
📓Ona tili va Adabiyot📓
#iqtibos
Kitob oʻqish va yolgʻizlik xavflidir...
Inson u huzurni bir bor yashasa, qaytib odamlar bilan ovora boʻlishni istamay qoladi.
Qo'shma gap turlari
⚜️
Bog‘langan qo‘shma gap
‼️
Teng bog‘lovchilar, bog‘lovchi vasifasidagi vositalar (yuklama, modal so‘z bo‘lsa, esa so‘zlari) yordamida bog‘lanadi!
👉
※Biriktiruv bogʻlovchilari yordamida bog‘lansa, quyidagi ma'no bor deya olgaymiz:
📌
*Ketma-ket sodir bo‘lgan harakat:
☞Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi.
📌
*Sabab-natija:
☞Anor so‘zlar va Zaynab qalbi dir-dir qaltirar.
📌
*Payt munosabati:
☞Ro‘zimatning rangi o‘zgardi va ko‘zlarida hamisha o‘ynab turadigan tabassum ifodasi to‘satdan yo‘qoldi.
📌
*Harakatning bir-biridan uzilmaganligi:
☞Eshik ochildi-da, xonaga rassom kirib keldi (rassom eshik dastasini tutib turibdi, deb tushuntiraman)
📌
*Voqealarning tez almashganligi:
☞Eshik ochildi-yu, xonaga rassom kirib keldi. (ochilishi bilanoq, deyish mumkin)
👉
※Zidlov bogʻlovchilari yordamida bog‘langanda quyidagi ma'nolar anglashiladi:
📌
*Zidlik munosabati (bu, asosan, kesimlar orqali anglashiladi):
☞Bu daraxtning bo‘yi baland, lekin mevasi kam.
📌
*Ketma-ketlik munosabati (-u, -yu, -da orqali aks etadi ~ zidlik yo‘q degani emas)
☞Ba'zilari xordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba'zilari podalari izidan cho‘lga qarab ketadilar.
👉
※Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langanda quyidagi ma'nolarga ega bo‘lur.
📌
*Galma-gallik munosabati: (ketma-ketlidan farqi bunda harakatlar almashinib bajarilaveradi)
☞Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib, jala quyadi. (bu holat bir necha bor takrorlanadi)
📌
*Faqat bittasi bajariladigan harakat: (biri bajarilsa, ikkinchisi bajarilmaydi, yoki aksincha)
☞Yo siz keling, yo men boray.
👉
※Inkor bog‘lovchisi yordamida faqat inkor ma'nosi anglashiladi.
☞Na ko‘nglimni to‘ka olaman, na o‘g‘limni so‘ka olaman.
Inkor yuklamasidan farqi kesimning tasdiq-inkorligida, xolos!
❗️
Na ko‘nglimni to‘ka olmayman, na o‘g‘limni so‘ka olmayman ~ bunda inkor yuklamasi va gap bog‘lovchisiz qo‘shma gapdir!
👉
※Bo‘lsa, esa (bo‘lmasa, yo‘qsa kabi so‘zlar ham ushbu "mas'uliyatli" vazifani bajara oladi) yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarda quyidagi ma'nolar bor.
📌
*Qiyoslash:
☞Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf-shonini saqlaydi.
📌
*Zidlash (qiyosiy zidlik, bunda antonim so‘zlar qiyoslanadi)
☞Jahl – dushman, aql esa do‘stdir.
https://t.me/DTM_Ona_tili_testlari
#iqtibos
Tushunchalari o'zgarib borgani sari muammolari ortardi. Xato tutum va munosabatlar sababli tug'ilgandi ular... To'g'rini ham, noto'g'rini ham odam o'z miyasida yaratadi. Chunki hamma narsa miyada boshlanib, miyada tugaydi.
©️
Shodiya Furqon Demirtosh, "Qaytish" romani
#iqtibos
Agar biror kitobni o’qimoqchi bo’lsang-u, lekin u hali yozilmagan bo'lsa, uni o’zing yozishing kerak.
