
SHOFIRKON YOSHLARI
🏆
SHOFIRKONLIK SPORTCHIMIZ — G‘OLIB!
Shofirkon tumanining
Quyi Chuqurak MFYdagi 33-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Ahadova Nasiba
yengil atletikaning
koptokcha uloqtirish
yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli
1-o‘rinni
egalladi!
🥇
Nasiba maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va murabbiyi
Nurov Shavkat To‘rayevich
qo‘l ostida yengil atletika bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
👏
G‘olibamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Nasibaga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi rekordlar va yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Shofirkon yoshlari — yurtimiz faxri!
🇺🇿
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
📱
Youtube
🌍
Murojaat bot
🇺🇿
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI SHOFIRKON TUMANIDA
Bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash natijadorligini o‘rganish bo‘yicha
Respublika ishchi guruhi
tomonidan Shofirkon tumanidagi
Zarchabek mahallasi
hamda
tuman shtabi faoliyati
o‘rganildi.
Shuningdek,
yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
va belgilangan vazifalar ijrosi ko‘zdan kechirildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
📱
Youtube
🌍
Murojaat bot
Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimizni tantanali kutib oldik
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldik.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan sportchilar, murabbiylar va ota-onalar mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, yuksak g‘alabalarga erishgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
@alisher_sadullaev
145 ta medal! Osiyoda kuchli uchlikdamiz!
Yaponiyadagi Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz yana bir tarix yozdi.
45 ta
oltin,
49 ta
kumush,
51 ta
bronza! Jami
145 ta medal
bilan O‘zbekiston 45 ta davlat va hudud delegatsiyasi qatnashgan musobaqada
3-o‘rinni
egalladi.
Para Osiyo o‘yinlari
tarixida ilk bor kuchli uchlikka
kirdik. Bungacha eng yuqori natijamiz 2014-yilda qayd etilgan
5-o‘rin
edi. Bu safar sportchilarimiz medallar soni va sifati bo‘yicha ham
yangi rekord
o‘rnatdi.
Barcha sportchilarimizni, murabbiylar va delegatsiya a’zolarini tarixiy natija bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlar barchamizga katta quvonch ulashdingiz.
Barakalla, chempionlar!
@alisher_sadullaev
"Assalom Buxoro"
dasturida 2026-yil 3-chorak yakuni boʻyicha
TOP-100 ga
kirgan Shofirkon tumani “Tinchlik” mahalla yoshlar yetakchisi Mirali Otamurodov mehmon boʻldi.
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
🇺🇿
ALIFBOMIZ TAKOMILLAŞTIRILDI
Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni
imzoladilar.
Yillar davomida bahsga sabab bölgan masalaga nihoyat aniqlik kiritildi. Endi yozuvimizdagi noqulayliklar bartaraf etilib, tilimizning
raqamli makondagi
örni mustahkamlanadi.
Nima özgaradi?
Alifboga tözatilgan harflar kiritildi:
O’ →
Ö
· G’ →
Ğ
· Sh →
Ş
· Ch →
Ç
Barça hujjatlarni almaştiriş şartmi?
Yöq.
Amaldagi hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi. Darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç yangilanadi — xarajatlar eng kam darajada.
21-oktyabr —
Özbek tili bayrami
kunida qabul qilingan bu qonun ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlar savodxonligi va tilimiz mavqeyini yuksaltirişga xizmat qiladi.
Barçangizni Özbek tili bayrami bilan tabriklaymiz!
💙
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt
🇺🇿
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami
!
Dunyoda har ikki haftada bir til yo‘qolib bormoqda. Til yo‘qolsa, xalqning asrlik xotirasi va tajribasi ham yo‘qoladi. O‘zbek tili esa millionlab insonlar uchun muloqot vositasi, tariximiz va o‘zligimiz ifodasidir.
2019-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi, 2020-yilda esa tegishli qonun qabul qilindi. Shundan buyon tilimiz nufuzini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
• “
Yoshlar uchun ming kitob
” loyihasida 100 dan ortiq asar tanlandi, 47 tasi nashr etilib, 140 ming nusxada kutubxona va OTMlarga yetkazildi. Loyiha 30 mingdan ortiq yoshni qamrab oldi.
• “
WikiMarafon
” orqali o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar 2022-yildagi 140 mingdan 367 mingga yetdi, o‘zbek tili jahon reytingida 60-o‘rindan 39-o‘ringa ko‘tarildi. Maqolalar yiliga 300 million marta ko‘rilmoqda.
•
“
Ibrat farzandlari
”
loyihasidagi o‘zbek tili darslari 2,3 million marta ko‘rildi,
LearnUzbek.ai
platformasidan 105 mingdan ortiq kishi foydalanmoqda. Ibrat Academy ilovasida esa 22 ta xorijiy til o‘zbek tili orqali o‘rgatilyapti.
