Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ravshanbek Xonniyoz RavXon|

BimperiaUz

BimperiaUz, bu - Biznes va Tadbirkorlik rivojlanish olami
Bepul maslahat:
👉
http://raone.uz/maslahat
R. Xoniyozga Savol:
👉
@RavXon_bot
🆓
💸
Bepul onlayn biznes-ekskursiyaga ro'yxatdan o'ting:
https://raone.uz/business-ekskursiya

Подписчики
885
Просмотры
157
ER
17,72%
Посты
3 395
October 25, 01:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 24, 10:32

Assalomu alaykum hurmatli kasbdoshlar! Qozog‘istondagi yirik kompaniyalardan biri bilan shartnoma tuzib, biz jamoamiz bilan birga ularning biznesini optimallashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni boshladik. Bundan tashqari, men O‘zbekistondan bo‘lgan bir nechta kompaniya bilan ularning biznesini optimallashtirish bo‘yicha individual ishlayapman. Shu sababli, afsuski, kanallar va guruhlarni yuritish uchun juda oz vaqt qolmoqda. Shu munosabat bilan biz Instagram guruhlarining katta qismini va Telegramdagi ushbu kanalni yopishga qaror qildik.
Kim individual ish uchun men bilan bog‘lanishni istasa va bunga ehtiyoj sezsa, shu raqamga qo‘ng‘iroq qilish orqali yoki Telegramda yozish orqali meni topishi mumkin: +99894 6732802
https://t.me/RaXonUzb
Barchaga
@RavXonEDUbot
chelenj botiga obuna bo‘lishni tavsiya qilaman, u yerda bepul va shuningdek, narxi 50 000 so‘mdan 150 000 so‘mgacha bo‘lgan arzon pullik kurslar joylashtiriladi. Bizning maqsadimiz – bilimning narxi hammaga qulay bo‘lishi va ko‘pchilikka ko‘proq foyda keltirishdir. Ishontirib aytamanki, Chelenj sizning shaxsiy rivojlanishingiz va biznesingiz rivojlanishi uchun ancha ko‘proq foyda keltiradi.
Iltimos, kiring va bepul kurslarni oling
@RavXonEDUbot
Biz bilan birga bo‘lganingiz, bizga ishonganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman va sizlarga foydali bo‘lganimizdan xursandmiz. Barchangizga omad va ravnaq tilayman!

October 24, 10:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 24, 07:14

https://www.instagram.com/reel/DQJn9jsDDkQ/?igsh=MXd3dWdnZ2Y4NXpwaw==

October 24, 06:24

https://www.instagram.com/reel/DQLm6iyiDB-/?igsh=MWhvNjlkaXVqOGxvOA==

October 16, 10:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Savdodagi ikki eng qaltis xato.
Menejer mijoz bilan ajoyib tarzda muloqot qilishi: uning dardini o‘rganishi, mahsulot haqida gapirib bershi va barcha e’tirozlarini ko‘rib chiqishi mumkin. Ammo keyin- mijoz sotuvga maksimal darajada tayyor bo‘lganida, to‘satdan: "Balki sizga o‘ylab ko‘rish uchun vaqt kerakdir?" deb aytishi va o‘ylab ko‘rish uchun bir necha kun vaqt berishi mumkin.
“Baliq” allaqachon qarmoqqa ilingan, endi faqat shartnomani imzolashgacha olib borish qoldi. Ammo menejer odamni “qo‘rqitib qo’yish”dan qo‘rqadi va haq olmasdan uni qo‘yib yuboradi. Natijada, mijozning bunday mulohazalar qiladigan bir hafta ichida raqobatchilar uni 10 marta o‘ziga og‘dirib oladi.
Agar sotuvning barcha bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, "o‘ylab ko‘ring" kabi gaplar bilan ortga qaytishning hojati yo‘q. Oxirigacha boring va "Keling, shartnoma imzolaymiz" iborasi bilan majburiyatlarni mustahkamlashni taklif qiling. Hech qanday "xo‘p, maslahatlashing" yoki "bir hafta o‘ylab ko‘ring," to’g’risida gap bo’lishi mumkin emas, chunki odam bunga albatta rozi bo‘ladi. Lekin unda siz undan pul ololmaysiz.
Savdodagi yana bir qaltis xato - sotuvchining sovuq muomalasi. Bu menejerning qo’ng’iroq davrida hissiz ovoz, uf tortishlar va xo‘rsinishlar bilan gaplashishi. Bamisoli sizga bu odamni sizga nimanidir sotishga ko‘ndirishga to‘g‘ri kelayotgandek.
Agar pul ishlashni istasangiz, bunday odamlarga SBingizda o‘rin yo‘q. Sotuvchilarda his-hayajon, g’ayrat va mahsulotning zo‘rligiga ishonch bo‘lishi kerak. Mijozlar bilan xuddi besh daqiqadan so‘ng otib tashlanadigan mahkumdek gaplashadigan menejer bilan xayrlashganingiz ma’qul.
Savdo skriptlarimiz va mijozlarni voronkaning barcha bosqichlarida qanday “yopishimizni” bilishni xohlaysizmi? Bepul onlayn-biznes ekskursiyasiga yoziling
https://raone.uz/business-ekskursiya

October 14, 09:50

https://youtu.be/FLfZ6-MtOxY

October 14, 09:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tanqiddan qochishning faqat bitta yo‘li bor: hech narsa qilmang, hech narsa demang va hech kim bo‘lmang.
Aristotel

