
Yurist Imomniyozov
O‘z hisobidan ta’til olgan xodim dekret puli ololmaydimi?
Xodimning ish haqi saqlanmaydigan ta’tilga chiqqani homiladorlik va tug‘ish nafaqasini rad etish uchun asos bo‘lmaydi.
Mehnat kodeksining 404-moddasi
ga ko‘ra,
ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun va tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun, tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilganda esa 70 kalendar kun ta’til berilib, qonunchilikda belgilangan miqdorda nafaqa to‘lanadi.
MKning 215 va 241-moddalari
ga muvofiq,
ish haqi saqlanmaydigan ta’til davrida xodimning ish o‘rni va lavozimi saqlanadi. Demak, o‘z hisobidan ta’tilga chiqish mehnat shartnomasini va mehnat munosabatlarini bekor qilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga 4-ilovada tasdiqlangan nizomning 7-bandiga ko‘ra, nafaqa olish uchun:
🔹
kamida 10 oy sug‘urta staji;
🔹
dekret boshlangan oydan oldingi so‘nggi olti oyda uzluksiz sug‘urta staji mavjud bo‘lishi kerak.
Mehnat shartnomasi saqlangan holda ish haqi to‘lanmagan davrlar sug‘urta stajining uzilishiga olib kelmaydi. O‘z hisobidan ta’til davri alohida sug‘urta oyi sifatida hisoblanmasligi mumkin, ammo xodimning oldingi sug‘urta stajini “kuydirmaydi”.
Masalan, xodim 2024-yil sentabrdan ishlab, 2026-yil mayda o‘z hisobidan ta’til olgan va 2026-yil sentabrda dekretga chiqqan bo‘lsa, uning mehnat shartnomasi bekor qilinmagan taqdirda nafaqani faqat may oyida ish haqi bo‘lmaganligi sababli rad etish qonuniy emas. Sug‘urta staji 10 oydan 24 oygacha bo‘lsa, nafaqa o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi miqdorida hisoblanadi.
Nafaqa rad etilsa, yozma qarorni talab qilish, YaMMTda mehnat shartnomasi va ta’til buyrug‘i, soliq tizimida esa ish haqi ma’lumotlari to‘g‘ri kiritilganini tekshirish kerak. Shundan so‘ng Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, shuningdek tuman adliya bo‘limiga yozma shikoyat qilish mumkin.
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
32 MILLION SO‘MLIK ISH HAQI NIZOSI: SUD ISH BERUVCHINING VAJLARINI ASOSLI DEB TOPDI
Bo‘lim boshlig‘ining ruxsati bilan ishga kirganlik mehnat munosabatlari vujudga kelganini tasdiqlaydimi?
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudida ish beruvchi manfaatlarini himoya qilgan navbatdagi mehnat nizosini muvaffaqiyatli yakunladik.
Mazkur ishda Davlat mehnat inspeksiyasi fuqaro manfaatini ko‘zlab, korxonadan
32 million so‘m ish haqi undirish
to‘g‘risida sudga da’vo kiritgan.
Da’vogarning vajiga ko‘ra, u korxona bo‘lim boshlig‘ining ruxsati asosida ishga qabul qilingan, biroq unga tegishli ish haqi to‘lanmagan.
Sud muhokamasida ish beruvchi manfaatlarini himoya qilib, quyidagi holatlarni asoslab berdik:
🔹
Korxona ustaviga muvofiq, xodimlarni ishga qabul qilish vakolati faqat direktorga tegishli bo‘lib, bo‘lim boshlig‘i bunday vakolatga ega emas.
🔹
Da’vogarning ishga qabul qilish haqidagi arizasi belgilangan tartibda kadrlar bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.
🔹
Taraflar o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilmagan, ishga qabul qilish tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan.
🔹
Da’vogarga oid mehnat munosabatlari Yagona milliy mehnat tizimida (YaMMT) qayd etilmagan.
