
SHOFIRKON YOSHLARI
⚡️
III Butunjahon parashaxmat olimpiadasiga start berildi!
Samarqand viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi III Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi musobaqa mutlaq rekord bilan boshlanmoqda: unda jami 41 ta jamoa va 205 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Bu musobaqa tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Bunday nufuzli global tadbirning mamlakatimizda o‘tkazilayotgani yurtimizda inklyuziv sportni qo‘llab-quvvatlash va teng imkoniyatlar yaratishga berilayotgan e'tiborning yorqin isbotidir.
Barcha ishtirokchilarga chin dildan omad va yorqin g‘alabalar tilayman!
#Parashaxmat
#ChessOlympiad2026
#Uzbekistan
#Samarqand
@alisher_sadullaev
Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi Samarqandda
Joriy yilning
15-sentyabr
kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.
1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.
Batafsil ma’lumot —
turnirning rasmiy saytida
.
#ChessOlympiad2026
#Uzbekistan
@alisher_sadullaev
📣
Shofirkon tuman yoshlari diqqatiga!
🇺🇿
Yoshlar muammolarini o'rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo'llab quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Shofirkon tuman bo‘limi boshlig‘i S.Abdullayev belgilangan reja asosida mahallalarda sayyor qabullar oʻtkazmoqda.
📆
Jumladan, ushbu reja asosida 10-sentabr kuni soat 10:00 da "Bobur" MFY binosida yoshlar bilan sayyor qabul boʻlib oʻtadi.
Manzil: Shofirkon tumani “Bobur” MFY
📝
Taklif va tashabbuslari, murojaatlari mavjud Shofirkonlik yoshlarni ushbu qabulga taklif etamiz.
📞
Murojaat uchun tel: +998880816200
Yoshlar ishlari agentligi Shofirkon tuman bo‘limi axborot xizmati
📢
SHOFIRKONLIKLAR UCHUN AJОYIB YANGILIK!
🇷🇺
🇺🇿
Rossiya Federatsiyasining
Tumen shahridagi “EVRAKOR” AO korxonasiga
ishga taklif qilamiz!
👷♂️
Quyidagi kasblar bo‘yicha ish o‘rinlari mavjud:
1️⃣
Elektrchilar —
2000–2500 $
2️⃣
Montajchilar —
2000 $
3️⃣
Mashinist (koshа ustanovkasi) —
1800 $
4️⃣
Payvandchilar —
1700 $
5️⃣
Mashinist (trubokladchik) —
1800 $
6️⃣
Mashinist (elektrostansiya oldi yurituvchi) —
2000 $
✅
Talablar:
🔹
18–45 yoshdagi erkaklar
🔹
Rossiyada rasmiy ishga joylashish
🔹
Sudlanganlar qabul qilinmaydi
🔹
Rus tilini bilish darajasi bilan ishga kirish
📞
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 90 510-11-35
+998 65 221-27-54
+998 88 081-58-00
📍
Manzil:
Buxoro shahri, Namozgoh ko‘chasi, 103-uy.
🔥
Shofirkonliklar uchun ajoyib imkoniyat!
Rossiyada
rasmiy va munosib daromadli ish
izlayotgan yurtdoshlarimiz ushbu imkoniyatdan foydalaning!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — yaqinlaringizga ham ulashing!
🇺🇿
🤝
🇷🇺
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
📱
Youtube
🌍
Murojaat bot
130 million so‘mgacha ssuda (foizsiz qarz) qanday olsa bo'ladi
👉
VIDEOni
ko'ring
To'liq ma'lumot
Ko'mak
#Live
Yig‘ilish so’ngida umumta’lim maktablari direktorlarining fikr-mulohazalari, mavjud muammo va takliflari tinglandi.