September 30, 06:07

https://youtu.be/cOzQnG2OWc0?si=qId3hhSkqNnwXFxB

September 29, 07:01
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

BIZNES SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI?
BIZNESNI NOLDAN QANDAY BOSHLASH MUMKIN?
SIZDA G‘OYA, MAOSHINGIZ VA OZGINA JAMG‘ARMANGIZ BOR, PUL KERAK.
SAVOLGA JAVOB BERING: BIZNES SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI? JARAYON BIZNES DEB ATALISHI UCHUN NIMA SODIR BO‘LISHI KERAK?
MENGA HAM PUL KERAK, MENDA HAM BUTUN O‘ZBEKISTON BO‘YLAB BOLALAR UCHUN MAKTABLAR QURISH G‘OYASI BOR.
BIZNESDA HAM SPORTDAGI KABI BOSQICHLILIK QONUNI BOR. MASALAN: SPORT ZALIGA SHUG‘ULLANISH UCHUN KELDINGIZ. U YERDA TURLI OG’IRLIKDAGI USKANALAR BOR. LEKIN MURABBIY AVVALIGA SIZGA KO’TARISH UCHUN 100 Kglik EMAS, MINIMAL OG’IRLIKDAGI SHTANGANI BERADI. SHU OG’IRLIKNI UDDALAGANINGIZDAN SO’NGGINA - U SIZGA KO’TARISH UCHUN TOBORA OG’IRROQ VAZNLARNI BERA BOSHLAYDI.
BIZNES OCHMOQCHI BO‘LSANGIZ, ASTA-SEKIN HARAKAT QILISHINGIZ KERAK. MASALAN: SARTAROSHXONALAR TARMOG‘INI OCHMOQCHISIZ. AVVAL BITTASINI UYIGA BORIB SOCHINI OLING,. KEYIN IKKINCHISINING VA H.K. BUNING UCHUN ALBATTA OLDINDAN OFIS OLISH KERAK EMAS. ANA SHUNDAY QILIB BIZNESINGIZ BOSHLANADI.
AGAR SIZ OLDI-SOTDI BIZNESINI OCHMOQCHI BO‘LSANGIZ, ULGURJI NARXDA KOLA SOTIB OLING. UNI SOVITING, QADOQLANG VA SOVITILGAN HOLDA SOTING. SO‘NGRA AVVALIGA BIR XODIMNI YOLLANG , KEYIN IKKINCHISINI VA HOKAZO. “BOSQICHMA-BOSQICH” QONUNI BO‘YICHA ISH OLIB BORING.
MUAMMO SHUNDAKI, ODAM SPORT ZALIGA KELGACH, BIRDANIGA 100KG OG’IRLIKDAGI GANTELNI KO’TARISHNI ISTAYDI. YANGI TADBIRKORLAR HAM ANA SHUNDAY – BIRDANIGA KATTA DAROMAD OLISHNI ISTAYDI. HAQIQIY TADBIRKOR SHOSHILMASDAN, HAMMA NARSANI BOSQICHMA-BOSQICH AMALGA OSHIRISH KERAKLIGINI TUSHUNADI.
BIZNES – BU, OLINGAN FOYDA UCHUN BERILGAN MINNATDORCHILIKDIR. SIZ BOSHLIG‘INGIZ YOKI MIJOZLARGA FOYDA KELTIRASIZ – SHUNING EVAZIGA PUL OLASIZ. BU YERDA KO’P VARIANTLAR MAVJUD.
KEYIN SIZ BOSHQA BIZNES BILAN SHUG‘ULLANNISHNI VA BOSHQA FOYDA KELTIRISHNI ISTAB QOLDINGIZ DEYLIK. UNDA ENG KICHIGIDAN BOSHLANG. MASALAN ODAM: " MEN OSMONO’PAR BINO QURISHNI ISTAYMAN," DEYDI. UNDA AVVAL BIR XONA QURING, SO‘NGRA 1-QAVATNI, SO‘NGRA IKKINCHI QAVATNI KO’TARING. , SHUNDAN KEYINGINA OSMONO’PAR BINOLAR QURING.
KO‘PCHILIK ESA:YO‘Q, MENDA BIZNES REJA BOR, OYDA QURISH G‘OYAM BOR, DEYDI. MEN HOZIRDA AVTOCHILANGAR BO’LIB FAOLIYAT OLIB BORAMAN. LEKIN KATTA BIZNESIM UCHUN 2 MLRD KERAK. DEYDI. BU FAQAT ENDI ISH BOSHLAGAN VA HALI HAQIQIY TADBIRKOR BO‘LMAGANLAR UCHUNDIR. HAQIQIY TADBIRKORLAR ESA HAMMASINI BILISHADI. ULAR FAQATGINA AMALGA OSHIRISH MUMKIN BO‘LGAN G‘OYALARGA QO’L URADILAR. AMALGA OSHIRIB BO‘LMASA – HATTO BOSHLAMAYDILAR HAM.
QANDAY QILIB ENG KICHIK NARSADAN ISH BOSHLASHINGIZ HAQIDA YOZING.
Rasmiy saytlar, ma'lumotlar va kurslar
http://raone.uz/
saytiga kirib, kurslar, kitoblar haqida va boshqa turdagi kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin
Bepul chellenj kurslar :
https://t.me/RavXonEDUbot
Bepul darslar:
https://raone.uz/infodarslar
Bepul onlayn-biznes ekskursiyasiga yoziling:
https://raone.uz/business-ekskursiya
Rasmiy facebook sahifa -
https://fb.com/BimperiaUz