🔹
Da’vogar o‘z talablarini, jumladan, ish haqi undirish uchun asos bo‘ladigan holatlarni yetarli dalillar bilan tasdiqlay olmagan.
Nizoning asosiy huquqiy masalasi Mehnat kodeksining 128-moddasini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘ldi.
Mazkur normaga ko‘ra,
vakolatli shaxs tomonidan yoki uning ruxsati bilan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish mehnat munosabatlarini yuzaga keltirishi mumkin
. Vakolatsiz shaxs tomonidan ishga qo‘yilgan taqdirda ham haqiqatda bajarilgan ish uchun haq to‘lash majburiyati yuzaga kelishi mumkin.
Shu sababli nizoni hal qilishda nafaqat ishga qabul qilish vakolati, balki
da’vogarning haqiqatda ish bajargani va undirilishi talab etilayotgan ish haqining asoslari
ham isbotlanishi lozim edi.
Sud ish davomida bildirilgan huquqiy vajlarimizni inobatga oldi va ish beruvchining pozitsiyasiga qo‘shilib, da’voni qanoatlantirmadi.
Mazkur sud ishi shuni ko‘rsatdiki, mehnat nizolarida ishga qabul qilish vakolatining mavjudligi, mehnat munosabatlarining vujudga kelish asoslari hamda da’vo talablarining dalillar bilan tasdiqlanganligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
⚖️
Yuristpro — huquqiy himoya va sud amaliyoti.
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
CHQBT rahbarlarining farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi nega ishlamayapti?
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori
bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan farzandlariga
bazaviy to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi
miqdorida chegirma berish belgilangan.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 2-bandiga ko‘ra:
pedagog – ta’lim tashkilotida qonunchilikka muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilgan lavozimda kasbiy faoliyat yurituvchi shaxs.
Demak, 30 foizlik chegirmani olish uchun ikkita mezon bir vaqtda mavjud bo‘lishi kerak:
– xodim ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ishlashi;
– uning lavozimi Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi.
Adliya vazirligida 3849-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatining 452-pozitsiyasida
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari”
pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozim sifatida aniq ko‘rsatilgan. Shunday ekan, CHQBT rahbarining lavozimi bo‘yicha hech qanday huquqiy noaniqlik yo‘q: ushbu lavozim 501-son qaror qo‘llanadigan lavozimlar jumlasiga kiradi.
Buni Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori ham tasdiqlaydi. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 38-bandiga ko‘ra, CHQBT rahbarining pedagogik ish stajiga Qurolli Kuchlar tizimida o‘tagan haqiqiy harbiy xizmat muddati qo‘shiladi. Nizomning 39-bandida esa CHQBT rahbarlariga ta’lim muassasalaridagi boshqa fan o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar tatbiq etilishi belgilangan.
Biroq
kontrakt.edu.uz
tizimida ayrim arizalar:
“Otangizning ish joyi – Mudofaa ishlari bo‘limi chegirma beriladigan tashkilotlar ro‘yxatida yo‘q”,
degan sabab bilan rad etilmoqda.
Bu yerda tizim xodimning lavozimini emas, uning mehnat tizimida ko‘rsatilgan ish beruvchisini asos qilib olmoqda. Ya’ni CHQBT rahbari pedagogik lavozimda faoliyat yuritayotgani tan olinmoqda, ammo ish beruvchi sifatida Mudofaa ishlari bo‘limi ko‘rsatilgani sababli imtiyoz qo‘llanmayapti.
CHQBT rahbarlarining ish beruvchisi Mudofaa vazirligi tizimidagi mudofaa ishlari bo‘limi bo‘lishi mumkin. Bunday holatda 501-son qarorning so‘zma-so‘z talqini bo‘yicha muammo yuzaga keladi. Chunki xodimning lavozimi tegishli ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa-da, uning ish beruvchisi ta’lim tashkiloti hisoblanmaydi.