©️
Toni Morrison
#bilasizmi
Remarka
(frans. remargue — belgi, izoh) — 1) gravyuraning ochiq hoshiyasiga ishlangan kichik hajmdagi tasvir; koʻp hollarda asar syujeti bilan bogʻliq boʻlmaydi. Muallif gravyura taxtachasi yuzasida ish boshlashdan avval "asbobni sinash" maqsadida yuza chekkasida ishlagan tasvirlar baʼzan mustaqil mazmun kashf etishi va tasvirning asosiy gʻoyasini chuqurroq his etish va anglashga xizmat qilishi mumkin; 2) dramatik asarda muallif tomonidan beriladigan izohlar. R.da asar ishtirokchilarining tashqi qiyofasi, yoshi, xulqi, xattiharakati, qiliqlari, intonatsiyasi, sahna manzarasi va h.k. yoritiladi; 3) kitob, qoʻlyozma, xat va boshqa matnga muallif tomonidan (aniqlash, toʻldirish maqsadida) kiritilgan izohlar, mulohazalar.
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
@DTM_Ona_tili_testlari
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
🎲
Quiz '
🔰
SHE'RIY SAN'ATLAR
🔰
@DTM_Ona_tili_testlari
KANALI VA
@Quiz_Testlar_Ona_tili_Adabiyot
GURUHI UCHUN MAXSUS
'
Guli Xushnudbekovna
🖊
20 questions ·
⏱
30 sec
✍
Napoleon Hill
📚
"O'yla va boy bo'l"
https://t.me/DTM_Ona_tili_testlari
🖊️
O'LMAS UMARBEKOV
📑
𝑂'𝑧𝑏𝑒𝑘𝑖𝑠𝑡𝑜𝑛 𝑥𝑎𝑙𝑞 𝑦𝑜𝑧𝑢𝑣𝑐ℎ𝑖𝑠𝑖 𝑂'𝑙𝑚𝑎𝑠 𝑈𝑚𝑎𝑟𝑏𝑒𝑘𝑜𝑣 1934-𝑦𝑖𝑙 25-𝑦𝑎𝑛𝑣𝑎𝑟 𝑘𝑢𝑛𝑖 𝑇𝑜𝑠ℎ𝑘𝑒𝑛𝑡 𝑠ℎ𝑎ℎ𝑟𝑖𝑑𝑎 𝑡𝑢𝑔𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛. 𝑈 𝑀𝑖𝑟𝑜𝑏𝑜𝑑 𝑚𝑎ℎ𝑎𝑙𝑙𝑎𝑠𝑖𝑑𝑎 𝐴𝑏𝑑𝑢𝑙𝑙𝑎 𝐴𝑣𝑙𝑜𝑛𝑖𝑦 𝑎𝑠𝑜𝑠 𝑠𝑜𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑚𝑎𝑘𝑡𝑎𝑏𝑑𝑎 𝑜'𝑞𝑖𝑔𝑎𝑛. 