
IT-MAVZU
Anthropic kompaniyasi yangi avlod sun’iy intellekt modeli — Claude Opus 4.7 ni taqdim etdi
📌
Yangi modelning asosiy xususiyatlari:
Kamroq nazorat bilan ham yanada ishonchli ishlaydi;
Uzoq va murakkab vazifalarni izchil bajaradi;
Natijalarini o‘zi tekshira oladi (self-check);
Berilgan ko‘rsatmalarga yanada aniq rioya qiladi.
Tahlillarga ko‘ra, ushbu model dasturlash va murakkab texnik vazifalarda yuqori samaradorlik ko‘rsatishi kutilmoqda.
📱
https://t.me/ITmavzu
🤳
2026-yilning dastlabki uch oyida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfon brendlari reytingi e’lon qilindi:
1️⃣
Apple — 21%
2️⃣
Samsung — 20%
3️⃣
Xiaomi — 12%
4️⃣
OPPO — 11%
5️⃣
vivo — 8%
6️⃣
Boshqa brendlar — 28%
Natijalarga ko‘ra, Apple kichik farq bilan yetakchilikni qo‘lga kiritgan, Samsung esa unga juda yaqin natija qayd etgan.
📱
https://t.me/ITmavzu
IT kompaniyalari xodimlarining ofisga qaytishi uchun pul taklif qilmoqda
So‘nggi tendensiyaga ko‘ra, IT kompaniyalari xodimlarni ofisga qaytarish uchun endi bosim emas, balki moliyaviy rag‘batdan foydalanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ga'rbdagi tashkilotlar gibrid formatda ishlayotgan xodimlarga ofisga kelgani uchun oyiga 2 000 dollargacha qo‘shimcha to‘lov taklif qilmoqda.
Tahlilchilarga ko‘ra, majburiy choralar (ishdan bo‘shatish tahdidlari) kutilgan natijani bermayapti xodimlar bunday siyosatga qarshi turmoqda. Shu sabab kompaniyalar rag‘batlantirish modeliga o‘tmoqda.
📱
https://t.me/ITmavzu
✉️
Gmail foydalanuvchilari uchun uzoq kutilgan yangilik — email manzilini o‘zgartirish funksiyasi bosqichma-bosqich ishga tushirila boshlandi.
📌
Hozircha ushbu imkoniyat AQShdagi foydalanuvchilar uchun taqdim etilmoqda.
📌
Yangi funksiya orqali:
— foydalanuvchilar eski email manzilini yangisiga almashtirishi mumkin
— mavjud xatlar saqlanib qoladi
— eski manzilga kelgan xatlar avtomatik ravishda yangi manzilga yo‘naltiriladi
— ma’lumot yo‘qotilishi yuz bermaydi
📌
Mazkur funksiyaning boshqa mamlakatlarda qachon joriy etilishi hozircha noma’lum.
📱
https://t.me/ITmavzu
🪴
28-mart kuni IT park Capital'da Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir milliy an’analar, urf-odatlar va haqiqiy bahoriy yangilanish muhitini o‘zida mujassam etdi.
Mazkur tadbir nafaqat madaniyatga yaqinroq bo‘lish, balki iliq va bayramona muhitda jamoaviy ruhni mustahkamlash uchun ham a’lo imkoniyat bo‘ldi.
IT Park Capital kompaniya va tashkilotlarning tashabbuslariga ochiq.
Biz ta’lim loyihalari, startaplar va IT-xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratishga yordam beradigan takliflarni yig‘moqdamiz.
📩
Havola orqali o‘tib,
shaklni to‘ldiring — sizning g‘oyalaringiz O‘zbekiston IT sohasida moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirishga hissa qo‘shadi.
Instagram
|
Facebook
|
Site
|
Link
Apple Gemini’dan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritdi
OAV yozishicha, Apple kompaniyasi Google bilan hamkorlik doirasida Gemini modelidan to‘liq foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritgan.
Kompaniya undan distillyatsiya, ya’ni katta modellar asosida ixchamroq neyron tarmoqlarni o‘rgatish uchun foydalanmoqda.
Bu Apple’ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri iPhone’da ishlaydigan maxsus sun’iy intellekt yaratish imkonini beradi.
📱
https://t.me/ITmavzu
📱
iOS 26.4 chiqdi: yangi funksiyalar taqdim etildi
Apple iOS 26.4 versiyasi rasmiy ravishda e’lon qilindi. Yangilanish foydalanuvchilar uchun bir qator yangi funksiyalar va yaxshilanishlarni olib keldi.
Asosiy yangiliklar:
— yangi emojilar qo‘shildi;
— o‘g‘irlikka qarshi himoya (Stolen Device Protection) endi standart yoqilgan holatda bo‘ladi;
— Apple Music’ga “Playlist Playground” funksiyasi qo‘shildi — foydalanuvchilar matn orqali AI yordamida 25 ta qo‘shiqdan iborat pleylist yaratishi mumkin (hozircha faqat AQShda);
— video podkastlar qo‘llab-quvvatlanmoqda;
— Liquid Glass interfeysini deyarli to‘liq o‘chirish imkoniyati paydo bo‘ldi;
— Messagesda yangi animatsiyalar;
— yangi Ambient Music (fon musiqa) vidjeti;
— fon rasmi va soat dizayni galereyasida yangilanishlar;
— media ko‘rishda subtitr sozlamalariga tezkor kirish;
— Reminders ilovasiga yangi shoshilinch bo‘lim qo‘shildi.
📱
https://t.me/ITmavzu
📱
OpenAI xodimlar sonini ikki baravar oshirmoqchi
OpenAI yaqin davrda o‘z ishchi kuchini sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya xodimlar sonini taxminan 8 000 nafarga yetkazib, hozirgi darajadan ikki baravar oshirmoqchi.
Rejaga ko‘ra, kengayish quyidagi yo‘nalishlarga qaratiladi:
— yangi avlod sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish
— xavfsizlik va audit jarayonlarini kuchaytirish
— korporativ savdo va biznes yo‘nalishlarini rivojlantirish
Bu qadam Google va Anthropic kabi raqobatchilar bilan kurashda ustunlikni saqlab qolishga qaratilgan.
📱
https://t.me/ITmavzu
Yangi Zelandiyada chorvachilikda AI texnologiyalari joriy etilmoqda
Yangi Zelandiyada Halter nomli startap chorva podalarini boshqarish uchun sun’iy intellekt asosidagi aqlli tasmalardan foydalanishni boshladi.
Ushbu texnologiya orqali:
— quyosh energiyasida ishlovchi tasmalar fizik to‘siqlar va cho‘pon itlariga ehtiyojni kamaytiradi,
— fermerlar mobil ilova orqali ovoz va tebranish signallari bilan podani masofadan boshqaradi,
— hayvonlarning sog‘ligi, ovqat hazm qilish va reproduktiv holati doimiy monitoring qilinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya investitsiya jalb qilish jarayonida bo‘lib, uning bahosi allaqachon 1 milliard dollardan oshgan.
📱
https://t.me/ITmavzu