•
“
Bek va Lola
” multfilmining 52 ta qismi 621 milliondan ortiq marta ko‘rildi, kunlik ko‘rishlar 4 milliondan oshdi.
• “
Gen AI Office
” o‘zbek tilida 500 dan ortiq media mahsulot yaratdi, ular so‘nggi 30 kunda 200 milliondan ortiq marta ko‘rildi.
• “
Kitobxonlik jamg‘armasi
”
tanlovlarida 418 nafar ijodkor ishtirok etdi, iste’dodli mualliflarga 3,4 milliard so‘m mukofot berildi.
•
“
Oltin ovozlar
”
loyihasi doirasida O‘zbekistondagi ilk professional dublyaj maktabi tashkil etilmoqda.
O‘zbek tilidagi texnologik startaplar ham “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilmoqda:
•
“
NavAI startapi
”
jamg‘armadan 80 ming dollar investitsiya jalb qildi. O‘zbek nutqini eng aniq taniydigan tizim sifatida 100 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqni qayta ishladi, GSMA M360 Eurasia tanlovida 1-o‘rinni egalladi va President Tech Award’da 50 ming dollar grant yutdi.
•
“
Tilmoch AI startapi
“ 2025-yilda jamg‘armadan 50 ming dollar sarmoya oldi va AQSh, MDH hamda Markaziy Osiyo bozoriga chiqdi. Bugun uning oylik daromadi 20 ming dollardan oshadi.
Bugun o‘zbek tilida
60 milliondan ortiq
inson so‘zlashadi, u
50 dan ortiq
xorijiy ta’lim muassasasida o‘qitiladi. 2025-yilda Oksford universitetida o‘zbek tili bo‘yicha bepul kurs ochildi.
Bu miqyos tilimizning iqtisodiy imkoniyatlarini ham ko‘rsatadi. O‘zbek tilida sifatli video, onlayn kurs, kitob, mobil ilova va startaplar yaratish orqali keng auditoriyaga chiqish mumkin. Har bir yangi tarjima, maqola va raqamli mahsulot tilimiz imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yoshlarni ona tilimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga, o‘zbek tilida yangi bilim yaratishga va ijod qilishga chaqiraman. Ajdodlarimiz qoldirgan merosni asrash va yangi yutuqlar bilan boyitish bizning zimmamizda.
Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!
#OnaTilimFaxrim
#21Oktabr
@alisher_sadullaev
Til — millat g‘ururi va abadiy merosi!
21-oktabr — ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan tarixiy sana.
Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti talabalari barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ona tilimiz — faxrimiz, g‘ururimiz va kelajagimiz!
#jonajon_tilim
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
🇺🇿
21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUBORAK!
Til — millatning ruhi, xalqning ma’naviy boyligi va milliy o‘zligimiz timsolidir. Ona tilimiz — ajdodlarimizdan qolgan bebaho meros, qalbimizdagi g‘urur va kelajagimiz poydevoridir.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!
Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, uning sofligini asrash, boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish va kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
O‘zbek tilimiz doimo barhayot, qadri baland, nufuzi yuksak bo‘lsin!
#jonajon_tilim
Bizning sahifalarimiz:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
DIQQAT!!! DIQQAT !!! DIQQAT!!!
Hurmatli fuqarolar. Ushbu havola orqali kirib
"APK QO'RIQCHI"
ilovasini telefon qurilmangizga o‘rnatib oling.
Ushbu ilova Ichki Ishlar Vazirligi kiber xavfsizlik xodimlari tomonidan fuqarolarimizning kiberjinoyatlar qurboniga aylanib qolishini oldini olish maqsadida ishlab chiqarilgan bo‘lib, telefon apparatingizga xakkerlar tomonidan yuboriladigan turli xildagi xavfli
virusli' 'APK'
' fayllardan avtomatik tarzda himoya qiladi. Shunda sizning plastik kartangizdagi pullar o‘z-o‘zidan yo‘qolib qolmaydi, telefon qurilmangizdagi shaxsiy ma’lumotlar tarqalib ketishini oldi olinadi, shuningdek, Sizning telegramm profilingiz xakkerlar tomonidan o‘zlashtirib olinib boshqa yaqin tanishlaringizga virusli ilovalar yuborilmaydi.
O‘z himoyangiz o‘z qo‘lingizda, ilovani o‘rnating va boshqa tanishlaringizga xam ulashing!!!
Dasturni o‘rnatish uchun quyidagi havolani bosing.
👇
👇
👇
👇
👇
https://project.cybercontrol.uz/r/957fwd7x50zpp1fK8ortBw