#LIVE
Bitiruvchilar bandligi, ta’lim sifati va rahbarlar mas’uliyati tanqidiy muhokama qilinmoqda
Ayni damda Shofirkon tumani hokimi o’rinbosari Valijon Jo’raqulov raisligida o‘tkazilayotgan tanqidiy yig‘ilishda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularning keyingi ta’lim bosqichiga yo‘naltirilishi, maktablardagi ta’lim sifati, pedagoglar salohiyati hamda rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy o‘quv yilida tumandagi
1 678 nafar bitiruvchining 1 088 nafari oliy ta’lim muassasalariga
o‘qishga kirgan. Shundan
730 nafari davlat, 348 nafari nodavlat hamda 10 nafari xorijiy OTMlarga
qabul qilingan. Shuningdek,
247 nafar bitiruvchi texnikumlarga yo‘naltirilgan, 65 nafari ish bilan ta’minlangan, 231 nafari o‘zini o‘zi band qilgan, 11 nafari xorijga ketgan
, ayni paytda
34 nafar bitiruvchining bandligini ta’minlash masalasi dolzarbligicha qolmoqda
.
Yig‘ilishda tuman hokimi o’rinbosari tomonidan ta’lim tizimidagi natijadorlikni oshirish bo‘yicha qator qat’iy vazifalar belgilab berildi. Xususan, ko‘rsatkichlari keskin pasaygan maktablar faoliyatini chuqur tahlil qilish,
10 kun muddatda manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish
, natijasi past maktab direktorlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish va hisobot berish tartibini kuchaytirish topshirildi.
Shuningdek, OTMga kirish, pedagoglar attestatsiyasi, milliy va xalqaro sertifikatlar hamda fan olimpiadalari natijalarini
maktablar faoliyatini baholovchi yagona indikatorlar tizimiga birlashtirish
, o‘quvchilarning bilim darajasi va diagnostik test natijalarini har chorakda tahlil qilib borish zarurligi ta’kidlandi.
Tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilarining sertifikat olishi bo‘yicha
aniq muddat va mas’ullarni belgilash
, maktab rahbarlari faoliyatini baholashda tadbirlar soniga emas, balki
real ta’lim natijalari va o‘quvchilar bilimiga asosiy mezon sifatida qarash
lozimligi qayd etildi.
Tuman hokimi o’rinbosari tomonidan ta’lim natijadorligi keskin pasaygan, xizmat vazifalariga loqayd munosabatda bo‘lgan maktab rahbarlari bo‘yicha amaldagi qonunchilik doirasida
intizomiy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga tegishli takliflar kiritish
vazifasi ham qo‘yildi.
“Har bir maktab rahbarining faoliyati uning o‘quvchilari erishayotgan real natija bilan baholanishi kerak. Ta’limdagi sustkashlikka va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilmaydi”,
—
deya ta’kidlandi yig‘ilishda.
Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati
#LIVE
Fan olimpiadalari natijalari muhokama qilindi
Fan olimpiadalari bo‘yicha jami
2 584 nafar o‘quvchi
ishtirok etgan bo‘lib, tuman miqyosidagi o‘rtacha natija
19,78 ballni
tashkil etgan.
Ayrim maktablarda esa ko‘rsatkichlar tuman o‘rtacha natijasidan ancha past. Jumladan,
32-maktabda — 15,3 ball
,
53-maktabda — 15,2 ball
,
40-maktabda — 15,1 ball
qayd etilib, ushbu maktablar tumandagi eng past natijalarni ko‘rsatgan.
Mazkur holat iqtidorli o‘quvchilarni erta aniqlash, ularni fan olimpiadalariga maqsadli tayyorlash, yuqori salohiyatli pedagoglarni biriktirish va mashg‘ulotlarni tizimli tashkil etish borasida qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatadi.
Shu bois, har bir maktab kesimida
aniq natija ko‘rsatkichlari, mas’ul pedagoglar, tayyorgarlik muddatlari va kutilayotgan natijalar
belgilangan alohida dasturlar ishlab chiqilishi lozim.
Asosiy vazifa — iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash tizimini kuchaytirish, ularning fan olimpiadalaridagi ishtiroki va natijadorligini oshirish hamda past ko‘rsatkich qayd etilgan maktablarda manzilli ishlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati