Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Yoshlar ovozi

yoshlarovozi
✅ “Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali 🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin • www.yoshlarovozi.uz
Подписчики
2 895
24 часа
-10
30 дней
-150
Просмотры
497
ER
17,17%
Посты (30д)
31
Символов в посте
693
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 12, 05:34
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔴
Talabalar kontraktni qachongacha to‘lashi kerak?
Oliy ta’limda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar yillik kontrakt summasini bir yo‘la to‘lashlari shart emas. Amaldagi tartibga ko‘ra, to‘lovni o‘quv yili davomida to‘rt qismga bo‘lib amalga oshirish mumkin.
Birinchi kursga o‘qishga tavsiya etilgan talabalar kontrakt summasining kamida 25 foizini 15-sentabrgacha to‘lashi kerak. Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun dastlabki 25 foizlik to‘lov muddati 1-oktabrgacha etib belgilangan.
🔊
Keyingi to‘lovlar esa quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
– 50 foiz – 1-yanvargacha;
– 75 foiz – 1-martgacha;
– 100 foiz – 1-maygacha.
Belgilangan muddatlarni uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Birinchi kurs talabalari uchun dastlabki to‘lov muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga, boshqa holatlarda esa OTM rektoriga berilgan. Masalan, 2025/2026-o‘quv yilida birinchi kurs talabalari uchun dastlabki 25 foizlik to‘lov muddati 30-oktabrgacha uzaytirilgan edi.
🔴
Super kontrakt asosida o‘qishga kirganlar ham kontraktni bo‘lib to‘lashi mumkin. Biroq bunda dastlab kontrakt summasining 50 foizini to‘lash talab etiladi, qolgan summa esa umumiy tartibda bo‘lib to‘lanadi.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari kontrakt miqdori va to‘lov muddatlarini mustaqil belgilashi mumkin.
Joriy yilda oliy ta’limning birinchi va yuqori bosqichlariga qabul qilingan talabalar kontrakt to‘lovi bo‘yicha
kontrakt.edu.uz
orqali ariza yuborishi mumkin.
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

September 11, 06:15
Файлы недоступны
8
1
Открыть в Telegram

☄️
“Amaliyot ofisi”ning 2-mavsumi yakunlandi
Mahalla yoshlar yetakchilari uchun tashkil etilgan “Amaliyot ofisi” loyihasining 2-mavsumi yakunlandi.
Loyihada 14 ta hududdan saralab olingan 28 nafar yoshlar yetakchisi 14 kun davomida Yoshlar ishlari agentligining markaziy apparati bo‘limlari va loyihalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, amaliy bilim va tajriba orttirdi.
Yakuniy tadbirda ishtirokchilar amaliyot davomida erishgan natijalari, taklif va tashabbuslarini taqdim etdi. Shuningdek, mahalla yoshlari hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan loyihalar namoyish etildi.
Dastur yakunida ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

September 11, 04:33
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#dolzarb
🔴
Bitiruvchilar necha kunda ish topadi?
Universitetni bitirish ko‘pchilik uchun katta marradek ko‘rinadi. Ammo diplom qo‘lga tekkanidan keyin yana bir muhim bosqich boshlanadi – ish topish.
Ish topish tezligi qaysi yo‘nalishda diplom olinganiga ham bog‘liq. Tadqiqotda eng tez ish topayotganlar pedagogik yo‘nalishlar bitiruvchilari bo‘lib, ularga o‘rtacha 2 oy 4 kun kerak. Humanitar fanlar bitiruvchilari esa o‘rtacha 2 oy 9 kunda birinchi ishiga ega bo‘lmoqda. Ya’ni bu yo‘nalishlarda diplomdan mehnat bozoriga o‘tish nisbatan tez kechyapti.
Birinchi ishni izlashning eng uzoq muddati yuridik yo‘nalishlar bitiruvchilarida qayd etilgan – o‘rtacha 4 oy 20 kun. Mehnatni muhofaza qilish va gigiyena sohasi bitiruvchilariga esa 4 oy 19 kun kerak. Ijtimoiy ta’minot yo‘nalishi bitiruvchilari o‘rtacha 4 oy 5 kun ish izlaydi.
Batafsil:
https://yoshlarovozi.uz/oz/news/ish-topadi
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

