
Zamonaviy psixolog
Tashvish, gʼam-u, kulfatlar - sabrgachadir,
Ayb-u nuqson, xatolar - jabrgachadir.
Mol-u davlat qolib ketar yarim yoʻlda,
Tinim bilmay chopganing - qabrgachadir...!
✍️
, Nurilloh Husan
@Zamonaviy_Psixolog
HAYOTINGIZDAGI HISSIY "CHIQINDILAR"NI TOZALANG
!
Har kuni uyingizni tozalaysiz...
Keraksiz buyumlarni tashlaysiz, changni artasiz, tartib o'rnatasiz.
Lekin bir lahza o'ylab ko'ring...
Qalbingizni oxirgi marta qachon tozaladingiz?
Yillar davomida yig'ilib qolgan alamlar, kechirilmagan xafagarchiliklar, aybdorlik hissi, o'zingizga nisbatan achinish, eskirib ketgan xotiralar...
Bularning barchasi qalbingizda keraksiz yuk bo'lib qolishi mumkin.
Hissiy "chiqindilar" ko'paygan sari, hayotdagi go'zal narsalarni his qilish qiyinlashadi.
Yangi baxt kirishi uchun ba'zan eski og'riqlarga yopishib olishni to'xtatish kerak.
Ba'zi insonlarni... Ba'zi xotiralarni... Ba'zi afsuslarni...
Shunchaki qo'yib yuborish kerak. Bu unutish emas -
o'zingizni azobdan ozod qilishdir.
Qalbingizni vaqti-vaqti bilan tozalab turing. Chunki toza qalbda nafaqat xotirjamlik, balki yangi orzular, yangi umidlar va chinakam baxt uchun ham joy topiladi.
@Zamonaviy_Psixolog
Tong!..
🌅
Kimlardir tunni bedor o‘tkazdi — kimdir dardiga malham izlab, kimdir yuragidagi sog‘inch bilan olishib, kimdir esa ko‘z yoshlarini hech kimga bildirmay, tongni qarshi oldi...
Kimlardir bugun ilk bor
ona
bo‘ldi — bir mo‘jiza dunyoga keldi,
bir yurakda cheksiz muhabbat uyg‘ondi.
Kimlardir esa ko‘zlarini ochishi bilan hayotini ostin-ustun qilgan noxush xabarni eshitdi... Kimningdir quvonchdan ko‘zlari porladi, kimningdir dunyosi bir zumda qorong‘ilashdi.
Kimdir bugun yangi umidlar bilan uyg‘ondi, kimdir
kechagi dardini bag‘riga bosib, yana yashashga kuch izladi...
Ammo tong otdi...
Quyosh hech kimdan hol so‘ramay, yana ufqdan bosh ko‘tardi.
Ko‘chalar jonlandi, eshiklar ochildi, qadamlar shoshildi... Hayot yana o‘z maromida oqishni boshladi.
Hayot — kimningdir quvonchi, kimningdir sinovi, kimningdir duosi, yana kimningdir so‘nggi umidi...
Biz esa ko‘pincha o‘z tashvishlarimiz bilan ovora bo‘lib, yonimizdagi inson qanday dardni ichiga yutayotganini bilmaymiz. Bir tabassum ortida qancha iztirob, bir sukut ortida qancha aytilmagan so‘z, birgina «Yaxshiman» ortida qancha ko‘z yoshlar yashiringanini sezmaymiz.
Zero, biz uchun oddiy boshlangan bu tong — kimdir uchun yillar davomida kutgan mo‘jiza, kimdir uchun esa hayotning eng og‘ir sinovi bo‘lishi mumkin.
Har yangi kun — yashash uchun yana bir imkon, shukr qilish uchun yana bir sabab, yaxshilik qilish uchun yana bir fursat...
@Zamonaviy_Psixolog
Сенда бор нарсалардан ҳам кам нарсага эга бўлиб, бахтли бўлган инсонлар бор. Балки, бахтсизлигингни сабаби қўлингдагиларнинг қийматини билмаслигингдадир?!
🔖
Сўзлер Кўшку.
@Zamonaviy_Psixolog
Bu dunyoda go‘zallik hamisha hokim.
Insonning ko‘zida, so‘zida, xulqida, hatto eng oddiy odimida ham go‘zallik yashaydi. Go‘zallik — bu faqat tashqi manzara emas, u qalbdan taralayotgan yorug‘likdir.
