Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Yashnobod tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба Яшнабадского районного хокимията

yashnobod_hokimligi
Yashnobod tuman hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali/Официальный телеграм канал пресс-службы Яшнабадского хокимията
Подписчики
14 583
24 часа
-783
30 дней
-6 917
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
352
ER
2,41%
Посты (30д)
196
Символов в посте
885
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
July 28, 13:41
Файлы недоступны
3
1
Открыть в Telegram

📚
Yashnobodda “Maishiy zo‘ravonliksiz baxtli oilaviy hayot quramiz” mavzusida seminar o‘tkazildi
Yashnobod tumanida
“Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash”
o‘quv kursi doirasida nikohlanuvchi juftliklar va yosh oilalar ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga nikohdagi huquq va majburiyatlar, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, to‘y-marosimlarda isrofgarchilikning oldini olish hamda maishiy zo‘ravonlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan tavsiya va tushunchalar berildi.
🤩
Yashnobod tuman hokimligining matbuot xizmati
📱
Facebook
📱
Youtube
📱
Instagram
📱
Websit

July 28, 06:47
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔵
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Yashnobod tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati, saylovchilar bilan uchrashuvlari, ilgari surilayotgan tashabbuslar hamda qabul qilinayotgan muhim qarorlar bilan muntazam tanishib borishingiz mumkin.
🔹
Kengash faoliyatiga oid eng dolzarb yangiliklar va rasmiy axborotlar quyidagi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda muntazam e'lon qilib boriladi:
✈️
Telegram:
https://t.me/XalqdeputatlariYashnobodtuman

Facebook:
https://www.facebook.com/share/17MiDQkQTB/
🔹
Instagram:
https://www.instagram.com/yashnobod_tuman_kengashi
🔹
YouTube
:
https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariYashnobodTumani
📌
Rasmiy sahifalarga obuna bo‘ling va Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi faoliyatiga oid yangiliklardan doimiy xabardor bo‘lib boring.
🤩
Yashnobod tuman hokimligining matbuot xizmati
📱
Facebook
📱
Youtube
📱
Instagram
📱
Websit

July 27, 16:30
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan
tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев
ознакомился
с ходом строительных работ в Новом Ташкенте.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#YangiToshkent
#bunyodkorlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

July 27, 14:43
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan
videoselektor yigʻilishi
oʻtkazildi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание,
посвященное приоритетным задачам топливно-энергетической отрасли.
#Mirziyoyev
#videoselektor
#energetika
#tahlil
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

July 27, 11:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugungi kunda
“Hududiy elektr tarmoqlari”da 25 ming, “Hududgaz”da 16 ming xodim
ishlaydi. Lekin
xodimlar ishini boshqarish raqamlashmagani
sababli kun davomida
kim nima bilan bandligini na elektr tarmog‘i, na gaz ta’minoti rahbari biladi.
Shu bois,
mehnat unumdorligi boshqa davlatlardan 1,5-2 barobar past, avariyalarni bartaraf etish muddati esa 3-4 barobar ko‘p.
Energetika vazirligi tarkibida
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi
tashkil etiladi.
Markaz
“ishlab chiqarish – uzatish – taqsimlash – yetkazish” zanjiri, ko‘mir, suyultirilgan gaz va mazut ta’minotini “stress-audit”dan o‘tkazadi.
Shu asosda
sohani rivojlantirishning bir nechta ssenariysi
ishlab chiqiladi.
Har bir xodimning kunlik ishini raqamli algoritm orqali boshqaradigan
tizim yaratiladi. ASKUE va ASKUG ma’lumotlari
sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, shubhali o‘zgarishlarni aniqlaydigan platforma
ishga tushiriladi.
Tizimdagi 106 ming xodim uchun
10 ta asosiy KPI
belgilanadi. Unda
avariyaviy va rejali o‘chishlar, yo‘qotishlar, debitor qarzdorlik, quvvatlar rezervi va ta’mirlash dasturlarining bajarilishi
asosiy mezon bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

July 27, 11:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Andijon viloyatida
olti oyda
rejadagi 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
318 ta mahallada ta’minot grafikdan orqada
qolmoqda.
Endi
tadbirkorlar o‘zi import qilgan yoki birjadan xarid qilgan suyultirilgan gazni aholi va biznes subyektlariga yetkazib berishi mumkin
bo‘ladi. Yil boshidan
xususiy sektor tomonidan 157 ming tonna suyultirilgan gaz import qilingan.
Ijtimoiy reyestrga kirgan oilalarga suyultirilgan gaz uchun subsidiya beriladi.
Yil yakunigacha
bu borada “Andijon tajribasi” yaratiladi.
Suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni
yil yakunigacha
rejadagi 520 ming tonna o‘rniga 606 ming tonnaga yetkazish
vazifasi qo‘yildi.
Hozir a
holiga gaz standart hajmdagi 20 kilogrammli ballonlarda
yetkaziladi. Vaholanki,
ayrim xonadonlarga oylik iste’mol uchun 5-6 kilogramm yetarli bo‘lsa, boshqa iste’molchilarga 30-40 kilogrammli ballon zarur.
Suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi
bir oyda
xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