Ayni vaqtda 591-son qarorning 39-bandi CHQBT rahbarlariga boshqa fan o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan
barcha imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar
tatbiq etilishini belgilagan. Shu sababli faqat ish haqi Mudofaa vazirligi tizimi orqali to‘lanayotgani yoki ish beruvchi sifatida Mudofaa ishlari bo‘limi ekanligi vajidan 30 foizlik chegirmani rad etish ushbu kafolatning mazmuniga mos kelmaydi.
Demak, “CHQBT rahbarlariga 30 foizlik chegirma umuman berilmaydi” degan xulosa noto‘g‘ri. CHQBT rahbari:
– pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilgan;
– uning faoliyati pedagogik faoliyat sifatida e’tirof etilgan;
– unga boshqa fan o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar tatbiq etilishi belgilangan.
Muammo CHQBT rahbarining pedagogik maqomida emas, 501-son qarorda imtiyozni ta’lim tashkilotida tuzilgan mehnat shartnomasiga bog‘lab qo‘yilgani hamda elektron tizimda Mudofaa ishlari bo‘limlari chegirma qo‘llanadigan tashkilotlar qatoriga kiritilmaganidadir.
Shu sababli ta’lim muassasasida CHQBT fanidan pedagogik faoliyat yuritayotgan, ammo shtat Mudofaa vazirligi tizimida qayd etilgan CHQBT rahbarlari ham 30 foizlik chegirmadan foydalanishi uchun 501-son qarorga aniqlik kiritilishi yoki platformadagi tekshirish mezonlari 591-son qarorning 39-bandiga muvofiqlashtirilishi kerak.
Qonunchilik bir tomondan CHQBT rahbariga boshqa o‘qituvchilarning barcha imtiyozlarini berib, ikkinchi tomondan elektron tizim orqali ushbu imtiyozdan foydalanishni cheklab qo‘ymasligi lozim.
➡️
@yurist_imomniyozov
Psixologlar farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasi bormi?
Bu masalada turli normativ-huquqiy hujjatlarda “pedagog” tushunchasi bir xil qo‘llanilmagani sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori
da maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar alohida guruhlarga ajratilgan.
Unga ko‘ra, psixolog pedagog xodim emas, balki
mutaxassis xodim
hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori
da ham umumta’lim maktablarining ta’lim sifati natijalariga qarab ustama oladigan pedagog kadrlar doirasida psixologlar nazarda tutilmagan.
Biroq pedagoglar farzandlariga kontrakt bo‘yicha 30 foizlik chegirma berishda boshqa – maxsus qoida amal qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori
bilan tasdiqlangan nizomda:
pedagog – ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilgan lavozimda kasbiy faoliyat yurituvchi shaxs,
deb belgilangan.
Mazkur qaror pedagog maqomini aniqlashda bevosita Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga havola qilmoqda.
Adliya vazirligida 3849-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ushbu ro‘yxatning:
🔹
298-pozitsiyasida –
“Ta’lim tashkilotlari psixologi”
;
🔹
449-pozitsiyasida –
“Ta’lim sohasi psixologi, sport psixologi”
lavozimlari keltirilgan.
Demak, ta’lim tashkilotida psixolog lavozimida asosiy ish joyi bo‘yicha mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxs Vazirlar Mahkamasining 501-son qarori doirasida pedagog hisoblanadi.
Shuning uchun uning farzandi qarorda belgilangan boshqa shartlarga ham javob bersa, davlat oliy ta’lim tashkiloti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bazaviy kontrakt summasiga 30 foizlik chegirmadan foydalanishi mumkin.
Bu yerda muhim jihat shundaki, psixolog barcha mehnat va ta’lim munosabatlarida pedagog deb e’tirof etilmaydi. U faqat 501-son qarorda pedagog maqomini aniqlash uchun tegishli ro‘yxatga havola qilinganligi sababli
aynan 30 foizlik kontrakt chegirmasi munosabatida pedagog hisoblanadi
. Ushbu qoida boshqa ustama, toifa, attestatsiya yoki mehnatga haq to‘lash munosabatlariga bevosita tatbiq etilmaydi.
