Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yoshlar ovozi

yoshlarovozi
✅ “Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali 🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin • www.yoshlarovozi.uz
Subscribers
2 828
24 hours
-9
30 days
-47
Post views
398
ER
14,07%
Posts (30d)
31
Characters in post
708
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 27, 13:59
Media unavailable
2
Show in Telegram

❗️
Kelasi yildan Prezident Olimpiadasi gʻolib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi
🥇
1- oʻrin sohiblariga —
25 million;
🥈
2- oʻrin uchun —
12 million;
🥉
3- oʻrin uchun —
6 million soʻm
beriladi.
Shuningdek, olimpiadada gʻolib boʻlib,
Oʻzbekiston rekordini
yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yoʻnalishlariga
imtihonsiz, davlat granti asosida
qabul qilinadi.
Kelgusi yildan Prezident olimpiadasi gʻoliblariga
1 yillik stipendiya
berish boshlanadi.
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

October 27, 07:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Bakalavriatni bitirgan hamshira va tibbiyot og‘asiga 1,5 million so‘m ustama toʻlanadi
– Qancha zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng so‘nggi uskunalarni olib bermaylik,
malakali xodimlarsiz natija bo‘lmaydi,
– dedi Prezidentimiz.
Bugun
11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming shifokor
tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvchilarning hammasi ham ishga kirgan
birinchi kundan bemor bilan ishlashga tayyor emas.
Shu bois,
kadrlar tayyorlash klinik amaliyot bilan bog‘lanadi.
Kelasi yildan talabalar
haftada uch kun bemor bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa oxirgi o‘quv yilida to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyot o‘taydi.
Bakalavriatni bitirgan
hamshira va tibbiyot og‘asiga 1,5 million so‘m, magistraturani tugatganlarga 2,5 million so‘m qo‘shimcha ustama
to‘lanadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million so‘m
bo‘ladi.
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

October 26, 05:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚩
“Ichimdagi firibgar” – Imposter sindromi
Ba’zida o‘zingizni “Men bu muvaffaqiyatga loyiq emasman” deb his qilganmisiz? Yoki imtihonda yaxshi baho olsangiz ham, uni faqat omad deb o‘ylaganmisiz? Bu holat imposter sindromi deb ataladi – o‘z yutuqlarini qadrlay olmaslik va doimiy ravishda o‘ziga shubha bilan qarash.
Bugungi kunda “imposter sindromi” atamasi ruhiy salomatlik, o‘zini anglash, shaxsiy muvaffaqiyat va ijtimoiy bosim haqida gap ketganda ko‘p eslatiladi. Biroq bu tushuncha birdaniga paydo bo‘lmagan — uning ortida ilmiy kuzatuv, ijtimoiy kontekst, va ayollarning jamiyatdagi o‘rniga oid chuqur tahlil yotadi.
Batafsil:
https://yoshlarovozi.uz/oz/news/imposter
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

October 22, 12:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

#dolzarb_mavzu
‼️
Yoshlarda identitet inqirozi: Zamonga ergashib, oʻzlikni unutyapmizmi?
U har kuni doʻstlari bilan inglizcha so‘zlashadi, TikTok’da koreyscha uslubdagi liboslarda raqs tushadi, turk taomlari jon-u dili. Ammo bayramlarda milliy libos kiyish unga erish tuyiladi, xalqona ohangdagi qo‘shiqdan uyaladi. “Eskilik” va “zamonaviylik” o‘rtasida hayron. U – bugungi yosh...
G‘arbcha hayot tarzi va o‘zbekona qadriyatlar orasida sarson, o‘zini axtarayotgan, tomonini topa olmayotgan avlodni bir narsa doim oʻylantiradi: “Agar men zamonaviy bo‘lsam, millatga xiyonat qilayotgan bo‘lamanmi?” yoki “Milliyligimni saqlab, zamonaviy jamiyatda o‘z o‘rnimni topa olamanmi?”
Milliylik va zamonaviylik o‘rtasida muvozanat topish bugungi avlod uchun oddiy tanlov emas, balki doimiy ichki tortishuvdir. Ular kim bo‘lishni istaydi? Zamonaviy dunyoga mos, lekin milliy ildizlardan uzilmagan shaxsmi? Yoki global standartlarga to‘liq moslashgan, biroq o‘zligini yo‘qotgan insonmi?
Psixolog va madaniyatshunoslar bu holatni “identitet konflikt” deb ataydi. Bu inson o‘zini turli madaniyatlar, qadriyatlar va jamiyat talablari o‘rtasida oʻzligi yo‘qolayotgandek his qiladigan jarayon.
Batafsil:
https://yoshlarovozi.uz/oz/news/identitet-inqirozi
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

