Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

G'iyosiddin Yusuf

GiyosiddinYusuf
Yozuvchi, muharrir, musahhih, tarbiyachi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ustoz Yordamchim: @Kaatib Savollar: @Yechimhubbunabot Reklama: https://t.me/Hubbuna_uz/65 Ijtimoiy tarmoqlar: https://mssg.me/giyosiddinyusuf
Подписчики
10 800
24 часа
30 дней
-200
Просмотры
1 387
ER
0,14%
Посты (30д)
69
Символов в посте
827
December 09, 15:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

😊
“Kundalik odoblar” asari Mutolaa Market’da
⚡️
“Kundalik odoblar”
— G’iyosiddin Yusufning bolalarga insonning kundalik hayotida kerak bo’ladigan axloqiy qoidalar va yaxshi xulqlarni sodda, tushunarli tarzda o’rgatadigan asari hisoblanadi
Farzandlaringizga qanday kitob o’qitishni bilmayapsizmi? Bu kitob bizdan sizga tavsiya. Kitobda odob-axloqning oilaviy, ijtimoiy va shaxsiy jihatlari izchil yoritilib, yoshlarga to’g’ri yo’l ko’rsatish maqsad qilingan.
📚
Kitobni
elektron va audio formatda
Mutolaa Marketdan xarid qilishingiz mumkin:
havola.
Mutolaa ilovasini yuklab oling

December 09, 09:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yozish bilan halovat topadigan kishi albatta yozishi kerak. Albatta, bu boshida professional darajada bo'lmaydi. Ammo vaqt o'tishi bilan bunga erishish mumkin. Ayniqsa, bir kishi yo'l-yo'riq ko'rsatib tursa, qobiliyatli kishi tezda marraga yeta oladi.
Bu bilan odamlarni yaxshilikka boshlash, muhim tajribani o'rtoqlashish, daromad ko'rish va, eng asosiysi, sadaqayi joriya qoldirib ketish mumkin.
#ijod
@GiyosiddinYusuf

December 09, 03:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bolalar nima uchun shirinlikni juda yaxshi ko‘radi?
Bolada taxminan 30 000 ta ta’m bilish retseptori bo‘lsa, katta odamda undan 3 barobar kamroq.
Kichkintoylarning konfet va shokoladga bo‘lgan ishtiyoqi bejiz emas. Tarkibida qand moddasi ko‘p bo‘lgan ovqat ularga ona sutini eslatadi. Kuchli ta’m xususiyatlariga ega bo‘lgan shirinliklar va mahsulotlar (ta’m kuchaytirgichlar, ko‘p miqdordagi shakar va tuz) bolalarda kattalarga qaraganda ko‘proq qaram bo‘lish va odatlanib qolishni keltirib chiqaradi.
Ishlab chiqaruvchilar buni bilishadi va shu sababli barcha bu kuchaytirgichlarni mahsulotlariga qo‘shishadi.
Aynan shuning uchun bolalar kichikligidanoq to'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish muhim. Chunki bu ularda umr bo‘yi saqlanib qoladi.
#tarjima
@GiyosiddinYusuf

December 08, 12:51

Sodiq muxlislar nima kutadi?
Bilasiz, umumiy bor, xos bor. Shuningdek, bizni kuzatadiganlar orasida tanigan-tanimaganlar bor.
Har bir
kitobimizni
o'qib, barcha
sahifalarimizda
bo'lgan kishilar bilan izohda "Sen kimsan o'zi?!" deydigan kishi barobar emas.
Shundan kelib chiqib, kamina ham xos muxlislarga alohida munosabat ko'rsatishim lozimdir. Masalan, ularning izohlariga, savollarga tezroq javob berishim, kitoblar hadya qilishim, hali nashr qilinmagan kitoblarimdan parchalar berishim, ba'zi tor doiradagi suhbat (dars)larni taqdim qilishim mumkin. Siz bunga yana nima qo'shimcha qilasiz?
Muhim:
bular pulli bo'lmaydi, sotuvni rejalashtirib yozmadim postni.
#Muhokama
@GiyosiddinYusuf

