
Yurist Imomniyozov
Va’daga vafo, deganlaridek...
Bir necha kun avval aliment masalasiga jamiyatimizda munosabat qanday ekanini bilish uchun sizlar bilan kichik ijtimoiy so‘rov o‘tkazgan va uning natijalari asosida maqola tayyorlashni
va’da qilgan edik.
Va’da qilingan maqola tayyor. Unda so‘rov natijalarini huquqiy tahlil bilan birlashtirishga harakat qildik.
“Bugun aliment to‘layman, ertaga bolangdan undiraman”: bu gapdan qo‘rqish kerakmi?
Maqola sizlarga manzur bo‘ladi, eng asosiysi, aliment bilan bog‘liq ayrim noto‘g‘ri qarashlarga oydinlik kiritadi, degan umiddamiz.
🔄
Matnni lotin yoki kirillga o‘girish kerakmi?
👉
lotin.okina.uz
— matnni tez va qulay o‘giring.
🤖
@okinauz
\_bot
— botga shunchaki
matn tashlang yoki fayl yuboring
, qolganini botning o‘zi darhol bajaradi.
⚡️
Tez. Oson. Bepul.
Elektrdagi yo‘qotish: kim to‘laydi?
Tadbirkor o‘z mablag‘iga 10 km elektr tarmog‘i tortib, transformator o‘rnatgan. Ammo elektr haqini hisoblashda transformator va liniyadagi yo‘qotishlardan tashqari yana
7 foiz
qo‘shilmoqda.
Bu 7 foiz nimaning haqi?
Tarmoqdagi yo‘qotish kimning zimmasida bo‘lishi kerak? Bir xil yo‘qotish ikki marta hisoblanmayaptimi?
👉
Yangi maqolamizda ushbu masalani amaldagi qonunchilik asosida tahlil qildik.
Kuryer va ofitsiant “xodim”mi yoki “xizmat ko‘rsatuvchi”?
Kafe va restoranlarda kuryer, ofitsiant hamda boshqa xodimlarni mehnat shartnomasisiz yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlatiladi. Natijada ularga tungi vaqt va qo‘shimcha ishlagan soatlari uchun haq to‘lanmay qolmaydi.
Masalan, talaba soatiga 11 ming so‘mdan, soat 19:00 dan 04:00 gacha ishlagan. Face ID tizimida 15–31-iyul kunlari jami 208 soat ishlagani qayd etilgan. Oddiy hisobning o‘zida unga 2 288 000 so‘m to‘lanishi kerak edi, biroq atigi 1 mln so‘m berilgan.
Bu holatda, avvalo, munosabatning huquqiy shakli aniqlanadi.
Agar mehnat shartnomasi asosida ishlagan bo‘lsa:
·
Mehnat kodeksining 189-moddasiga ko‘ra, belgilangan ish vaqtidan ortiq ishlash ish vaqtidan tashqari ish hisoblanadi;
·
190-moddaga ko‘ra, ish beruvchi qo‘shimcha ishlangan vaqtni aniq hisobga olishi shart;
·
262-moddaga ko‘ra, bir kundagi dastlabki ikki qo‘shimcha soat uchun kamida 1,5 hissa, undan ortiq vaqt uchun kamida 2 hissa haq to‘lanadi;
·
22:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi va 264-moddaga muvofiq bu soatlarning har biri uchun kamida 1,5 baravar haq to‘lanadi.
Demak, 19:00 dan 04:00 gacha ishlagan xodimga oddiy soatbay haqning o‘zi yetarli emas. Tungi va qo‘shimcha ish uchun oshirilgan to‘lovlar ham hisoblanishi kerak.
Agar fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilgan bo‘lsa:
Haq shartnomada belgilangan xizmat yoki ish natijasiga qarab to‘lanadi, Mehnat kodeksidagi tungi va qo‘shimcha ish uchun kafolatlar bevosita qo‘llanilmaydi.
Lekin shartnoma nomi hal qiluvchi emas. Agar shaxs:
·
belgilangan smenada ishlagan;
·
ichki tartib va rahbar ko‘rsatmalariga bo‘ysungan;
·
ishni shaxsan va muntazam bajargan;
·
Face ID orqali kelib-ketishi nazorat qilingan;
·
bajarilgan ish natijasi uchun emas, soatiga haq olgan bo‘lsa, bunday munosabat amalda mehnat munosabati bo‘lishi mumkin.
Mehnat kodeksining 33-moddasiga ko‘ra, fuqarolik-huquqiy shartnoma ortiga yashirilgan munosabat sud tomonidan mehnat munosabati deb e’tirof etilishi mumkin.