October 22, 05:09
Media unavailable
3
Show in Telegram

📌
Dabdabasiz to‘y qilgan o‘zbekistonlik yoshlar
O‘zbekistonlik yangi turmush qurgan juftlik to‘y marosimini hashamatli to‘yxonada emas, balki oddiy kafeda nishonladi. Marosimga faqat eng yaqin insonlari taklif etildi.
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

October 21, 08:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Rasman: Alifbodagi kamchiliklar bartaraf etildi — Prezident qonunni imzoladi!
Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan Qonunni imzoladi.
Alifbodagi 4 ta harfning yozilishi takomillashtirildi:
O‘ → Ö
G‘ → Ğ
Sh → Ş
Ch → Ç
Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi. Ular yaroqlilik muddati tugagach, o‘z kuchini yo‘qotgach yoki navbatdagi yangilanish jarayonida yangi alifboga moslashtirib boriladi. Ya’ni o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich va tabiiy kechadi. Qonunda barcha jihatlar inobatga olingan.
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

October 21, 04:11

Yoshlar ovozi
pinned a photo

October 21, 04:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

#bepul_obuna
🔴
“Yoshlar ovozi” gazetasining 2026-yil 21-oktabrdagi 30-sonini taqdim etamiz:
✔️
Respublika ishchi guruhi Qashqadaryoda
✔️
Xalqimizning bebaho boyligi
✔️
Obodliklar uchun unutilmas yil
✔️
Haydovchilik guvohnomasi: Imtihon narxlari asoslimi?
✔️
Erta nikoh: toʻyga shoshilmang, kelajakni tanlang!
🔖
Yuklab olish
✏️
Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni
@yoshlarovozigazetasibot
ga yozib qoldirishingiz mumkin!
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

October 20, 05:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

#yetakchi_tajribasi
📌
1 017 ta taqdir va men
Imkoniyatni men ko‘rsataman, eshikni yoshlarning o‘zi ochadi
Har bir kasbning o‘z mas’uliyati, o‘ziga yarasha sharafi bor. Men esa bundan to‘rt yil avval mahalladagi yoshlar yetakchisi bo‘lishdek mas’uliyatni tanladim. Mutaxassisligim pedagogika bilan bog‘liq bo‘lgani uchun yoshlar bilan ishlash men uchun avvaldan qiziqarli edi. Ammo yetakchilik faoliyati menga bu kasb oddiygina lavozim emasligini, yoshlarning chinakam hamsuhbati, do‘sti va yordamchisi bo‘lish kerakligini anglatdi.
Bugun men faoliyat yuritayotgan Qiziltepa tumanidagi G‘amxo‘r mahallasida 2 408 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 1 017 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar. 14–30 yoshdagi 585 nafar yoshning 290 nafari xotin-qizlar. Ular bilan ishlash katta mas’uliyat talab qiladi.
Batafsil:
https://yoshlarovozi.uz/oz/news/1-017-ta-taqdir
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

October 19, 05:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

#foydali
📣
Rezyume – ish topishda ilk imtihon
Yaqinda bo‘sh ish o‘rniga xodim qidirilayotgani haqida e’lon berdik. Rezyumelar yog‘ildi. Ammo ba’zilar rezyume o‘rniga “salom” deb yozib yuborgan, boshqalari esa bemalol “rezyume nima?” deb so‘radi...
Rezyumelarda esa xatolar o‘nlab edi. Shunda oʻylab qoldim, balki ba’zi yoshlar rezyume yozishni “qiyin” deb o‘ylashar, balki oddiygina – nima yozishni, qayerdan boshlashni bilishmas.
Rezyume – ish topish yo‘lidagi eng birinchi “salom-alik”. Lekin bu salom ko‘pincha shunday chiqadi: “Salom, menman. Bilasizmi, men juda ajoyibman, lekin buni qog‘ozda tushuntirish biroz qiyin”.
Yoshlar ko‘p hollarda rezyumeni oddiy bir majburiyat deb ko‘rishadi. “Tarjimai holimni yozaman, bolalikdan boshlab hozirgacha nima qilganimni bir varaqga joylayman, bo‘ldi”, deb o‘ylashadi. Aslida esa rezyume — bu sizning reklamangiz. Qanday ta’sir qoldirsangiz, shunday qabul qilinasiz. Ammo afsuski, ko‘pchilik bu imkoniyatni “5-sinfda maktab sahnasida qo‘shiq aytganman” kabi faktlar bilan to‘ldirib, boy berib qo‘yadi.
Xullas, yaxshi rezyume yozish san’atini o‘rganmay turib, ish qidirib, eshik qoqish biroz erta bo‘lishi mumkin. Keling, endi yoshlar aynan qayerda adashayotganini ko‘rib chiqamiz.
Batafsil:
https://yoshlarovozi.uz/oz/news/rezyume-ish-topishda-ilk-imtihon
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi