Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar
Instagram: instagram.com/muhammadali_sharh Aloqa uchun: @MMuhammadalibot
Подписчики
4 650
24 часа
10
30 дней
-200
Просмотры
638
ER
18,15%
Посты (30д)
59
Символов в посте
624
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Спорт
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
April 25, 16:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

April 25, 05:10
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿
APL.
"Liverpul" — "Kristal Pelas"
Chempionlar Ligasi yo'llanmasini naqd qilish imkoniyatiga ega bo'lgan "Liverpul" o'z uyida o'ta noqulay raqib — "Kristal Pelas"ni qabul qiladi.
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿
"Liverpul": Iroda va darvozabon muammosi
Arne Slot jamoasi o'tgan turda Mersisayd derbisida "Everton" ustidan qiyin g'alabaga erishdi (2:1). O'sha o'yinda Van Deyk 90+10-daqiqada g'alaba golini urib, jamoaning kuchli xarakterini namoyish etdi. Ammo asosiy posbon Mamardashvili jarohat oldi, uning o'rniga APLda endigina debyut qilgan uchinchi darvozabon Freddi Vudman harakat qilishi kutilmoqda. Agar bugun "qizillar" zafar quchsa, 6-o'rindan 8 ochkoga uzoqlashib, 5-o'rinni (ChL yo'llanmasini) deyarli kafolatlaydi.
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿
"Kristal Pelas": Ajoyib forma va jarohatlar
Oliver Glasner shogirdlari bahorni fantastik o'tkazmoqda: APLdagi so'nggi 6 o'yinda atigi bitta mag'lubiyat va Konferensiyalar Ligasi yarim finaliga yo'llanma! Lekin ularda jiddiy kadrlar muammosi bor: Gessan mavsum oxirigacha safdan chiqqan bo'lsa, Uorton va Lakruaning bugungi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida.
⚔️
O'yin intrigasi va qora an'ana
Statistika "Liverpul" uchun ancha xavotirli: jamoa barcha musobaqalarni qo'shganda 4 o'yindan beri "burgutlar"ni yenga olmayapti! Xususan, joriy mavsumning birinchi davrasida safarda 1:2 va "Enfild"da Liga Kubogi doirasida 0:3 hisobida alamli mag'lubiyatlar qabul qilib olingan. Bugun "Liverpul" o'zining qora an'anasiga barham beradimi yoki poytaxtliklar yana syurpriz tayyorlaganmi?
🎙
Ushbu to'qnashuvni soat 19:00 da
📺
Setanta Sports 1 telekanalida birga tomosha qilamiz
!
Muhammadali

April 24, 22:09

instagram.com/reel/DXh9If6iPYU/

April 24, 21:07
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

April 24, 21:07
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

April 24, 18:56
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

April 24, 13:35
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇪🇸
La Liga.
"Betis" — "Real"
Ispaniya chempionatida Yevrokuboklar orzusi bilan yashayotgan mezbonlar hamda joriy mavsumdagi deyarli barcha umidlarini yo'qotgan "qaymoqranglilar" to'qnashuvi.
🇪🇸
"Betis": Qora seriyaga barham va beshinchi o'rin
Yevropa Ligasida "Braga"ga imkoniyatni boy berib, La Ligada ketma-ket 7 o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelgan Manuel Pellegrini jamoasi nihoyat o'ziga keldi. O'tgan turda ular qiyin safarda "Jirona"ni taslim etishdi (3:2) va turnir jadvalida 5-o'rinni mustahkamlab olishdi. Bugun jamoaga diskvalifikatsiyadan chiqqan Antoni yordam berishi mumkin.
🇪🇸
"Real": So'ngan chempionlik va mavsumni yakunlagan yetakchilar
Chempionlar Ligasini chorak finalda tark etgan Alvaro Arbeloa jamoasi La Ligada ham peshqadam "Barselona"dan naq 9 ochkoga ortda qolmoqda va amalda chempionlikni boy berib bo'ldi. O'tgan turda ular "Alaves" ustidan qiyin g'alabaga erishishdi. Biroq madridliklar uchun yomon xabar — tarkibdagi jarohatlar. Kurtua va Rodrigodan tashqari, Eder Militao va Arda Gyuler ham jiddiy shikastlanib, joriy mavsumni muddatidan avval yakunlashga majbur bo'lishdi.
⚔️
O'yin intrigasi va tarix
Garchi joriy yil boshida "Real" bu raqibini o'z uyida 5:1 hisobida tor-mor etgan bo'lsa-da, Sevilyadagi o'yinlar ular uchun azaldan juda og'ir kechadi (aynan shu stadiondagi so'nggi o'zaro o'yinda "Betis" zafar quchgan). Bugun jarohatlar iskanjasida qolgan va motivatsiyasini yo'qotgan "Real" qiyin safar o'yinida 3 ochko ola biladimi yoki Pellegrini shogirdlari ularga navbatdagi zarbani berishadimi?
🎙
Ushbu uchrashuvni soat 23:55 dan boshlab
📺
Setanta Sports Football YouTube
kanalida birgalikda tomosha qilamiz!
Havola:
youtube.com/live/mLorKwZ-9-4
Muhammadali

April 22, 22:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"Barselona"ning bu mavsumdagi g'aroyib ofsaydlari

April 22, 22:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ferranning
mana bu goli
esa, ko'rib bo'lmas ofsayd sabab bekor qilingan bo'lsa-da, chiroyli chiqdi. Siz ham tomosha qiling:
instagram.com/reel/DXcxx13iFcI/

April 22, 21:58

Rosti, bugun "Barselona" mavsumdagi eng ko'rimsiz, zerikarli o'yinini o'tkazdi. Balki Yamal yo'qligi uchundir. Lekin futbolchilarda charchoq sezilyapti. Ayniqsa, Pedri har tomonlama charchaganga o'xshaydi.