Xodim Face ID ma’lumotlari, smena jadvallari, yozishmalar, pul o‘tkazmalari, audioyozuvlar va guvohlar ko‘rsatmalarini saqlab, Davlat mehnat inspeksiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Kuryer yoki ofitsiantni “xizmat ko‘rsatuvchi” deb nomlash orqali uni mehnat kafolatlaridan mahrum qilib bo‘lmaydi. Munosabatning haqiqiy mazmuni shartnoma nomidan ustun turadi.
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
Fuqarolik huquqining dolzarb masalalari
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Omonboy Okyulov bilan suhbat.
To‘liq suhbatni ko‘rish...
_______________________
Актуальные вопросы гражданского права
Беседа с заслуженным юристом Республики Узбекистан, доктором юридических наук, профессором Ташкентского государственного юридического университета Омонбоем Окюловым.
Смотреть полную беседу...
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube
Qachon sud nikohdan ajratishda yarashish uchun 6 oy muhlat bermaydi?
Oila kodeksining 40-moddasiga ko‘ra, sud nikohdan ajratish ishida er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat berishi mumkin. Biroq oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs talab qilsa, sud yarashish uchun muhlat tayinlamaydi.
Buning uchun da’vo arizasida:
“Oila kodeksining 40-moddasiga asosan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs sifatida yarashish uchun muhlat tayinlamaslikni so‘rayman”,
degan talabni alohida ko‘rsatish lozim.
Sudga zo‘ravonlikni tasdiqlovchi quyidagi dalillar taqdim etilishi mumkin:
🔹
MJtKning 59²-moddasi bo‘yicha chiqarilgan sud qarori;
🔹
himoya orderi;
🔹
tibbiy ma’lumotnoma;
🔹
audio, video, yozishmalar hamda guvohlarning ko‘rsatmalari.
Oliy sud Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 6-son qarori 16-bandiga ko‘ra, sud oilaning batamom buzilgani va uni saqlab qolish imkoni yo‘qligini aniqlashi kerak. Zo‘ravonlik holati, uzoq muddat alohida yashash va oilani tiklash imkonsizligi bunga muhim dalil bo‘lishi mumkin.
Da’voga quyidagilar ilova qilinadi:
▪️
nikoh guvohnomasi;
▪️
MJtKning 59²-moddasi bo‘yicha sud qarori;
▪️
himoya orderi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar;
▪️
davlat boji to‘langanligi haqidagi hujjat.
Voyaga yetmagan farzand da’vogar bilan yashasa, da’voni o‘z yashash joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga berish mumkin.
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
Meros orqali o‘tgan uy va avtomobilni qanday rasmiylashtirish kerak?
Meros guvohnomasini olgan shaxs uy-joyni qaytadan kadastr qilishi, avtomobilni o‘z nomiga o‘tkazishi va kommunal xizmatlardagi abonent ma’lumotlarini yangilashi kerakmi?
1. Kvartirani boshqatdan kadastr qilish shartmi?
Yo‘q. Mulkdor meros tufayli o‘zgargani uchun kvartirani qaytadan o‘lchash yoki yangi kadastr yig‘majildi tayyorlash talab qilinmaydi.
Agar kvartiraning kadastr hujjatlari mavjud, maydoni, tuzilishi va chegaralari o‘zgarmagan bo‘lsa, faqat mulk huquqining meros qoldiruvchidan merosxo‘rga o‘tganligi davlat reyestrida qayd etiladi.
Fuqarolik kodeksining:
🔹
84-moddasiga
ko‘ra,
ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqning vujudga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak;
🔹
1146-moddasiga
ko‘ra,
merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosxo‘rning huquqini tasdiqlaydi.
“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunning:
▪️
6-moddasiga
ko‘ra,
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiy;
▪️
35-moddasiga
ko‘ra,
meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi notarial guvohnoma mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Notarius meros guvohnomasini rasmiylashtirish vaqtida ma’lumotlarni Kadastr organiga elektron shaklda yuborgan bo‘lishi mumkin. Shu sababli davlat reyestridan ko‘chirma olib, kvartira kimning nomida ekanini tekshirish lozim. Agar ko‘chirmada merosxo‘r mulkdor sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, yana kadastr qilish shart emas.
Agar huquq hali ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, meros guvohnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquq boshqa shaxsga o‘tgan kundan boshlab bir oy ichida murojaat qilinadi.
