
BOLAJON KUNDALIGI
Sopol ko'za (Turkman xalq ertagi)
Kanalga ulanish:
👉
@Bolajonbooks
Baqirmasdan tarbiya: eng muhim 6 qoida
!!!
1.
😤
Ba’zida bolangiz gap eshitmaydi…
Siz esa jahlingiz chiqadi.
Lekin eslang:
bola sizga qarshi emas, u hali hayotni o‘rganayapti
💛
✨
Baqirmang, yo‘l ko‘rsating.
Chunki siz — uning eng birinchi ustozisiz
2.
📖
Bola tarbiyasida eng muhim narsa — ovoz balandligi emas.
Eng muhim narsa — sizning munosabatingiz.
💭
Mehr bilan aytilgan bitta gap,
baqirib aytilgan 100 ta gapdan kuchliroq.
3.Ba’zida “qichqirmasam tushunmaydi” deb o‘ylaysiz…
Aslida esa:
bola qo‘rqib bajaradi, lekin tushunmaydi.
🌷
Tarbiya — qo‘rqitish emas, tushuntirishdir.
4.
💖
Bola sizni kuzatadi.
Siz qanday gapirsangiz — u ham shunday gapiradi.
Siz qanday muomala qilsangiz — u ham shunday bo‘ladi.
✨
Demak, siz uning oynasisiz.
5.Charchadingizmi? Bu normal…
Onalik oson emas.
Lekin har safar sabr qilganingizda,
siz bolangizning qalbiga mehr ekasiz
🌱
6.
📖
Eng yaxshi ona — mukammal ona emas.
Eng yaxshi ona —
xatolaridan o‘rganadigan,
bolasini tushunishga harakat qiladigan onadir.
📚
"
Baqirmaydigan onalar
" kitobidan
✍️
Muallif: Xadicha Kubro Tongar
Kanalga ulanish
👉
@Bolajon_Parvarishi
❓
Bolalarda yassioyoqlik profilaktikasi uchun ortopedik oyoq kiyimlar qachondan kiygiziladi?
✅
Dr. Muxtorov javobi:
Ilmiy manbalarga (AAP, ESPR va bolalar ortopediyasi bo‘yicha klinik tavsiyalar) ko‘ra, sog‘lom bolalarda 3–4 yoshgacha kuzatiladigan yassioyoqlik ko‘pincha fiziologik holat hisoblanadi. Chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarda oyoq kaftida yog‘ qavati qalin bo‘lgani hamda boylam-apparati yetilmagani sababli oyoq kafti tekis ko‘rinadi. Bu patologiya emas va maxsus ortopedik oyoq kiyim talab qilmaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sog‘lom, og‘riqsiz va funksional buzilishsiz bolalarda profilaktik maqsadda ortopedik poyabzal yoki supinator qo‘llash yassioyoqlikning oldini olmaydi. Aksincha, oyoq mushaklarining tabiiy rivojlanishi uchun bola imkon qadar yalangoyoq (xavfsiz muhitda) yurishi tavsiya etiladi.
Ortopedik oyoq kiyimlar quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
▪️
4–5 yoshdan keyin saqlanib qolgan va rigid (qotib qolgan) yassioyoqlik;
▪️
Oyoqda og‘riq, tez charchash yoki yurish buzilishi;
▪️
Nevrologik yoki ortopedik kasalliklar;
▪️
Shifokor tomonidan aniqlangan anatomik deformatsiyalar.
Kanalga ulanish
👉
@pediatric_uz
🧠
Bola miyasini mustahkamlovchi qiziqarli o‘yin!
✅
Tafakkurni faollashtiradi va xotirani kuchaytiradi
✅
Mantiqiy fikrlash va ijodkorlikni rivojlantiradi
✅
O‘yin orqali o‘rganishni qiziqarli qiladi
Saqlab oling va yaqinlarga ham ulashing!
Kanalga ulanish
👉
@Bolajon_Parvarishi
❓
Bolalarning aqliy faoliyatiga rebuslar qanday ta’sir qiladi?