Chunki:
🔹
VM 867-son qaror bo‘yicha psixolog – mutaxassis xodim;
🔹
VM 263-son qaror bo‘yicha psixolog pedagoglar uchun belgilangan ustama subyekti emas.
Bu holat to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy kolliziyadan ko‘ra, normativ hujjatlarda “pedagog” tushunchasi doirasining
turlicha belgilanganini
ko‘rsatadi. Har bir qarorda bir xil atamaning boshqa-boshqa mazmunda qo‘llanishi fuqarolarni ham, ta’lim tashkilotlari va elektron platformalarni ham chalg‘itmoqda.
Shu sababli pedagog, mutaxassis xodim va pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar tushunchalarini qonunchilikda birxillashtirish, umumiy mezonlarni belgilash hamda alohida imtiyoz yoki ustama uchun istisno mavjud bo‘lsa, uni hujjatda ochiq ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
Peshlavha reklama emas: maqolada ko‘tarilgan muammo qonunchilikda yechim topdi
2026-yil 29-aprelda
Kun.uz
saytida e’lon qilingan
“Peshlavha – reklama emas. Mojaroga kengroq nazar”
nomli maqolamizda tadbirkorning o‘z faoliyat joyida o‘rnatgan nomi, brendi va faoliyat turi haqidagi peshlavha reklama emas, balki uni identifikatsiya qiluvchi axborot ekanini ta’kidlagan edik. Shuningdek, peshlavha bilan reklamani ajratishning aniq mezonlarini qonunchilikda belgilashni taklif qilgan edik.
Oradan qariyb olti oy o‘tib, mazkur masala qonunchilik darajasida o‘z yechimini topdi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 563-son qarori 1-ilovasining 34-bandi bilan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori yangi 10¹-band bilan to‘ldirildi.
Qaror 2026-yil 15-oktabrdan kuchga kirdi.
Yangi qoidaga ko‘ra,
tadbirkorlik subyekti o‘zi egallab turgan bino yoki inshootning tashqi tomonida joylashtirgan
quyidagi axborotlar tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi:
– tadbirkorlik subyektining nomi;
– uning faoliyat turi yoki ixtisosligi;
– firma nomi;
– tovar belgisi;
– xizmat ko‘rsatish belgisi.
Bunda peshlavha, axborot vositasi yoki konstruksiyasining
soni va o‘lchami ahamiyatga ega emas
. Mazkur axborot vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish ham talab qilinmaydi.
“Egallab turgan bino yoki inshoot”
deganda faqat tadbirkorning mulkidagi obyekt tushunilmaydi.
Tadbirkor bino yoki inshootdan ijara, tekin foydalanish yoxud boshqa qonuniy asosda foydalanayotgan bo‘lsa ham, mazkur qoida qo‘llanadi.
Avvalgi amaliyotda peshlavhaning maydoni 1 kvadrat metrdan oshgani uning tashqi reklama obyekti sifatida baholanishiga sabab bo‘layotgan edi. Natijada oddiy firma nomi yoki brend belgisi uchun ham reklama joyi pasportini olish va tegishli yig‘imlarni to‘lash talab qilinardi.
Yangi norma bu masalaga aniqlik kiritdi:
agar peshlavhada faqat tadbirkorning nomi, faoliyat turi, firma nomi, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisi aks ettirilgan bo‘lsa, uning katta o‘lchamda ekanligi yoki bir nechta joyda o‘rnatilgani uni reklamaga aylantirmaydi.
Biroq bu peshlavhalar endilikda hech qanday talabga bo‘ysunmaydi, degani emas.
Ularni joylashtirishda:
– bino mulkdorining roziligi;
– qurilish va texnik xavfsizlik talablari;
– shaharsozlik va arxitektura qoidalari;
– madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish talablari;
– tegishli hudud uchun tasdiqlangan dizayn-kod
saqlanib qoladi.
