Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Zamonaviy psixolog

zamonaviy_psixolog
Tabiat senga muhtoj bo'lganligi uchun ham seni yaratgan! Psixolog: Nigora IMOMOVA ✍🏼 📘 ✍🏼 "Ko'ngil Ka'balari"
Subscribers
1 326
24 hours
30 days
14
Post views
191
ER
14,4%
Posts (30d)
110
Characters in post
833
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
September 10, 15:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

HECH QACHON YALINMANG!
Ishda ham, ishqda ham.
Bir marta rad etishdimi —
ORQAGA QARAMANG!
O‘z-o‘zini hurmat qilish har qanday munosabat yoki lavozimdan ustun turadi.
@Zamonaviy_Psixolog

September 10, 14:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

BOLALIKDAGI JAROHATLAR KATTALIKDA...

Hammaga yoqishga urinadi
, chunki bir paytlar "sen yetarli emassan" degan hissi qalbiga singdirilgan.

Rad etilishdan qo‘rqadi,
chunki bolaligida mehrni shart bilan olgan.

Haddan ortiq rashk qiladi,
chunki bir vaqtlar o‘zini xavfsiz his qilmagan.

Hech kimga ishonolmaydi
, chunki bolalikda ishonchi sindirilgan.

O‘zini doim aybdor his qiladi
, garchi aybi bo‘lmasa ham.
Eng achinarlisi, ko‘pchilik o‘zidagi bu holatlarning ildizi bolalikdagi chandiqlar ekanini anglamaydi. Ular buni "xarakterim", deb o‘ylaydi.
Aslida esa, bu xarakter emas...
Bu —
davolanmagan qalbning ovozi.
O‘zingizni tushunishni boshlagan kuningiz, ichingizdagi yaralangan bolani ham davolashni boshlaysiz.
Ulg‘ayish pasportdagi yosh bilan emas, bolalikdagi og‘riqlarni kechirish va ulardan ozod bo‘lish bilan boshlanadi.
Har bir bola mehr, e'tibor va xavfsizlikka muhtojdir.
@Zamonaviy_Psixolog

September 10, 13:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

Eng ko‘p uchraydigan psixologik xatolar
-
Hamma uchun yashash
— Barchani rozi qilishga urinib, o‘zingizni unutish.
- O‘zingizni boshqalar bilan solishtirish
— O‘z qadringizni boshqalarning yutuqlari bilan o‘lchash.
-
Hamma narsani ichga yutish
— His-tuyg‘ularni doim bostirish.
-
Shaxsiy chegaralarni belgilay olmaslik
— "Yo‘q" deyolmaslik.
- Boshqalarning fikriga qaram bo‘lish
— O‘z baxtingizni o‘zgalarning bahosiga bog‘lash.
-
O‘tmishda yashash
— O‘zgarmaydigan voqealarni qo‘yib yuborolmaslik.
-
Kelajak haqida ortiqcha xavotirlanish
— Hali sodir bo‘lmagan voqealar uchun bugunni yo‘qotish.
-
O‘zingizni doim ayblash
— Har bir xatoni shaxsiy mag‘lubiyat deb qabul qilish.
-
Mukammallikka intilish
— "Ideal bo‘lishim kerak" degan bosim ostida yashash.
-
Barchasini nazorat qilishga urinish
— Nazorat qilib bo‘lmaydigan narsalarni ham boshqarishga intilish.
-
Yordam so‘rashdan uyalish
— Yolg‘iz kurashishni kuch deb bilish.
-
O‘zingizni qadrlamaslik
— O‘z qiymatingizni unutish.
-
O‘zingizni boshqalarga isbotlashga urinish
— Doim tasdiq va maqtov izlash.
-
Doim qurbon rolini tanlash
— Boshqalarning manfaatini o‘zingiznikidan ustun qo‘yish.
-
Har narsani shaxsiy qabul qilish
— Har bir gapni o‘zingizga qaratilgan deb o‘ylash.
-
Muammolardan qochish
— Yechim o‘rniga kechiktirishni tanlash.
-
Haddan tashqari o‘ylash (overthinking)
— Bir fikr atrofida aylanishdan charchash.
-
Kechirishni bilmaslik
— Gina va alamni yillar davomida ko‘tarib yurish.
-
O‘z ehtiyojlarini e'tiborsiz qoldirish
— Doim boshqalarga vaqt ajratib, o‘zingizni unutish.
-
Baxtni keyinga qoldirish
— "Bir kun baxtli bo‘laman" deb bugungi hayotni yashamay qo‘yish.
Psixologik xatolarni anglash — o‘zlikni tushunish va o‘sish uchun muhim
.
@Zamonaviy_Psixolog