Rebuslar
— bu vizual-belgili mantiqiy topshiriqlar bo‘lib, bolalarda kognitiv jarayonlarni kompleks rivojlantiradi. Pediatrik neyropsixologiya ma’lumotlariga ko‘ra, rebus yechish jarayonida bir vaqtning o‘zida
diqqat, xotira, tafakkur va nutq markazlari
faollashadi. Bu esa bosh miya po‘stlog‘ining frontal va parietal sohalarida neyron aloqalar mustahkamlanishiga yordam beradi.
Rivojlanish psixologiyasi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, mantiqiy o‘yinlar ijro funksiyalarini — ya’ni
rejalashtirish, muammoni hal qilish, kognitiv moslashuvchanlikni
rivojlantiradi. Rebuslar ayniqsa 5–10 yosh oralig‘ida foydali bo‘lib, bu davrda
abstrakt tafakkur va simvolik fikrlash
shakllanadi.
Rebus bolada sabr-toqat va motivatsiyani oshiradi. Muammoni mustaqil hal qilish dofamin tizimini faollashtirib, ijobiy mustahkamlash effektini beradi. Bu esa
o‘qishga qiziqishni
kuchaytiradi.
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz
Kanalga ulanish
👉
@Bolajon_parvarishi
Channel name was changed to «
BOLAJON KUNDALIGI
»
🎬
Samo farzandlari
"Samo farzandlari" Eron kinoijodkorlari tomonidan ishlangan ajoyib film.
Bu kinoni o'zbek tomoshabini ko'rgan, albatta. Kino to'la didaktik xarakterga ega. Ssenarist va rejissorning aytmoqchi bo'lgan gapi mana shu qisqa sahnada aks etgan, menimcha!
Musulmon farzandi birovning haqqidan qo'rqadi. Mabodo oilada shu narsa o'rgatilgan bo'lsa. Bo'lmasa, musulmonlik ham ta'sir qilmaydi. Filmdagi oila otasi farzandiga shuni o'rgata olyapti.
Kanalga ulanish:
👉
@Maqsud_Muxtor
Yurtimizda yashayotgan har bir mo‘min- musulmonni bugungi qutlug‘ ayyom Ramazon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, baxt va omad tilayman! Ushbu qutlug‘ kunda qilgan barcha yaxshi niyatlaringiz ijobat bo‘lsin! Ramazon oyida qilgan barcha xayrli ishlaringiz dargohida qabul bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligiga, xalqimiz totuvligiga ilohim ko‘z tegmasin!
Ollohim sizu bizni o‘z panohida asrasin!
Yana bir marta ayyom muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Doctor Muxtorov!
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
Tomoqda achishish va tez-tez shamollash bezovta qilayaptimi?
Haroratning keskin o‘zgarishi organizmning himoya kuchlarini susaytirib, surunkali kasalliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Tonzilgon
®
N immunitetni qo‘llab-quvvatlashga va ilk alomatlar bilan kurashishga yordam beradi:
✅
tomoqdagi yallig‘lanishni kamaytiradi;
✅
immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi;
✅
organizmga infeksiya bilan tezroq kurashishda yordam beradi;
✅
kompleks davolash va profilaktika uchun mos.
🌿
Fitoniring texnologiyasi asosida yaratilgan — o‘simlik komponentlari kuchi va isbotlangan samaradorlikni birlashtiradi.
Tonzilgon
®
N — tomoq himoyasi va immunitetni qo'llab-quvvatlash!
Tonzilgon
®
N ni yaqin dorixonadan xarid qilishingiz yoki
👉
onlayn
buyurtma berishingiz mumkin.
Aziz ayollar!
Sizlarni bugungi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilayman! Omad har doim yor bo‘lsin! Hamisha bahor gullariday ochilib yurish nasib etsin! Yuzingizni kulgu hech qachon tark etmasin! Yana bir marta bayram muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz
Telegram
|
Instagram
|
Facebook