December 08, 04:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Mukofot va jazo
Boladan yaxshi xulq va maqtovga sazovor ish sodir boʻlsa, uni taqdirlash va xursand boʻladigan narsa ila mukofotlash hamda odamlar huzurida maqtash lozim.
Ba’zi holatdarda mazkur ishlarga xilof narsani sodir qilsa, oʻzini bilmaganga solib, uning aybini oshkor qilmaslik kerak. Agar oʻsha noma’qul narsani yana qaytadan qilsa, hech kimga bildirmay jazolash va odamlar bilib qolsa, uyat qilishlarini uqtirgan yaxshi. Ammo jazo koʻpaytirib yuborilmasin. Chunki bu narsa bolaning betini qotirib qoʻyadi. Keyin uyalmay har narsani qilishga odatlanib qoladi. Ota bolasi huzurida oʻz haybatini saqlab turishi kerak. Ona bolasini otasi ila ogohlantirib tursin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
📚
Gʻiyosiddin Yusufning
«Sevdirib tarbiyalang»
kitobidan
#iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

December 06, 18:32

Insonlarga qilgan yaxshiligingiz o’zingizga qaytishini istasangiz farzandingizga yaxshilik qiling. Chunki ular qilgan yaxshiligingizni javobsiz qoldirmaydi

December 06, 03:00

Men yangilik berishga emas, foydali ma'lumot berishga harakat qilaman.
Hech kim bilmaydigan, birovning xayoliga kelmaydigan gaplarni men ham bilmayman, albatta.
Lekin amalda foyda beradigan, ishlaydigan hayotiy tavsiyalar berishga harakat qilaman.
Chunki maqsad muammoga yechim topish, isloh sari yurish deb bilaman.
Kitoblarim, darslarim, savollarga beradigan javoblarim ham shunga asoslangan.
Agar ular sizga soddalik qilsa, yuqoriroq darajadagi manbalardan foydalanishga haqlisiz. Men yangilik berishni emas, manfaat yetkazishni maqsad qilganman.
Siz kitoblarim, darslarim va
savollarga javobilarim
— uchalasidan qay biridan foydalangansiz?
#Mulohaza
@GiyosiddinYusuf

December 05, 03:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kecha "Mutolaa" ilovasidan Asaxiybooks tomonidan chiqarilgan "Dunyo daholari" turkumidagi Albert Eynshteyn haqidagi kitobni eshitib chiqdim.
Kitob muallifi haqida ma'lumot topa olmadim. Turli kitoblardagi ma'lumotlarni tarjima qilish orqali jamlangan deb tushundim. Yaxshi, foydali ma'lumotlar yig'ilgan. Shu bilan birga, faqat tarjima bilan kifoyalanmay, ko'proq ijodiy yondashilsa, yanada yaxshi kitob tayyorlash mumkin edi.
Turkumdagi boshqa kitoblarni ham o'rganib chiqaman va boshqalari bo'yicha fikrim farqli bo'lishi mumkin. Ayni shu — Eynshteyn haqidagi kitobni bolalarga tavsiya qilish mumkin. 10+
Kitobda Eynshteynning hayoti va ilmiy faoliyati haqida o'ndan oshiq mavzuda ma'lumot berilgan.
#Kitob
@GiyosiddinYusuf

December 04, 15:27
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

21+ LOYIHA — NATIJALAR GAPIRADI
1-mavsum
||
"21+ LOYIHA"
ishtirokchilari erishgan natijalar bilan tanishing!
Bu natijalar
keyingi mavsumlar uchun kuchli poydevor boʻladi. Navbatdagi
2-mavsum
taqdimot
darsini
Ustoz Muhammad Ali Eshonqulov
o‘zlari olib boradilar.
Taqdimotdan so‘ng
;
Yigitlar uchun, va
ilk bor qizlar uchun
ham
qabul jarayoni ochiladi
!
📌
7-dekabr | 10:00
📍
2-mavsum rasmiy taqdimoti
🔗
Joyingizni band qiling;
@Loyiha21_yigitlar
@Loyiha21_qizlar
Kanal Link
⬇️
https://t.me/+MEwYhlubVbVjNjgy