September 10, 03:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qalbning asl kuchi sinovlarda bilinadi
Sabr
- qiyinchilikda;
Sahovat
- kamchilikda;
Sadoqat
- manfaatlar tugaganda;
Kamtarlik
- muvaffaqiyatda;
Adolat
- o‘zingnikilarda;
Xolislik
- hech kim rahmat aytmaydigan joyda;
Masʼuliyat
- hech kim nazorat qilmaganda;
Iymon
- duolar uzoq vaqt ijobat bo‘lmaganida sinaladi.
@Zamonaviy_Psixolog

September 10, 00:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

📖
QUR’ON SURALARI VA ULARNI O‘QISH FAZILATI
Qur’on — qalblarga shifo, hayotga hidoyat va ruhga taskindir. Har bir sura va oyatning o‘ziga xos mazmuni, ibrati va fazilati bor.
🌿
Fotiha surasi
«Ummul kitob» deb ataladi. Namozning har bir rak’atida o‘qiladi. Rasululloh ﷺ Fotiha surasini ruqya sifatida o‘qiganlar.
🌿
Baqara surasi
U o‘qilgan uyda shayton qochadi. Rasululloh ﷺ:
«Baqara surasi o‘qiladigan uydan shayton qochadi», deganlar.
🌿
Oyatal Kursiy
Baqara surasining 255-oyati. Uni namozlardan keyin o‘qishning ulkan fazilati bor. Uxlashdan oldin o‘qish ham sahih hadislarda kelgan.
🌿
Kahf surasi
Juma kuni Kahf surasini o‘qish fazilatli. Hadisda uni juma kuni o‘qigan kishiga ikki juma oralig‘ida nur berilishi zikr qilingan.
🌿
Mulk surasi
30 oyatdan iborat bu suraning ulug‘ fazilati bor. Hadisda u o‘z sohibini shafoat qilishi va mag‘firatga sabab bo‘lishi zikr qilingan.
🌿
Ixlos surasi
Bu sura Allohning yagonaligi va U Zotning buyukligini bayon qiladi. Rasululloh ﷺ Ixlos surasini Qur’onning uchdan biriga teng deb ta’riflaganlar.
🌿
Falaq va Nos suralari
Bu ikki sura «Mu’awwizatayn» deb ataladi. Rasululloh ﷺ ularni turli yomonliklardan panoh so‘rab o‘qiganlar. Ayniqsa, tongda va kechqurun o‘qish sunnat amallardandir.
🌿
Kofirun surasi
Tavhid va e’tiqodda qat’iyatni ifodalaydi. Rasululloh ﷺ uni ayrim namozlarda, jumladan bomdodning sunnatida va shomdan keyingi sunnatda o‘qiganlar.
🌿
Zalzala, Takosur, Asr va boshqa suralar
Har bir sura insonni tafakkurga, tavbaga, sabrga, oxiratni eslashga va Allohga yaqinlashishga chorlaydi.
🤲
Eng muhimi: Qur’onni faqat biror «muayyan muammo uchun muayyan sura» sifatida emas, balki Allohning kalomi sifatida sevib, tushunib va ixlos bilan o‘qishdir.
@Zamonaviy_Psixolog

September 09, 22:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qur’onning har bir harfi uchun savob bor. Rasululloh ﷺ: «Kim Allohning Kitobidan bir harf o‘qisa, unga bir hasana beriladi. Har bir hasana o‘n barobar ko‘paytiriladi», deganlar.
(Termiziy)
📿
Shunday ekan, bugun hech bo‘lmasa bir necha oyat o‘qing. Balki aynan o‘sha oyat qalbingizga taskin, hayotingizga nur va oxiratingizga najot sababchisi bo‘lar.
Qur’onni o‘qing. Uni tinglang. Uni tushuning. U bilan yashang.
@Zamonaviy_Psixolog