September 10, 16:52
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

⚡️
Parashaxmat olimpiadasi boshlanmoqda
10–28-sentabr kunlari O‘zbekistonda shaxmat olami uchun muhim va nufuzli tadbirlar — 46-Jahon shaxmat olimpiadasi, nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi III shaxmat paralimpiadasi hamda 97-FIDE Kongressi o‘tkazilmoqda.
Bugun esa nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi III shaxmat paralimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqalarning O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani mamlakatda shaxmat sportini rivojlantirish, xususan, inklyuziv sportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tiborning ifodasidir.
Joriy yilgi Parashaxmat olimpiadasida 41 ta jamoa ishtirok etmoqda. Bu Parashaxmat olimpiadalari tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Taqqoslash uchun, Belgrad-2023 musobaqasida 26 ta, Ostona-2024 musobaqasida esa 34 ta jamoa ishtirok etgan.
Shuningdek , ushbu olimpiadada jami 205 nafar shaxmatchi, jumladan, 150 nafar erkak va 46 nafar ayol shaxmatchi qatnashmoqda.
🔥
Barcha ishtirokchilarga yangi g‘alabalar, yorqin uchrashuvlar va unutilmas taassurotlar tilaymiz!
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

September 09, 03:15

Yoshlar ovozi
pinned a photo

September 09, 03:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#bepul_obuna
🗞
“Yoshlar ovozi” gazetasining 2026-yil 9-sentabrdagi 24-sonini taqdim etamiz:


Shuhrat”li yetakchi

Subsidiya: Aslida kimga foyda?

Ish koʻp, mutaxassis yoʻq: Dunyoga qaysi kasb egalari kerak?

Maktabda dars taqsimoti masalasiga qonuniy yechim bor
🔖
Yuklab olish
✏️
Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni
@yoshlarovozigazetasibot
ga yozib qoldirishingiz mumkin!
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

September 07, 10:10

Yoshlar ovozi
pinned a photo

September 07, 10:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#mahorat_maktabi
⚡️
“Mahorat maktabi” boshlanmoqda
Xabaringiz bor, “Yoshlar ovozi” tahririyatida “Mahorat maktabi” loyihasi oʻtkazib kelinadi. Aksariyat bitiruvchilarimiz bugun o‘z ish o‘rniga ega. Tez orada loyihaning yangi mavsumi uchun saralash boshlanadi.
Mahorat darslari
2 oy
davomida
o‘z sohasining mutaxassislari
tomonidan o‘tiladi. Ushbu darslarda siz zamonaviy jurnalistika talablari bo‘lgan:
▪️
tahliliy, tanqidiy maqolalar yozish;
▪️
mavzu tanlash, faktlar bilan ishlash;
▪️
axborot olish;
▪️
tahrir;
▪️
fotografiya;
▪️
notiqlik sanʼati;
▪️
video olish va montaj kabi eng muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
Aytgancha, darslarimiz mutlaqo
bepul!
Yakunda
maxsus sertifikatlar
kutib turibdi.
📝
Ro‘yxatdan o‘tish uchun
@
yoshlarovozigazetasibot
manziliga murojaat qiling
.
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

September 07, 03:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📣
Biohaking: Insoniyat oʻzini qayta yarata oladimi?
Biohaking va zamonaviy biotexnologiyalar tarixida inson imkoniyatlarini kengaytirishga uringan, katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan bir qancha tajribalar bor.
Ulardan biri – Timoti Braun (“Berlin bemori”) holati.
U ildiz hujayralari terapiyasi va o‘ziga xos genetik xususiyatga ega donor hujayralari yordamida OIV (OITS) kasalligidan to‘liq tuzalgan dunyodagi birinchi inson sifatida tarixga kirdi. Bu voqea olimlar va biohakerlarning regenerativ tibbiyot hamda genetik davolash imkoniyatlariga qiziqishini yanada oshirdi.
Batafsil:
https://yoshlarovozi.uz/oz/news/biohaking
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi

September 04, 07:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📌
O‘zbekistonliklar uchun 8 sentabrgacha 114 ta davlat muzeyiga kirish bepul bo‘ladi
O‘zbekistonda 2-sentabrdan 8-sentabrgacha har yili o‘tkaziladigan Muzeylar haftaligi davom etmoqda.
Madaniy meros agentligi ma’lumotiga ko‘ra, shu davr mobaynida agentlik tizimidagi barcha 114 ta davlat muzeyiga, jumladan, muzey-qo‘riqxonalar va uy-muzeylarga kirish bepul bo‘ladi. Haftalik xorijiy sayyohlarga tatbiq etilmaydi.
«Ushbu haftalik tarix, san’at va milliy merosimiz bilan yaqindan tanishish, noyob eksponatlar va qadimiy yodgorliklar haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat», — deyiladi agentlik xabarida.
Bizning manzil:
https://t.me/yoshlarovozi