Kul. O‘yna. Yashna. Yashnat.
Chunki inson quvonch ulashgan sari baxti ko‘payadi. O‘zi porlagan sari boshqalarga ham nur beradi.
Hayot seni sinab ko‘rishi mumkin, lekin sen ichingdagi go‘zallikni asrasang — hech bir og‘irlik seni sindira olmaydi.
Atrofingdagilarga tabassum hadya qil, mayda boʻlsada yaxshiliklar qil, qalbingda samimiyatni ko‘paytir.
Avvalo,go‘zallikni ko‘rishni o‘rgan! Shundagina go‘zallikni yaratishni ham o‘rganib olasan.
Baxt — sen yaratgan go‘zalliklardan boshlanadi.
@Zamonaviy_Psixolog
Эй, юксак самога интилган одам,
Бир нақл йўлингга қутлуғ ғоядир
Ранжима, сира ҳам қанотим йўқ деб
Яхши амалларинг зинапоядир!
@Zamonaviy_Psixolog
Tun... Sukunat...Go'yo hamma narsa o'z o'rnini topgandek.
Ammo shunday qalblar borki, tashqarida tun hukm surayotgan bir paytda, ichida minglab o'ylar uyg'oq bo'ladi.
Kimdir sog'inchini yashiradi...
Kimdir ayta olmagan so'zlarini xayolida qayta-qayta takrorlaydi...Kimdir esa hech kim bilmaydigan dardini Allohga shivirlab aytadi.
Tun insonni yolg'iz qoldirmaydi
...U insonni o'zi bilan yuzlashtiradi.
Shunday ekan, bugun yostiqqa boshingizni qo'yishdan oldin qalbingizni yengillashtiring.
Kechiring...Shukr qiling...Duo qiling...
Chunki eng og'ir yuk — qalbda olib yurilgan yukdir.
Ba'zan birgina sokin tun, mingta nasihat aytolmagan haqiqatni qalbga anglatadi.
@Zamonaviy_Psixolog
Magʻlubdirman xoinlarning nazdida,
Yutqazganim - yutganimdir aslida!
Saddam Husayn
@Zamonaviy_psixolog
IRODA — INSONNING ICHKI KUCHI
Insonni yiqitadigan asosiy narsa -
taslim bo‘lish istagi
dir.
Iroda — charchaganingda ham davom etish...
Qo‘rqayotganingda ham bir qadam tashlash...
Ko‘ngling sinib turganida ham o‘zingni qo‘lga olish.
Hamma «bo‘lmaydi» degan paytda ichingdan: «Men harakat qilib ko‘raman» deya olishdir.
Sizning bugungi kichik qadamingiz ertangi katta g‘alabangizning boshlanishidir.
Insonning taqdirini uning irodasi o‘zgartiradi.
@Zamonaviy_Psixolog
Baxtli erkak qanday erkak?
Baxtli erkak
— bor narsasining qadriga yetadigan, qalbi xotirjam, vijdoni pok va hayotida mehrni his qiladigan erkakdir.
Baxtli erkak —
uyiga qaytganida uni tushunadigan, yutuqlaridan quvonadigan, kamchiliklarini yuziga solmay, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan insoni bor erkak.
Uning haqiqiy baxti — oilasida hurmat topishi, farzandlarining mehrini his qilishi, halol mehnati bilan ro‘zg‘or tebratishi va
kechasi boshini yostiqqa qo‘yganida ko‘ngli tinch bo‘lishidir.
Baxtli erkak - har doim g‘olib bo‘lishga urinmaydi, ba’zan kechirim so‘rashni ham biladi. O‘zini baland ko‘rsatish uchun boshqalarni pastga urmaydi. Chunki uning erkakligi boshqalardan ustunligida emas, o‘z nafsini boshqara olishida ko‘rinadi.
Eng muhimi, baxtli erkak — o‘zini kimningdir oldida isbotlashga majbur his qilmaydigan, sevilish uchun niqob taqmaydigan va hurmat qozonish uchun qo‘pollikka muhtoj bo‘lmagan erkakdir.
Zero, erkakning eng katta boyligi —
uni kutadigan uy, unga ishonadigan qalb, duosini qiladigan ota-ona, mehrini kutadigan farzandlar va Yaratganning roziligini umid qilib yashaydigan pok vijdonidir.
Erkakning haqiqiy baxti - hayotida nimalarni asrab qola olganidadir.
@Zamonaviy_Psixolog