
Panda Books
#meme Savollarimiz @Akademnashr ga...:) Qachon endi? @panda_books
Bugun qarasam, uyimizning oldida, katta yoʻl boʻyida, yana bitta kitob doʻkoni ochilyapti. Qizig’i, undan 20 qadamcha naridayam boshqa kitob do’koni ishlaydi. Oʻz yaqin 2-3km radiusda bookstorelar va nashriyotlar juda ko’p, ichida soha gigantlariyam bor.
Nazarimda, biz Toshkentda Chorsudagi kitoblardan keyingi eng katta kitob markazida yashaymiz.
Va bu ajoyib)
@panda_books
#exhibition
“Koʻzlaringizni yuming va bugungi kunni unutishga harakat qiling..”
Bugun Toshkentdagi “Ilhom” teatrida davom etayotgan “Ga ga goy” koʻrgazmasiga tashrif buyurdim.
Koʻrgazma muallifi qozog’istonlik rassom qiz Aysha Baktigul boʻlib, unga daun sindorimi tashxisi qo’yilgan. Ammo bu unga mohir rassom bo’lishiga toʻsiq bo’la olmaydi. U abstrakt yo’nalishida ijod qiladi va uning kartinalarini tushunish emas, balki his qilish kerak. Buni muallif oʻzi ham koʻrgazmani tanishtiruvchu bukletda ham alohida qayd etib oʻtadi.
Uning kartinalaridan birida “Ga ga goy” soʻzlari uchraydi. Bu aniq ma’noga ega soʻz bo’lmay, balki rassomning ijod mahsulidir va aynan shu soʻzlar orqali keyin butun koʻrgazma nomlangan. Kartinalar menga juda manzur boʻldi, ularga qarab negadur qishloqlar, oʻz tugʻilib oʻsgan shaharcham va uyim esga tushdi. Yengillik va iliqlik bilan qaytdim.
Koʻrgazmaga kirish tekin. Istovchilar uchun u hafta oxiriga qadar ochiq boʻladi.
📍
Manzil:
Ilhom Teatri
@panda_books
#newbook
#yangikitob
Balki yurtimizda uncha bilinmas, ammo G'arbda Amazon kompaniyasi allaqachon kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. U chakana onlayn savdoni juda yuqori darajaga olib chiqa oldi, O'zimizdagi marketpleyslar ham albatta u yoki bu jihatdan Amazonga o'xshashga intilishadi.
Brayan Dumeyn
allaqachon ushbu mufaqqiyatli biznes modeliga
"Bezonomika"
deya nom beradi. Ushbu kitobda dunyoning eng qimmat kompaniyalaridan biri qanday qilib sun’iy intellekt, samarali boshqaruv, mijozga e’tibor va uzoq muddatli strategiya orqali muvaffaqiyatga erishganini ochib beriladi.
Bu orqali biz Bezos boshqaruv falsafasi, raqobatga dosh berish, texnologiyalarni jilovlash va talablardan kelib chiqib taklif yaratishni o'rganishimiz mumkin.
Kitob hozir Asaxiy kitob do'konlarida
deyarli 50% chegirmada turibdi.
@panda_books
#insayd
⚡️
Chak Palanikning "Jang klubi" kitobi bu yil kuzda sotuvga chiqariladi. Bu haqida "Akademnashr" rahbari Sanjar aka Nazar ma'lum qildi. Bu kitob chiqishi haqida o'tgan yili ham xabar bergandim. Ammo qandaydir bizga noma'lum sabablarga ko'ra, bu…
Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o‘tlar bosgan o‘rmonim bor.
Qizg‘aldoqday boshim egik bu makonda,
Yoshin yashab o‘tmagan otajonim bor
.
Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O‘lgunimcha endi undan ayrilmasman —
O‘z otamdek bo‘lib qolgan imonim bor.
Muhammad Yusuf
@panda_books
Oʻsmirlik yillari, Diplomatiyaga kirish uchun ilk qadamlarni tashlayotgan kezlarim edi. Atrofimda esa gʻoyibdan paydo boʻluvchi “uddaburon maslahatchilar” safi kengayib borardi. Ularning sevimli iborasi esa oʻzgarmasdi: “Oʻqishga kirishga buncha qiynalasan? Oson yoʻli borku, tanishlar bor, bunker, rektorskiy...”. Ular taklif etgan yoʻl silliq va mashaqqatsizdek koʻringani bilan, aslida nomus va qadr-qimmatni oʻlchovga qoʻyadigan, noqonuniy va chirkin bitim edi. Xayriyatki, oʻsha paytda na bunga mablag', na “qulayliklar”ga moyilligimiz bor edi.
Bakalavriatni tamomlab, magistraturada xorij tajribasini oʻrganishga bel bogʻlaganimda ham manzara oʻzgarmadi. “Essayni mana bunday yoz, oʻzingni bechora qilib koʻrsat, biroz yolgʻon qoʻshib yubor, tanish topsak hammasi hal”, degan “xalqona” maslahatlar yomgʻiri yana yogʻildi.
Keyinchalik, mehnat bozoriga qadam qoʻyganimda esa bu illat yanada chuqurroq ildiz otganiga guvoh boʻldim. “Yogʻli joy”, “ishga joylab qoʻyaman” kabi iboralar oddiy ish qidirish jarayonining ajralmas bir qismiga aylanib qolgan. Xullas, hayotingizning qaysi bosqichida boʻlmang, “cherez tanish-bilish” degan qorongʻu yoʻlni taklif qiladiganlar har qadamda kutib turibdi.
Bu bir qarashda ishingizni yengillatib, vaqtingizni tejaydigan qulaylikdek tuyulishi mumkin. Ammo ana shu yerda shayton yashirinib yotadi. “Devil in the details”, deyishlari bejiz emas. Ana shu tafsilotlarda insonning kelajagi, qadr-qimmati va eng muhimi — shaxsiy masʼuliyati yotadi.
Nega oson yoʻldan voz kechish kerak?
Avvalo, tanish-bilish orqali erishilgan muvaffaqiyat — sizniki emas. U sizga ijaraga berilgan libosdek gap. Ertaga oʻsha “tanish” oʻzgarib ketsa yoki manfaatlar toʻqnashuvi yuz bersa, siz oʻz oʻrningizda turolmaysiz. Siz oʻz salohiyatingiz bilan emas, balki kimningdir yordami bilan oʻsha choʻqqiga chiqqaningiz uchun, doimo qaramlikda va qoʻrquvda yashashga mahkum boʻlasiz.
Ikkinchidan, oson yoʻl — mahoratni oʻldiradi.
Qiyinchiliklar, kechalari uxlamay yozilgan tahlillar, rad javobini olib, qayta urinishlar — bularning barchasi sizni toblaydi. “Cherez” yoʻl bilan kirgan odam esa oʻsha tizimning xamiri bilan qorilib, oʻzi ham tizimga aylanib qoladi. U erkin fikrlash qobiliyatini yoʻqotadi va kelajakda oʻzi ham xuddi shunday “uddaburon” tizimning bir tishli gʻildiragiga aylanadi.
Agar sizga oson yoʻlni taklif qilsalar, uning orqasida turgan haqiqiy toʻlovni eslang. Bu toʻlov — sizning shaxsiy erkinligingiz va vijdoningiz. Mashaqqatli yoʻlning yakuni — bu faqat natija emas, balki oʻzingizga boʻlgan cheksiz hurmatdir. Oson yoʻlga aldanganlar, aslida, eng qimmatli narsasidan — oʻzidan ayrilayotganini sezmay qolishadi.
Haqiqiy gʻalaba — hech kimning oldida qarz boʻlmasdan, oʻz kuching bilan zabt etilgan choʻqqi deb o'ylayman.
@panda_books
Yaqin yillarda O'zbek tiliga tarjima qilinishini istaydigan TOP-3 kitobingiz qaysi? Istalgan janr, sohada, hoh diniy, hoh ilmiy va badiiy.
@panda_books
O'zFA prezidenti O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov o'zbek ilm-fanidagi achchiq va aktual mavzu — soxta ilm qilayotganlar haqida gapirib o'tibdi, O'zim ham bir vaqtda ishlab, ilmiy ish qilayapman. Oson emas, Vaholanki men rahbar emasman.
Batafsil intervyu shu yerda
Buni oldinroq o'ylagandim, nega bizda ayrim rahbarlar mansab kursisiga o'tirgan zahoti darrov ilmiy unvonlar olishga ham urinadi?
Sabablar ko'p, albatta. Ba'zilar imkondan foydalanib "hammasini qip qo'yay" desa, kimlar Shuhratparastlik uchun, kimlardir "meni tupoyligimni hech kim bilmasin, PhD sotvolib og'ziga uraman" degan maqsadda, yana kimdur o'z legitimligini ilm-fan orqali mustahkamlash uchun va ko'pchilik olim degan hurmatli maqomni olish uchun urinadi.
Natijada ilm-fanning obro'si tushadi, qaroqchilik va plagiat ko'payadi, haqiqiy ilmtalablar esa nohaq holda o'z ilmiy unvonlari va ishlari uchun rag'bat kutib ulkan eshiklar ortida sarg'ayib qolaveradi.
@panda_books
Kitoblarni nashriyotiga qarab javonga taxlash yoqadi. Yana ba'zan rangiga qarab ham taxlab ko'rgim keladi.
Sizgachi?
@panda_books