September 09, 12:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

NIYAT — ILOHIY MO‘JIZA...
Qalbingda doimo bir niyat yashaydi. Hech kim aytmagan, hech kim o‘rgatmagan, hatto o‘zing ham nega aynan shuni xohlayotganingni tushunmaydigan bir niyat...
Balki sen uni o‘zing o‘ylab topmagandirsan.
Aslida
,
u sen tomon kelayotgan nasibangning qalbingdagi ilk aks-sadosidir...
Ayrim narsalar avval hayotimizga emas, qalbimizga keladi... Avval niyat qilamiz.
Keyin uni orzu qilamiz.
So‘ng unga tomon qadam tashlaymiz. Va bir kun kelib, ortga qarab: “Demak, qalbimga bu niyat bekorga solinmagan ekan...” — deymiz.
Qalbingdagi go‘zal niyatlarni kichik sanama...
Sen hali ko‘rmagan eshiklar bor.Sen hali tanimagan insonlar bor
.
Sen hali bormagan joylar bor. Sen hali yashamagan go‘zal kunlar bor.
Va balki ularning barchasi hozir sen tomon kelayotgan yo‘lda...
Niyat qil.Duo qil.Sabrl qil. Harakat qil.
Unutma:
Alloh qalbingga solgan har bir go‘zal niyatning taqdiringda qanday hikmat bilan yozilganini sen hali bilmaysan.
Niyat — kelajakdan qalbimizga kelgan ilohiy ishoradir.
@Zamonaviy_Psixolog

September 09, 10:15
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🫥
HAVAS — qalbdagi yashirin chaqiriq
Hayotda yashar ekansan doimo kimgadir havas qilasan…
Kimningdir
hayot tarzi
ga,
kimningdir
ishini mukammal bajarishi
ga, kimningdir
so‘zlashish uslubi
ga, kimningdir
ilm
iga, kimningdir
sabr
iga, kimningdir
odobi
ga, kimningdir
kiyinish
iga, kimningdir
o‘ziga bo‘lgan ishonch
iga…
“Nega men ham shunday bo‘lolmayman?”
— degan ichingdan bir ovoz o‘tganini baʼzan o‘zing ham sezmay qolasan...
Balki bu shunchaki havas emasdir… Alloh sening yo‘lingga ayrim insonlarni bejizga uchratmaydi.
Qalbingda ayrim go‘zalliklarga havas uyg‘onishini ham bejizga solmaydi. Chunki sen havas qilayotgan narsa —
senda ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir fazilatning aks-sadosidir
.
Kimningdir ilmiga havas qilsang —
balki sening ham ilm olish vaqting kelgandir.
Kimningdir go‘zal muomalasiga havas qilsang — balki sen ham
qalbingni tarbiyalashing kerakdir.
Kimningdir mehnatiga havas qilsang — balki bu
seni harakatga chaqirayotgan ishoradir.
Kimningdir hayotiga havas qilsang — balki sening ham
hayotingda yangi sahifa ochilishi kerakdir.
Havas qilgan insoningni buguni — sening ertang bo‘lishi mumkin.
Balki Alloh qalbingga:
“Qara, sen ham shunday bo‘la olasan. Faqat harakat qil.”
,
degan umidni solayotgandir.
Havasni niyatga, niyatni duoga, duoni esa harakatga aylantir.
Chunki
qalbimizdagi havas —hali yashab ulgurmagan orzularimizning ovozidir.
@Zamonaviy_Psixolog

September 08, 19:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Тун қанчалик қоронғи бўлса, юлдузлар шунчалик ёрқинроқ бўлади...
Қайғу қанчалик чуқур бўлса, Худо шунчалик яқинроқ бўлади!
©
Фёдер Достоевский
📚
"Жиноят ва жазо"
@Zamonaviy_Psixolog

September 08, 10:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

Gapirish uslubingiz - mavqeingizni ko‘rsatadi
1. “Ruxsat berasizmi?” emas,
“Ijozatingiz bilan”.
2. “Nega telefon qilmading?” emas,
“Band edingiz, shekilli”.
3. “Xafa bo‘lmagin-u...” emas,
“Rostini aytaman”.
4. “Birinchi siz” emas,
“Marhamat, sizdan keyin”.
5. “Ayting” emas,
“Eshityapman”.
6. “O‘zingiz bilasiz” emas,
“Qaror qabul qilishni sizga topshirdim”.
7. “Menga ishoning” emas,
“Haqiqat shunday”
deng.
@Zamonaviy_Psixolog