December 04, 03:38

Bolaligida e'tibor yetishmagan kishilarning holi
Bugun biz ota-onalar juda band bo'lib qoldik. Farzandlarimizning ta'minotini, kiyim-kechagini, darslariga to'lov qilayotganimizni ota-onalik deb biladigan holga kelib qoldik. Ular bilan suhbatlashish, kechki ovqatni birga qilish, mehr berish, quchoqlash, ularni tinglash unutib qo'yilyapti.
Psixolog Jonis Vebb aytganidek, "E’tibor yetishmagan uyda ulg'aygan bola katta bo'lganda sukunat olamiga kiradi". Bu esa uning kelajak hayotiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Ota-ona farzandning his-tuyg‘ulariga, ehtiyojlariga e’tibor bermasa, o'zi uchun hech nima emasdek tuyuladi, lekin bu vaqtda bolaning ichki dunyosi shakllanishida muhim harakatlar ketayotgan bo'ladi. Bola ulg'ayganda shu qarashlar bilan yashaydi: boshqalar bilan munosabatda qiynaladi, baxtni his qila olmaydi, ota-ona bo‘lganda ham bu og‘irlik qilishi mumkin. Eng yomoni, odam buning sababini anglamaydi.
Buning oldini olish uchun biz bolalarga bee'tibor bo'lishimiz ularda qanday salbiy tushunchalarni yuzaga keltirishini ko'rib chiqamiz:
1. “Juda quvnoq bo‘lish ham, juda xafa bo'lish ham yaramaydi"
Bolaga hislarini tushunishga yordam berilmagan. Faqat “jim bo‘l” deyilgan. Natijada u ulg'ayganda ham hislarini yashiradi.
2. “Hissiyotlarni ko‘rsatish — zaiflik”
U bolalikda iztiroblarini aytolmagan. Endi esa his qilgani uchun o‘zini aybdor deb biladi.
3. “Mening xohishlarim ahamiyatsiz”
Hech kim undan: “Sen nima xohlaysan?” deb so‘ramagan. Shuning uchun ulg'ayganda ham o‘zining emas, boshqalarning xohishlariga ko'ra ish qiladi.
4. “Muammolarni aytish odamni qiynaydi”
Bolalikda hech kim uning muammosini tinglamagan. Endi u hammasini ichiga yutadi.
5. “Yig‘lash mumkin emas”
Yig‘i — hissiy yengillik. Ammo uyda bu e’tiborsiz qolib, bolaning ko‘z yoshlari go‘yo yaramaslik belgisi deb qabul qilingan.
6. “Hissiyotlarni ko‘rsatsang, odamlar seni yomon ko‘radi”
Bolalikda hissiyot uchun jazolangan odam ulg'ayganda ham o‘zini tiyadi — “yomon ko‘rishadi” deb o‘ylaydi.
7. “G‘azab — yomon narsa"
Aslida o'rinli g‘azab juda muhimdir. Lekin bolalikda unga g'azabni boshqarishni o‘rgatish o‘rniga, faqat “asabiylashma” deyilgan. Natijada ulg'ayganda yo g'azabi butkul yo'qoladi, yoki juda asabiy bo'lib qoladi.
8. “Hech kimdan yordam so‘ramagan ma’qul”
U bolalikda muammosini yolg‘iz hal qilishga o‘rgangan. Ulg'ayganda ham yordam so‘rashdan qo‘rqadi.
9. “Mening gapim hech kimga qiziq emas”
Farzandning so‘zlarini “bo‘ldi, jim tur” bilan o‘chirgan ota-ona uning fikrlarini ham bo'g'gan bo'ladi. Natijada ulg'ayganda ham u o‘z fikrini aytishga qiynaladi.
10. “Men bu dunyoda yolg‘izman"
Bolaga kerak bo‘lgan eng asosiy narsa yonidagi insonning mehridir. Agar bu bo‘lmasa, bola o'zini yolg'iz his qiladi.
Yuqorida aytilgan belgili kishilar atrofimizda uchrab turadi. Ularni siz ham ko'rgan bo'lsangiz kerak. Bu o'sha insonning tarbiyasida xato yo'l qo'yilganidan dalolat qiladi.
#etibor
#tarbiya
@GiyosiddinYusuf