekiston-Turkiya döstligi xiyobonini barpo etiş va hududni obodonlaştiriş konsepsiyasi yuzasidan jamoatçilik eşituvi bölib ötdi.
Unda aholi, asosan, “Çölpon” mahallasi faollari, Toşkent şahar hokimining örinbosari Azizxon Şavkatov, tuman hokimi, loyihaçi va pudratçi taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Eşituvda 11,74 gektar maydonni obodonlaştiriş konsepsiyasi taqdim etildi. Loyihada piyodalar yölaklari va kiriş-çiqiş joylarini yangilaş, suğoriş tizimini tiklaş, hududni töliq videokuzatuv bilan qamrab oliş, SOS tugmalarini örnatiş va yoritiş tizimini töliq yangilaş közda tutilgan.
Boğga 500 tupga yaqin yangi daraxt, 1 250 tup buta va qariyb 14 ming tup mavsumiy gul ekiş rejalaştirilgan. Şuningdek, konsepsiyada Turkiya Respublikasi asosçisi Mustafo Kamol Otaturk byustini örnatiş nazarda tutilgan.
Aholi özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi va takliflarini bildirdi. Ular loyihaga kiritilib, amalga oşiriladi.
—
В парке «Эльбек» состоялись общественные слушания
Сегодня, 24 октября, в парке «Эльбек» Яшнабадского района Ташкента состоялись общественные слушания по концепции создания сквера Узбекско-турецкой дружбы и благоустройства территории.
В мероприятии приняли участие жители, преимущественно активисты махалли «Чулпан», заместитель хокима города Ташкента Азизхон Шавкатов, хоким района, представители проектной организации и подрядчика.
На слушаниях представили концепцию благоустройства территории площадью 11,74 гектара. Проект предусматривает обновление пешеходных дорожек и входов, восстановление системы полива, установку видеонаблюдения на всей территории, SOS-кнопок и полное обновление системы освещения.
В парке планируется высадить около 500 деревьев, 1 250 кустарников и почти 14 тысяч сезонных цветов. Также концепция предусматривает установку бюста основателя Турецкой Республики Мустафы Кемаля Ататюрка.
Жители задали интересующие их вопросы, получили подробные ответы и внесли свои предложения. Они будут включены в проект и реализованы.
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot
🌳
YAŞNOBOD TUMANINING YANGI YAŞIL MASKANI
🌳
Toşkent şahrining Yaşnobod tumani hududidagi 10 gektar örmon xöjaligi yer maydonining 3 gektarida kõkalamzorlaş-tiriş va manzarali ösimliklar yetiştirish maqsadida ko‘chatlar ekilmoqda.
🌳
Mazkur hududda turli xil manzarali butalar va nihollardan iborat yaşil maskan barpo etish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda hududda ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlaş-tiriş ishlari boşlab yuborildi.
🌳
Xususan, yangi yaşil maskanda fotiniya, hind nastarini, Suriya atirguli, atirgul, beresklet, şamşod, skumpiya, abeliya, magoniya, lisidium, pirakanta, lavanda, rozmarin, buddleya, forziya, Yapon behisi, ionimus, barbaris va Şarq tuyasi kabi 20 ga yaqin turdagi manzarali ösimliklar parvarishlanadi.
🌳
Loyihaning muhim jihatlaridan biri
— manzarali butalarni qalamcha orqali ko‘paytirish va ko‘chat yetiştirishdir. Bu usul orqali yangi ko‘chatlarni mustaqil yetiştirish, ularni hududning o‘zida ko‘paytirish hamda taşqaridan ko‘chat xarid qilishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish imkoniyati yaratiladi.
🌳
Qalamchalar orqali ko‘paytirish yaşil hududlarni kengaytirish, ko‘chat zaxirasini shakllantirish va ko‘kalamzorlaş-tiriş ishlarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
🌳
Bugun, 24-oktyabr kuni uşbu hududda keng kõlamli haşar taşkil etildi. Unda işçi-xodimlar faol qatnaşmoqda. Tozalash va obodonlashtirish ishlari maxsus texnikalar hamda qöl mehnati yordamida jadal olib borilmoqda.
🌳
Har bir ekilgan nihol va yetiştirilgan kõçat — musaffo havo, gözal tabiat hamda kelajak avlodlar uçun qoldiriladigan yaşil merosdir.
🌳
Uşbu loyiha poytaxtimizda yaşil hududlar maydonini kengaytirish, manzarali ösimliklar yetiştirishni rivojlantirish, ko‘chat xarajatlarini kamaytirish, tumanimizni obod qilish va ekologik barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🤩
Yashnobod tuman hokimligining matbuot xizmati
📱
Facebook
📱
Youtube
📱
Instagram
📱
Websit
🌳
Hurmatli Yaşnobod tumani aholisi!
Bugun,
24-oktyabr kuni soat 16:00 da “Elbek” boğida
“Özbekiston-Turkiya döstligi” xiyobonini obodonlaştiriş loyihasining jamoatçilik muhokamasi bölib ötadi.
🏞
Iştirokçilarga xiyobon konsepsiyasi, hududni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş böyiça rejalaştirilgan işlar, jumladan, bölajak kiriş va çiqiş yölaklari atrofidagi yaşil hududlar böyiça yeçimlar taqdim etiladi. Şuningdek, 264 tup daraxt, 1250 tup buta va 13 875 ta mavsumiy gul ekiş rejalari haqida ma’lumot beriladi.
Aholini muhokamada iştirok etib, öz takliflarini bildirişga çorlaymiz.
***
🌳
Уважаемые жители Яшнабадского района!
Сегодня, 24 октября,
в 16:00 в парке «Эльбек
» состоится общественное обсуждение проекта благоустройства сквера «Узбекско-турецкой дружбы».
🏞
Участникам представят концепцию сквера, планируемые работы по благоустройству и озеленению территории, в том числе решения по зелёным насаждениям на участках будущих входных и выходных дорожек. Также будет представлена информация о планах высадить 264 дерева, 1 250 кустарников и 13 875 сезонных цветов.
Приглашаем жителей принять участие в обсуждении и поделиться своими предложениями.
🤩
Yashnobod tuman hokimligining matbuot xizmati
📱
Facebook
📱
Youtube
📱
Instagram
📱
Websit
🩸
“
BIZ DONORMIZ!” XAYRIYA AKSIYASIGA TAKLIF ETAMIZ
📢
“Yuksalish” harakati, Toshkent shahar hokimiyati hamda Yashnobod tumani hokimligi hamkorligida 26-oktyabr kuni
“Biz donormiz!”
xayriya aksiyasi o‘tkaziladi.
Sana: 26-oktyabr
Vaqt: 09:30 dan 13:00 ga qadar
Manzil: Yashnobod tumani Markaziy poliklinika filiali binosi.
Barchangizni ushbu xayriya aksiyasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
🩸
Donorlik — hayotga umid berishdir! Birgalikda insonlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shaylik!
📌
Lokatsiya
🤩
Yashnobod tuman hokimligining matbuot xizmati
📱
Facebook
📱
Youtube
📱
Instagram
📱
Websit