Yangi qaror peshlavhani aynan
tashqi reklama sifatida baholash
va unga reklama joyi pasportini talab qilish masalasini hal qildi.
Shuningdek, peshlavhada
“eng arzon”, “50 foiz chegirma”, “hoziroq xarid qiling”, “maxsus aksiya” kabi
iste’molchini mahsulot yoki xizmatga jalb qilishga qaratilgan tijoriy axborot joylashtirilsa, u oddiy identifikatsion peshlavha doirasidan chiqib,
reklama sifatida
baholanishi mumkin.
Demak, 2026-yil 15-oktabrdan boshlab vakolatli organlar firma nomi, faoliyat turi, tovar yoki xizmat ko‘rsatish belgisi aks etgan peshlavhani faqat uning o‘lchami 1 kvadrat metrdan kattaligi sababli tashqi reklama deb topishi va reklama joyi pasportini talab qilishi mumkin emas.
Maqolamizda ilgari surilgan asosiy g‘oya –
tadbirkorni identifikatsiya qiluvchi peshlavha reklama emasligi
haqidagi yondashuv endilikda normativ qoida sifatida mustahkamlandi.
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
Uyda yakka tartibda ta’lim bergan o‘qituvchiga sertifikat ustamasi to‘lanadimi?
Ayrim hollarda buxgalteriya uyda yakka tartibda o‘tilgan darslar uchun sertifikat ustamasi to‘lanmasligini aytmoqda. Bunday yondashuv amaldagi tartibga mos kelmaydi.
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (3271 ro‘yxat raqami)
ning 20-bandiga ko‘ra, uyda yakka tartibda mashg‘ulot olib borayotgan o‘qituvchiga taqsimlangan dars soatlari va ular bo‘yicha tarif stavkasi tarifikatsiya ro‘yxatiga kiritiladi.
Mazkur nizomning 23-bandida
esa
uyda yakka tartibda mashg‘ulot olib boradigan o‘qituvchiga haq to‘lash bazaviy tarif stavkasi hamda amalda o‘tilgan dars soatlaridan kelib chiqib hisoblanishi belgilangan. Bundan tashqari, bunday darslar uchun o‘qituvchining tarif stavkasiga qo‘shimcha ravishda oyiga 50 foiz to‘lov amalga oshiriladi.
Demak, uyda yakka tartibda o‘tiladigan darslar tarifikatsiyadan tashqaridagi yoki oddiy bir martalik xizmat emas. Ular o‘qituvchining tarifikatsiya ro‘yxatida alohida ko‘rsatiladigan va ish haqi hisoblanadigan dars soatlaridir.
“Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (3515 roʻyxat raqami)
ning 4-bobida
sertifikat ustamasi qo‘llanadigan umumta’lim fanlari va sertifikatlar belgilangan.
Ushbu bob izohining 8-bandiga ko‘ra,
o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha tegishli sertifikatga ega o‘qituvchilarga, shu jumladan soatbay, o‘rindosh va stajyor o‘qituvchilarga ham har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi nazarda tutilgan.
Mazkur hujjatda ustama faqat maktab binosida yoki sinfda o‘tilgan darslar uchun to‘lanishi haqida cheklov mavjud emas. Asosiy shartlar – sertifikat o‘qituvchi dars beradigan fanga mos bo‘lishi, 3515-son ro‘yxatda nazarda tutilgan eng kam darajaga javob berishi va amal qilish muddati tugamagan bo‘lishidir.
Shu sababli fan o‘qituvchisining uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga o‘tadigan darslari tarifikatsiyaga kiritilgan bo‘lsa, ushbu soatlar uchun ham sertifikat ustamasi hisoblanishi kerak.
Agar buxgalteriya uyda o‘tilgan darslar uchun sertifikat ustamasini hisoblamagan bo‘lsa, o‘qituvchi maktab direktoriga va markazlashgan hisobxonaga yozma ariza berib, tarifikatsiyaga kiritilgan soatlar bo‘yicha ish haqini qayta hisoblashni talab qilishi mumkin.