𝑂𝑙𝑖𝑦 𝑜'𝑞𝑢𝑣 𝑦𝑢𝑟𝑡𝑖𝑛𝑖 𝑡𝑢𝑔𝑎𝑡𝑚𝑎𝑦 𝑡𝑢𝑟𝑖𝑏, 1956-𝑦𝑖𝑙𝑑𝑎 𝑅𝑒𝑠𝑝𝑢𝑏𝑙𝑖𝑘𝑎 𝑟𝑎𝑑𝑖𝑜𝑠𝑖𝑑𝑎 𝑚𝑢ℎ𝑎𝑟𝑟𝑖𝑟 𝑠𝑖𝑓𝑎𝑡𝑖𝑑𝑎 𝑖𝑠ℎ 𝑏𝑜𝑠ℎ𝑙𝑎𝑔𝑎𝑛 𝑂'𝑙𝑚𝑎𝑠 𝑈𝑚𝑎𝑟𝑏𝑒𝑘𝑜𝑣 1971-𝑦𝑖𝑙𝑔𝑎𝑐ℎ𝑎 𝑏𝑜'𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑑𝑎𝑣𝑟𝑑𝑎 𝑏𝑜𝑠ℎ 𝑚𝑢ℎ𝑎𝑟𝑟𝑖𝑟𝑙𝑖𝑘𝑘𝑎𝑐ℎ𝑎 𝑏𝑜-𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑦𝑜'𝑙𝑛𝑖 𝑏𝑜𝑠𝑖𝑏 𝑜𝑡𝑑𝑖. 1971-1974-𝑦𝑖𝑙𝑙𝑎𝑟𝑑𝑎 𝑂'𝑧𝑏𝑒𝑘𝑖𝑠𝑡𝑜𝑛 𝑘𝑜𝑚𝑝𝑎𝑟𝑡𝑖𝑦𝑎𝑠𝑖 𝑀𝑎𝑟𝑘𝑎𝑧𝑖𝑦 𝑞𝑜'𝑚𝑖𝑡𝑎𝑠𝑖𝑑𝑎 𝑠𝑒𝑘𝑡𝑜𝑟 𝑚𝑢𝑑𝑖𝑟𝑖, 1974-1981-𝑦𝑖𝑙𝑙𝑎𝑟𝑑𝑎 "𝑂𝑧𝑏𝑒𝑘𝑓𝑖𝑙𝑚" 𝑘𝑖𝑛𝑜𝑠𝑡𝑢𝑑𝑖𝑦𝑎𝑠𝑖 𝑑𝑖𝑟𝑒𝑘𝑡𝑜𝑟𝑖, 1982-1986-𝑦𝑖𝑙𝑙𝑎𝑟𝑑𝑎 𝑀𝑎𝑑𝑎𝑛𝑖𝑦𝑎𝑡 𝑣𝑎𝑧𝑖𝑟𝑖𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑏𝑖𝑟𝑖𝑛𝑐ℎ𝑖 𝑜'𝑟𝑖𝑛𝑏𝑜𝑠𝑎𝑟𝑖, 1987-1989-𝑦𝑖𝑙𝑙𝑎𝑟𝑑𝑎 𝑂'𝑧𝑏𝑒𝑘𝑖𝑠𝑡𝑜𝑛 𝑌𝑜𝑧𝑢𝑣𝑐ℎ𝑖𝑙𝑎𝑟 𝑢𝑦𝑢𝑠ℎ𝑚𝑎𝑠𝑖 𝑟𝑎𝑖𝑠𝑖, 1989-1991-𝑦𝑖𝑙𝑙𝑎𝑟𝑑𝑎 𝑟𝑒𝑠𝑝𝑢𝑏𝑙𝑖𝑘𝑎 𝐵𝑜𝑠ℎ 𝑣𝑎𝑧𝑖𝑟𝑖𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑜'𝑟𝑖𝑛𝑏𝑜𝑠𝑎𝑟𝑖 𝑘𝑎𝑏𝑖 𝑜'𝑡𝑎 𝑚𝑎𝑠𝑢𝑙 𝑙𝑎𝑣𝑜𝑧𝑖𝑚𝑙𝑎𝑟𝑑𝑎 𝑚𝑒ℎ𝑛𝑎𝑡 𝑞𝑖𝑙𝑑𝑖.
𝑂'𝑙𝑚𝑎𝑠 𝑈𝑚𝑎𝑟𝑏𝑒𝑘𝑜𝑣 𝑏𝑎𝑑𝑖𝑖𝑦 𝑖𝑗𝑜𝑑𝑛𝑖 ℎ𝑖𝑘𝑜𝑦𝑎𝑐ℎ𝑖𝑙𝑖𝑘𝑑𝑎𝑛 𝑏𝑜𝑠ℎ𝑙𝑎𝑔𝑎𝑛. 𝐴𝑑𝑖𝑏𝑛𝑖𝑛𝑔 "𝑋𝑎𝑡𝑖𝑛𝑔𝑛𝑖 𝑘𝑢𝑡𝑎𝑚𝑎𝑛" 𝑛𝑜𝑚𝑙𝑖 𝑏𝑖𝑟𝑖𝑛𝑐ℎ𝑖 𝑎𝑠𝑎𝑟𝑖𝑦𝑜𝑞 "𝑌𝑖𝑙𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑒𝑛𝑔 𝑦𝑎𝑥𝑠ℎ𝑖 ℎ𝑖𝑘𝑜𝑦𝑎𝑠𝑖" 𝑑𝑒𝑏 𝑡𝑎𝑛 𝑜𝑙𝑖𝑛𝑖𝑏, 𝑚𝑎𝑥𝑠𝑢𝑠 𝑚𝑢𝑘𝑜𝑓𝑜𝑡 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 𝑡𝑎𝑞𝑑𝑖𝑟𝑙𝑎𝑛𝑔𝑎𝑛.
https://t.me/DTM_Ona_tili_testlari
Qoratoy o'zini tuta olmadi, boyni so'kib, og'zidan bodi kirib, shodi chiqa boshladi. (Oybek)
Ushbu gapda qo'llangan iboralar soni va gapdagi vazifasini aniqlang.
A) 2 ta: kesim, kesim.
B) 3 ta: kesim, hol, kesim.
C) 4 ta: kesim, hol, hol, kesim.
D) 1 ta: kesim.
Oxirgi marta qaysi kitobni o'qidingiz? Izohlarda yozib qoldiring
👇