July 27, 11:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yangiyo‘l misolidagi tizim respublikadagi barcha tuman va shaharlarga
tatbiq etiladi.
Energetika tizimi rahbarlari har bir viloyatdagi eng og‘ir bittadan tumanga biriktiriladi.
Ular hokimlar bilan birgalikda yil yakunigacha
o‘ziga biriktirilgan hududda yangi ish tizimini yo‘lga qo‘yadi.
Islohotlar shtabi, Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, tarmoq va bank rahbarlari ham hududlarga chiqadi.
A
holi va tadbirkorlarning elektr va gaz bilan bog‘liq masalalari o‘rganilib,
mas’ullarga yil yakunigacha va kelasi yilda amalga oshiradigan ishlari aniq ko‘rsatiladi. Mazkur ishlar uchun mablag‘ manbalari ham belgilab beriladi.
Elektr va gaz hisobini yuritish, tarmoqdagi yo‘qotishlar va debitor qarzdorlikni keskin kamaytirish imkoniyatlari
joyida ko‘rsatib beriladi.
Davlatimiz rahbari
viloyat va tumanlardagi elektr hamda gaz ta’minoti rahbarlarining “ko‘zini ochish”, ularni natija uchun ishlash uchun mas’uliyatini oshirish
zarurligini ta’kidladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

July 27, 11:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yig‘ilishda
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
masalalari ham ko‘rib chiqildi. Hozir
tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan 1 ming 916 ta mahalla
mavjud.
Mas’ullarga uch oyda
ushbu mahallalardagi isitish tizimini elektrga o‘tkazish uchun qancha infratuzilma va qo‘shimcha elektr energiyasi talab etilishini hisob-kitob qilish
topshirildi.
Birinchi navbatda
moliyalashtirish talab etiladigan mahallalar bo‘yicha alohida dastur
ishlab chiqiladi.
Bugungi kunda
3 million 700 ming xonadon suyultirilgan gazdan
foydalanmoqda. So‘nggi yillarda mazkur tizim raqamlashtirilib, ancha tartibga keltirilgan bo‘lsa-da,
gazni o‘z vaqtida yetkazish muammosi to‘liq hal etilmagan.
Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektorni jalb etish
va
buni Andijon viloyatidan boshlash
taklifi ma’qullandi.
Facebook
|
Instagram
|
X

July 27, 11:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari
iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun
barcha sohalarda, xususan,
energetikada zamonaviy kadrlar zarurligini
ta’kidladi.
Hozir
25 ta texnika oliygohida bu yo‘nalishda yiliga 5,5 ming mutaxassis
tayyorlanmoqda.
“Ochig‘i,
ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun
bitiruvchining ishga kirishib ketishiga 2-3 yil ketyapti

,
– dedi Prezidentimiz.
Mas’ullarga bir oyda
oliygohlardagi yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq yangilash
topshirildi. 1-sentabrgacha
laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslashtirish
boshlanadi.
Yangi o‘quv yilidan
3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’limga qamrab olinadi.
Chunki kelgusi 2-3 yilda
quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo‘nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Shirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga tayyorlamoqda.
Yangi o‘quv yilidan
Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham ushbu tajriba joriy etiladi.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
X

July 27, 11:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Barcha hududlarda deyarli bir xil tarmoq bo‘lgani bilan
ayrim tumanlar yaxshi ishlayotgani, boshqalarida esa doim avariya sodir bo‘layotgani
ko‘rsatib o‘tildi. Bu t
alab nazorat va intizomning har xilligi
bilan bog‘liq.
Energetika vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlaridagi rahbarlarda ijro va mas’uliyat yetishmayotgani
tanqid qilindi. Shu bois,
odamlar ham, tadbirkorlar ham tizimga mas’ul rahbarlarning hozirgi ishidan mutlaqo norozi.
“Takror aytaman:
tizimdagi har bir rahbarning qilayotgan ishi, eng avvalo, odamlarning hayotida, turmush tarzida sezilishi, tadbirkorlarning mushkulini oson qilishi kerak

,
– dedi davlatimiz rahbari.
Har yili
yoz va qishda o‘nlab podstansiyalarda avariya bo‘lib, yuzlab transformatorlar yonib ketmoqda.
Iyun-iyul oylarining o‘zida
4 mingga yaqin avariya
sodir bo‘lib,
aholi va tadbirkorlar 8-10 soatgacha elektrsiz qolgan.
So‘nggi besh yilda
Shirin shahri, Yangihayot, Yakkasaroy va Ohangaron tumanida
elektr iste’moli 2 karradan ziyod oshgan. Biroq
mas’ullar va hokimlar tarmoqlarning bunday yuklamani ko‘tara olmasligini oldindan hisobga olmagan.
Prezidentimiz
har bir uzilish tadbirkorlar va iqtisodiyotga qancha zarar keltirgani hisoblab chiqilmaganini
tanqid qildi. Hokimlar
energiya iste’moli balansini aniq bilmagani uchun milliardlab mablag‘ havoga ketayotganini
ko‘rsatib o‘tdi.
Facebook
|
Instagram
|
X