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
🇺🇿
Assalomu alaykum!
Sizdan
“Sun'iy intellekt: fuqarolik huquqiy muammolari va masalalari”
mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti doirasida o‘tkazilayotgan so‘rovnomada ishtirok etishingizni so‘raymiz.
So‘rovnomadan maqsad — mazkur masala yuzasidan fikr-mulohazalar, ilmiy qarashlar va takliflarni o‘rganish hamda tadqiqot doirasida tegishli ilmiy-amaliy xulosalarni shakllantirish.
Sizning fikringiz tadqiqot uchun juda muhim.
🔗
So‘rovnomada ishtirok etish:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc-FjRMkqQnt6VY-jvNQScLX1EOQmavZzWMcnoKp-xb8oy1yw/viewform?usp=header
Ish stajiga ega bo‘lmaganlarga pensiya beriladimi?
Ko‘pchilik pensiya yoshiga yetgan har bir fuqaro pensiya oladi, deb hisoblaydi. Aslida pensiya yoshiga yetishning o‘zi yetarli emas – qonunda belgilangan ish staji ham mavjud bo‘lishi kerak.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi
ga ko‘ra,
yoshga doir pensiya olish uchun:
🔹
erkak 60 yoshga to‘lgan va kamida 25 yil ish stajiga;
🔹
ayol 55 yoshga to‘lgan va kamida 20 yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak.
Agar ushbu staj to‘liq bo‘lmasa-chi?
Qonunning 8-moddasi
ga muvofiq,
fuqaroning kamida 7 yil pensiya staji mavjud bo‘lsa, unga bor stajiga mutanosib ravishda yoshga doir pensiya tayinlanadi.
Demak:
▪️
20 yil stajga ega ayolga – umumiy tartibda pensiya;
▪️
7 yildan 20 yilgacha stajga ega ayolga – bor stajiga mutanosib pensiya;
▪️
7 yildan kam stajga ega ayolga – yoshga doir pensiya tayinlanmaydi.
Bola tarbiyalagan davr stajga qo‘shiladimi?
Qonunning 37-moddasi
ga ko‘ra,
bola 3 yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrlar jami 6 yilgacha ish stajiga qo‘shilishi mumkin.
Biroq buning uchun fuqaroning mehnat, tadbirkorlik yoki ijtimoiy soliq to‘langan boshqa faoliyatdan kamida 7 yillik asosiy ish staji bo‘lishi kerak.
Masalan, ayol faqat 3 yil ishlagan bo‘lsa, bola parvarishlagan yillarni qo‘shib, uning stajini 7 yilga yetkazib bo‘lmaydi.
Shuningdek, 4 nafar farzandni voyaga yetkazganlikning o‘zi alohida pensiya imtiyozini bermaydi.
Pensiya tayinlanmasa, fuqaro umuman to‘lovsiz qoladimi?
Yo‘q. Pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir nafaqa beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori
ga muvofiq, yoshga doir nafaqa:
▪️
ayollarga 60 yoshdan;
▪️
erkaklarga 65 yoshdan;
▪️
bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor yoki bo‘lgan onalarga 55 yoshdan tayinlanadi.
2026-yil 1-iyuldan zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga
878 000 so‘m
etib belgilangan.
Nafaqa olish uchun Davlat xizmatlari markazi, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi yoki my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, 7 yildan kam ish stajiga ega shaxsga yoshga doir pensiya tayinlanmaydi. Bunday fuqaro qonunda belgilangan yoshga yetgach, pensiya emas, yoshga doir nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
Quruvchi bilan tuzilgan shartnomani boshqa shaxs nomiga o‘tkazish mumkinmi?
Uy-joy uchun pulni boshqa shaxs, masalan, ota-ona, aka-uka yoki tog‘a to‘lagan bo‘lishi mumkin. Biroq pulni kim to‘lagani shartnoma bo‘yicha huquq egasini o‘z-o‘zidan o‘zgartirmaydi. Quruvchi bilan tuzilgan shartnomada kim xaridor, buyurtmachi yoki ulushdor sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, huquq va majburiyatlar dastlab o‘sha shaxsga tegishli bo‘ladi.