2. Qashqadaryodan turib rasmiylashtirish mumkinmi?
Ha. Kvartira Toshkent shahrida joylashgan bo‘lsa ham, mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:
·
my.gov.uz
portali;
· istalgan Davlat xizmatlari markazi;
· notarius orqali murojaat qilish mumkin.
Hujjatlar tegishli hududiy Kadastr organiga elektron shaklda yuboriladi. Shu sababli faqat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Toshkentga borish shart emas.
Qonunning
43-moddasiga
ko‘ra, hujjatlar kelib tushganidan keyin ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlari o‘n kun ichida amalga oshiriladi.
3. Avtomobilni o‘z nomiga o‘tkazish kerakmi?
Ha. Meros guvohnomasida avtomobil merosxo‘rga o‘tganligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, uni o‘n kun ichida YHXXning transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmasida o‘z nomiga qayta rasmiylashtirish kerak.
Bunda meros guvohnomasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat va avtomobil hujjatlari talab qilinadi. Avtomobilni ko‘rikdan o‘tkazish zarurati mavjudligi sababli jarayonni to‘liq masofadan turib amalga oshirib bo‘lmasligi mumkin.
4. Kommunal xizmatlarni ham o‘z nomiga o‘tkazish kerakmi?
Ha. Mulk huquqi davlat reyestrida qayd etilgach, elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi, chiqindi, issiqlik ta’minoti va uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotidagi abonent ma’lumotlari yangi mulkdor nomiga o‘tkaziladi.
Bu kvartirani qaytadan kadastr qilish degani emas. Kommunal tashkilotlarda faqat xizmat iste’molchisi haqidagi ma’lumotlar yangilanadi. Ayrim xizmatlardan masofadan foydalanish, qolgan ishlarni esa Toshkentdagi vakilga notarial ishonchnoma berish orqali amalga oshirish mumkin.
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
My.gov.uz
’dan kelgan uy-joy bahosi haqidagi xabarni e’tiborsiz qoldirmang!
Prezidentning 2025-yil 5-martdagi PF–43-son Farmoniga asosan ko‘chmas mulk obyektlarini bozor narxiga yaqin qiymatda ommaviy baholash tizimi joriy etilgan edi. Dastlabki bosqich 2025–2026-yillarda Toshkent shahrida tajriba tariqasida o‘tkazilmoqda.
2026-yil 5-sentabr kuni mulkdorlarga
my.gov.uz
ilovasi orqali ko‘chmas mulkining ommaviy baholash natijasi yuborildi.
Bu xabarni e’tiborsiz qoldirmang. Chunki baholangan qiymat kelgusida:
🔹
mol-mulk va yer solig‘ini hisoblashda;
🔹
uy-joyni sotish yoki sotib olishda;
🔹
ko‘chmas mulkni garovga qo‘yishda;
🔹
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda kompensatsiya miqdorini aniqlashda ahamiyatga ega.
Noto‘g‘ri baholangan qiymat keyinchalik soliq yoki oldi-sotdi jarayonida nizolarni keltirib chiqarishi ehtimoli bor.
Shuning uchun
my.gov.uz
ilovasidagi xabarnomani ochib, ko‘chmas mulkingizning manzili, maydoni, turi va baholangan qiymatini tekshiring. Natijaga rozi bo‘lmasangiz, shu xizmat orqali uni qayta ko‘rib chiqish uchun e’tiroz yuborishingiz mumkin.
👉
Baholash natijasini ko‘rish va e’tiroz bildirish
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
📚
Ilmiy jurnalingizni professional yo‘lga qo‘ying!
✅
OJS asosida zamonaviy
jurnal veb-sayti
✅
Crossref
tizimiga ulash va
DOI
olish
✅
Maqolalarni
Google Scholar
indeksatsiyasiga tayyorlash
✅
ISSN
olish bo‘yicha ko‘mak
✅
OAV guvohnomasi
olish
✅
Ilmiy jurnalni tashkil etish bo‘yicha to‘liq xizmat
🌐
jurnal-konsalting.uz
📲
Telegram:
@jurnalkonsalting
Avgust oyida daftar tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lanadimi?
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 4-bandiga ko‘ra, umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga:
🔹
sinfdagi o‘quvchilar soniga qarab sinf rahbarligi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 26,4 foizdan 52,8 foizgacha;
🔹
daftarlar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun 8,8 yoki 17,6 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Biroq mazkur bandda alohida qoida belgilangan: o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytganidan keyin yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar ularga
daftarlar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaydi
.
Shu sababli avgust oyida, mehnat ta’tilidan qaytgan sanadan yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar daftar tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq hisoblanmagan bo‘lsa, bu qonuniy hisoblanadi.
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt