
Mahbubiy Adabiyot
ЯГОНА ГУЛ
Осмон туман эди, йўл гумон эди,
Хаёллар илвираб яшринган дилга.
Боғда биттагина гул омон эди,
Дардлари паришон. Кўчмаган тилга.
Ўша гул олдида турибман, мана.
Узгани қўрқаман, юзларин ёпар.
Шундоқ қолдирмоқ ҳам қотиллик яна,
Икки йўл аролаб ҳайратим чопар.
Эй ягона гул, эй якдона чечак,
Нега тўфон келди, сен-да сезилмадинг.
Нега ёқиб қолди яшамоқ – чўпчак,
Бошқалар қатори нега узилмадинг?
Энди... жим қурийсан. Қисматинг оғир.
Қўлимга интиқиб чўзилмаганинг.
Сени суйсалар-да, ёғилар қаҳр –
Шубҳа уйғотади узилмаганинг...
Xayrulla Hamidov
13675. Бир ҳакимдан (
донишманддан
) сўрадилар:
«Инсонларнинг асл табиатини қаердан биламиз?»
У шундай жавоб берди:
Эр
(нинг меҳр-муҳаббати)
аёли касал бўлиб қолганда билинади.
Аёл
(нинг садоқати)
эри фақир бўлиб қолганда билинади.
Дўстнинг қандайлиги — бошингга қийинчилик тушганда билинади.
Фарзандларнинг
(эҳтироми)
ота-онаси қариганда билинади.
Ака-ука
(ва опа-сингиллар
)нинг
(оқибати)
мерос тақсимланаётганда билинади.
Қариндошларнинг
(ўзаро риштаси)
мусофирчиликда
(бегона юртда)
билинади.
Ҳақиқий
(соф)
муҳаббат манфаатлар тугаганда билинади.
Мўмин
(нинг иймонида собитлиги
) эса балоларга рўбаро қилинганида билинади.
@arabicuz
iOS
|
Android
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
Tiktok
|
Youtube
#ШЕЪРИЯТ
Ошиқлик - қийин иш кафолати йўқ.
Таваккул иши бу йўқдир маоши.
Ошиқнинг йўлида айрилиқ бордир -
Ва яна ёлғизлик, ҳамда кўз ёши...
©️
Маҳбубий
@aminnasafiy
Саждадаги бир лаҳзалик ҳузур
✨
«Сиз саждага борганингизда,
«Субҳана роббиялаъла»
деб бир неча марта айтасиз. Лекин тилингиз кўпинча бу тасбеҳни машина каби ўз ҳолича айтади.
Агар бирор кун «Субҳана роббиял аъла»ни бир марта ихлос билан қалбдан айтсангиз, аниқ ишонингки, Аллоҳ таоло шу биргина ихлосингиз сабабли сизни бирор муродингизга етказади».
(Муҳаммад Тақий Усмонийнинг «Насиҳатлар гулдастаси» китобидан)
@BintuSodiq
Otamning gaplari esimda hamon:
"
Oʻgʻlim, mayda gapga berma eʼtibor!"
Qachon shu oʻgitga boʻysunsam omon,
Boʻysunmasam nolon qolganlarim bor..
Bolam, derdi otam, borma uzoqqa,
Ibrat ol oddiy bir toqqa tikilib.
Birgina tosh kelib urilsa toqqa,
Javob bersa, tamom-tugar toʻkilib.
Nimayam der edim, shugina soʻzim,
Tushundim bu tuygʻu koʻp yurakka yot.
Katta gaplaringni qiloldim hazm,
Mayda gaplaringdan charchadim hayot!
@mahbubiy_Adabiyot
Яхши кўрган инсонларингизни жуда маҳкам тутинг!
Уларга яхши кўришингизни айтинг! Хатоларини кечиринг!
Бир куни келиб ё сиз ёки улар риҳлат қиладилар. Қалбда эса, уларга айтилмай қолган гаплар, соғинчлар қолади.
Сиз билан тортишган, ўзларини оқлаган, тушунтирган, эътироф этган, уришишларидан етган жароҳатингиз ичидан тузалмасидан олдин, ташқарисини тикиб қўйманг!
Ҳаёт гина - кудрат, ҳасад, ғазаб сақлаш, ришталарни узишга арзимайдиган даражада қисқа.
Эртага фақат хотираларга айланамиз. Ўлим рухсат сўраб ўтирмайди. Сизга ёмонлик қилганларга табассум қилинг, марҳаматли бўлинг!
#ШЕЪРИЯТ
«ЭЙ ТАБИБ! ҲАҚ СЎЗГА ЗАБОНИНГ ЙЎҚМИ?..»
Эй табиб! Ҳақ сўзга забонинг йўқми?
Ҳеч ғафлат дардига имконинг йўқми?
Ухлатгувчи дори-дармонларинг кўп,
Қалбни уйғотгувчи дармонинг йўқми?
Табиб дер: комил сўз тилимдан келмас,
Ҳар кимни даволаш илмдан келмас.
Оқилни ухлатиш қўлимдан келар,
Ғофилни уйғотиш қўлимдан келмас.
©
Мирзо Кенжабек
𝐇𝐢𝐤𝐦𝐚𝐭 𝐃𝐚𝐟𝐭𝐚𝐫𝐢
📚
Allohning hikmatiga yashiringan sirlar...
Hotamul Asom buyuk solihlardan edi. Bir kuni qalbi haj qilishni istadi, ammo hajning sarf harajatlariga yetarli molga ega emasdi. Farzandlarining nafaqasini bermay turib, ularni rozi qilmay turib hajga borishi joiz emasdi. Unga haj vojib emasdi. Haj vaqti yaqinlashganda uning qizi otasini mahzun, yigʻlagan holda koʻrdi. Qizi solih edi. Qiz bilan otasi oʻrtasida quyidagicha suhbat boʻlib oʻtdi:
— Ey otajon, sizni nima yigʻlatdi?
— Haj mavsumi yaqinlashdi.
— Nega haj qilishga urinmayapsiz?
— Nafaqa yoʻqligi sababli.
— Alloh sizni nafaqa bilan rizqlantirsin.
— Sizlarni nafaqalaringiz yoʻqligi sababli.
— Alloh bizlarni nafaqa bilan rizqlantirsin.
— Lekin ish onanga borib taqaladi.
"Hajga boravering, Allohning Oʻzi bizga rizq beradi", deyishdi.
Hotamul Asom oilasiga uch kunlik nafaqani qoldirib, hajga joʻnadi. Ammo oʻzi uchun yetarli hech narsa olmadi.
U karvonning ortida bordi.
Yoʻlga chiqishgandayoq karvonboshini chayon chaqib oldi. Odamlar unga Qurʼon oʻqib dam soladigan va unga mualaja qiladigan kishini surishtirishdi. Izlab-izlab, Hotamul Asomni topishdi. Hotamul Asom karvonboshiga qurʼon oʻqib dam soldi. Alloh taolo unga tezda shifo berdi.
Karvonboshi:
— Uning hajga borish qaytish nafaqasi mening zimmamda, dedi.
Shunda Hotamul Asom:
— Yo Alloh, bu Sening men uchun qilgan tadbiring. Endi mening ahlim uchun qilgan tadbiringni koʻrsat, dedi.
Oradan uch kun oʻtdi. Oilaga qoldirgan nafaqa ham tugadi. Ochlik ularni qiynay boshladi. Ular otani hajga joʻnatishga uringani uchun qizni malomat qila boshlashdi. Qiz esa ularning malomatiga kuldi.
Ular:
— Oʻzimiz ochlikdan oʻlay deb turibmiz-u, sen nega kulyapsan? — deb soʻrashdi.
Qiz:
— Otamiz rizq beruvchimi yoki rizq yeyuvchimi? — dedi.
Ular:
— Rizq yeyuvchi. Rizq beruvchi Zot Allohdir, — deyishdi.
Qiz:
— Rizq yeyuvchi ketdi va rizq beruvchi Zot qoldi, — dedi.
Qiz ularga gapirib turgan ham ediki, shu payt eshik taqillab qoldi.
Ular:
— Kim u? — deyishdi.
Eshik qoqgan kishi:
— Amirul muʼminiyn. Sizlardan suv soʻraydi, — dedi.
Qiz meshni suvga toʻldirdi va moʻminlarning amiriga uzatdi.
Rahbar suvni ichib, ajib bir halovatni tuydi.
U Hotamul Asomning oilasidan:
— Bu suvni qayerdan olib kelgansizlar? — deb soʻradi.
Ular:
Hotamning uyidan, — deb javob berishdi.
Moʻminlarning amiri:
—Hotamni chaqiringlar, uni mukofotlay, — dedi.
Ular:
— U hajda, — deyishdi.
Shunda moʻminlarning amiri qimmatbaho toshlar qadalgan, qimmat va sifatli matodan tayyorlangan belbogʻini yechdi va "Bu sizlarga" — dedi. Keyin:
— Kim meni yaxshi koʻradi, kim meni qoʻllab quvvatlaydi? — dedi.
Yonidagi barcha vazirlar va savdogarlar ham belbogʻlarini yechib, ularga uzatdilar. Belbogʻlar ustma-ust boʻlib, bir uyum boʻlib toʻplandi. Ularni savdogarlardan biri uy toʻla tillaga sotib oldi. U tillalar oila aʼzolarining vafot etgunlariga qadar yetardi. Keyin savdogar sotib olgan belbogʻlarni yana oilaga qaytarib berdi. Ular kulib, xursand boʻlib taom sotib oldilar.
Qiz esa yigʻladi.
Ona hayron boʻlib:
— Ey qizalogʻim, sening ishing juda ajoyib. Biz ochlikdan yigʻlaganimizda sen kulayotgan eding. Endi Alloh taolo bizga keng rizq bergani uchun xursand boʻlib turganimizda sen nega yigʻlayapsan? — deb soʻradi.
Shunda qiz:
— Bu moʻminlarning amiri oʻzi uchun zararga ham, foydaga ham ega boʻlmaydigan bir maxluq boʻlib, bizga mexribonlik koʻzi bilan qaragani uchun bizni oʻlgunimizcha boy badavlat holda yashashimizga sabab boʻladigan molu mulk berdi. Endi Molikul muluk (Podshohlarning Podshohi) boʻlgan Zot haqida nima deysiz?! dedi.
Bu — Allohga boʻlgan kuchli ishonchdir.
Bu iymonning kuchligadan, Allohga boʻlgan tavakkulning quvvatligidan darakdir.
@mahbubiy_adabiyot
انت جميلة مثل قلبك
Qalbing kabi chiroylisan
Mutolaadan boshqa lazzatlanish mumkin bo'lmagan joyda bo'lganman.
©
Xayrulla Hamidov