Shartnomani boshqa shaxs nomiga o‘tkazish mumkin, lekin buning uchun, avvalo, shartnoma shartlarini o‘rganish zarur.
Agar shartnomada huquq va majburiyatlarni uchinchi shaxsga o‘tkazish uchun quruvchining
yozma roziligi
olinishi belgilangan bo‘lsa, bu talabga rioya qilish shart. Bunday vaziyatda shartnomani bir tomonlama ariza yoki o‘zaro tilxat bilan boshqa shaxs nomiga o‘tkazib bo‘lmaydi.
Fuqarolik kodeksining 313-moddasiga
ko‘ra,
shartnomadan kelib chiqadigan talab qilish huquqi boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin. Umumiy qoida bo‘yicha buning uchun qarzdorning roziligi talab qilinmaydi. Biroq qonun yoki shartnomada qarzdorning roziligi nazarda tutilgan bo‘lsa, huquqni o‘tkazishda ushbu talab bajarilishi kerak.
Masalan, quruvchi bilan tuzilgan shartnomada
“huquqlar faqat quruvchining yozma roziligi bilan boshqa shaxsga o‘tkaziladi”
degan shart mavjud bo‘lsa, quruvchining roziligisiz tuzilgan kelishuv shartnomaga zid hisoblanadi.
Agar yangi shaxsga faqat kvartirani talab qilish huquqi emas, balki shartnoma bo‘yicha majburiyatlar ham o‘tkazilsa
, Fuqarolik kodeksining 322-moddasi
qo‘llaniladi. Mazkur moddaga ko‘ra,
qarzni yoki majburiyatni boshqa shaxsga o‘tkazish faqat kreditorning, ya’ni bu holatda quruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Shu sababli eng maqbul tartib – dastlabki ishtirokchi, yangi ishtirokchi va quruvchi o‘rtasida uch tomonlama
qo‘shimcha kelishuv
tuzishdir. Unda:
– dastlabki ishtirokchining huquq va majburiyatlari yangi ishtirokchiga o‘tishi;
– yangi ishtirokchining ularni to‘liq qabul qilishi;
– dastlabki ishtirokchining shartnomaviy majburiyatlardan ozod qilinishi;
– kvartira, to‘langan summa va qolgan majburiyatlar;
– qo‘shimcha kelishuvning kuchga kirish sanasi aniq ko‘rsatilishi kerak.
Fuqarolik kodeksining 320-moddasi
ga ko‘ra,
talab qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish dastlabki bitim tuzilgan shaklda rasmiylashtiriladi. Demak, asosiy shartnoma yozma shaklda tuzilgan bo‘lsa, huquq va majburiyatlarni o‘tkazish haqidagi kelishuv ham yozma shaklda tuzilishi lozim.
Agar mulk huquqi hali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa, shartnoma shartlari va quruvchining roziligidan kelib chiqib, talab qilish huquqi hamda tegishli majburiyatlarni yangi ishtirokchiga o‘tkazish mumkin.
📲
Telegram
|
Instagram
|
Veb-sayt
Suhbat
“Mulk meniki” degan tushuncha huquqiy jihatdan nimani anglatadi? Mulkdor o‘z mol-mulki bilan istagan ishini qila oladimi? Mulk daxlsizligi mutlaqmi yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda mulkdorning huquqlari cheklanishi mumkinmi?
Ushbu suhbatda mulk huquqining mazmuni, egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish vakolatlari, mulk huquqining daxlsizligi, mulkdorning majburiyatlari hamda ashyoviy huquqlar tizimi haqida gaplashamiz.
Shuningdek, faktik egalik va huquqiy titul o‘rtasidagi farq, mulk huquqi bilan boshqa ashyoviy huquqlarning nisbati, operativ boshqarish huquqi haqida suhbatlashdik.